Authors

  • Tuliboyeva Gulsevar Zafar qizi
  • Yusupov Sardor Shodi o’g’li

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.wsrj.113898

Keywords:

Kalit so’zlar: She’r badiiy va she’riy san’atlar “Bahor keldi seni soʻroqlab” oʻxshatish nido san’atlari.

Abstract

Annotatsiya. Ushbu maqolada O’zbekiston xalq shoirasi Zulfiyaxonimning ayrim she’rlari tahlil ostiga olingan. She’rlarda qo’llanilgan badiiy san’atlarning she’r mazmunini va ohangdorligini yanada oshirishi kabi masalalarga alohida e’tibor qaratilgan.


background image

World scientific research journal

https://scientific-jl.com/wsrj

Volume-40_Issue-1_June-2025

333

ZULFIYANING SHE’RLARIDA BADIIY SAN’ATLARNING OʻRNI

O’zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti

O’zbek tili va adabiyoti yo’nalishi 1-bosqich talabasi

Tuliboyeva Gulsevar Zafar qizi

Ilmiy rahbar: O’zbek tili va adabiyoti kafedrasi assistenti

Yusupov Sardor Shodi o’g’li


Annotatsiya.

Ushbu maqolada O’zbekiston xalq shoirasi Zulfiyaxonimning

ayrim she’rlari tahlil ostiga olingan. She’rlarda qo’llanilgan badiiy san’atlarning she’r
mazmunini va ohangdorligini yanada oshirishi kabi masalalarga alohida e’tibor
qaratilgan.

Kalit so’zlar

: She’r, badiiy va she’riy san’atlar, “Bahor keldi seni soʻroqlab”,

oʻxshatish, nido san’atlari.


She’riyat har doim badiiy san’atlarsiz tasvirlanmagan va badiiy sanʼatlarsiz

tasavvur qilib koʻrilmagan. Sheʼriy sanʼatlar badiiy asarda ifodalangan gʻoyalarning
hayotiyroq, taʼsirchanroq ifodalanishiga koʻra lirik va epik timsollarning yorqinroq
gavdalantirilishiga misralar, baytlar va bandlarning lafziy nazokati, musiqiyligi,
jozibadorligini taʼminlashga xizmat qilgan. Hech qaysi she’r sheʼriy sanʼatsiz
dunyoga kelmaydi. Sheʼriy sanʼat ifodalanmagan she’r xuddi soyasi yoʻq daraxtga
oʻxshab qoladi. Sheʼriy sanʼatlar shoir badiiy salohiyatini koʻz-koʻz qilishi, uning
xilma-xil sanʼatlardan mohirona foydalanish usullarini namoyish etish emas, balki
ijodkor badiiy tafakkur dahosining koʻlami yuksak ijtimoiy-axloqiy gʻoyalarini
jilolantirish sanʼatkorligi ifodasi boʻlib kelgan.

U yoki bu shoir ijodiga u yoki bu badiiy asarga baho baho berilar ekan, ijodkor

ifodalayotgan gʻoya oʻz aksini topgan ijtimoiy-siyosiy, falsafiy-axloqiy, maʼrifiy-
tarbiyabiy muommolar mohiyati va koʻlami, badiiy timsollar jilosi bilan bir vaqtda
qoʻllangan sheʼriy sanʼatlarning mantiqiy asoslanishi va shu kabi masalalarga ham
alohida diqqat qilingan.


Zulfiyaxonim Isroilovaning sherlarini juda ham chiroyli sheʼriy sanʼatlar va katta

mahorat bilan bizga taqdim qilgan. Shoira oʻzining barcha sheʼrlarida juda ham koʻp
va turli xil badiiy san’atlardan mohirona va juda noziklik bilan ifodalagan desak
mubolagʻa boʻlmaydi.

“Bahor keldi seni soʻroqlab” sheʼriga nazar tashlaydigan boʻlsak, bu sheʼrning har

bir misrasida badiiy sanʼatlarni koʻrishimiz mumkin. Masalan,

“Salqin saharlarda bodom gulida
Binafsha labida yerlarda bahor” [1:7]

Bu misralarining ikkinchi misrasida tashbeh yani oʻxshatish badiiy sanʼatini

qoʻllagan. Tashbeh sanʼati bu sharq adabiyotida keng tarqalgan sanʼatlardan biri
boʻlib “oʻxshatish” maʼnosini ifodalaydi. Ikki narsa yoki tushunchani va ular
oʻrtasidagi haqiqiy yoki majoziy munosabatlarga koʻra oʻxshatish sanʼatidir va bu
yerda binafsha labida birikmasini tashbeh qilib olishimiz mumkin, chunki
binafshaning labi boʻlmaydi va bu qoʻllagan sanʼati sheʼrni ohangdorligini oshirishiga
yordam bergan. Bu sheʼrda eng koʻp qoʻllangan bsdiiy sanʼat bu tashxis sanʼatidir.


background image

World scientific research journal

https://scientific-jl.com/wsrj

Volume-40_Issue-1_June-2025

334

Tashxis bu “jonlantirish” hayvonlar, qushlar, jonsiz narslarga inson xususiyatlarini
koʻchirish sanʼati hisoblanadi va bu sheʼrda u bahir faslini jonlantirishga muvaffaq
boʻlgan. Masalan,

“Mana qimmatligim yana bahor kelib
Seni izlab yurdi, kezdi sarsari
Qishning yoqasidan tutib soʻradi seni
U ham yosh toʻkdiyi, chekildi nari.”
Bu yerda bahor fasli kelib tinmay shoirni izlagani va lekin topolmay juda gʻamgin

holatga tushgani tasvirlanganini koʻrishimiz mumkin.

Bahor faslini gapitirib bu sheʼrda “intoq” sheʼriy sanʼatini vujudga keltiradi. Intoq

sheʼriy sanʼati aslida gapirtirish, soʻzlatish maʼnosidagi intoq sheʼriy sanʼati
hisoblanib u badiiy asarda haybonlar yoki jonsiz narsalarni xuddi inson singari
gapirtirishi yoki soʻzlatishiga aytiladi. Bunga misol qilib,

“Qani men kelganda kulib qarshilab
Qoʻshigʻi mavjlanib bir daryo oqqan
Baxtim bormi deya yakkash soʻroqlab
Meni sheʼrga oʻrab suqlanib boqqan.” [1:45]
Bu misralarda bahor faslini soʻzlatgani va intoq sheʼriy sanʼatini ifodalaganiga

guvoh boʻlishimiz mumkin.

“Urush noming oʻchsin jahonda
Hamon bitmas sen solgan alam
Sen tufayli koʻp xonadonda
Ota nomli buyuk shodlik kam.” [1:52]
Bu oʻgʻlim sira boʻlmaydi urush sheʼrida nido badiiy sanʼatini qoʻllagan. Nido

san’ati aslida arab tilidan oʻzlashgan boʻlib “qichqiriq, chaqiriq” degan maʼnolarni
ifodalaydi. Bu undalma qoʻllash deb ham aytiladi va shoir kimgadir murojaat qilishiga
aytiladi.

Bu sheʼrda urushga nido qilinyapti, ya’ni urushga qarata qichqiryapti.
Bu maqolamizdan xulosa qilib aytadigan boʻlsak, Zulfiyaning barcha sheʼrlarida

sheʼriy sanʼatlarni juda tartibli, chiroyli va mohirona foydalana olgan hisoblanadi. Bu
sheʼriy sanʼatlar orqali sheʼrning mazmuni, jozibadorligi, ohangdorligini oshirgan.

Foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati

1. Zulfiya Isroilova. Bahor keldi seni so’roqlab, she’rlar. Toshkent, Yangi asr

avlodi, 2019. 192 b.

2. Erkin Xudoyberdiyev. Adabiyotshunoslikka kirish. O‘zbekiston Respublikasi

oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi. Тoshkent. Iqtisod-moliya, 2007. 304 b.

3. Anvar Hojiahmedov. Sher sanʼatlari. Sharq nashriyoti matbaa aksiyadorlik

kompaniyasi bosh tahririyati. Toshkent, 2001. 95 bet

4. Dilmurod Quronov. Adabiyot nazariyasi asoslari. Toshkent, Noshir, 2019. 336

bet.

References

Zulfiya Isroilova. Bahor keldi seni so’roqlab, she’rlar. Toshkent, Yangi asr avlodi, 2019. 192 b.

Erkin Xudoyberdiyev. Adabiyotshunoslikka kirish. O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi. Тoshkent. Iqtisod-moliya, 2007. 304 b.

Anvar Hojiahmedov. Sher sanʼatlari. Sharq nashriyoti matbaa aksiyadorlik kompaniyasi bosh tahririyati. Toshkent, 2001. 95 bet

Dilmurod Quronov. Adabiyot nazariyasi asoslari. Toshkent, Noshir, 2019. 336 bet.