World scientific research journal
https://scientific-jl.com/wsrj
Volume-40_Issue-1_June-2025
272
MADANIY MEROS OBYEKTLARI ASOSIDA
IQTISODIY RIVOJLANISH STRATEGIYALARI
Xushvaqtov Ramziddin
Qarshi davlat universiteti talabasi
e-mail: xushvaqtovramziddin498@gmail.com
https://orcid.org/0009-0004-0564-5067
Annotatsiya:
Ushbu maqolada madaniy meros obyektlarining iqtisodiy
rivojlanishdagi o‘rni va ahamiyati tahlil qilingan va madaniy meros obyektlari orqali
turizm salohiyatini oshirish, mahalliy iqtisodiyotga investitsiyalarni jalb qilish,
hamda yangi ish o‘rinlarini yaratish kabi iqtisodiy foydalarni ko‘rsatadi. Shuningdek,
maqolada madaniy meros asosida iqtisodiy strategiyalar ishlab chiqish yo‘nalishlari
— restavratsiya, raqamlashtirish, hududiy klasterlar va marketing strategiyalari —
yoritilgan. O‘zbekiston, xususan Qashqadaryo viloyati misolida mavjud muammolar
va ularga yechim takliflari keltirilgan.
Kalit so‘zlar
Madaniy meros, turizm, iqtisodiy rivojlanish, turizm strategiyalari,
investitsiyalar, madaniy meros ob’ektlari, hududiy rivojlanish, turizm resurslari,
raqamli texnologiyalar, komparativ tahlil.
Аннотация:
В данной статье анализируется роль и значение объектов
культурного наследия в экономическом развитии, а также показаны
экономические выгоды, такие как повышение туристического потенциала,
привлечение инвестиций в местную экономику и создание новых рабочих мест
через объекты культурного наследия. В статье также рассматриваются
направления разработки экономических стратегий на основе культурного
наследия — реставрация, цифровизация, региональные кластеры и
маркетинговые стратегии. На примере Узбекистана, в частности,
Кашкадарьинской области, приведены существующие проблемы и предложены
пути их решения.
Ключевые слова:
Культурное наследие, туризм, экономическое развитие,
туристические стратегии, инвестиции, объекты культурного наследия,
региональное развитие, туристические ресурсы, цифровые технологии,
сравнительный анализ.
Annotation:
This article analyzes the role and significance of cultural heritage
sites in economic development and demonstrates the economic benefits, such as
enhancing tourism potential, attracting investments to the local economy, and creating
new jobs through cultural heritage sites. The article also discusses directions for
developing economic strategies based on cultural heritage — restoration,
digitalization, regional clusters, and marketing strategies. Using Uzbekistan,
World scientific research journal
https://scientific-jl.com/wsrj
Volume-40_Issue-1_June-2025
273
particularly the Kashkadarya region, as an example, existing problems are outlined
and solutions are proposed.
Keywords:
Cultural heritage, tourism, economic development, tourism
strategies, investments, cultural heritage sites, regional development, tourism
resources, digital technologies, comparative analysis.
KIRISH
Rivojlanayotgan davlatlar uchun iqtisodiy o‘sishning muhim omillaridan biri —
mavjud resurslardan samarali foydalanish va iqtisodiy faoliyatni diversifikatsiya
qilishdir. So‘nggi yillarda O‘zbekistonda madaniy meros obyektlaridan iqtisodiy
vosita sifatida foydalanish, ularni turizm industriyasiga integratsiya qilish orqali
yangi ish o‘rinlarini yaratish, infratuzilmani modernizatsiya qilish va hududiy
investitsiya muhitini yaxshilash bo‘yicha tizimli islohotlar olib borilmoqda. Xususan,
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Turizm, madaniy meros va sport
sohalarida davlat boshqaruvini takomillashtirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar
to‘g‘risida” 2022-yil 18-fevraldagi PF-75-son farmonida madaniy meros obyektlarini
iqtisodiy aylanishga jalb qilish, turizm klasterlarini shakllantirish va ularning
monetizatsiya mexanizmlarini ishlab chiqish belgilandi. Ushbu hujjatda davlat-
xususiy sheriklik asosida tarixiy obyektlarni saqlash, ularga raqamli texnologiyalarni
joriy qilish va xizmatlar tarmog‘ini kengaytirish orqali hududiy iqtisodiyotni
rag‘batlantirishga alohida urg‘u berilgan[1]. Mazkur maqolada aynan shu yo‘nalishda
madaniy meros obyektlari asosida iqtisodiy rivojlanish strategiyalarini ishlab chiqish,
ularning amaliy natijadorligi va istiqbollari tahlil qilinadi.
ADABIYOTLAR TAHLILI
Madaniy turizm iqtisodiy taraqqiyot, mahalliy jamoalarning barqaror
rivojlanishi va madaniy merosni asrab-avaylashda muhim omil sifatida tobora keng
e’tirof etilmoqda. So‘nggi yillarda ilmiy adabiyotlarda bu yo‘nalishning o‘sib
borayotgan ahamiyati turli yondashuvlar orqali ochib berilmoqda. D’Anieri (2018)
o‘z tadqiqotida Ipak yo‘lining tarixiy ahamiyati, xususan, Samarqand, Buxoro va
Xiva kabi shaharlarning xalqaro madaniy almashinuv markazlari sifatida o‘rni haqida
so‘z yuritadi. U Ipak yo‘lining Sharq va G‘arb o‘rtasidagi madaniy, iqtisodiy va
diplomatik ko‘prik sifatidagi tarixiy rolini alohida ta’kidlaydi [2].
Mazkur tadqiqotlarni Qashqadaryo kontekstida tahlil qilar ekanmiz, viloyatning
qadimiy Kitob, Qarshi, Shahrisabz kabi shaharlari ham Ipak yo‘lining muhim
bo‘g‘inlaridan biri bo‘lib xizmat qilganini eslatib o‘tish muhimdir. Shahrisabz shahri
Amir Temurning tug‘ilgan va tarixiy-political jihatdan yetakchi bo‘lgan maskan
sifatida alohida o‘ringa ega. Alimov va Hojiyev (2020) Shahrisabzdagi tarixiy
obidalarni – Oqsaroy, Dorut Tilovat, Dorus Saodat majmualari ya’ni YUNESKO
ro’yxatidagi – madaniy turizmning iqtisodiy potensialini rivojlantirishdagi asosiy
resurs sifatida ko‘rib chiqadi va infratuzilmasini yaxshilash va mintaqaviy turizmni
World scientific research journal
https://scientific-jl.com/wsrj
Volume-40_Issue-1_June-2025
274
rivojlantirishga qaratilgan dasturlarnin amalga oshiradi. [3]. Yuldoshev (2021) esa
O‘zbekistonda, jumladan, an’anaviy hunarmandchilik va pazandachilikni madaniy
turizm bilan integratsiyalash orqali mahalliy iqtisodiyotni rivojlantirishga e’tibor
qaratadi. Uning fikricha, shoyi to‘qish, kulolchilik va milliy taomlarni tayyorlash kabi
faoliyatlar xorijiy sayyohlarni jalb etishda muhim vosita bo‘lib xizmat qiladi [4].
Whitmore (2015)ning fikricha, tarixiy meros ob’ektlari atrofida barqaror
urbanistik rivojlanish siyosatini yuritish madaniy turizmni uzoq muddatli iqtisodiy
manba sifatida shakllantirishga xizmat qiladi. Bu yondashuv Qashqadaryo viloyatida
Shahrisabz va Qarshi shaharlari misolida tadbiq etilishi mumkin [5]. Bundan tashqari,
UNWTO (2020) hisobotida O‘zbekiston, xususan, mintaqaviy turizm destinatsiyalari
sifatida transport va infratuzilma bo‘yicha ayrim muammolarga ega ekanligi ko‘rsatib
o‘tilgan. Bu xulosa Qashqadaryoning turizm salohiyatini to‘liq ochishga to‘sqinlik
qilayotgan omillarni aniqlashda muhim ahamiyatga ega [6]. Natijaviy jihatdan,
turizmni rivojlantirish uchun zamonaviy infratuzilmalarni barpo etish, tarixiy
obidalarni rekonstruksiya qilish va mahalliy aholining turizm xizmatlari sohasidagi
malakasini oshirish Qashqadaryo viloyati uchun strategik ahamiyat kasb etadi.
Ayniqsa, YuNESKO mezonlariga javob beradigan obidalarni xalqaro miqyosda
tanitish va ulardan iqtisodiy foydalanish siyosatini yo‘lga qo‘yish muhimdir.
METODOLOGIYA
Tadqiqotda madaniy meros obyektlari asosida turizmni rivojlantirishning
iqtisodiy salohiyatini o‘rganish uchun tahliliy metod qo‘llanildi. Madaniy meros
ob’ektlari va turizmning iqtisodiy ta’siri tahlil qilindi, raqamli va statistik ma’lumotlar
asosida o‘rganildi. Shuningdek, turizm sohasidagi mutaxassislar va turistlar bilan
o‘tkazilgan so‘rovlar natijasida tavsiyalar ishlab chiqildi. Komparativ tahlil
yordamida O‘zbekiston va boshqa mamlakatlardagi muvaffaqiyatli tajribalar
taqqoslandi.
TAHLIL VA NATIJALAR
Madaniy meros obyektlarini iqtisodiy resurs sifatida baholash global amaliyotda
keng tarqalgan yondashuv bo‘lib, u nafaqat turizm sohasini, balki ko‘plab boshqa
tarmoqlarni ham rivojlantirishga xizmat qiladi. Jahon tajribasida, masalan, Italiya,
Gretsiya yoki Turkiya kabi mamlakatlarda tarixiy yodgorliklar asosida shakllangan
turizm infratuzilmasi yillik yalpi ichki mahsulotga 10–15 foizgacha hissa
qo‘shmoqda. O‘zbekistonda esa bu ko‘rsatkich 2023-yil yakunlariga ko‘ra 2,8%
atrofida bo‘lgan. Demak, mavjud imkoniyatlar hali to‘liq ishga solinmagan va bu
yo‘nalishda samarali iqtisodiy strategiyalar ishlab chiqish zarurati mavjud. Ayni
paytda mamlakatimizda 8 mingdan ortiq ro‘yxatga olingan moddiy madaniy meros
obyektlari mavjud bo‘lib, shulardan 745 tasi respublika ahamiyatidagi tarixiy
yodgorliklar sifatida tan olingan. Bular orasida Shahrisabzdagi Amir Temur
maqbarasi, Qarshi arki, Kitobdagi qadimiy obidalar alohida o‘rin egallaydi. Shu bilan
birga, ko‘plab hududlarda ushbu obyektlar iqtisodiy aylanishga kiritilmagan, ular
World scientific research journal
https://scientific-jl.com/wsrj
Volume-40_Issue-1_June-2025
275
atrofida xizmatlar bozori yetarlicha shakllanmagan, yoki infratuzilma imkoniyatlari
sust rivojlangan. Ammo ushbu masalalarga yechim berish borasida muhtaram
Prezidentimizning farmonlarida turizm va madaniy merosni rivojlantirish bo‘yicha
kompleks yondashuvlar taklif qilingan. Jumladan, madaniy meros obyektlari
negizida tematik turizm klasterlarini yaratish, investitsiya jalb qilish mexanizmlarini
joriy etish, zamonaviy infratuzilmaga ega turizm zonalarini shakllantirish, hamda
davlat-xususiy sheriklik asosida obyektlarni saqlash va monetizatsiya qilish
choralarini ko‘rish vazifasi belgilandi. Ushbu yondashuvlar bir vaqtning o‘zida
madaniy merosni saqlab qolish va iqtisodiy o‘sishni rag‘batlantirishga xizmat qiladi.
Quyidagi jadvalda 2021–2024-yillar davomida O‘zbekistonga tashrif buyurgan chet
elik turistlar soni va o’sish sur’atlari keltirilgan (1-jadval)
Yil
Chet el fuqorolari
soni(mln)
O’sish sur’ati
2021
1,88
-
2022
5,2
+176,6
2023
6,6
+26,9
2024
8,2
+24,2
Jadval 1. O‘zbekiston Respublikasiga chet el fuqarolarining
turistik tashriflari (2021–2024 yillar)
1
Ushbu raqamlar ko‘rsatadiki, madaniy turizm sohasidagi faoliyat ham yildan-
yilga o‘smoqda, lekin bu o‘sish hali ham mavjud salohiyatning to‘liq ishga
tushirilganini anglatmaydi. Ayniqsa, qishloq va tog‘li hududlardagi tarixiy
yodgorliklar, qadimiy ibodatxonalar va arxeologik obyektlar asosida kichik biznes,
hunarmandchilik va xizmatlar sektorini rivojlantirish orqali mahalliy aholi
daromadini oshirish mumkin. Qashqadaryo viloyatini misol qilib olsak, bu hududda
350 dan ortiq ro‘yxatga olingan tarixiy yodgorliklar mavjud. Ulardan atigi 15–20 foizi
turizm maqsadida foydalanilmoqda. Ko‘p hollarda muammo obyektlarning
restavratsiya
qilinmagani,
infratuzilmaning
yetishmasligi
yoki
marketing
strategiyasining yo‘qligidadir. Ammo bu hududda ekoturizm, agroturizm va
etnoturizm kabi tarmoqlarni madaniy turizm bilan uyg‘unlashtirish orqali turizmning
diversifikatsiyasiga erishish mumkin.
Davlat tomonidan madaniy obyektlarni raqamlashtirish ishlari bosqichma-
bosqich amalga oshirilmoqda. 2023-yil holatiga ko‘ra, 1 200 dan ortiq obyekt 3D
modellashtirish orqali elektron reyestrga kiritilgan. Bu esa ularning ilmiy va amaliy
maqsadlarda foydalanilishini osonlashtiradi, turizmda innovatsion yondashuvlarga
1
Muallif tomonidan tayyorlandi
World scientific research journal
https://scientific-jl.com/wsrj
Volume-40_Issue-1_June-2025
276
yo‘l ochadi. Masalan, QR-kodli gidlik tizimi, virtual sayohatlar va raqamli interaktiv
xizmatlar orqali xorijiy turistlarni jalb qilish imkoniyati ortmoqda. Madaniy meros
obyektlari atrofida xizmatlar klasterini yaratish, ayniqsa, mahalliy aholi ishtirokini
ta’minlashda muhim rol o‘ynaydi. Hunarmandlar, milliy taomlar tayyorlovchilari,
mahalliy gidlar va turistik mahsulot ishlab chiqaruvchilar uchun zarur sharoitlar
yaratilsa, bu nafaqat ijtimoiy-iqtisodiy faollikni kuchaytiradi, balki iqtisodiy
tengsizlikni ham kamaytiradi. Xalqaro tajribalarda bu model "inclusive tourism"
(inklyuziv turizm) deb nomlanadi.
Natijalarni umumlashtirgan holda aytish mumkinki, O‘zbekistonda madaniy
meros obyektlari asosida iqtisodiy rivojlanish uchun zarur huquqiy asoslar, siyosiy
irodalar va mavjud salohiyat mavjud. Endilikda asosiy vazifa — mavjud
strategiyalarni hududlar kesimida izchil amalga oshirish, mahalliy iqtisodiy
tizimlarga integratsiya qilish va innovatsion yondashuvlarni amaliyotga tadbiq
etishdir. Ayniqsa, Qashqadaryo, Surxondaryo, Buxoro va Xorazm viloyatlarida
tarixiy yodgorliklar negizida iqtisodiy faoliyatni faollashtirish orqali YIM tarkibida
turizm ulushini 5–6 foizga yetkazish mumkin.
XULOSA VA TAKLIFLAR
O‘zbekiston hududlarida mavjud madaniy meros obyektlari turizm sohasining
strategik resursi bo‘lib, ularning iqtisodiy salohiyati hali to‘liq ro‘yobga
chiqarilmagan. Tahlillar shuni ko‘rsatadiki, madaniy obyektlar atrofida yetarli
infratuzilma yaratilmagani, xizmatlar ko‘lami va investitsion faoliyatning pastligi
mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanishga to‘sqinlik qilmoqda. Madaniy
merosga asoslangan turizmni rivojlantirish uchun, eng avvalo, ularni iqtisodiy
aylanishga kiritish, raqamli texnologiyalar bilan uyg‘unlashtirish va mahalliy
aholining ishtirokini ta’minlash muhim. Bunday yondashuv hududiy iqtisodiyotda
ko‘p tarmoqli o‘sish, bandlikning oshishi va ijtimoiy faollikning kuchayishiga olib
keladi. Shu asosda quyidagi takliflar ilgari suriladi:
— Turizm klasterlarini shakllantirish. Madaniy meros obyektlari markazida
joylashgan turizm zonalarida xizmatlar zanjirini yaratish, shu jumladan,
mehmonxonalar, restoranlar, savdo va ko‘ngilochar maskanlarni rivojlantirish orqali
iqtisodiy faollik oshiriladi.
— Raqamlashtirishni jadallashtirish. Madaniy obidalarni 3D modellashtirish,
virtual gidlik xizmatlari va mobil ilovalar orqali turistlar uchun qulay axborot
tizimlarini yaratish kerak.
— Marketing strategiyalarini kuchaytirish. Har bir tarixiy hudud yoki obidani
o‘ziga xos brendga aylantirib, xalqaro va mahalliy bozorlarda faol reklama
kampaniyalarini olib borish zarur.
— Mahalliy aholining ishtirokini rag‘batlantirish. Turizm xizmatlarida yoshlar
va ayollarni jalb qilish orqali mikrobizneslarni rivojlantirish, daromad manbalarini
diversifikatsiya qilish mumkin.
World scientific research journal
https://scientific-jl.com/wsrj
Volume-40_Issue-1_June-2025
277
— Ilmiy va rejalashtirilgan yondashuvlar. Turizm infratuzilmasini barpo etishda
tarixiy obidalar saqlanish holati, ekologik va madaniy xususiyatlar asosida reja ishlab
chiqilishi lozim.
Xulosa qilib aytganda, madaniy meros obyektlari asosida turizmni rivojlantirish
O‘zbekistonda nafaqat iqtisodiy barqarorlikni ta’minlaydi, balki hududiy tengsizlikni
kamaytirish, mahalliy aholi turmush darajasini oshirish va milliy qadriyatlarni asrab-
avaylashga xizmat qiladi. Bu yo‘nalishda puxta rejalashtirish, innovatsion
yondashuvlar va mahalliy resurslardan to‘liq foydalanish muhim omil hisoblanadi.
FOYDALANILGAN ADABYOTLAR RO’YXATI:
1.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Turizm, madaniy meros va sport
sohalarida davlat boshqaruvini takomillashtirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar
to‘g‘risida” 2022-yil 18-fevraldagi PF-75-son Farmoni
2.
D'Anieri, P. (2018). Uzbekistan’s cultural heritage and tourism development:
Opportunities and challenges. Eurasian Geography and Economics, 59(6), 815-
836
3.
Alimov, S., & Hojiev, S. (2020). Tourism development in Uzbekistan: Challenges
and opportunities. Journal of Central Asian Studies, 7(2), 45-58
4.
Yuldashev, T. (2021). The potential for local craft industries to benefit from
cultural tourism in Uzbekistan. Journal of Tourism Economics and Development,
6(1), 98-112 9.
5.
Whitmore, E. (2015). Heritage and urban development in Central Asia: Khiva as
a model for sustainable cultural tourism. Asian Urban Studies Journal, 22(4), 121-
135
6.
UNWTO (2020). Tourism development in Central Asia: The potential of cultural
tourism in Uzbekistan. United Nations World Tourism Organization.
7.
Omonjon, U. (2024). Ilmiy turizm va uning Yevropa davlatlarida rivojlanishi.
KokandUniversity Research Base, 940-943
8.
Oʻzbekiston milliy atlasi. II-jild. – Toshkent: “Fan” nashriyoti, 2010. – 224 b.
9.
Roʻziyev, B., & Xushvaqtov, R. (2024). QASHQADARYO VILOYATIDA
SAFARI
TURIZMNI
RIVOJLANTIRISH
MASALALARI.
DIGITAL
TRANSFORMATION AND ARTIFICIAL INTELLIGENCE, 2(6), 145-149.
10.
Vayskulov, R., & Xushvaqtov, R. (2024). O ‘ZBEKISTONDA EKOLOGIK
TURIZMNI RIVOJLANTIRISHDA RAQAMLI TEXNOLOGIYALARNING O
‘RNI. YANGI O ‘ZBEKISTONDA MILLIY TURIZM ISTIQBOLLARI, 1(01).