Annotatsiya: Mazkur maqolada raqamli marketing vositalarining iste’molchilarning xarid qilishdagi qaror qabul qilish jarayoniga ko‘rsatadigan ta’siri tahlil qilinadi. Ijtimoiy tarmoqlar, qidiruv tizimlari, email marketing, bannerlar va kontent marketing kabi raqamli vositalarning psixologik va iqtisodiy ta’sir mexanizmlari o‘rganiladi. Shuningdek, iste’molchilarning onlayn muhitdagi xatti-harakatlari, ularning e’tiborini jalb etish va ishonch hosil qilish omillari kontekstida raqamli marketing strategiyalarining samaradorligi baholanadi. Maqolada xorijiy tajriba va amaliy tahlillar asosida milliy bozorlarda iste’molchilarning qarorlariga ta’sir ko‘rsatish usullari bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqiladi.