Authors

  • Mubdi’ma G‘ulomjonova

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.wsrj.113993

Keywords:

Kalit so‘zlar: Milliy tarbiya ma’naviyat axloqiy fazilatlar umumiy pedagogika didaktik o‘yinlar interfaol metodlar o‘quvchilarni tarbiyalash pedagogik jarayon mehnat tarbiyasi vatanparvarlik.

Abstract

Annotatsiya: Ushbu maqolada o‘quvchilarni milliy-ma’naviy tarbiyalashda umumiy pedagogikaning tutgan o‘rni va ahamiyati yoritiladi. Milliy qadriyatlar, urf-odatlar va an’analarni yosh avlod qalbiga singdirishda pedagogik tamoyillar asosida olib boriladigan tarbiya jarayonining nazariy va amaliy jihatlari tahlil qilinadi. Shuningdek, umumiy pedagogikaning boshqa fanlar bilan uzviy aloqasi, zamonaviy yondashuvlar va tarbiyaviy metodlar orqali o‘quvchilarda vatanparvarlik, axloqiy fazilatlar va ijtimoiy mas’uliyatni shakllantirish yo‘llari ko‘rsatib beriladi, pedagogik jarayonni samarali tashkil etishning milliy-ma’naviy tarbiyadagi o‘rni asoslab beriladi.                                                                                              


background image

World scientific research journal

https://scientific-jl.com/wsrj

Volume-40_Issue-2_June-2025

369

O‘QUVCHILARNI MILLIY-MA’NAVIY TARBIYALASHDA

UMUMIY PEDAGOGIKANING AHAMIYATI

Mubdi’ma G‘ulomjonova

– FarDU talabasi

Annotatsiya:

Ushbu maqolada o‘quvchilarni milliy-ma’naviy tarbiyalashda

umumiy pedagogikaning tutgan o‘rni va ahamiyati yoritiladi. Milliy qadriyatlar, urf-
odatlar va an’analarni yosh avlod qalbiga singdirishda pedagogik tamoyillar asosida
olib boriladigan tarbiya jarayonining nazariy va amaliy jihatlari tahlil qilinadi.
Shuningdek, umumiy pedagogikaning boshqa fanlar bilan uzviy aloqasi, zamonaviy
yondashuvlar va tarbiyaviy metodlar orqali o‘quvchilarda vatanparvarlik, axloqiy
fazilatlar va ijtimoiy mas’uliyatni shakllantirish yo‘llari ko‘rsatib beriladi, pedagogik
jarayonni samarali tashkil etishning milliy-ma’naviy tarbiyadagi o‘rni asoslab
beriladi.

Kalit so‘zlar:

Milliy tarbiya, ma’naviyat, axloqiy fazilatlar, umumiy

pedagogika, didaktik o‘yinlar, interfaol metodlar, o‘quvchilarni tarbiyalash,
pedagogik jarayon, mehnat tarbiyasi, vatanparvarlik.


Jamiyat taraqqiyotida tarbiyaning o‘rni beqiyos. Insonni tarbiyalash, uni bilim

olishga, mehnat qilishga undash va uning xulq-atvorini bosqichma-bosqich malakaga
aylantirish va asosiy kompetensiyalarni shakllantirish zarur. Bugungi kunda
ta’limning zamonaviy modeli jamiyatda erkin fikrlovchi shaxsni shakllantirishga olib
kelmoqda. U real maqsad va irodaga ega insonlarni tarbiyalash imkoniyatini beradi.
Ta’lim va kadrlar tayyorlash zamon talablari asosida muttasil rivojlanib, yangilanib
bormoqda. Hozirgi davrda texnika va texnologiyalar rivojlanishini yuksak bosqichga
ko‘tarish uchun ishlab chiqarishni keng ko‘lamda kompyuterlashtirish, iste’mol
mahsulotlarini jahon standartlari darajasida ishlab chiqishni yo‘lga qo‘yish talab
etilmoqda. Bularning barchasi yuksak intellektual va jismoniy kamolotga ega bo‘lish,
ishlab chiqarish jarayonlarining ilmiy-texnikaviy va iqtisodiy asoslaridan to‘laqonli
xabardor bo‘lish, mehnatga ongli, ijodiy munosabatda bo‘ladigan yoshlarni
tarbiyalashni taqozo etadi. Bu esa, o‘z navbatida, ta’lim muassasalarida mehnat
ta’limi va tarbiyasini tashkil etishga nisbatan ulkan talablarni qo‘yadi.

Ma’naviyat-inson ruhiy, aqliy olamini ifodalovchi tushuncha. U kishilarning

falsafiy, huquqiy, ilmiy, badiiy, axloqiy, diniy tasavvurlarini o‘z ichiga oladi.
Ma’naviyat atamasining asosida “ma’ni” so‘zi yotadi. Ma’lumki, insonning ichki va
tashqi olami mavjud. Tashqi olamiga uning bo‘y–basti, ko‘rinishi, kiyinishi va hatti–
harakatlari kiradi. Ichki olamiga esa uning yashashdan maqsadi, fikr yuritishi, orzu–
istaklari, intilishlari, his-tuyg‘ularini o‘z ichiga oladi. Insonning ana shunday ichki
olami ma’naviyatdir. Ma’naviyat va axloq bir- biri bilan bog‘liq bo‘lib bir-birini
to‘ldiradi. Zero, jamiyat rivojlanishi faqat uning iqtisodiy taraqqiyotidangina emas,


background image

World scientific research journal

https://scientific-jl.com/wsrj

Volume-40_Issue-2_June-2025

370

balki ma’naviy yuksalishini ham taqozo etadi. Har qanday mafkura kabi O‘zbekistron
Respublikasi milliy istiqlol mafkurasining asosiy g‘oyalaridan biri ham jamiyatda
ma’naviy-axloqiy qarashlarning ustuvorligiga erishish sanaladi. Bugungi kun ta’lim
tizimining maqsadi o‘zgarishlar, yangilanishlar sharoitida mustaqil holda o‘ziga
to‘g‘ri yo‘l topa oladigan, barcha imkoniyatlarning yuzaga chiqara oladigan erkin
ijodkor shaxsni-barkamol yoshlarni tarbiyalashdan iboratdir. Bu esa o‘z navbatida,
ta’lim tizimida ham yangilanishlar zaruriyatini keltirib chiqaradi. Bugungi kun
talabiga javob bera oladigan zamonaviy darslarning asosiy shartlari uning qiziqarli
o‘tilishi, o‘quvchilarni zerikmasligidir. Bilim oluvchini mustaqil o‘qibo‘rganishiga
undaydigan bunday darslarda ta’limiy o‘yinlardan foydalanish katta ahamiyatga
egadir. O‘yinlar orqali o‘quvchining faolligi ortadi, ijodiy imkoniyatlari ro‘yobga
chiqadi. Didaktik o‘yinlarning asosiy turlari; aqliy harakatli va aralash o‘yinlaridan
iborat. Bular o‘quvchilarda aqliy, jismoniy, axloqiy, ma’naviy, psixologik,estetik,
badiiy ko‘nikmalarini rivojlantirishga yordam beradi. O‘yinlar o‘quvchilarni ichki
imkoniyatlarini

ishga

tushirishga

o‘ylashga,

erkin

fikr

yuritishga,

muloqotga,ijodkorlikka undaydi. Didaktik o‘yinlar nazariy, amaliy, jismoniy rolli,
ishchanlik va boshqa yo‘nalishdagi turlarga ajratiladi. Ular o‘quvchilarda tahlil qilish,
mantiqiy fikrlash, tadqiq qilish , hisoblash, o‘lchash, yasash,kuzatish, xulosa
chiqarish, solishtirish, mustaqil qaror qabul qilish, nutq o‘stirish, til o‘rganish va
yangi bilimlar olish faoliyatini rivojlantiradi. Didaktik o‘yinlar turlarini tanlashda
o‘qituvchi quyidagi mezonlarga rioya qilishi zarur: - ishtirokchilarning tarkibi
bo‘yicha (o‘gil bolalar, qizlar yoki aralash); - O‘quvchilarning soni bo‘yicha (yakka,
guruhli,juftlik, kichik guruh va hk); - O‘yin jarayoni bo‘yicha (fikrlash, o‘ylash,
topag`onlik,harakatlar,musobaqa, berlashuv) - Vaqt meyori bo‘yicha (dars davomida,
ma’lum vaqt oralig`ida, g`olib aniqlanguncha va hk). O‘yinlarni qo‘llashdan oldin
o‘qituvchi o‘quvchilarga uning shartini tushuntirishi va imkon qadar birgalikda
bajarishi lozim. Buning uchun o‘qituvchining o‘zi o‘yin shartini obdon o‘rganishi,
uni o‘quvchilarga taqdim etish usullarini oldindan bilishi kerak. Qaysi darsda, qaysi
mavzuda qanday o‘yindan foydalanishiga etibor berish shart.

Interfaol usullar ta’lim jarayonida qatnashayotgan har bir bilim oluvchining

faolligiga, erkin va mustaqil fikr yuritishga asoslanadi. Bu usullardan foydalanganda
bilim olish qiziqarli mashg‘ulotga aylanadi. Interfaol usullar qo‘llanilganda mustaqil
ishlash ko‘nikma va malakasi rivojlanadi. Ma’lumki, hozirgi kunda interfaol
metodlarning yuzdan ortiq turi mavjud bo‘lib, ularning aksariyati tajriba- sinovidan
o‘tib, yaxshi natija bergan. Eng asosiylaridan biri bu kichik guruhlarda ishlash. Ta’lim
jarayoni qatnashchilari kichik guruhlarga bo‘lingan holda ishlaydi, o‘quv topshiriqlari
alohida bir o‘quvchiga emas, balki kichik guruhning barcha a’zolariga beriladi.
Guruhlarning har bir a’zosi topshiriqni bajarishga o‘z hissasini qo‘shishga harakat
qiladi. Pedagogik texnologiya asosida o‘tkazilgan mashg`ulotlar yoshlarning muhim
hayotiy yutuq va muammolarga o‘z munosabatlarini bildirishga intilishlarini


background image

World scientific research journal

https://scientific-jl.com/wsrj

Volume-40_Issue-2_June-2025

371

tarbiyalab, ularni fikrlashga, o‘z nuqtayi nazarlarini asoslashga imkoniyat yaratadi.
Innovatsion texnologiyalar pedagogik jarayon hamda o‘qituvchi va o‘quvchi
faoliyatiga yangilik o‘zgarishlar kiritish bo‘lib, uni amalga oshirishda asosan interfaol
usullardan foydalaniladi. Interfaol darslarda o‘qituvchi o‘quvchilarning faoliyatini
dars maqsadiga yo‘naltiradi. Bu usullarning o‘ziga xosligi shundaki, ular faqat
pedagog va o‘quvchilarning birgalikda faoliyat ko‘rsatishi orqali amalga oshiriladi.
Bunday pedagogik hamkorlik jarayoni o‘ziga hos hususiyatlarga ega bo‘lib,
o‘quvchining dars davomida befarq bo‘lmasligi, mustaqil fikrlashi, ijod va izlanishga
jalb etilishi, ta’lim jarayonida fanga bo‘lgan qiziqishlari doimiylagi ta’minlanishi,
o‘qituvchi va o‘quvchilarning hamkorlikdagi faoliyatining doimiy ravishda tashkil
etilishini ta’minlaydi.

Har bir o‘qituvhi o‘quvchilarning yaxshi o‘qishlarini, darslarga ishtiyoq bilan

yondashishlarini istaydi. O‘quvchi darsga qiziqmasa, o‘qituvchining shijoatini
so‘ndiradi.Bu, albatta, pedagogik jarayonda bir qator muammolarni vijudga keltiradi.
Zero, V. Suxomlinskiy aytganidek, ”Agarda o‘quvchida o‘qishga qiziqish bo‘lmasa,
barcha izlanishlarimiz- u o‘ylagan niyatimiz puchga chiqadi”. O‘quvchi darslarga
befarq bo‘lib, unga qiziqmasa va extiyoj sezmasa, samarali o‘qitishga erishish
mushkul. Shu sababli o‘qituvchi oldida o‘quvchini o‘quv jaroyoniga qiziqtirish
vazifasi turadi. Bolalarni darslarga qiziqtirishda boshlang`ich sinfdayoq jiddiy
muammolarga duch kelinadi. Chunki bolalar ko‘p chalg`ishadi, shovqin- suron
qilishadi, o‘qituvchini tinglashmaydi, sinfdagi mashg`ulotlar va uy vazifalarini
bajarishga qunt qilishmaydi. O‘quvchi ulg‘aygan sari ba’zan ularning fe’l-atvorida
o‘qishga qiziqmaslik bilan bog‘liq sabablar ham ko‘payib boradi. O‘quv faoliyatini
jonlantirishga intilishning an’anaviy usuli bu – yomon baholar bilan ”siylash”
hisoblanadi. O‘quvchi yomon baxodan ta’sirlanadi, ammo bu xam har doim ijobiy
samara bermaydi. Bolada o‘qishga bo‘lgan qiziqishni oshirish uzoq muddat davom
etadi, aniq maqsadga yo‘naltirilgan va o‘ta mashaqqatli mehnat talab qiladi. Mehnat
tarbiyasining

maqsadi

o‘quvchilarda

mehnatga

ongli

munosabatni

shakllantirishdir. Mazkur maqsadga erishish yo‘lida quyidagi vazifalarni ijobiy hal
etish maqsadga muvofiq:

*yosh avlodda mehnat qilish istagini qaror toptirish va ularni zamonaviy ishlab

chiqarishning turli sohalarida faoliyat yuritishga tayyorlash;

* o‘quvchilarda umumjamiyat manfaati yo‘lida mehnat qilish ehtiyojini hosil

qilish;

* ularning aqliy qobiliyatlarini rivojlantirish;
* o‘quvchilarning mavjud bilimlarini uzluksiz ravishda takomillashtirib

borishlari uchun zarur shart-sharoitni yaratish;

* ularda mehnat ko‘nikma va malakalarini tarkib toptirish;
* o‘quvchilar faoliyatida yuqori madaniyat, maqsadga intilish, tashkilotchilik,

mehnat intizomi, tadbirkorlik, tejamkorlik, ishni sifatli bajarish, moddiy boyliklarga


background image

World scientific research journal

https://scientific-jl.com/wsrj

Volume-40_Issue-2_June-2025

372

ehtiyotkorona munosabatda bo‘lish, hayotiy faoliyat yo‘nalishini belgilash
malakalarini shakllantirish.

Mazkur vazifalar tizimida o‘quvchilarni mehnatga psixologik va amaliy jihatdan

tayyorlash ularning qiziqish va qobiliyatlarini aniqlash orqali amalga oshiriladi.
Mehnat tarbiyasi o‘quvchilarning aqliy, ma’naviy-axloqiy, jismoniy va estetik
tarbiyasi bilan o‘zaro bog‘lik holda yaxlit tizimda amalga oshiriladi. Chunonchi:

-aqliy tarbiya o‘quvchilar mehnat tarbiyasi, ularni kasbga tayyorlashning asosi

sanaladi. Zero, mehnat - nazariy va amaliy bilimlarni egallashga yordam beradi, bilim
esa o‘z navbatida shaxsni mehnatga tayyorlashni takomillashtiradi. Mehnat
tarbiyasining samaradorligi o‘quvchilarni mehnat faoliyatiga tayyorlash jarayonida
har tomonlama rivojlangan shaxsni tarbiyalash vazifasi bilan belgilanadi.
-mehnat tarbiyasi axloqiy tarbiyaning asosiy vositasi hisoblanadi. Chunki mehnat
faoliyati

yordamida

o‘quvchida mehnatsevarlik, intizomlilik, irodalilik,

tashabbuskorlik, mustaqil harakat qilish kabi axloqiy xislatlar ham shakllanadi.
-mehnat tarbiyasi estetik tarbiya bilan mustahkam aloqada olib boriladi. Mehnat
tarbiyasi mazmuniga estetik elementlarni singdirish asosida uni amalga oshirish
o‘quvchilar mehnat tarbiyasida katta ahamiyat kasb etadi. Mehnatda go‘zallik va o‘z
mehnatidan zavqlanish uning yanada samarali kechishiga yordam beradi.

Yuqoridagilarga asoslanib, o 'quvchilar mehnat tarbiyasida quyidagi mezonlarni

asos qilib olish maqsadga muvofiq. Bular:

> o‘quvchilar tomonidan mehnatning ijtimoiy ahamiyatini tushunilishi;
> ularning ixtiyoriy ravishda mehnat qilishlari;
> ularda mehnat qilmay hayot kechiruvchilarga nisbatan nafrat uyg‘otish;
> o‘quvchilarda mehnat va mehnat ahliga hurmat tuyg‘ularini qaror toptirish;
> ularda mehnatda javobgarlikni his etish tuyg‘usini tarbiyalash;
> ularning mehnatga ongli munosabatda bo‘lishlariga erishish;
> mehnatda ijodkorlikni qo‘llab-quvvatlash;
> o‘quvchilarda jamiyat va umumxalq mulkini ko‘z qorachig‘iday asrash

tuyg‘ularini shakllantirish;

> mehnatda do‘stlik, o‘rtoqlik va hamkorlikka erishish;
> o‘quvchilarning mehnatni go‘zallik manbai sifatida tushunishlariga erishish va

boshqalar.

Uzluksiz ta’lim sharoitida ijtimoiy hayotning barcha jabhalarida o‘zini

namoyon qila oladigan malakali mutaxassislarni tayyorlash ustuvor vazifa
hisoblanadi. Davlat ta’lim standartlari zamonaviy ta’lim modeli asosida qayta ko‘rib
chiqildi. Takomillashtirilgan davlat ta’lim standartlari o‘quvchilarning tayanch va fan
yo‘nalishlari bo‘yicha umumiy kompetensiyalarni shakllantirishni nazarda tutadi.
Ma’naviyat shaxs, xalq, davlat va jamiyatning kuch-qudrati, taraqqiyoti,
imkoniyatlari va istiqbollarini belgilab beruvchi ichki ijobiy, ruhiy omildir.
Ma’naviyat (arabcha «ma’naviyat» - ma’nolar majmui) mohiyatiga ko‘ra ijtimoiy


background image

World scientific research journal

https://scientific-jl.com/wsrj

Volume-40_Issue-2_June-2025

373

taraqqiyotga ijobiy ta’sir o‘tkazuvchi falsafiy, huquqiy, ilmiy, badiiy, axloqiy, diniy
tasavvur, tushuncha va g‘oyalar majmui hisoblanadi. Madaniyat («cultura» so‘zidan
olingan bo‘lib, parvarish qilish, ishlov berish ma’nosini bildiradi) - ijtimoiy taraqqiyot
davomida insonlarning faoliyati tufayli qo‘lga kiritilib, ularning ijtimoiy ehtiyojlarini
qondirishga xizmat qiluvchi moddiy va ma’naviy boyliklar tizimi. Ma’rifat shaxs
ongiga ilmiy bilim, axloq qoidalari hamda ijtimoiy munosabatlarni tartibga soluvchi
huquqiy me’yorlarni singdirish, ta’lim-tarbiyani takomillashtirish, milliy meros va
umuminsoniy qadriyatlarni o‘rganish, ularni targ‘ib etish maqsadida amalga
oshiriladigan tadbirlar tizimi. Har uchala sohaning uzviy birligi asosida jamiyat
ma’naviyati yuksaladi. Ma’naviyat sohasida ijobiy yechimini ta’minlash zarur
bo‘lgan asosiy vazifani ko‘rsatar ekan, O‘zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti
I.A.Karimov quyidagilarni ta’kidlaydi: «Bu sohadagi asosiy vazifamiz - milliy
qadriyatlarimizni tiklash, o‘zligimizni anglash, milliy g‘oya va mafkurani
shakllantirish, muqaddas dinimizning ma’naviy hayotimizdagi o‘rnini va hurmatini
tiklash kabi mustaqillik yillarida boshlagan ezgu ishlarimizni izchillik bilan davom
ettirish, ularni yangi bosqichga ko‘tarish va ta’sirchanligini kuchaytirishdir. ... Bu
sohadagi ishlarimizning pirovard maqsadi - iymon-e’tiqodi butun, irodasi baquvvat,
erkin fuqaro ma’naviyatini shakllantirishdir. Ya’ni, mustaqil dunyoqarashga ega,
ajdodlarimizning bebaho merosi va zamonaviy tafakkurga tayanib yashaydigan
barkamol shaxs - komil insonni tarbiyalashdan iborat». Demak, ma’naviyatli inson
bilimli, ma’lum kasb-hunar sohibi, o‘z Vatanining sodiq fuqarosidir. O‘z davlati
qonunlarini biladigan va ularga amal qiladigan, yurti bilan g‘ururlana oladigan inson.
O‘z Vatani boyliklarini saqlaydigan, uni yanada boyitadigan, go‘zalliklaridan
bahramand bo‘ladigan shaxs. U har qanday zararli illatlarga qarashi kurashadigan,
milliy va umuminsoniy qadriyatlarni avaylab asraydigan insondir.

Axloq esa shaxsning xatti-harakatlari, yurish-turishi, turmush tarzi, hayot

kechirish tamoyillari, qoidalari, ijtimoiy munosabatlar mazmunini ifodalaydi. Axloq
ijtimoiy hodisa sifatida jamiyat ma’naviy-ruhiy hayotida o‘ziga xos o‘rin tutadi.
«Axloq» (lotincha - xulq-atvor ma’nosini bildiradi) ijtimoiy ong shakllaridan biri
bo‘lib, ijtimoiy munosabatlar hamda shaxs xatti-harakatini tartibga soladigan qonun-
qoidalar majmuidir. Axloq - ma’naviyatning tarkibiy qismi sifatida shaxs
kamolotining yuqori bosqichi sanaladi. Zero, axloq, axloqiy me’yorlarsiz shaxsning
ruhiy va jismonan yetukligining mezoni bo‘lgan ma’naviy kamolotga erishib
bo‘lmaydi. Shuning uchun ham ma’naviy-axloqiy tarbiyada uzviylik, aloqadorlik
dialektik xarakterga ega bo‘lib, shaxsning ma’naviy-axloqiy shakllanishida muhim
sanaladi. Tarbiyaviy tadbirlar rejasini ishlab chiqish, tadbirlarni tashkil etishda
ma’naviyat, axloq inson ongining shakli, inson madaniyatining bir qismi ekanligi
haqidagi tushunga ega bo‘lish nazarda tutiladi. Ma’naviy-axloqiy e’tiqodga ega inson
axloqiy me’yorlar, talablarni ongli bajaradi va ularga hurmat bildiradi. Lekin
ma’naviy-axloqiy me’yorlar haqida bilimga ega bo‘lish va uni tushunish hali


background image

World scientific research journal

https://scientific-jl.com/wsrj

Volume-40_Issue-2_June-2025

374

e’tiqodni faoliyatga aylantiradi degan gap emas, ma’naviy-axloqiy bilimlar qachon
hayotiy tajribalarda qo‘llanilib, o‘quvchilar tomonidan ularning faoliyatida namoyon
bo‘lgandagina shakllangan deyish mumkin. Ma’naviy-axloqiy tarbiya tizimida
ma’naviy-axloqiy his-tuyg‘ular inson tomonidan, uning hovea-hodisalar, kishilar
hamda o‘z xulqiga nisbatan his-tuyg‘ularni uyg‘otishga rag‘bat paydo qiluvchi
tarbiyaviy ishlar tizimli tashkil etilgandagina samarali kechadi. Mazkur tizimda xulq-
atvorni shakllantirishga oid tarbiyaviy ishlar aks etadi. Shunga ko‘ra ma’naviy-
axloqiy xulq-odobga doir xislatlarni shakllantirishga undovchi rag‘bat bilan hosil
bo‘ladigan faoliyat eng asosiy bo‘lib hisoblanadi. Shuningdek, o‘quvchida ma’naviy-
axloqiy xislatlarni shakllantirishga nisbatan ehtiyoj bo‘lishi shart. Demak, ma’naviy-
axloqiy tarbiyani tashkil etish jarayonida uyushtiriluvchi tadbirlar xulq-odobga doir
xatti-harakatlar zanjiridan iborat bo‘ladi. Ma’naviy-axloqiy xatti-harakatlar esa
o‘quvchi tomonidan axloqiy me’yor va tamoyillar mohiyatini o‘rganish, ularni anglab
yetishdan iboratdir.

Xatti-harakatlar tizimi ma’naviy-axloqiy odatlarni tarkib toptiradi. Bu borada

quyidagi talablarni amalga oshirish maqsadga muvofiqdir:

• ma’naviy-axloqiy tarbiya axloqsizlikka qarshi kurashdagi «kompaniya»ga

aylanmay, maqsadga muvofiq, uzluksiz, tizimli va izchil amalga oshirilishi zarur;

• o‘quvchilarda ma’naviy-axloqiy xislatlar va fazilatlarni tarbiyalash faol

hayotiy vaziyatlar, axloqiy me’yorlar buzilgan holatlarda tarbiyalanuvchilarning o‘z
nuqati nazarlarini ifodalashlari bilan amalga oshirilishi;

• shaxsda o‘z idealiga intilishiga bo‘lgan his-tuyg‘ularini uyg‘otishga

yo‘naltirilgan xatti-harakatlarni tashkil etish borasidagi ko‘nikmalarni tarbiyalash;

• ma’naviy-axloqiy tarbiyaga doir ishlarni tarbiyalanuvchilarning tajribasi,

tarbiya qoidalarini qabul qilishlari va bunga tayyorliklari, yaxshi va yomon xatti-
harakatlarning mohiyatini tushunishlarini hisobga olgan holda amalga oshirish;

• tarbiyalanuvchilarda yuksak ma’naviy-axloqiy sifatlar - insoniylik, insonga

hurmat, mehr-saxovat, xushmuomalalik, ijtimoiy munosabatlarni tashkil etishda
muomala madaniyati va axloq qoidalariga rioya qilish kabi holatlarni tarkib toptirish;

• fuqarolik madaniyati, ongli intizom, jamoani hurmat qilish va boshqa juda ko‘p

ma’naviy-axloqiy sifatlar - boshqlarga g‘amxo‘rlik qilish, odamlarning g‘am-
tashvishi, quvonchini tushuna olish, o‘z manfaatidan o‘zgalar manfaatlarini ustun
qo‘yish, axloqiy me’yorlar hamda mavjud qonunlarga zid xatti-harakatlarni
to‘xtataolish, ma’lum xatti-harakatlarni amalga oshirishda jamoa a’zolarining fikri
bilan o‘rtoqlashish, mas'uliyatni his etish kabilarga asoslanishi kerak. Darsning turli
bosqichlarida qiziqtirishning har xil usul va yo‘llarini qo‘llash o‘quvchilarning
o‘qishga bo‘lgan intilishini mustahkamlaydi. Bu o‘rinda ko‘p narsa pedagogning
mahorati, uning o‘quv- tarbiya ishini tashkil eta olish qobilyati, ijodi va doimiy
izlanishiga bog`liq. Qaysidir ma’noda standart darsdan yiroqlashish, o‘quvchilar
e’tiborini tortish, ular faoliyatini jonlantirish, ularni fikrlash, izlanish va harakat


background image

World scientific research journal

https://scientific-jl.com/wsrj

Volume-40_Issue-2_June-2025

375

qilishga undash uchun yangi dars o‘tish jarayonlari kerak bo‘ladi. O‘quvchilarga
axloqiy tarbiya berishda xilma xil metodlardan foydalaniladi: Birinchidan,
maktabdagi o‘qish jarayoni yuksak darajada uyishtirilishi kerak. Buyuk nemis
pedagogi A.V. Disterveg ta’kidlaganidek, yaxshi o‘qitish bilangina o‘qituvchi
o‘quvchini yaxshi tarbiyalay oladi. Ikkinchidan, axloqiy tarbiya jarayonining
muvofaqqiyati o‘quvchilar va o‘qituvchilar jamoasining saviyasiga bog`liq. Jamoa
axloqli bo‘lsa, bolalar intizomli bo‘ladi. Uchinchidan, tarbiyaviy ishlarni rejali
bo‘lishi va hamjihatlik bilan amalga oshirilishi axloqiy tarbiyaning muvafaqqiyatini
ta’minlaydi.

Xulosa qilib aytganda, o‘quvchilarni milliy-ma’naviy tarbiyalash — ularni

nafaqat bilimli va malakali, balki yurtga sadoqatli, axloqiy yetuk, ijtimoiy
mas’uliyatli shaxs etib shakllantirishda asosiy omildir. Umumiy pedagogika fanining
nazariy va amaliy tamoyillari ushbu jarayonning poydevori hisoblanadi. Ma’naviyat,
axloq, milliy qadriyatlar, urf-odatlar va an’analarni yoshlarga singdirish orqali ular
ichki dunyosi boy, o‘zligini anglagan, mustaqil fikrlaydigan shaxslar sifatida kamol
topadi. Zamonaviy ta’lim texnologiyalari, interfaol metodlar, didaktik o‘yinlar va
mehnat tarbiyasini uyg‘unlashtirgan holda olib borilgan ta’lim-tarbiya jarayoni
o‘quvchilarda mustahkam ijtimoiy-axloqiy qarashlar, milliy g‘urur va vatanparvarlik
tuyg‘ularining shakllanishiga xizmat qiladi. Shunday ekan, pedagoglar oldida turgan
asosiy vazifa – o‘quvchilarni barkamol, ma’naviy boy, komil inson qilib
tarbiyalashdan iboratdir.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch. – Toshkent: Ma’naviyat,

2008. – 180 b.

2. Xasanboyeva G'.N. Pedagogika. – Toshkent: “Fan va texnologiya”, 2015. –

368 b.

3.Xolboeva N.X. Tarbiyaning nazariy asoslari. – Toshkent: TDPU nashriyoti,

2020. – 240 b.

4.Qodirov A., Qodirova M. Umumiy pedagogika asoslari. – Toshkent: Iqtisod-

Moliya, 2019. – 312 b.

5.Disterveg A. O‘qituvchilar uchun rahbar. – Toshkent: “O‘qituvchi”, 1992. –

198 b.

6.Toshkenboyeva D. va boshqalar. O‘quvchilarda axloqiy fazilatlarni

shakllantirish metodikasi. – Toshkent: TDPU, 2021. – 146 b.

7. Internet saytlari


References

Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch. – Toshkent: Ma’naviyat, 2008. – 180 b.

Xasanboyeva G'.N. Pedagogika. – Toshkent: “Fan va texnologiya”, 2015. – 368 b.

Xolboeva N.X. Tarbiyaning nazariy asoslari. – Toshkent: TDPU nashriyoti, 2020. – 240 b.

Qodirov A., Qodirova M. Umumiy pedagogika asoslari. – Toshkent: Iqtisod-Moliya, 2019. – 312 b.

Disterveg A. O‘qituvchilar uchun rahbar. – Toshkent: “O‘qituvchi”, 1992. – 198 b.

Toshkenboyeva D. va boshqalar. O‘quvchilarda axloqiy fazilatlarni shakllantirish metodikasi. – Toshkent: TDPU, 2021. – 146 b.

Internet saytlari