World scientific research journal
https://scientific-jl.com/wsrj
Volume-40_Issue-2_June-2025
338
O‘ZBEKISTONDA IMKONIYATI CHEKLANGAN SHAXSLARGA
IJTIMOIY YORDAM KO‘RSATISH BO‘YICHA OLIB
BORILAYOTGAN ISHLAR XUSUSIDA
Маdrahimova Muhayyo Sultonboyevna
Uchtepa tumani 295-maktab Таrix fani O‘qituvchisi
АNNOTATSIYA
Ushbu maqolada, bugungi kunda mamlakatimizda, nogironligi bo‘lgan
shaxslarga, jamiyat va davlat tomonidan ko‘mak va yordam berish, ularni ijtimoiy-
siyosiy hayotga faol jalb etishga qaratilgan chora-tadbirlar tahlil qilinadi. Nogironligi
bo‘lgan shaxslarning huquqlarini ijtimoiy hayotning barcha sohalarida himoya etish,
ularga ijtimoiy yordam ko‘rsatish juda muhimdir. Zero, nogironligi bor fuqarolarning
huquq va manfaatlarini ta’minlash, mehnat va turmush sharoitlarini yaxshilash
yurtimizda inson qadrini yanada ulug‘lashga xizmat qiladi.
Каlit so‘zlar:
Ijtimoiy himoya, ijtimoiy yordam, inklyuziv ta’lim, abilitatsiya,
reabilitatsiya, tibbiy-ijtimoiy ekspertiza.
So‘ngi yillarda mamlakatimizda aholining ijtimoiy himoyasini kuchaytirish,
davlat tomonidan aholiga ijtimoiy xizmat ko‘rsatish ko‘lamini kengaytirish bo‘yicha
tizimli ravishda ishlar yo‘lga qo‘yilmoqda.
Xususan, ijtimoiy dasturlarni moliyalashtirish xarajatlari 2 baravarga oshib, kam
ta’minlangan nafaqa oluvchi oilalar qamrovi 5 barobarga ko‘paydi va nogironligi
bo‘lgan shaxslar va nogironligi bo‘lgan bolalarning parvarishi bilan band bo‘lganlar
uchun yangi nafaqa turlari joriy qilindi. Nogironligi bo‘lgan shaxslarni hayotga
moslashtirish hamda ijtimoiy reabilitatsiya qilish bo‘yicha ham katta ishlar olib
borilayotganligini ham aytishimiz mumkin. Xususan, so‘ngi yillarda 27 ta tibbiy-
ijtimoiy muassasalar yangidan ta’mir qilinib, zamon talablariga mos bo‘lgan 1,5
mingta davolash reabilitatsiya o‘rinlari yaratildi. Xalq ta’limi tizimida ham katta
o‘zgarishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, inklyuziv ta’limni rivojlantirish uchun,
qariyb 300 dan ortiq maktablarda imkoniyati cheklangan bolalarning bilim olishlari
uchun zarur bo‘lgan barcha sharoitlar tashkil etildi. Chunki nogironligi bo‘lgan
insonlar – jamiyatimizning to‘laqonli a’zosidir. Bizning mamlakatimizda jamiyatning
har bir a’zosi bilim olishi, zamonaviy kasblarni egasi bo‘lishi, o‘z qobiliyatlarini
ro‘yobga chiqarishi, o‘zi sevgan ish, mehnat bilan shug‘ullanishlari uchun barcha
imkoniyatlar yaratilmoqda. Bugungi kunda, nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun
munosib bo‘lgan ish o‘rinlarini yaratish orqali ularning daromadini ko‘paytirishga
qaratilgan chora-tadbirlar ham kuchaytirilmoqda.
Mehr-muruvvatli va bag‘rikeng xalqimiz azal-azaldan yordamga muhtoj,
imkoniyati cheklangan insonlarga e’tibor va g‘amxo‘rlik ko‘rsatishni jamiyatda
World scientific research journal
https://scientific-jl.com/wsrj
Volume-40_Issue-2_June-2025
339
tinchlik, do‘stlik va hamjihatlikni mustahkamlashga xizmat qiladigan eng muhim
qadriyatlardan biri sifatida e’zozlab keladi. [1].
Yangi tahrirda qabul qilingan Konstitutsiyada mehnatga layoqatsiz va yolg‘iz
keksalar, nogironligi bo‘lgan shaxslar hamda aholining ijtimoiy jihatdan ehtiyojmand
boshqa toifalarining huquqlari davlat himoyasida bo‘lishining belgilanganligi bu
sohani yagona yondashuv asosida isloh etish zarurligini ko‘rsatmoqda.
Bugungi kunda nogironlikning har xil turlari ko‘payib bormoqda. Ayniqsa,
nogironlik turlari orasida asab tizimi kasalliklari, tug‘ma anomaliyalar, tuberkulyoz,
onkologik, suyak-mushak tizimi, qon kasalliklari turlari boshqa nogironlik turlariga
nisbatan ortib bormoqda [2]. Bundan kelib chiqib, davlatimiz tomonidan
reabilitatsiya, ilmiy ishlab chiqarish markazlari, davlat sog‘liqni saqlash tizimidagi
ambulatoriya va statsionar davolash-profilaktika muassasalari, nogironlarga ijtimoiy
xizmat ko‘rsatish statsionar muassasalarida tiklash terapiyasi bo‘linmalari,
ixtisoslashtirilgan sanatoriya muassasalari tashkil etildi.
2020 yil 15 oktabrda “Nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlari”
to‘g‘risidagi qonuni qabul qilindi. 2023 yil 27-fevralda esa PQ-74 –sonli “Nogironligi
bo‘lgan shaxslarni qo‘llab-quvvatlash tizimini takomillashtirishga doir qo‘shimcha
chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.
2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot
strategiyasini “Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili”da amalga oshirishga oid davlat
dasturi to‘g‘risidagi Farmonida Nogironlikni belgilashda fuqarolarga qo‘shimcha
yengilliklar yaratish maqsadida quyidagilar belgilangan:
a).2023 yil 1-apreldan boshlab nogironlik idoralararo electron ma’lumotlar
almashinuvi asosida nogironlik belgilari aniq ko‘rinib turgan, anatomic nuqsonlari
bo‘lgan, shuningdek, noxush klinik prognozga ega kasalliklar va asoratlarda
fuqarolarning ishtirokisiz belgilanadi.
b).Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi 2023 yil 1-aprelga qadar
nogironlikni belgilashning ijtimoiy modeliga bosqichma-bosqich o‘tish konsepsiyasi
loyihasini kiritsin, unda:
fuqarolarning mehnat qobiliyatini yo‘qotganlik darajasidan kelib chiqib,
nogironlikni belgilash amaliyotidan voz kechib, uning o‘rniga jahon standartlari
asosida nogironlikni belgilashga hamda nogironligi bo‘lgan shaxslarning hayotga
ijtimoiy moslasuvi va ularning sog‘lig‘ini qayta tiklashga; nogironligi bo‘lgan
shaxslar uchun qulay formatlardagi axborot texnologiyalaridan, imo-ishora tilidan
hamda muloqotning boshqa muqobil shakllaridan foydalanish imkoniyatlarini
yaratishga e’tibor qaratilsin.[3]. Bunga qadar, Harakatlar strategiyasi doirasida,
jumladan, Prezidentimiz tomonidan 2021 yil 25-martda “Keksalar va nogironligi
bo‘lgan shaxslarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, “Sahovat” va “Muruvvat” internat
uylari tizimini yanada rivojlantirish to‘g‘risida”gi farmon, 2021 yil 27-noyabrda
“Tibbiy-ijtimoiy ekspertiza xizmati faoliyati hamda bolalarga nogironlikni belgilash
World scientific research journal
https://scientific-jl.com/wsrj
Volume-40_Issue-2_June-2025
340
tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaror qabul qilingan
va ijroga yo‘naltirilgan.
Nogironligi bo‘lgan shaxslar huquqlarini himoya qilish masalalari bugungi
kunda O‘zbekiston Respublikasining 200 dan ortiq normativ-huquqiy hujjati bilan
tartibga solinmoqda.
Xususan, O‘zbekistonda nogironligi bo‘lgan shaxslar huquqlari O‘zbekiston
Respublikasining Konstitutsiyasi, “Nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlari
to‘g‘risida”, “Ta’lim to‘g‘risida”, “Fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash to‘g‘risida”, “Aholi
bandligi to‘g‘risida”, “Bola huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida”, “Fuqarolarning
davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”, “Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risida”,
“Jismoniy tarbiya va sport to‘g‘risida”gi qonunlar va O‘zbekiston Respublikasi
Mehnat kodeksi bilan tartibga solinadi.
Bugungu kunda mamlakatimizda nogironlik sohasida 600 ga yaqin nodavlat
notijorat tashkiloti faoliyat olib bormoqda. Ular orasida: O‘zbekiston nogironlar
jamiyati; O‘zbekiston nogironlar jamoat fondi; O‘zbekiston nogiron ishbilarmon
ayollar milliy assotsiatsiyasi; Imkoniyati cheklangan yoshlar va bolalar markazi;
O‘zbekistondagi falaj nogiron bolalar o‘smirlarga yordam berish “Umr” jamoatchilik
markazi; “Inklyuziv hayot” nogironlar jamoat birlashmasi; O‘zbekiston ko‘zi ojizlar
jamiyati; O‘zbekiston karlar jamiyati kabi NNTlar bor. Bularning hammasi
nogironlarni ijtimoiy himoya qilish va ularga xizmat ko‘rsatish tizimining so‘ngi
yillarda yangicha ma’no kasb etayotganligidan dalolat beradi.
Bugungi kunda O‘zbekistonda 760 ming 727 nafar nogironligi bo‘lgan shaxs
istiqomat qiladi. Shularning 100 mingdan ortig‘i 16 yoshgacha bo‘lgan nogiron
bolalardir. Ular ijtimoiy himoya va qo‘llab-quvvatlash, tibbiy-ijtimoiy reabilitatsiya
choralari bilan to‘liq qamrab olingan.
Nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlariga oid milliy qonunchilikda
quyidagilar nazarda tutilgan:
Nogironligi bo‘lgan shaxslarning ijtimoiy-iqtisodiy sohadagi barcha huquqlarini
tartibga soluvchi “Nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlari to‘g‘risida”gi qonun;
Nogironligi bo‘lgan shaxslarning ta’lim olishiga bo‘lgan huquqlarini amalga
oshirishga qaratilgan qonunlar va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar; Sog‘likni
saqlash va tibbiy xizmat ko‘rsatish; Bandlik masalalari jismoniy tarbiya, sport va dam
olish ijtimoiy ob’ektlar va xizmatlar; Transport, aloqa va axborot vositalaridan
foydalanish; Odil dudlov; Davlat va jamoat ishlarida ishtirok etish; Nogironligi
bo‘lgan shaxslar huquqlarini buzganlik uchun javobgarlik kabi normalardan tashkil
topgan.
Hozirgi vaqtda O‘zbekistonda faoliyat olib borayotgan ko‘zi ojizlar jamiyati
yurtimizdagi ko‘zi ojizlar jamoatchiligini birlashtirgan yagona kuch hisoblanadi.
Ayni damda mamlakatimizdagi qariyb, 78 ming nafar ko‘zi ojizning 61 ming
nafardan ortig‘i bu jamiyatga olingan. Mazkur Jamiyat qo‘llab-quvvatlashi ostida
World scientific research journal
https://scientific-jl.com/wsrj
Volume-40_Issue-2_June-2025
341
ishlovchi ko‘zi ojiz insonlar soni 2 ming 855 nafarni tashkil qiladi. Shundan 1 ming
nafardan ziyodi Jamiyat korxonalarida, 545 nafari Jamiyat tizimida va 1 ming 210
nafari tizimdan tashqari turli tashkilotlarda faoliyat yuritmoqda [4].Bu albatta,
quvonarli holatdir.
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev BMT Inson huquqlari bo‘yicha kengashning
2021 yil 22 fevralda bo‘lib o‘tgan 46-sessiyasi minbaridan turib, imkoniyati
cheklangan shaxslarning o‘z qobiliyatini to‘la ro‘yobga chiqarish masalalari bo‘yicha
Mintaqaviy kengash tuzish taklifini xalqaro hamjamiyat e’tiboriga taqdim etarkan,
O‘zbekistonda alohida ehtiyojga ega bo‘lgan shaxslarning huquqlarini ta’minlashga
jiddiy e’tibor qaratilayotganini ta’kidlagani bejizga emas.
Xulosa o‘rnida shuni aytish mumkunki, insonparvarlik tamoyillariga asoslangan
jamiyatimizda imkoniyati cheklangan hamda nogironligi bo‘lgan shaxslarimiz doimo
davlat muhofazasidadir.. Hukumatimiz tomonidan qabul qilingan va ijrosi izchil
ravishda amalga oshirilayotgan qaror, farmon va asosiy huquqiy me’yorlar
yurtimizdagi imkoniyati cheklangan fuqarolarimizni ham moddiy, ham ma’naviy
qo‘llab-quvvatlab kelmoqda.
Dunyo tajribasida bolaligidan nogiron bo‘lgan yosh avlodni hayotda o‘z o‘rnini
topishlariga yordam berish, jamiyatning bir a’zosi sifatida ijtimoiy moslashuvlarini
yo‘lga qo‘yib, ularga qulay bo‘lgan sharoitlarni yaratib berish masalalari hozirgi
globollashuv davrida yanada katta ahamiyat kasb etib bormoqda.
Jamiyatimizning barcha sohalarida yuksak marralarni egallashga qodir bo‘lgan
yoshlarimizning o‘z qobiliyatlarini to‘liq namoyon etishlari va hayotda o‘zining
munosib o‘rnini topishlari yo‘lida ularning imkoniyatlarini kengaytirish zarurdir.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev nutqi (2021-yil 3-
dekabr)
2.O‘zbekiston Respublikasida birlamchi nogironlik holati va uning 2013-2015
yillardagi solishtirma ko‘rsatkichlari tahlili (tahliliy-statistik qo‘llanma). –Toshkent:
Istiqbol, 2017. –B.33.
3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning “Nogironligi
bo‘lgan shaxslarni hamda aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini qo‘llab-
quvvatlashning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni. 2022 yil 28-
yanvar.
4. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi rasmiy sayti
hudud24.uz