Authors

  • Isroilova Maxtuma Ne‘matillayevna

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.wsrj.114002

Keywords:

Kalit so‘zlar: Abdulla Oripov taqdir mifologema poetika badiiy g‘oya ramz milliy tafakkur.

Abstract

Annotatsiya: Ushbu maqolada Abdulla Oripov she’riyatida taqdir mifologemasining badiiy g‘oya bilan uyg‘unlashuvi tahlil qilinadi. Shoirning lirik asarlarida taqdir timsoli orqali inson ruhi, hayot falsafasi, vatanparvarlik va ilohiy qudrat haqidagi qarashlari poetik vositalar orqali ochib berilgan. Tahlil davomida mifologik obrazlarning poetik tizimdagi funksiyasi aniqlanadi.


background image

World scientific research journal

https://scientific-jl.com/wsrj

Volume-40_Issue-2_June-2025

331

ABDULLA ORIPOV SHE’RIYATIDA TAQDIR

MIFOLOGEMASI VA BADIIY G‘OYA UYG‘UNLIGI

Isroilova Maxtuma Ne‘matillayevna

Toshkent amaliy fanlar universiteti,

1-bosqich magistratura tinglovchisi


Annotatsiya:

Ushbu maqolada Abdulla Oripov she’riyatida taqdir

mifologemasining badiiy g‘oya bilan uyg‘unlashuvi tahlil qilinadi. Shoirning lirik
asarlarida taqdir timsoli orqali inson ruhi, hayot falsafasi, vatanparvarlik va ilohiy
qudrat haqidagi qarashlari poetik vositalar orqali ochib berilgan. Tahlil davomida
mifologik obrazlarning poetik tizimdagi funksiyasi aniqlanadi.

Kalit so‘zlar:

Abdulla Oripov, taqdir, mifologema, poetika, badiiy g‘oya, ramz,

milliy tafakkur.


O‘zbek she’riyatida inson taqdiri, uning hayotdagi o‘rni, erkinlik va qismat

masalalari azaldan muhim mavzulardan biri bo‘lib kelgan. Ayniqsa, XX asrning
ikkinchi yarmidan boshlab bu mavzular falsafiylik va ichki ruhiy tahlil bilan boyidi.
Abdulla Oripov ana shu mavzularni o‘zining poetik dunyoqarashi orqali yuqori
darajada yoritgan shoirlardan biridir. Uning ijodida taqdir tushunchasi oddiy voqelik
emas, balki ramziy, metaforik va mifologik obrazlarda aks etadi.

Ilmiy adabiyotlarda "mifologema" tushunchasi miflarning badiiy asardagi poetik

shakliga aylangan elementlarini anglatadi

[1].

Ular xalq ongida qadimdan shakllangan

timsollar orqali asarda chuqur semantik yuklamaga ega bo‘lgan obrazlar sifatida
qatnashadi. Bu holat Abdulla Oripov she’rlarida juda yaqqol kuzatiladi. Ayniqsa,
"Taqdir", "Qiyomat" singari she’rlarda mifologik obrazlar va badiiy g‘oya bir-birini
to‘ldirib, falsafiy mazmun hosil qiladi.

Abdulla Oripov she’riyatida taqdir mifologemasining badiiy g‘oya bilan qanday

uyg‘unlashganini ilmiy-nazariy asosda tahlil qilib chiqamiz.

Adabiy tafakkurda taqdir mavzusi qadimdan mavjud bo‘lib, u insonning irodasi,

hayotiy yo‘li va yuksak kuchlar bilan bog‘liq munosabatlarini aks ettirgan. Bu mavzu
Sharq she’riyatida, jumladan, o‘zbek mumtoz adabiyotida ham muhim o‘rinni
egallagan. Abdulla Oripov esa bu an’anani zamonaviy tafakkur, yangi badiiy shakl
va uslub bilan boyitdi.




[1] Zaripov, A. Abdulla Oripov tabiat poetikasida lirik qahramon masalasi // Tadqiqotlar.uz. – 2023. – URL:

https://tadqiqotlar.uz/index.php/tadqiqotlar/ /view/1222


background image

World scientific research journal

https://scientific-jl.com/wsrj

Volume-40_Issue-2_June-2025

332

Shoirning "Qora taqdir" nomli she’rida taqdir tushunchasi hayotiy kurash, fojia

va najot ramzi sifatida talqin etiladi:


Qora taqdir, sendan holi yasharmi olam,
Yasharmikan zug'umingdannola chekmay to.
Qora taqdir, qaysi qudrat senda bo’lmish jam,
Soqqaq qilib o’ynagaysan o’limni xatto.

Qora taqdir, noming asli ayovsiz qismat,
Duch qilding sen odamzodnimudom bir korga.
Iblis bo’lsang, umrim bo’yi o’qirman lanat,
Hasratimni aytgum yolg'iz Parvardigorga.

Bu misralarda taqdir inson uchun noma’lum, lekin javob izlashga majbur

qiluvchi kuch sifatida tasvirlangan. Shoir bu yerda taqdirni o‘zgaruvchan, noaniq va
shu bilan birga, inson ongini sinovdan o‘tkazuvchi kuch sifatida ko‘rsatadi. Bunday
yondashuvda mifologik fikrlash unsurlari yaqqol seziladi, ya’ni taqdir shunchaki
hayotiy zaruriyat emas, balki o‘ziga xos timsolli kuch, “dunyoning yozilmagan
qonuni” sifatida tushuniladi

[2].

Oripov ijodida bu kabi mifologemalar birgina tushuncha bilan cheklanmaydi.

Taqdirga qarshi kurash, unga bo‘ysunmaslik, ba’zan esa bo‘ysunishga majburiyat
ham she’rlarida mujassam. Bu poetik ziddiyat sifatida lirik qahramon ichki
kechinmasida ifodalanadi.


Dunyoga kelibman o‘zim bilmayin,
Ketaman yana ham xuddi shu hol.
Boshimda javobsiz savollar g‘ami,
Ko‘nglimda o‘zligimdan bir savol...

Bu satrlar insonning dunyoga kelishi va ketishini taqdir belgilab qo‘ygan degan

qadimiy mifologik g‘oyaning davomidir. Bu yerda shoir o‘zining lirik qahramoni
orqali “taqdir — borliqni belgilovchi ilohiy kuch” degan tasavvurni badiiy talqin
qiladi.

Abdulla Oripovning she’riy tafakkurida taqdir tushunchasi ba’zan hayotdagi

murakkablik, sinov va sabr timsoliga aylansa, ba’zida u inson ma’naviy o‘sishining
omili sifatida talqin qilinadi. Shoirning "Qiyomat" she’rida bu holat yanada murakkab
falsafiy-badiiy ifoda topadi:

[2] Oripov A. Yillar armoni. – Toshkent: Adabiyot va sanʼat, 198


background image

World scientific research journal

https://scientific-jl.com/wsrj

Volume-40_Issue-2_June-2025

333

Bir kuni Muhammadga berdilar savol:
-Ayo, Rasululoh, aytib ber buni.
Qachon Foniy dunyo topgaydur zavol,
Qachon sodir bo’lgay Qiyomat kuni.

Garchand Biru Borga somedir Inson,
Iblis qutqusi hamhar qayda bordur.
Kimningdir dilida sobitdir imon,
Kimgadir shaytoniy vasvasa yordir.

Bu yerda “qiyomat” nafaqat diniy-mifologik tushuncha sifatida, balki inson

ruhiy kechinmalarining eng yuqori bosqichi, ichki sinov va inqirozning timsoli
sifatida talqin qilinmoqda. Shoir uchun qiyomat tashqi falokat emas, balki inson
ongida ro‘y beradigan katta o‘zgarish, ya’ni ichki qiyomatdir. Bu esa taqdirning
insonga nisbatan individual va ruhiy-axloqiy mezonlar asosida ifodalanishini
ko‘rsatadi

[3].

Abdulla Oripovning bu kabi yondashuvi uni o‘z davridagi boshqa shoirlardan

ajratib turadi. U uchun mifologema bu faqat obraz emas, balki poetik konsepsiyaning
markaziy elementidir. U miflarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri emas, balki zamonaviy ong va
hayotiy mushohada bilan uyg‘unlashtirib beradi. Bu esa uning ijodini chuqur falsafiy
qatlam bilan boyitadi.

Abdulla Oripovning “O’zbek qomusi” she’rida taqdir mifologemasi bilan milliy

g‘urur, vatanparvarlik va tarixiy xotira uyg‘unlashadi. Bu she’rda muallif o‘z hayoti
va o‘limi taqdirini Vatan bilan bog‘laydi. Bu hol poetik talqinda taqdirni irodali
tanlov, ongli qaror sifatida ham aks ettiradi:

Shoir uchun bu yerda taqdir - Vatanga daxldorlik, muqaddaslik va ajdodlar ruhi

bilan bog‘lanish vositasidir. Bu yondashuvda mifologema timsoliga ajdodlar, ona
zamin, milliy ruh kirib keladi. Taqdir endi ilohiy kuch emas, balki milliy ong bilan
uyg‘unlashgan ruhiy tanlovdir. Bu esa poetik tafakkurning yuksak bosqichidir.

Abdulla Oripov lirikasida taqdir motivi ko‘pincha ijtimoiy ong, tarixiy

jarayonlar va milliy qadriyatlar bilan uyg‘unlashgan holda chiqadi. Aynan shu jihati
bilan uning she’riyati zamonaviy o‘zbek adabiyotida alohida mavqe kasb etadi. Z.
Rasulova o‘z tadqiqotida buni quyidagicha ifodalaydi: “Shoirning poetik tafakkurida
mifologik obrazlar ijtimoiy-estetik pozitsiyani aks ettiruvchi ramzlar bilan
uyg‘unlashadi

”[4].



[3]Oripov A. Ilohiy komediya (Dante tarjimasi). – Toshkent: Adabiyot va sanʼat, 2001.

[4]Rasulova, Z. Uslub va poetika: lingvopoetik tahlil asoslari. – Toshkent: Tafakkur, 2017. – 276 b.


background image

World scientific research journal

https://scientific-jl.com/wsrj

Volume-40_Issue-2_June-2025

334

Ham Temurbek, ham Ulug’bek, Alisher, Bobur,
Sizlar tuzgan ul saltanat-Saltanat bo’ldi.
Ulug’ tarix Turkistongacho’ng guvoh erur,
Davlat edik, davlat edik, u davlat bo’ldi!
Bu satrlar shoir shaxsiy taqdirini xalq taqdiri bilan qo‘shadi. Demak, taqdir endi

nafaqat ilohiy, balki milliy, ijtimoiy, tarixiy tushunchalar bilan boyiydi. Bu uyg‘unlik
badiiy g‘oyaning mukammal ifodasidir.

Shoirning "Hayot" she’rida taqdir timsoli tarixiy-falsafiy mazmun bilan

boyitiladi. Bu asarda insoniyat taqdiri, tarixiy qatlamlar va vaqt to‘lqinlari orqali
ifodalanadi. She’rda yer yuzining abadiy aylanishi, davlatlarning o‘sib-sinchishi,
imperiyalar qulashi, inson orzularining so‘nishi kabi g‘oyalar orqali shoir global
taqdir masalasini ko‘taradi:

Afsus, ne-ne insonlar
Tark etdilar olamni,
Qaytmadilar, to’ksam ham
Ko’zimdagi jolamni.
Bu satrlar orqali insoniyat taqdiri vaqt va tarix oldida ojiz, ammo doimiy

harakatda ekanligi ko‘rsatiladi. Taqdir bu yerda insoniyatning tarixiy xotirasi,
tamaddunlar xotirasi sifatida aks etadi. Shoir uchun bu metafora orqali insonning
taqdiri - tarixiy xotiraning bir bo‘lagidir. Mifologik tafakkurda vaqt doiraviy, aylana
tarzida tasavvur qilinadi

[5]

, va Abulla Oripov buni poetik anglashda o‘ziga xos tarzda

aks ettiradi.

Abdulla Oripov ijodining boshqa bir qirrasi - bu jahon adabiyotidagi falsafiy

asarlar bilan badiiy muloqotidir. Jumladan, uning Dante Aligyerining “Ilohiy
komediya” asarini tarjima qilgani va bu orqali o‘z she’riyatida ham dunyoviy va
ilohiy taqdir g‘oyalarini uyg‘unlashtirgani diqqatga sazovordir. Shoir bu asarni
tarjima qilish orqali nafaqat adabiy xizmat ko‘rsatgan, balki uni o‘z poetikasiga
chuqur singdirgan:

Har bir so‘zim - savoldir Tangriga,
Har bir jimligim - yozilmas duodir.
Har bir nafas - tub yurakdan kelar,
Har sukutim - ilohiy bir faryoddir.
Bu satrlarda inson va Tangri orasidagi suhbat — savol va sukut orqali

yuritiladi. Taqdir bu yerda Tangri bilan aloqa, javob kutish, sukunatning semantik
kuchi bilan belgilangan. Bu esa Dante asaridagi ilohiy yozuv va muqaddas hukm
konsepsiyasiga yaqinlashadi

[6].

[5]Quronov D. Adabiyot nazariyasi asoslari. – Toshkent: O‘zbekiston, 2007. – B. 103.

[6]Oripov A. Ilohiy komediya (Dante tarjimasi). – Toshkent: Adabiyot va sanʼat, 2001.


background image

World scientific research journal

https://scientific-jl.com/wsrj

Volume-40_Issue-2_June-2025

335

Shunday qilib, Abdulla Oripov she’riyatida taqdir g‘oyasi nafaqat milliy, balki

jahon falsafiy tafakkuridagi timsollar bilan ham uyg‘unlashadi.Bu uning poetikasiga
chuqurlik, tafakkuriy qatlam va estetik mukammallik baxsh etadi.

Abdulla Oripov she’riyatida mifologik obrazlarning yana bir yirik manbai -

xalqona ramzlar va arxetiplardir. Shoir she’riyatida ijtimoiy-falsafiy hayot va tabiat
hodisalari hamisha ramziy va poetik ma’noda ishtirok etadi. Bu obrazlar ham
taqdirning turli qirralarini aks ettiradi. Shoirning “Tilla baliqcha” she’ri - insonning
taqdiriy manzili, suv - hayot va jtimoiy beqarorlik, erkinlikning ojizligi va butun
jamiyat tuzumiga poetik-hissiy tazyiqi

sifatida talqin qilinadi.

Tuxumdan chiqdi-yu, keltirib uni
Shu loyqa hovuzga tamom otdilar.
Tashlandiq ushoq yeb o'tadi kuni,
Xoru xas, xazonlar ustin yopdilar.
Dunyoda ko'rgani shu tor havuzcha
Va gavjum tollarning achchiq hazoni.
Menga alam qilar, tilla baliqcha
Bir ko'lmak hovuz deb bilar dunyoni !
“Tilla baliqcha” she’ri Abdulla Oripovning sotsial-falsafiy badiiy talqinlaridan

biri bo‘lib, unda taqdir shaxs salohiyatini cheklash vositasi sifatida ko‘tariladi. Shoir
bu obraz orqali ijtimoiy beqarorlik, erkinlikning ojizligi va butun jamiyat tuzumiga
poetik-hissiy tazyiqni ifoda etadi.

Taqdir motivining poetik ishlanishida xalq og‘zaki ijodining ta’siri ham muhim

ahamiyatga ega. Oripov folklor timsollarini zamonaviy tafakkur bilan uyg‘unlashtira
olgan shoirlardan biridir. U do‘st-dushman, savol-javob, o‘tkinchi hayot, mangu
haqiqat kabi mavzularni xalq og‘zaki adabiyotidan olib, o‘z ijodida badiiy-falsafiy
g‘oyaga aylantiradi.

Shuningdek, shoirning sukunat, jimlik, yolg‘izlik, ichki sukut ham bir ramziy

mifologemaga aylantirilgan. Ular ko‘pincha shoir tafakkurida taqdirning ichki
in’ikosi sifatida namoyon bo‘ladi. Taqdir ham aynan shu jimlik ichra mujassam
bo‘ladi. Z. Rasulova bu holatni tahlil qilib, “Oripov poetikasida jimlik ham o‘ziga xos
estetik obrazga aylangan” deb ta’kidlaydi

[7]

Ushbu sherlari orqali inson qalbining cheksizligini, taqdir hatto o‘zi yaratgan

yurakdan ham ortiq kuchga ega emasligini ta’kidlaydi. Bu esa Oripov falsafasining
eng yuksak nuqtalaridan biridir.

Abdulla Oripovning poetik olami faqatgina lirik obrazlar va badiiy ifodalar

orqali emas, balki chuqur mifologik qatlam orqali ham boyitilgan.



[7] Rasulova Z. Uslub va poetika: lingvopoetik tahlil asoslari. – Toshkent: Tafakkur, 2017. – 276 b.


background image

World scientific research journal

https://scientific-jl.com/wsrj

Volume-40_Issue-2_June-2025

336

Uning taqdirga doir qarashlari inson ruhiyati, tarix, milliylik va ilohiylik

oralig‘ida shakllangan keng poetik konsepsiyani tashkil etadi. Mifologik obrazlar
orqali u o‘z lirik qahramonining dardu iztirobini, umid va ishonchini ifodalashda
muvaffaqiyatli yo‘l tutgan.

Shoir uchun taqdir - bu ongli izlanishlar, ichki kurashlar, tarixiy xotira va ilohiy

ishora bo‘lib xizmat qiluvchi konsepsiyadir. Aynan shu yondashuv uni o‘z
zamonasining yetuk fikr va tuyg‘u sohibi sifatida tanitadi

Taqdir - bu yuksak ilohiy hukm bo‘lishi bilan birga, shoir uchun har bir satr, har

bir og‘riq, har bir sukunatda mujassam hayotiy haqiqatdir. Shoir insoniylik
mezonlarini taqdir bilan uyg‘unlashtiradi. Uning nazarida inson taqdiri – bu faqatgina
boshdan kechirilgan voqealar ketma-ketligi emas, balki tarixiy, ijtimoiy va ma’naviy
mas’uliyatdir.

Abdulla Oripovning poetik tafakkuri bizni xalq og‘zaki ijodi, sharqona hikmat,

islom falsafasi, hatto g‘arb adabiyotining chuqur qatlamlari bilan muloqotga
chorlaydi. Uning she’riyati orqali taqdir tushunchasi yangicha ma’no kasb etadi: u
faqat ilohiy taqdir emas, balki ijodkor ongida yaratilgan poetik konsepsiyadir. Badiiy
g‘oya va mifologemaning uyg‘unligi uning poetikasida o‘zining eng yuqori
cho‘qqisiga chiqadi. Shu sababli ham Abdulla Oripov ijodi hozirgi zamon o‘zbek
she’riyati rivojida o‘ta muhim qadam bo‘lib xizmat qiladi.

Xulosa

Abdulla Oripovning she’riyati o‘zbek adabiyotida taqdirni falsafiy, ruhiy va

milliy qadriyatlar bilan uyg‘unlashtirib yoritgan eng chuqur qatlamli ijod
namunasidir. U taqdirni nafaqat muqaddas kuch, balki inson ruhiyatining ifodasi, xalq
tarixi va shaxsiy kechinmalar manbai sifatida talqin qilgan.

Shoir poetikasida mifologema - ramziy timsollarning faqat bezak emas, balki

estetik va semantik yuklama beruvchi asosiy badiiy vositadir. Taqdir obrazining
ifodalanishida u xalq og‘zaki ijodi, diniy-ma’naviy meros va shaxsiy dunyoqarashni
bir butun holatda uyg‘unlashtira oldi.

Abdulla Oripov she’riyatida taqdirga doir tushunchalar har doim insoniy

izlanish, ma’naviy barkamollik va vijdon mezonlari bilan bog‘langan. Bu esa uni o‘z
zamonasining poetik tafakkur egasi sifatida, uning ijodini esa o‘zbek she’riy
tafakkurining eng yuksak namunalari qatoriga qo‘shadi.

Shunday qilib, maqolada ta’kidlanganidek, O‘zbekiston Respublikasi

Qaxramoni Abdulla Oripov she’riyatida taqdir mifologemasi nafaqat falsafiy
mazmun, balki milliy tafakkur va badiiy g‘oyaning yuksak uyg‘unligida namoyon
bo‘ladi. Bu esa uning poetik olamini chuqur o‘rganishga doimiy ehtiyoj mavjudligini
ko‘rsatadi.




background image

World scientific research journal

https://scientific-jl.com/wsrj

Volume-40_Issue-2_June-2025

337

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

Abdulla Oripov. Tanlangan asarlar. 5 jildlik. - Toshkent: G‘afur G‘ulom nomidagi
Adabiyot va sanʼat nashriyoti, 2006.

2.

Oripov A. Ilohiy komediya (Dante tarjimasi). - Toshkent: Adabiyot va sanʼat,
2001.

3.

Oripov A. Yillar armoni. – Toshkent: Adabiyot va sanʼat, 1987.

4.

Potebnya A. A. Estetika va poetika. – Moskva: Iskusstvo, 1976. - 384 b.

5.

Quronov D. Adabiyot nazariyasi asoslari. – Toshkent: O‘zbekiston, 2007. – 224
b.

6.

Rasulova Z. Uslub va poetika: lingvopoetik tahlil asoslari. - Toshkent: Tafakkur,
2017. 276 b.

7.

Qosimova N. Mifologik obrazlarning poetik talqini (o‘zbek she’riyati misolida).
- Toshkent: Fan, 2015. – 160 b.

8.

Zaripov, A. Abdulla Oripov tabiat poetikasida lirik qahramon masalasi //
Tadqiqotlar.uz. – 2023. – URL: https://tadqiqotlar.uz/index.php/tadqiqotlar/
/view/1222

9.

Qosimova N. Mifologik obrazlarning poetik talqini (o‘zbek she’riyati misolida).
– Toshkent: Fan, 2015. – B. 102.





References

Abdulla Oripov. Tanlangan asarlar. 5 jildlik. - Toshkent: G‘afur G‘ulom nomidagi Adabiyot va sanʼat nashriyoti, 2006.

Oripov A. Ilohiy komediya (Dante tarjimasi). - Toshkent: Adabiyot va sanʼat, 2001.

Oripov A. Yillar armoni. – Toshkent: Adabiyot va sanʼat, 1987.

Potebnya A. A. Estetika va poetika. – Moskva: Iskusstvo, 1976. - 384 b.

Quronov D. Adabiyot nazariyasi asoslari. – Toshkent: O‘zbekiston, 2007. – 224 b.

Rasulova Z. Uslub va poetika: lingvopoetik tahlil asoslari. - Toshkent: Tafakkur, 2017. 276 b.

Qosimova N. Mifologik obrazlarning poetik talqini (o‘zbek she’riyati misolida). - Toshkent: Fan, 2015. – 160 b.

Zaripov, A. Abdulla Oripov tabiat poetikasida lirik qahramon masalasi // Tadqiqotlar.uz. – 2023. – URL: https://tadqiqotlar.uz/index.php/tadqiqotlar/ /view/1222

Qosimova N. Mifologik obrazlarning poetik talqini (o‘zbek she’riyati misolida). – Toshkent: Fan, 2015. – B. 102.