World scientific research journal
https://scientific-jl.com/wsrj
Volume-40_Issue-2_June-2025
299
УДК: 528
KADASTR ISHLARI UCHUN GEODEZIK ASOS YARATISHNING
AN’ANAVIY VA ZAMONAVIY USULLARI
Usmanov Doniyor Baxtiyorovich
TAQU katta o‘qituvchisi.
Email: doniyor_usmanov@gmail.com,
Bozorov Maxmudali Ma’mur o‘g‘li
TAQU 4-kurs talabasi
Annotatsiya:
Ushbu maqolada, Davlat geodezik tarmoqlarining ahamiyati va
ularni barpo etish usullari, aniqliklari va hozirgi zamonaviy usullari xaqida
ma’lumotlar berilgan.
Аннотация:
В статье представлена информация о значении
государственных геодезических сетей, методах, точности и современных
методах их создания.
Annotatsiya:
The article provides information on the importance of state
geodetic networks, methods, accuracy and modern methods of their creation.
Kalit so‘zlar:
Kadastr, triangulyatsiya, triloteratsiya, poligonometriya, GPS
texnologiyasi, topografik plan, punkt, obyekt.
Hozirgi texnika va texnologiya jadallik bilan rivojlanib borayotgan davrda
O‘zbekiston Respublikasi ham barcha sohalarda faqat oldinga rivojlanmoqda.
Respublikamiz asosan qishloq xo‘jaligiga ixtisosolashganligi sabab, bizning
davlatimizda yer isloxolotiga katta e’tibor beriladi. Yerning umumiy hisobini yuritish,
uni toifalarga bo‘lgan holda maydonlarini o‘rganish, yerdan oqilona foydalanish,
uning unumdorligini oshirish doimo muxim masala sifatida ko‘riladi. Yerning
hisobini yuritish uni toifalarga bo‘lgan holda monitoringlarini olib borish esa
geodeziya va kadastr sohasining muxim vazifasi hisoblanadi.
Kadastr
(frans. cadastre) – muayyan yerlar va obyektlar toʻgʻrisida
tartiblashtirilgan aniq va zaruriy maʼlumotlar majmui, roʻyxati, reyestri hisoblanadi.
U rasmiy davlat organi yoki muassasasi tomonidan tuziladi va yuritiladi.
Kadastr ishlarini, undagi bir qator o‘lchovlarni olib borish uchun esa Respublika
miqyosida yagona Davlat planli va balandlik geodezik tarmoqlari muxim rol oynaydi.
Chunonchi, har qanday kadastr ishlarida Davlat geodezik tarmoqlariga bog‘langan
holda o‘lchov ishlari olib boriladi. Bunday Davlat geodezik tarmoqlarini yaratish va
ularning muntazam nazoratini yuritish belgilangan meyyoriy qoidalar asosida,
tegishli soha vazirliklari va tashkilotlari tomonidan olib boriladi.
World scientific research journal
https://scientific-jl.com/wsrj
Volume-40_Issue-2_June-2025
300
Geodezik tarmoqlarni barpo etishning muxim vazifasi bu geografik joylashuv
jixatdan ma’lum bir koordinata tizimiga tayangan holda hududlarni x va y
koortdinatalari ma’lum bo‘lgan nuqta (punkt)larni joyda barpo qilishdir. Geodezik
tarmoqlarni yaratish ishlari juda qadimdan barcha Davlatlarda keng yo‘lga qo‘yilgan.
Geodezik tarmoqlarni barpo qilishning an’naviy va hozirgi yuqori
texnologiyalarni qo‘llagan holda zamonaviy usullari mavjud. An’naviy usullar bu
qadimdan qo‘llanilgan va foydalanilgan usuldir. Bunday tarmoq barpo qilishning
triangulyatsiya, triloteratsiya va poligonometriya usullari mavjud.
Triangulyatsiya usuli birinchi marta Gollandiyalik olim Snellius tomonidan
taklif etilgan deb hisoblanadi. Bu usul barcha mamlakatlarda keng qo‘llaniladi.
Usulning mohiyati joyning eng baland nuqtalarida uchburchaklar tizimidan iborat
geodezik punktlar mahkamlanadi (1-rasm). Bu tarmoqda A boshlang‘ich punktining
koordinatalari aniqlanadi, har bir uchburchakda gorizontal burchaklar o‘lchanadi,
hamda bazis tomon uzunligi “b” va bazis tomon azimuti “α” o‘lchanadi, bu o‘z
navbatida tarmoqni masshtablaydi va azimut bo‘yicha oriyentirlaydi.
Triangulyatsiya tarmog‘i alohida uchburchaklar qatori, uchburchaklar qatori
sistemasi hamda, yaxlit uchburchaklar to‘ri tarzida barpo etilishi mumkin.
1-rasm. Triangulyatsiya tarmog‘i
Triangulyatsiya usulining asosiy afzalligi uning operativligi va turli fizik-
geografik sharoitlarda qo‘llash imkoniyati borligidadir; tarmoqdagi ko‘p sonli ortiq
o‘lchashlar, barcha o‘lchangan miqdorlarni bevosita dalada nazorat qilish imkonini
beradi; tarmoqda qo‘shni joylashgan, ayniqsa uzluksiz punktlarni o‘zaro holatini
yuqori aniqlik bilan aniqlash mumkin.
Trilateratsiya usuli.
Ushbu usul, triangulyatsiya usuli kabi, joylarda geodezik
tarmoqlar uchburchaklar zanjiri, geodezik to‘rtburchak va markaziy tizim
ko‘rinishida yoki uchburchaklarning yaxlit to‘ri ko‘rinishida barpo etish ko‘zda
tutiladi, unda barcha tomonlar uzunligi o‘lchanadi (burchaklar o‘lchanmaydi).
World scientific research journal
https://scientific-jl.com/wsrj
Volume-40_Issue-2_June-2025
301
Trilateratsiyada triangulyatsiyadagi kabi, joyda tarmoqni oriyentirlash uchun qator
tomonlarini ayrimlarini azimuti aniqlangan bo‘lishi lozim.
Masofa o‘lchash sveto va radiodalnomer texnikasini takomillashishi va
aniqligini oshishi sababli trilateratsiya usuli katta ahamiyatga ega, ayniqsa injenerlik-
geodezik ishlar amaliyotida.
Poligonometriya usuli.
Bu usul bir necha asrlardan buyon ma’lum. Taxminan
20 asrning 60 chi yillaridan boshlab, geodezik ishlab chiqarishga aniq sveto-
radiodalnomerlarning joriy qilinishi poligonometriya usulini rivojlantirdi va geodezik
tarmoqlarni barpo etishda keng qo‘llanila boshlandi. Bu usulning mohiyati
quyidagidan iborat. Joyda cho‘zilgan yakka yo‘l (2-rasm) yoki kesishuvchi yo‘llar
tizimi tarzida yaxlit tarmoqni tashkil etuvchi geodezik punktlar mahkamlanadi.
Yo‘lning qo‘shni punktlari orasida
tomonlar uzunligi, punktlarda esa burilish
burchaklari o‘lchanadi. Poligonometriya yo‘llarni azimutal orientirlash birlashuvchi
γ burchaklar o‘lchangan holda uning oxirgi punktlarida aniqlanuvchi yoki
beriluvchi azimutlar yordamida amalga oshiriladi. Ba’zan yuqori klass aniqlikdagi
geodezik tarmoqlarning koordinatalari ma’lum punktlari orasida poligonometrik
yo‘llar o‘tkaziladi.
2-rasm. Poligonometriya yo‘li sxemasi.
Qator hollarda poligonometriya usuli, masalan, aholi yashaydigan joylarda, yirik
shaharlar hududida va o‘rmonzorlarda triangulyatsiya usuliga qaraganda qulay va
iqtisodiy jihatdan maqbul hisoblanadi, chunki triangulyatsiya punktlarida
poligonometriya punktlariga qaraganda baland geodezik belgilar o‘rnatib, ko‘p sonli
punktlar orasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri ko‘rinishni ta’minlash lozim bo‘ladi. Geodezik
belgilarni qurish geodezik tarmoqlarni barpo etishda eng qimmat turuvchi ish turi
hisoblanadi va u barcha harajatlarni o‘rtacha 50-60% ni tashkil qiladi.
Poligonometriya ishlari yakunlangach unda bajarilgan ishlar aniqligini bilish
maqsadida uni baholash ishlari ham olib boriladi.
Baholash tugallangach tarmoq loyixasi aniqlik talabini qoniqtirishini ishonch
xosil qilish kerak. Buning uchun bir yo‘lni aloxida ko‘rib kutilayotgan nisbiy xatolik
quyidagi formula orqali xisoblanadi.
i
S
World scientific research journal
https://scientific-jl.com/wsrj
Volume-40_Issue-2_June-2025
302
M
umum
L
=
√M
bosh
2
+M
Z
2
L
(1)
Bu yerda
M
Bosh
=
√M
bosh
2
+M
ox
2
2
(2)
ifodada: M
bosh
- poligonometriya yo‘lining boshlang‘ich nuqtasini aniqlashda
kutilayotgan xatolik.
Chiziqli-burchakli geodezik tarmoqlar.
Chiziqli-burchakli tarmoq deganda
triangulyatsiya yoki trilateratsiyaning shunday ko‘rinishi tushuniladiki, unda bir
vaqtda uchburchaklarning burchaklari va tomonlari o‘lchanadi. Ularda ma’lum
uchburchaklar sonidan so‘ng, tarmoqni oriyentirlash uchun zarur bo‘lgan Laplas
azimutlari o‘lchanadi. Chiziqli-burchakli tarmoqlar, geodezik tarmoqlarni maksimal
yuqori aniqlikda barpo etish talab etilgan hollarda quriladi, chunki uni barpo etishga
ketadigan harajatlar, mehnat, mablag‘ va vaqt, huddi shunday triangulyatsiya yoki
trilateratsiya tarmoqlariga qaraganda bir necha barobar ko‘p bo‘ladi. Chiziqli-
burchakli tarmoqni barpo etishda burchak va chiziqli o‘lchashni birgalikda
qo‘llashdan eng yuqori samara olish uchun, radian o‘lchov birligida ifodalangan
yo‘nalishni o‘lchash o‘rta kvadratik xatosi tomon uzunligini o‘lchash nisbiy
o‘rta kvadratik xatosiga teng bo‘lishi lozim, ya’ni o‘lchash quyidagi tenglikka
rioya etishi zarur
m
N
ρ
=
m
s
S
(3)
Ikkala holatda ham xatolik shartli tenglamalarning ozod hadlari bo‘yicha
(bog‘lanmasliklari) hisoblanadi. Bu tenglik bajarilmagan holda chiziqli-burchakli
tarmoq huddi shunday triangulyatsiya yoki trilateratsiyaga qaraganda aniqligi
bo‘yicha sezilarli natijani bermaydi.
Yuqorida sanab o‘tilgan bir qator aniqligi yuqori geodezik tarmoqlar bilan birga
hozirgi vaqtda eng muxim hisoblangan yuqori texologiyani qo‘llagan holda geodezik
asos yaratishning zamonaviy usullari ham ishlab chiqilgan. Hоzirgi kunga kelib
dunyоning qatоr rivоjlangan davlatlari geоdezik asbоblarni ishlab chiqarish va
amaliyоtga tadbiq etish bоrasida ulkan yutuqlarga erishmоqda. Ayniqsa,
elektrоnikaning va kоmpyuter texnоlоgiyalarining rivоjlanishi va ularni geоdezik
asbоbsоzlikka tadbiq qilinishi natijasida yangi avlоd geоdezik asbоblari
yaratilmоqda. Jоyda kadastr syоmkalarini оlib bоrishda elektrоn teоdоlitlar, elektrоn
taxeоmetrlar, sun’iy yо‘ldоsh navigatsiоn tizimlaridan fоydalanish ish unumdоrligini
yuqori darajada оshishiga omil bo‘lmoqda.
Geodezik tarmoq yaratishning optimal rivojlangan glоbal navigatsiоn
sun’iy yо‘ldоsh tizimlari (GSYNT) usulini
yuqori baholash mumkin. Bunday usulni
/
N
m
s
m
s
World scientific research journal
https://scientific-jl.com/wsrj
Volume-40_Issue-2_June-2025
303
geоdezik ishlab chiqarishga jalb qilinishi natijasida nuqta kооrdinatalarini yuqоri
aniqliklarda tоpish imkоniyati paydо bо‘ldi.
GNSY tizimlarining ishlash prinsiprejimi yuqоri оrbital Yer navigatsiоn sun’iy
yо‘ldоshlari guruxi bо‘yicha nuqta jоylashgan о‘rnini aniqlashga asоslangan.
Bugungi kunda geоdezik о‘lchashlarni bajarishda asоsan ikkita sun’iy yо‘ldоsh
navigatsiоn tizimlari qо‘llanilmiqda. AQSh ga tegishli NAVSTAR (Navigatiоn
Satellite Timing And Ranging), yоki aniqrоq qilib aytganda GPS (Glоbal Pоsitiоn
System) va Rоssiyada ishlab chiqarilgan GLОNASS (Glоbalnaya Navigatsiоnnaya
Sputnikоvaya Sistema) Ushbu ikki tizimdan tashqari, Yevrоpa agentligiga tegishli
Galileо sun’iy yо‘ldоsh navigatsiоn tizimi ham faol geodezik ishlar uchun muxim
hisoblanadi.
Оxirgi vaqtlarda tegishli jixоzlar va dasturiy vоsitalar yоrdamida ushbu ikki
tizimlarni birgalikda qо‘llash imkоniyati ham paydо bо‘ldi.
Sun’iy yо‘ldоsh priyоmniklari quyidagi parametrlari bilan tavsiflanadi: sun’iy
yо‘ldоsh tizimlari bilan, kuzatish parametrlari bilan, qabul qiladigan sun’iy
yо‘ldоshlar (kanallar) sоni bilan, qabul qiladigan chastоtalar sоni bilan.
Turli kо‘rinishdagi geоdezik ishlarni bajarishda sun’iy yо‘ldоsh priyоmniklari
uchun eng muhim parametrlar bо‘lib, priyоmnik bilan qabul qilinadigan chastоtalar
sоni hisоblanadi. L1 chastоtasida qabul qiluvchi bir chastоtali priyоmniklar, L1 va L2
chastоtali signallarni qabul qiluvchi ikki chastоtali, shuningdek, L3 uchinchi
chastоtani qabul qiluvchi priyоmniklar mavjud.
Geоdeziyada sun’iy yо‘ldоsh о‘lchashlari uchun kо‘prоq nisbiy pоzitsiоnlash
usuli qо‘llaniladi, chunki aniqrоq hisоblanadi. Ushbu usulda sinxrоn tarzda ishlоvchi
ikkita priyоmnikdan fоydalaniladi, ularning biri – asоsiy (baza) yоki referens (base
оr reference statiоn) – kооrdinatalari ma’lum punktlarda о‘rnatiladi, ikkinchisi esa
aniqlanayоtgan nuqtaga о‘rnatiladi va rоver deb nоmlanadi (rоver). О‘lchash
natijalarini ishlab chiqishda fazоviy vektоrlar shakllanadi, qaysiki rоver о‘rnini asоsiy
punktga nisbatan aniqlab beradi.
Amalda nisbiy pоzitsiоnlash usuli bir qancha rejimlarda amalga оshiriladi. Ular
statika (ikkala punkt ham qо‘zg‘almas) va kinematika (baza qо‘zg‘almas, rоver yesa
harakatda) rejimlarga bо‘linadi.
Statika rejimi, mavjud rejimlar оrasida yeng aniqrоg‘i hisоblanadi,
yuqоrianiqlikdagi geоdezik ishlarni bajarishda ishlatiladi. Ushbu usulni aniqligi
о‘lchash davоmiyligiga bоg‘liq, qaysiki nuqtalar оrasidagi masоfaga muvоfiq
tanlanadi.
Shuningdek, о‘lchashlarni qisqa fursatlarda оlib bоrish imkоnini beruvchi tezkоr
statika rejimi ham mavjud. Tezkоr statika rejimi о‘lchash davоmiyligini 5 minutdan
20 minutgacha qisqartirish imkоnini beradi. О‘lchash davоmiyligi va priyоmniklar
оrasidagi masоfalarga qarab (10-15 km dan оshmaydi) ushbu rejimda nuqtalar planda
5-10 mm aniqlikda, balandlik bо‘yicha esa 2-3 marta kamrоq aniqlikda tоpiladi.
World scientific research journal
https://scientific-jl.com/wsrj
Volume-40_Issue-2_June-2025
304
Kinematika rejimi ham statika rejimi kabi 2 hil xolatda olib boriladi bular
Kinematika va to‘xat yur rejimlaridir.
Kinematika rejimi bu asosan, syomka ishlarini olib borishda qo‘llaniladi,
priyomniklarning biri tayanch punktga o‘rnatilganda, ikkinchisi ketidan o‘z-o‘zidan
(zarur xolatlarda – aniqlanayotgan nuqtalarda to‘xtab) qabul qilinayotgan signal
yo‘qolmasdan joylashtiriladi (aks xolda priyomnikni qayta initsializatsiya qilish
kerak bo‘ladi).
Joyi o‘zgaruvchan priyomniklarni (rover) harakatlantirishdan oldin ularni
initsializatsiya qilish jarayonini bajarish kerak Kinematika rejimining ham qator
usullari mavjud: «to‘xta-yur», «RTK» va boshq.
«To‘xta-yur» rejimi (Stop-go) roverni bir nuqtadan boshqa nuqtaga ko‘chirish
prinsipiga asoslangan, bunda har bir nuqtada 5-30 sek mobaynida o‘lchash aniqligi
oshishi uchun bir nechta o‘lchashlar davri amalga oshiriladi. Ikki chastotali
priyomniklarni qo‘llaganda bu rejimda o‘lchash aniqligi planda 5-10 mm+1mm/km,
bir chastotali priyomnikni qo‘llaganda yesa 10- 20 mm+2 mm/km ga teng.
Real vaqtdagi kinematika rejimi (RTK-Real Time Kinematics) boshqa
kinematik rejimlardan asosiy stansiya va rover aro to‘g‘ridan to‘g‘ri aloqaning
mavjudligi (radio kanallari orqali, GSM, GPRS) bilan ajralib turadi. Bunda aloqani
radiomodem ta’minlab beradi.
Ushbu rejimda nuqtada o‘lchashlar bir necha sekund mobaynida olib boriladi
(taxminan 5 sekund), bunda natijalar radiomedem orqali asosiy stansiyadan real vaqt
masshtabida olingan tuzatmalar hisobi bilan ishlab chiqiladi. Bu esa o‘z navbatida
nuqtalar koordinatalarini real vaqtda olish imkonini beradi. O‘lchashlarni qayta
ishlash talab qilinmaydi. Asosiy stansiyaga nisbatan koordinatalarni topish aniqligi
yuqori. Ushbu rejimning samaradorligi kinematikaga nisbatan 20-40 % yuqoriroq.
RTK rejimi o‘zining aniqlik tavsiflari bilan yer-kadastr ishlarini bajarish
talablarini to‘la qondiradi va «to‘xta-yur» rejimiga qaraganda, koordinatalarni real
vaqt masshtabida olish imkoniyati mavjudligi uni joylarda keng qo‘llashga asos
bo‘ladi.
Yuqorida keltirilgan fikrlar va olib borilgan tahlillar shuni ko‘rsatmoqdaki,
GNSY tizimlarini planli geodezik asos kam rivojlangan yoki umuman mavjud
bo‘lmagan yerlarda yer-kadastr ma’lumotlarini to‘plashda qo‘llash, shuningdek,
planli geodezik tarmoqlarni va syomka tarmoqlarini qurish va rivojlantirishda
foydalanish o‘zining qator xususiyatlariga ko‘ra an’anaviy usullardan afzal
hisoblanadi.
Biroq, shuncha afzalliklar bilan bir qatorda GNSY tizimlaridan foydalanishda
o‘ziga xos kamchiliklar ham mavjud. Ushbu texnologiyalarning asosiy
kamchiliklaridan biri uni ko‘pqavatli bino va inshootlar va baland daraxtlar mavjud
yerlarda, jumladan tuman hududlarida qo‘llash imkonyatining cheklanganligidadir.
World scientific research journal
https://scientific-jl.com/wsrj
Volume-40_Issue-2_June-2025
305
0-sinf sun’iy yo‘ldosh geodezik tarmog‘i
(SYGT-0) umumyer fazoviy
koordinatalar sistemasini (WGS-84) Respublikaning butun hududiga uzatish uchun
shuningdek, umumer va referens koordinatalar sistemalari aro o‘tish parametrlarini
aniqlash uchun mo‘ljallangan SGS-0 punktlari, RGP bilan bir qatorda quyi sinf
geodezik tarmoqlarini rivojlantirish uchun boshlang‘ich asos hisoblanadi Barcha
SYGT-0 punktlari kamida 2 ta RGP va barcha qo‘shni SYGT-0 punktlari o‘lchashlari
bilan bog‘langan bo‘lishi kerak.
1-sinf sun’iy yo‘ldosh geodezik tarmog‘i
(SYGT-1) turli maqsadlar uchun
foydalanish qulay bo‘lgan geodezik punktlar tizimi bo‘lib, sun’iy yo‘ldosh o‘lchash
vositalarini qo‘llash uchun optimal sharoitlarni ta’minlash va ular imkoniyatidan
maksimal tarzda foydalanish uchun mo‘ljallangan
SYGT-1 punktlari o‘zaro RGP tizimi orqali bog‘lanuvchi alohida fragmentlar
ko‘rinishida quriladi SYGT-1 yaratilayotgan fragmenti bitta boshlang‘ich punktga
yega mustaqil tarmoq hisoblanadi SYGT-1 fragmenti uchun bishlang‘ich punktlar
bo‘lib RGP va SYGT-0 xizmat qiladi
SYGT-1 punktlari orasidagi o‘rtacha masofa quyidagilarga teng bo‘lishi kerak:
- 5-10 km – aholisi 300 ming kishidan ortiq bo‘lgan tumanlar hududida (zichligi
– 20-80 km
2
ga 1 punkt);
- 10-20 km – intensif xo‘jalik faoliyatidagi shuningdek, seysmik aktivligi 6 va
undan yuqori ballga yega bo‘lgan hududlarda (zichligi – 80-350 km
2
ga 1 punkt);
- 20-30 km – sanoat majmualari bilan band bo‘lgan hududlarda (zichligi – 350-
800 km
2
ga 1 punkt).
1-sinf sun’iy yo‘ldosh geodezik tarmog‘i
(SYGT-1) turli maqsadlar uchun
foydalanish qulay bo‘lgan geodezik punktlar tizimi bo‘lib, sun’iy yo‘ldosh o‘lchash
vositalarini qo‘llash uchun optimal sharoitlarni ta’minlash va ular imkoniyatidan
maksimal tarzda foydalanish uchun mo‘ljallangan.
SYGT-1 punktlari o‘zaro RGP tizimi orqali bog‘lanuvchi alohida fragmentlar
ko‘rinishida quriladi SYGT-1 yaratilayotgan fragmenti bitta boshlang‘ich punktga
yega mustaqil tarmoq hisoblanadi SYGT-1 fragmenti uchun bishlang‘ich punktlar
bo‘lib RGP va SYGT-0 xizmat qiladi.
SYGT-1 punktlari orasidagi o‘rtacha masofa quyidagilarga teng bo‘lishi kerak:
- 5-10 km – aholisi 300 ming kishidan ortiq bo‘lgan tumanlar hududida
(zichligi – 20-80 km2 ga 1 punkt);
- 10-20 km – intensif xo‘jalik faoliyatidagi shuningdek, seysmik aktivligi 6 va
undan yuqori ballga yega bo‘lgan hududlarda (zichligi – 80-350 km2 ga 1
punkt);
- 20-30 km – sanoat majmualari bilan band bo‘lgan hududlarda (zichligi – 350-
800 km2 ga 1 punkt).
Respublikamiz hududida xozirda SYGT-1 punktlarini barpo etish borasida
Respublikamiz bo‘ylab barcha hududlarda ilmiy-amaliy izlanishlar olib borilmoqda
World scientific research journal
https://scientific-jl.com/wsrj
Volume-40_Issue-2_June-2025
306
Yuqorida keltirilganlarni hisobga olib xozirgi kunda O‘zbekiston Respublikasi
hududi uchun koordinatalar sistemasi sifatida umumiy koordinatalar sistemasi –
WGS-84 va referens koordinatalar sistemasi – SK-95 ni qabul qilish maqsadga
muvofiqdir.
Xulosa o‘rnida shuni aytishimiz mumkinki, Davlat geodezik tarmoqlarini barpo
qilishning an’anaviy usullari hozirgi yuqori texnologiyalarni qo‘llab asos yaratish
vaqtida iqtisodiy va ko‘p mexnat talab qilishi bilan samarali deb hisoblanmaydi.
Zamonaviy yangi texnologiyalar asosida geodezik asos yaratish ishlari esa sun’iy
yo‘ldoshga bevosita bog‘lanib, yuqori aniqlikda tarmoq yaratish imkoniyati kengligi
bilan geodeziya sohasida keng qo‘llanilmoqda.
Foydalanilgan adabiyotlar
1. Peter J.G. Teunissen, Oliver Montenbruck “Springer Handbook of Global
Navigation Satellite Systems” Springer International Publishing AG 2017
https://t.me/otabek_kartografiya/197
2. Mirmaxmudov E.R., Abdullayev T.M. Fazilova D.Sh “Kosmik geodeziya”.
Toshkent, O‘zMU, 2016 y. https://t.me/geodeziya01/410
3. Qarshiboev A. I., Karimov I. S. “Sun’iy yo‘ldosh geodezik tarmoq punktlarni
barpo etishda qo‘llanadigan asbob va texnologiyalar”. Maqola. International journal
of economy and innovation elektron jurnali. 211-214 b. 2024 y.
4. Saidov B.M., Jumaboyev S.D. “Texnopark qurilishida bajariladigan
topografo-geodezik ishlar, ularning an’naviy va zamonaviy usullari”. Maqola.
“Multidisciplinary Journal of Science and Technology” ilmiy jurnali. 20.06.2025 y.
http://mjstjournal.com/