Authors

  • Ismoilova Nilufar Bahodirovna

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.wsrj.114040

Keywords:

Kalit so‘z: Emotsional intellekt jamiyat shaxs yetuklik o‘z-o‘zini anglash shaxslararo munosabat psixika empatiya.

Abstract

  Annotatsiya: Maqolada bugungi kunda psixologiya sohasida dolzarb masalalardan sanaladigan emotsional intellekt tushunchasi, uning inson o‘zini anglashi va jamiyatda yetuk shaxs bo‘lib shakllanishidagi roli tizimli tahlil etiladi. Emotsional intellektga turli olimlarning yondoshuvlari o‘zaro taqqoslanilib, o‘ziga xos xususiyatlari yoritilib beriladi. Emotsional intellektni aniqlash va o‘lchash uchun ishlab chiqilgan metodikalar ko‘rib chiqilib, yutuq va kamchiliklari muhokama etiladi.  


background image

World scientific research journal

https://scientific-jl.com/wsrj

Volume-40_Issue-2_June-2025

153

INSONNING JAMIYATDA YETUK SHAXS BO‘LIB

SHAKLLANISHIDA EMOTSIONAL INTELLEKTNING

AHAMIYATI

Ismoilova Nilufar Bahodirovna

Urganch Ranch texnologiya universiteti o‘qituvchi-stajyori


Annotatsiya:

Maqolada bugungi kunda psixologiya sohasida dolzarb

masalalardan sanaladigan emotsional intellekt tushunchasi, uning inson o‘zini
anglashi va jamiyatda yetuk shaxs bo‘lib shakllanishidagi roli tizimli tahlil etiladi.
Emotsional intellektga turli olimlarning yondoshuvlari o‘zaro taqqoslanilib, o‘ziga
xos xususiyatlari yoritilib beriladi. Emotsional intellektni aniqlash va o‘lchash uchun
ishlab chiqilgan metodikalar ko‘rib chiqilib, yutuq va kamchiliklari muhokama
etiladi.

Kalit so‘z:

Emotsional intellekt, jamiyat, shaxs, yetuklik, o‘z-o‘zini anglash,

shaxslararo munosabat, psixika, empatiya.

Аннотация:

В статье системно анализируется понятие эмоционального

интеллекта, которое в настоящее время считается одной из актуальных тем в
области психологии, а также его роль в осознании человеком самого себя и
формировании зрелой личности в обществе. Подходы различных учёных к
эмоциональному интеллекту сопоставляются между собой, освещаются их
характерные особенности. Рассматриваются методики, разработанные для
определения и измерения эмоционального интеллекта, обсуждаются их
достижения и недостатки.

Ключевые слова:

Эмоциональный интеллект, общество, личность,

зрелость, самопознание, межличностные отношения, психика, эмпатия.

Annotation:

This article provides a systematic analysis of the concept of

emotional intelligence, which is considered one of the most pressing issues in modern
psychology. It explores the role of emotional intelligence in self-awareness and the
development of a mature personality within society. The approaches of various
scholars to emotional intelligence are compared, highlighting their distinctive
features. Methods developed to assess and measure emotional intelligence are
reviewed, and their advantages and shortcomings are discussed.

Keywords:

Emotional intelligence, society, personality, maturity, self-

awareness, interpersonal relations, psyche, empathy.

KIRISH.

Tezlik bilan rivojlanib borayotgan zamonimizda insonning jamiyatda o‘z

munosib o‘rnini egallashga bo‘lgan intilishi o‘z ustida ko‘proq ishlashga undamoqda.
Bu borada takidlash joizki ijtioiylashuv jarayonida – ya’ni insonlar bilan muloqotga


background image

World scientific research journal

https://scientific-jl.com/wsrj

Volume-40_Issue-2_June-2025

154

kirishish, moslashish, munosabatlarni shakllantirish, tartib-qoidalarni qabul qilishda
emotsional intellektning o‘rni beqiyos.

Emotsional intellect – bu inson o‘z hissiyotlarini anglashi, nazorat qilishi va

boshqara olish qobilyatidir. Qolaversa, qarshimizdagi insonning ham hislarini anglay
olish, nazorat qilish, boshqara olishdir.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Emotsional intellektni shakllantirish bugungi kunda jahon psixologiyasida

dolzarb muammolardan biri. G’arbda psixologiya sohasiga ulkan xissa qo’shgan
olimlar Z.Freyd, V.Vunt, K.Rojerslar o‘z asarlarida emotsiya haqida alohida ta’kidlab
o‘tishgan.

I.N.Andreva

“ЭМОЦИОНАЛЬНЫЙ

ИНТЕЛЛЕКТ

И

ЭМОЦИОНАЛЬНАЯ

КРЕАТИВНОСТЬ:

СПЕЦИФИКА

И

ВЗАИМОДЕЙСТВИЕ” asarida emotsional intellekt bilim, ko‘nikma va malakalarni
egallash bilan bog‘liq bo‘lib, u qobilyat sifatida, shaxsiy xususiyat sifatida yoki
kompetensiyaning maxsus turi sifatida ko‘rib chiqiladi deya ta’riflangan.[1] E.Ilin
“Эмоция и чуствa” asarida emotsiya va hissiyotlarning farqini tushuntirib bergan.
[2]

Emotsional intellet – inson o‘z hissiyotlarini anglashi, nazorat qilishi va

boshqara olish qobiliyati. Shu bilan bir qatorda o‘zgalarning his-tuyg’ularini anglash,
nazorat qilish va boshqara olishdir. Emotsional intellekt shaxs shakllanishi,
rivojlanishi, stressli vaziyatlarda to‘g‘ri qaror qabul qilishi, ijtimoiy munosabatlarga
kirishishida muhim ahamiyat kasb etadi.

Emotsional intellekt tushunchasining nazariy metodologik asoslari, emotsional

intellektning kasbiy faoliyatdagi roli, turli kasb egalarida hissiy bilimdonlik namoyon
bo‘lishining psixologik jihatlari, kasbiy zo’riqishlar namoyon bo‘lishining ijtimoiy-
psixologik omillarining ayrim jihatlari O‘zbekistonda psixolog olimlardan
E.G‘.G‘oziyev, V.M.Karimova, L.U.Ravshanov, A.I.Rasulov, R.S.Samarov,
N.S.Safayev, Sh.J. Usmanova va boshqalar tadqiq etilgan. Chet el olimlaridan J.
Mayer, P. Salovey, D.R. Caruso; R. Bar-On; D. Goleman; Д.В. va boshqalarni kiritish
mumkin.

1995-yilda D.Goulman “Emotsional intellekt” kitobini nashr etdi. U bu asarda

har bir inson o‘z hissiyotlarini to‘g‘ri yoritib berishi muhimligini aytdi.[3]
D.Goulman fikricha, EQ – tashqaridan kelgan ma’lumotlarni inson maqsadlarga
erishishda to‘g‘ri foydalana olish qobilyatidir. R.Bar On esa EQ – atrof olam talablari
va bosimi bilan yaxshi kelishishga ta’sir qiluvchi kognitiv bo‘lmagan qobilyatlar va
malakalar yig’indisidir. R.Bar On eng katta yutug‘i EQ nazariyasi va amaliyotidagi
1996-yildagi EQni aniqlash so‘rovnomasi (Emotional Quotient Inventory –EQi)ni
ishlab chiqqani bo‘ldi. [4]

MUHOKAMA VA NATIJALAR

So‘rovnoma dastlab psixologik xotirjamlik determinanti nazariyasini empirik

tekshirishni maqsad qilib qo‘ygan. Keyinchalik muallif emotsional intellekt va


background image

World scientific research journal

https://scientific-jl.com/wsrj

Volume-40_Issue-2_June-2025

155

psixologik hotirjamlikning o‘zaro bog‘liq murakkab konsepsiyalarga miqdoriy
baholash va operatsional ta’rif berish uchun nazariy eklektik va ko‘p omilli
yondoshuvlarni rivojlantirdi.

Ushbu so‘rovnomada emotsional intellektning beshta asosiy komponenti taqdim

etilgan:

1.

Ichki shaxsiy – emotsiyalar haqidagi bilimlar, emotsiyalarni tushunish

va ifodalash qobiliyati (emotsional o‘zini anglash, tirishqoqlik-chidamlilik, o‘zini
hurmat qilish, mustaqillik, o‘zini faollashtirish).

2.

Shaxslararo – o‘zgalar hissiyotlarini anglash, tushunish, qabul qilish

qobilyati ( empatiya, ijtimoiy mas’uliyat, shaxslararo munosabat).

3.

Moslashuvchanlik – o‘zgaruvchan sharoit va vaziyatlarga o‘z

hissiyotlarini, o‘ylari va xulq-atvorini moslashtirish, shu bilan bir qatorda bu
o‘zgarishlarni boshqara olish qobiliyati (realistiklik, qayishqoqlik, muammoni hal
etishlik).

4.

Stressni boshqarish – (stressda barqarorlik, impulsivlikni nazorat

qilishlik).

5.

Umumiy kayfiyat – (optimism, baxt).

So‘rovnomaning eng avzal tomoni uning ishonchlilik darajasi va validligining

yuqori ekanligidadir. Qolaversa bu so‘rovnoma bolalar va 6 yoshdan 18 yoshgacha
bo‘lgan o‘smirlarni testlashtirish imkoniga ham ega.

D.V.Lyusin emotsional intellektni tadqiq qilib uni bir tomondan insonning

kognitiv qobilyatlari, ikkinchi tomonda shaxs xususiyatlari bilan bog‘liqligini
ta’kidlagan.[7]

A.V.Karpov va A.S.Petrovskaya fikricha, emotsional intellekti yaxshi

rivojlangan odam har safar emotsional noqulay vaziyatlarga duch kelganda bunday
vaziyatlarga to‘g‘ri munosabatda bo‘la oladi va optimal yechim bera oladi.

XULOSA

Shuni aniq aytish mumkinki, psixologiya sohasida emotsional intellekt

tushunchasi keng qamrovli bo‘lib, uni shaxs jamiyatda bajaradigan har bir faoliyatiga
u yoki bu ta’sirini o‘tkazishi tabiiy. Inson jamiyatda insonlar orasida yashar ekan faqat
o‘z qulayligini, o‘ziga yaxshi bo‘lishini talab qila olmaydi. U ijtimoiylashuv
jarayonida qoidalarni qabul qilishi va bo‘y sunishi, eshitishi, moslashishi, shu bilan
bir qatorada jamiyatga ijobiy ta’sir ko‘rsatishi zarur. Aks xolda jamiyat insonni ham
qabul qilmaydi. Buning uchun esa inson, avvalo, o‘zini anglashi, o‘z hislarini
tushunishi va to‘g‘ri ifodalay olishi zarur bo‘ladi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

1.

Андреева И.Н. Эмоциональный интеллект как феномен современной
психологии. Новополоцк: ПГУ, 2011.


background image

World scientific research journal

https://scientific-jl.com/wsrj

Volume-40_Issue-2_June-2025

156

2.

Ильин Е. П. И46 Эмоции и чувства. — СПб: Питер, 2001. — 752 с: ил. —
(Серия «Мастера психологии»).

3.

© 1995 by Daniel Goleman.Introduction copyright © 2005. All rights reserved,
© Издание на русском языке, перевод, оформление. ООО «Манн, Иванов
и Фербер», 2021

4.

Bar-On R. Emotional Quotient Inventory: a measure of emotional intelligence.
NY: Multi-Health Systems, Inc. 2008. 36 p.

5.

Карпов А.В. Психология эмоционального интеллекта: теория, диагностика,
практика: монография/ Карпов А.В., А.С.Петровская. Ярославль. ЯрГУ –
2008.

6.

Mayer J.D. Emotional Intelligence: Popular or Scientific Psychology. N.Y.,
2005.

7.

Люсин Д.В. Социальний интеллект: Теория, измерения, исследование. М.,
2004.

8.

Люсин Д.В. Эмперический анализ категоризации эмоций// Вопросы
психологии.- 1999. -№2. С50-61.

9.

Роджерс К. Эмпатия// Психология эмоций. Тексты. - М.: Изд-во МГУ, 1984.
С.235.

10.

Выготский Л.С. Учение об эмоциях. // Собр. соч. Т.4. –М., 1984.-С 90-120.
11. Fiori M. A new look at emotional intelligence: A dual-process framework //
Personality and Social Psychology Review. 2009. Vol. 13. № 1. P. 21—44.
doi:10.1177/1088868308326909

References

Андреева И.Н. Эмоциональный интеллект как феномен современной психологии. Новополоцк: ПГУ, 2011.

Ильин Е. П. И46 Эмоции и чувства. — СПб: Питер, 2001. — 752 с: ил. — (Серия «Мастера психологии»).

© 1995 by Daniel Goleman.Introduction copyright © 2005. All rights reserved, © Издание на русском языке, перевод, оформление. ООО «Манн, Иванов и Фербер», 2021

Bar-On R. Emotional Quotient Inventory: a measure of emotional intelligence. NY: Multi-Health Systems, Inc. 2008. 36 p.

Карпов А.В. Психология эмоционального интеллекта: теория, диагностика, практика: монография/ Карпов А.В., А.С.Петровская. Ярославль. ЯрГУ – 2008.

Mayer J.D. Emotional Intelligence: Popular or Scientific Psychology. N.Y., 2005.

Люсин Д.В. Социальний интеллект: Теория, измерения, исследование. М., 2004.

Люсин Д.В. Эмперический анализ категоризации эмоций// Вопросы психологии.- 1999. -№2. С50-61.

Роджерс К. Эмпатия// Психология эмоций. Тексты. - М.: Изд-во МГУ, 1984. С.235.

Выготский Л.С. Учение об эмоциях. // Собр. соч. Т.4. –М., 1984.-С 90-120. 11. Fiori M. A new look at emotional intelligence: A dual-process framework // Personality and Social Psychology Review. 2009. Vol. 13. № 1. P. 21—44. doi:10.1177/1088868308326909