Authors

  • Nimatova Sadoqat Rizamatovna

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.wsrj.114042

Keywords:

Kalit so’zlar: xalqaro gumanitar huquq xalqaro inson huquqlari huquqi inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi ekstraterritorial Fuqarolik va siyosiy huquqlar to‘g‘risidagi xalqaro pakt Iqtisodiy ijtimoiy va madaniy huquqlar to‘g‘risidagi xalqaro pakt inson huquqlarini hurmat qilish iqtisodiy ijtimoiy madaniy va gumanitar xarakter.

Abstract

Annotatsiya: Ushbu maqolada- Xalqaro gumanitar huquq (XGH) — bu qurolli mojarolar (urushlar) vaqtida insonlarni himoya qilish va jangovar harakatlarni cheklashga qaratilgan xalqaro huquq tarmog‘idir. XGH mojaroda ishtirok etayotgan tomonlarning harbiy amaliyotlari chegaralarini belgilab, ayniqsa tinch aholini, harbiy harakatda ishtirok etmayotgan shaxslarni va asirga olinganlarni himoya qilishga yo‘naltirilgan.Ushbu huquqiy sohaga oid asosiy hujjatlar — Ceneva konvensiyalari (1949) va ularning Qo‘shimcha protokollari (1977, 2005) hisoblanadi. XGH harbiy mojarolarni qonuniylashtirish emas, balki mavjud urushlar oqibatlarini insoniyat nuqtai nazaridan iloj boricha insonparvar shaklda cheklash maqsadini ko‘zlaydi.Mazkur maqolada Xalqaro gumanitar huquqning asosiy tamoyillari, ularning mazmuni, amaliy qo‘llanilishi va zamonaviy qurolli mojarolardagi ahamiyati tahlil qilinadi.


background image

World scientific research journal

https://scientific-jl.com/wsrj

Volume-40_Issue-2_June-2025

137

XALQARO GUMANITAR HUQUQNING ASOSIY TAMOYILLARI

Termiz davlat universiteti yuridik fakulteti

bakalavr bosqich talabasi

Muallif:

Nimatova Sadoqat Rizamatovna

nimatovasadoqat@gmail.com


Kalit so’zlar:

xalqaro gumanitar huquq,xalqaro inson huquqlari huquqi, inson

huquqlari umumjahon deklaratsiyasi, ekstraterritorial,

Fuqarolik va siyosiy huquqlar

to‘g‘risidagi xalqaro pakt,Iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlar to‘g‘risidagi
xalqaro pakt, inson huquqlarini hurmat qilish, iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy va
gumanitar xarakter.

Annotatsiya:

Ushbu maqolada- Xalqaro gumanitar huquq (XGH) — bu qurolli

mojarolar (urushlar) vaqtida insonlarni himoya qilish va jangovar harakatlarni
cheklashga qaratilgan xalqaro huquq tarmog‘idir. XGH mojaroda ishtirok etayotgan
tomonlarning harbiy amaliyotlari chegaralarini belgilab, ayniqsa tinch aholini, harbiy
harakatda ishtirok etmayotgan shaxslarni va asirga olinganlarni himoya qilishga
yo‘naltirilgan.Ushbu huquqiy sohaga oid asosiy hujjatlar — Ceneva konvensiyalari
(1949) va ularning Qo‘shimcha protokollari (1977, 2005) hisoblanadi. XGH harbiy
mojarolarni qonuniylashtirish emas, balki mavjud urushlar oqibatlarini insoniyat
nuqtai nazaridan iloj boricha insonparvar shaklda cheklash maqsadini
ko‘zlaydi.Mazkur maqolada Xalqaro gumanitar huquqning asosiy tamoyillari,
ularning mazmuni, amaliy qo‘llanilishi va zamonaviy qurolli mojarolardagi ahamiyati
tahlil qilinadi.

Xalqaro gumanitar huquq va inson huquqlari huquqining o‘zaro bog‘liqligi
Xalqaro gumanitar huquq (XGH)

va

inson huquqlari huquqi (IHH)

xalqaro huquqning o‘zaro

to‘ldiruvchi

tizimlari bo‘lib, ular ba’zi

umumiy

maqsadlarga

ega. Har ikkisi ham insonning hayoti, salomatligi va sha’nini himoya

qilishga intiladi, ammo

turli nuqtai nazardan

yondashadi. Shu sababli, ularning

yondashuvi farq qilsa-da,

ayrim qoidalarning mohiyati o‘xshash

bo‘ladi.

Masalan:XGH ham, IHH ham qiynoqlarni yoki shafqatsiz muomalani
taqiqlaydi,jinoyat protsessi doirasidagi asosiy huquqlarni kafolatlaydi,ayirmachilikni
(diskriminatsiyani) taqiqlaydi,ayollar va bolalarni himoya qilishni nazarda
tutadi,oziq-ovqat va sog‘liq huquqiga oid jihatlarni tartibga soladi.Ammo ular
o‘rtasida

muhim farqlar

ham mavjud:ularning

kelib chiqishi

,

qo‘llanish doirasi

,

ularni

amalga oshiruvchi organlar

va boshqalar.

Kelib chiqishi

:

XGH

juda qadimiy

manbalarga ega bo‘lib, 19-asrning ikkinchi yarmida

Qizil Xoch

tashkilotining

asoschisi Anri Dyunan ta’siri ostida kodifikatsiya qilingan.

IHH

esa nisbatan yangi.


background image

World scientific research journal

https://scientific-jl.com/wsrj

Volume-40_Issue-2_June-2025

138

U dastlab

Ma’rifatparvarlik g‘oyalari

asosida, ayrim davlatlar (masalan, AQShning

1776-yilgi Mustaqillik deklaratsiyasi, Fransiyaning 1789-yilgi Inson va fuqaro
huquqlari deklaratsiyasi) tomonidan shakllangan.Ikkinchi jahon urushidan keyin
BMT

homiyligida

xalqaro

huquq

sohasi

sifatida

rivojlandi.

1948-yilgi

Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi

IHH’ni ilk bor xalqaro

miqyosda ifodaladi.1966-yilda ushbu deklaratsiya ikki asosiy xalqaro shartnomaga
aylandi:

Fuqarolik va siyosiy huquqlar to‘g‘risidagi xalqaro pakt,Iqtisodiy,

ijtimoiy va madaniy huquqlar to‘g‘risidagi xalqaro pakt

.

Vaqt jihatidan

qo‘llanish doirasi

:

XGH

faqat

qurolli mojarolar

(urushlar) vaqtida qo‘llanadi.

IHH

esa

doim

amal qiladi —

tinchlik

da ham,

urushda

ham.Lekin IHH’ning ba’zi

shartnomalari favqulodda holatlarda (masalan, millat xavf ostida bo‘lsa) ayrim
majburiyatlardan

chekinishga

(derogatsiya) ruxsat beradi. Bu chekinish:zarur va

mutanosib bo‘lishi kerak,kamsituvchi (diskriminatsion) bo‘lmasligi kerak,boshqa
xalqaro huquq qoidalariga (jumladan XGHga) zid bo‘lmasligi kerak.Shunga
qaramay, ba’zi inson huquqlari hech qachon cheklanmaydi:hayot huquqi,qiynoqlar,
shafqatsiz yoki tahqirli muomala taqiqlanishi,qullik taqiqlanishi,orqaga yuruvchi
(retroaktiv) jinoiy qonunlarga yo‘l qo‘yilmasligi.

Hududiy qo‘llanish doirasi:

XGH

xalqaro qurolli mojarolar uchun

ekstraterritorial

(chetdagi) qo‘llanilishini inkor

etilmaydi — bu normal holat, chunki bir davlat boshqa davlat hududida jang qiladi.

IHH

ham ko‘pchilik tomonidan

ekstraterritorial

tarzda qo‘llaniladi (masalan, bosib

olingan hududda yoki qo‘lga olingan shaxslarga nisbatan). Biroq aynan qanday
darajada va qaysi holatda qo‘llanishi — hali to‘liq aniqlanmagan.

Shaxsiy qo‘llanish

doirasi:XGH

— jangovar harakatlarda ishtirok etmayotgan yoki ularni to‘xtatgan

shaxslarni (masalan, tinch aholi, yaradorlar, asirlar) himoya qiladi.

IHH

— biror

davlat yurisdiktsiyasida bo‘lgan

har qanday shaxsga

taalluqlidir.U jangchi yoki

fuqaroni ajratmaydi. Shuningdek, XGH’dagi kabi “himoyalangan shaxs” toifasi
mavjud emas.

Hozirgi kunda dunyoning turli mintaqalarida davom etayotgan turliko’rinishdagi

qurolli mojarolar butun insoniyatni tashvishlantirmoqda va bundayto’qnashuvlar
insoniyat taraqqiyotiga salbiy ta’sir ko’rsatmoqda. Agar bu holatnianiq sonlarda
ko’radigan bo’lsak, yanada dahshatliroq namoyon bo’ladi.SHveytsariyalik olim Jan
Jak Babelning hisob-kitobiga qaraganda, keyingi 5500 yil ichida Yer kurrasida
deyarli 14,5 ming katta va kichik urushlar bo’lib, ularda 3640milliard kishi halok
bulib ketgan. Faqat Ikkinchi jahon urushidan keyingina sayyoramizda 200 tadan
ko’proq to’qnashuvlar yuz berdi va ularda 70 milliondan ko’proq kishi halok bo’ldi.
Biz bu yerda ikkinchi jahon urushi 1945 yil tugaganini xotirlasak, so’nggi 57 yil
ichida yiliga taxminan 1,3 million kishi faqatgina urushlar tufayli nobud bo’lmoqda.
Bu ko’rsatkichlar hozirgi madaniyatli jamiyatimizdagi qora dog’ emasmi? Yuqorida
tilga olingan qurolli to’qnashuvlar va ziddiyatlar o’zining ijtimoiy xarakteri va
maqsadi bo’yicha davlatlararo, fuqarolik urushlarga, taqiqlanmagan bo’yicha


background image

World scientific research journal

https://scientific-jl.com/wsrj

Volume-40_Issue-2_June-2025

139

mudofaa, milliy-ozodlik, BMT Ustaviga asosan tinchik o’rnatish uchun xarbiy
aralashuvarga, taqiqlanganligi bo’yicha agressiv urushlar, urush aressiyasiga bo’lish
mumkin. XXI asrga kelib Butun jahon hamjamiyati inson omili oliy qadriyat
ekanligini anglab yetib, bumasalaga jiddiy yondoshmoqda. Hozirgi kunda inson
huquqlari masalasi davlat huquqi bilan tartibga solinibgina qolmay, balki Halqaro
huquq normalari bilan tartibga solinmoqda. Xalqaro gumanitar huquqning muhimligi
va ahamiyati shundaki, u BMT Ustavida aytilganidek,davlatlarni «iqtisodiy, ijtimoiy,
madaniy va gumanitar xarakterdagi xalqaro muammolarni hal etishda hamkorlikni
amalga oshirish va inson huquqlariga hamda irqi, jinsi, tili va dinidan, qat’i nazar,
hamma uchun asosiy erkinliklarga hurmatni qo’llab quvvatlash va rivojlantirishga»
chaqiradi. Bizga ma’lumki, hozirgi zamon jahon konstitutsiyalarida eng oliy qadriyat
sifatida davlat va ijtimoiy tizim emas, balki inson olinadi. Xalqaro huquqda ham inson
omiliga oliy qadriyat sifatida qaraladi. Ikkinchi jahon urushi tugashi BMTning
tuzilishi va 1948 yilda Inson Huquqlari Umumjahon Deklaratsiyasining qabul
qilinishi inson huquqlarining rivojlanishida yangi davr bo’ldi. Halqaro huquqning
asosiy printsiplaridan biri “inson huquqlarini hurmat qilish” printsipidir. Inson
huquqlari, gumanitar huquq bu ikki atama g’oyalarida bitta tarixiy va falsafiy asos
bor: ikkala g’oya ham insonni yovuz kuchlardan muhofaza qilish zarurati paydo
bo’lgan. O’tmishning og’ir davrlarida dunyoga keldi. Birir urush kulfatlari ta’sirini
cheklashga intilish bilan izohlansa, boshqasi insonni har qanday qonunga xilof
o’zboshimchalikdan himoyalashdir. Albatta, inson huquqlari instituti nisbatan
umumiy bo’lgan printsiplarni muxrlasa, gumunitar huquq o’ziga xos xarakterga ega
bo’lib, ya’ni urush inson huquqlarini bajarishga xalaqit bera boshlaganda yoki ularni
cheklaganda amal qila boshlaydi. Bu turli huquqiy normalarning ikki xil yig’indisidir.
Agar gumanitar huquq qurolli mojarolar vaqtida amalda bo’lsa, inson huquqlari
to’g’risidagi normalar asosan tinchlik sharoitida o’zining ifodasini topadi va bu
institutning vositalari urush holatida ba’zi bir cheklangan izohlarni belgilash bilan
kifoyalanadi. Bundan tashqari, inson huquqlari to’g’risidagi normalar, eng avvalo,
davlat bilan uning fuqarosi o’rtasidagi munosabatlarni, gumanitar huquq esa – davlat
bilan dushman tomonning fuqarosi o’rtasidagi munosabatlarni o’z ichiga oladi.
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, biz so’z yuritayotgan mazkur ikki normalar
sistemasi biri-biriga yaqin bo’lib, aynan bir paytda turlichadir. Ular bir- birini to’ldirib
turadi. Xalqaro gumanitar huquqning xalqaro huquqning mustaqil sohasi sifatida:
Birinchidan, qurolli ixtiloflarda ishtirok etuvchilar o’tasidagi va xalqaro huquq
sub’ektlari tomonidan qurolli kurash olib borish vositalari va usullari; Ikkinchidan,
yaradorlarni, xarbiy asirlarni va tinch aholini himoya qilish sohasidagi
munosabatlarni tartibga soladi; Uchinchidan, bu huquqlarni buzganlik uchuchn
davlatlarning va ayrim shahslarning yuridik javobgarligini belgilaydi. Xalqaro
gumanitar huquqning maqsadi urushni taqiqlash bo’lmay, balki iloji boricha
maksimal darajada urushning shafqatsiz oqibatdlarini yengillashtirish, unda jafo


background image

World scientific research journal

https://scientific-jl.com/wsrj

Volume-40_Issue-2_June-2025

140

ko’rganlarga kafolatlangan himoya va yordam ko’rsatishdir. Gumanitar huquqning
alohidaligi yana shu bilan arakterlanadiki, u muayyan qurolli mojarolar davrida, una
jafo ko’rganlar uchun huquqiy muhofaza aruriyati tug’ilgan vaqtda vujudga keladi va
ushbu qurolli mojaro bilan bog’liq holda harakatga tushadi. SHu bilan bira urush va
qonun bir-biriga zid keluvchi tushunchalardir, degan fikrni inkor etadi . Xalqaro
gumanitar huquqning normalari imperativ (jus cogens) xarakterni kasb etadi va unga
amal qilish majburiy hisoblanadi. Xalqaro gumanitar huquqning roli, qurolli mojaro
xalqaro xarakterga egami, yoki xalqaro bo’lmagan xarakterga ega bo’lishidan qat’iy
nazar, uning jabrdiydasiga aylangan xar qanday shahsga gumanitar yordam
ko’rsatishdan iborat hisoblanadi. Xalqaro gumanitar huquqining tartibga solish
predmeti quyidagi davlatlararo munosabatlardir:Urushning boshlanishi;Urushda
qatgnashmayotgan davlatlarning betarafligi; Kurashayotgan taraflarning urushni olib
borish ususllarini cheklash; Urushda jafo ko’rganlarni himoya qilish; Urush davrida
madaniy yodgorliklarni himoya qilish;«Harbiy harakatlarini tugashi» harbiy
okkupatsiya rejimi; urushning tugatilishi; huquq buzilishi uchuchn davlatlarning
javobgarligi; qurolli mojarolar huquqi normalarini buzganligi uchuchn jismoniy
shahslarning jinoiy javobgarligi va boshqalardir.Xalqaro huquqning amaldagi
normalari xalqaro qurolli ziddiyatlarga ham,xalqaro maqomga ega bo’lmagan qurolli
ziddiyatlarga ham ta’lluqlidir.Xalqaro gumanitar huquqining tartibga solish predmeti
quyidagidavlatlararo munosabatlardir:Xalqaro qurolli ziddiyatlarga davlatlar
o’rtasidagi qurolli to’qnashuvlar,mustamlakachilik tuzumi va chet el bosqinchilari
hamda irqiy rejimlarga qarshio’z mustaqilliklari uchun olib boradigan to’qnashuvlar
kiradi. Ushbu huquq BMTUstavi hamda boshqa xalqaro-huquqiy xujjatlarda o’z
aksini topgan.Xalqaro maqomga ega bo’lmagan qurolli ziddiyatlarga hukumat
qo’shinlariva hukumatga qarshi bo’lgan qurolli guruhlar yoki fuqarolik urushi
davridagi qurolli guruhlar o’rtasidagi to’qnashuvlar kiradi

Jeneva konvensiyalari

— bu xalqaro gumanitar huquqning markaziy hujjatlari

bo‘lib, qurolli mojarolar (urushlar) vaqtida qurolli kuchlar orasidagi to‘qnashuvlarda
ishtirok etmayotgan yoki endi ishtirok etmaydigan (masalan, yaradorlar, asirlar, tinch
aholi) insonlarning huquq va xavfsizligini himoya qilishga qaratilgan xalqaro
shartnomalardir.

Ushbu konvensiyalar

Shveysariyaning Jeneva shahrida

tuzilganligi sababli

“Jeneva konvensiyalari” deb ataladi. Ular

1949-yil 12-avgustda

qabul qilingan

bo‘lib,

dunyoning deyarli barcha davlatlari tomonidan ratifikatsiya qilingan

bu ularni eng keng tan olingan xalqaro huquqiy hujjatlardan biriga aylantiradi. Jeneva
konvensiyalarining ildizlari 19-asrga borib taqaladi:1864-yil:

Birinchi Jeneva

konvensiyasi

– jang maydonidagi yarador harbiylarni himoya qilishga qaratilgan.Bu

konvensiya

Anri Dyunan

– Qizil Xoch jamiyatining asoschisi – tashabbusi bilan

tuzilgan.1906 va 1929 yillarda konvensiyaga qo‘shimchalar kiritildi.Ammo Ikkinchi
jahon urushi davomida yuzaga kelgan ommaviy jinoyatlar bu konvensiyalar yetarli


background image

World scientific research journal

https://scientific-jl.com/wsrj

Volume-40_Issue-2_June-2025

141

emasligini ko‘rsatdi.Shu sababli, 1949-yilda to‘liq qayta ko‘rib chiqilgan va

to‘rtta

asosiy konvensiya

qabul qilingan.

1949-yilgi to‘rtta asosiy Jeneva konvensiyasi

1-Konvensiya:

“Urushda yaralangan va kasal bo‘lgan harbiy xizmatchilar holatini yaxshilash
to‘g‘risida”

Urush maydonida yarador va kasallangan harbiylarga g‘amxo‘rlik qilish

majburiyatini belgilaydi.

Tibbiy yordam ko‘rsatish taraflarning zimmasida.

Qizil Xoch belgisi himoyalangan ramz hisoblanadi.

2-Konvensiya:

“Dengizdagi qurolli mojarolarda yaradorlar, kasallar va kemalarning halokatga
uchragan harbiy xizmatchilarini holatini yaxshilash to‘g‘risida”

Dengizdagi mojarolar uchun 1-Konvensiyaga o‘xshash qoidalarni o‘z

ichiga oladi.

Harbiy kemalar halokatga uchraganda suvdagi harbiylarni, shuningdek,

tibbiyot xodimlarini himoya qiladi.

3-Konvensiya:

“Harbiy asirlar bilan muomala qilish to‘g‘risida”

Asirga olingan harbiylar insoniy sharoitlarda saqlanishi, qiynoqlarga

solinmasligi, sudsiz jazolamasligi kerak.

Ular shaxsiy sha’ni, salomatligi, diniy e’tiqodi hurmat qilinishi lozim.

Majburiy mehnatga jalb etish cheklangan va faqat belgilangan doirada

ruxsat etilgan.

4-Konvensiya:

“Urush vaqtida tinch aholining himoyasi to‘g‘risida”

Fuqarolik aholining, ayniqsa, ayollar, bolalar va keksalarning urushdan

himoyasi.

Bosib olingan hududdagi aholining huquqlarini kafolatlaydi.

Sudsiz hibsga olish, surgun qilish, jismoniy jazolash taqiqlanadi.

1977-yilda konvensiyalarning zamonaviy urushlarga mosligini ta’minlash uchun

ikkita qo‘shimcha protokol

qabul qilindi:

1-Qo‘shimcha

Protokol

(1977):

Xalqaro qurolli mojarolarga tegishli

Millatlararo urushlarda tinch aholi himoyasi, qurolli kuchlar va fuqarolik

aholisi o‘rtasidagi farqni saqlash tamoyili mustahkamlangan.

“Zarurat” va “mutanosiblik” printsiplari asosida kuch ishlatishni tartibga

soladi.

2-Qo‘shimcha

Protokol

(1977):

Davlat ichidagi qurolli mojarolarga tegishli (fuqarolar urushi)


background image

World scientific research journal

https://scientific-jl.com/wsrj

Volume-40_Issue-2_June-2025

142

Ichki mojarolarda ham insonparvarlik tamoyillarini saqlab qolish uchun

qoidalarni belgilaydi.

Hukumatga qarshi qurolli guruhlar bilan bog‘liq holatlarda aholining

asosiy huquqlarini himoya qiladi.

3-Qo‘shimcha

Protokol

(2005):

Yangi neytral emblema joriy etildi

– Qizil romb (Red Crystal)

Bu diniy yoki siyosiy ramzlardan xoli bo‘lgan universal belgidir.

Jeneva konvensiyalarining asosiy prinsiplari

1.

Farqlash tamoyili

: Qurolli kuchlar va fuqarolik aholisi

o‘rtasidagi qat’iy farq.

2.

Mutanosiblik tamoyili

: Harbiy maqsadga erishish uchun

qo‘llaniladigan kuch mutanosib bo‘lishi kerak.

3.

Zaruriyat tamoyili

: Kuch ishlatish faqat harbiy zarurat asosida

bo‘lishi mumkin.

4.

Insonparvarlik tamoyili

: Urushda ham insoniylikni saqlash

shart.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:

1.

1949-yilgi Jeneva konvensiyalari

va ularning

1977 va 2005-yillardagi

qo‘shimcha protokollari

.

2.

Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi

, Birlashgan Millatlar Tashkiloti,

1948-yil.

3.

Fuqarolik va siyosiy huquqlar to‘g‘risidagi xalqaro pakt

, BMT, 1966-yil.

4.

Iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlar to‘g‘risidagi xalqaro pakt

, BMT,

1966-yil.

5.

Babel, J.J. “Insoniyat tarixi va urushlar statistikasi.” – Jeneva: 1995.

6.

Dyunan, A.

“Solferino xotiralari”

, Qizil Xochning asosiy tarixiy manbasi

sifatida.

7.

Xalqaro Qizil Xoch Qo‘mitasi (ICRC) hisobotlari va rasmiy tahlillari, 2000–
2020-yillar.

8.

Golland, T. va Fisher, D.

“Xalqaro gumanitar huquqning asoslari”

, Oksford

universiteti nashriyoti, 2016.

9.

A.V. Naumov.

“Xalqaro huquq”

, Moskva, 2020.

10.

Karimov A.

“Xalqaro huquq asoslari”

, Toshkent, 2021.

11.

BMT Nizomi (Ustavi), 1945-yil – xalqaro tinchlik va xavfsizlik asosiy
printsiplari.

12.

Xalqaro jinoyat sudi (ICC) Nizomi, Rim statuti, 1998-yil.




References

1949-yilgi Jeneva konvensiyalari va ularning 1977 va 2005-yillardagi qo‘shimcha protokollari.

Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi, Birlashgan Millatlar Tashkiloti, 1948-yil.

Fuqarolik va siyosiy huquqlar to‘g‘risidagi xalqaro pakt, BMT, 1966-yil.

Iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlar to‘g‘risidagi xalqaro pakt, BMT, 1966-yil.

Babel, J.J. “Insoniyat tarixi va urushlar statistikasi.” – Jeneva: 1995.

Dyunan, A. “Solferino xotiralari”, Qizil Xochning asosiy tarixiy manbasi sifatida.

Xalqaro Qizil Xoch Qo‘mitasi (ICRC) hisobotlari va rasmiy tahlillari, 2000–2020-yillar.

Golland, T. va Fisher, D. “Xalqaro gumanitar huquqning asoslari”, Oksford universiteti nashriyoti, 2016.

A.V. Naumov. “Xalqaro huquq”, Moskva, 2020.

Karimov A.“Xalqaro huquq asoslari”, Toshkent, 2021.

BMT Nizomi (Ustavi), 1945-yil – xalqaro tinchlik va xavfsizlik asosiy printsiplari.

Xalqaro jinoyat sudi (ICC) Nizomi, Rim statuti, 1998-yil.