World scientific research journal
https://scientific-jl.com/wsrj
Volume-40_Issue-2_June-2025
81
BIOFLOK TEXNOLOGIYASI SHAROITIDA AFRIKA LAQQASI
(CLARIAS GARIEPUNIS) BALIG‘I MALYOKLARINI
YETISHTIRISHNING DASTLABKI NATIJALARI
M.A.Aktamqulova, N.R.Mullabayev
Toshkent davlat agrar universiteti
Annotasiya:
O‘zbekiston sharoitida Afrika laqqasi (Clarias gariepinus)
baliqlari malyoklarini bioflok texnologiyasi asosida yopiq suv tizimida parvarishlash
bo‘yicha olib borilgan boshlang‘ich tajriba natijalari bayon etiladi. Tajriba davomida
bioflok tizimi va oddiy suv muhitida parvarishlangan baliqlar o‘sish dinamikasi, suv
sifat ko‘rsatgichlari va ozuqa iste’moli jihatidan solishtirildi. Bioflok hosil bo‘lishini
rag‘batlantirish uchun kraxmal qo‘shildi va nitrit (NO
2
) muntazam nazorat
qilindi.Tajribaning muhim bosqichlarida bioflok miqdorining ortib ketishi natijasida
yuzaga kelgan salbiy holatlar, jumladan baliqlar o‘limi xam tahlil qilindi. Olingan
natijalar bioflok tizimining afzalliklari bilan bir qatorda, uni muvozanatda ushlab
turish zarurligini ko‘rsatdi.Ushbu tajriba bioflok texnologiyasini kichik yoshdagi
baliqlar uchun moslashtirishda dastlabki ilmiy asos bo‘lib xizmat qiladi.
Kalit so‘zlar:
Afrika laqqasi malyoklari, biologik flokulyatsiya, yopiq suv
tizimi, suv sifati, nitrit (NO
2
) darajasi, kraxmal potakasi.
Аннотация:
В данной работе представлены предварительные результаты
эксперимента по выращиванию мальков африканского клария (Clarias
gariepinus) с применением технологии биофлока в системе замкнутого
водоснабжения. Сравнивались темпы роста, показатели качества воды и
потребление корма у рыб, выращиваемых в условиях биофлока и традиционной
водной среды. Для стимуляции образования биофлока добавлялся крахмал, а
уровень нитритов (NO₂) регулярно контролировался. В ходе эксперимента были
проанализированы негативные явления, включая гибель мальков из-за
избыточной концентрации биофлока. Полученные данные подчеркивают как
преимущества технологии биофлока, так и необходимость постоянного
контроля её параметров. Этот эксперимент служит начальной научной основой
для адаптации технологии биофлока к выращиванию молоди рыбы.
Ключевые слова:
мальки африканского клария, технология биофлока,
замкнутая водная система, качество воды, уровень нитритов (NO₂), кукурузный
крахмал.
Abstract:
This study presents the preliminary experimental results on the
cultivation of African catfish (Clarias gariepinus) fingerlings using biofloc
technology in a closed water system. The growth dynamics, water quality parameters,
and feed consumption of fish reared in biofloc and conventional water environments
were compared. Starch was added to stimulate biofloc formation, and nitrite (NO₂)
World scientific research journal
https://scientific-jl.com/wsrj
Volume-40_Issue-2_June-2025
82
levels were regularly monitored. Negative outcomes, including fish mortality caused
by excessive biofloc concentration, were analyzed during critical stages of the
experiment. The results highlight both the advantages of the biofloc system and the
need for careful balance and monitoring. This experiment provides a foundational
scientific basis for adapting biofloc technology to juvenile fish rearing.
Keywords:
African catfish fingerlings, biofloc technology, closed water system,
water quality, nitrite level (NO₂), corn starch.
Kirish:
Dunyo bo‘yicha akvakultura sanoati jadal sur’atlarda rivojlanib,oziq-
ovqat xavfsizligini ta’minlash va aholining baliq oqsiliga bo‘lgan ehtiyojini
qondirishda muhim omilga aylanmoqda. Shu jumladan, Afrika laqqasi (clarias
gariepinus) baliqlari intinsiv parvarishlash uchun eng mos turlardan biri sifatida
e’tirof etilgan bo‘lib tez o‘sishi, turli yemlarga moslashuvchanligi va keslorod
tanqisligiga chidamliligi bilan ajralib turadi. So‘nggi yillarda baliq yetishtirishda
ekologik barqarorlikni ta’minlash, suv sarfini kamaytirish va chiqindilarni qayta
ishlash maqsadida bioflok texnologiyasi keng joriy etilmoqda. Bu tizimda suvga
qo‘shiladigan organik moddalar va foydali mikroorganizmlar orqali biofloklar
shakllanadi. Ular nafaqat suv sifatini yaxshilaydi, balki qo‘shimcha ozuqa manbai
vazifasini ham bajaradi. Bioflok texnologiyasi ayniqsa yopiq suv tizimlarida baliq
yetishtirish uchun istiqbolli yo‘nalish hisoblanadi. Biroq, bu tizimda muvaffaqiyatga
erishish uchun bioflok miqdorini, suvning fizik – kimyoviy xossalarini,
mikrobiologik muvozanatni doimiy nazorat qilib borish talab etiladi. Ayniqsa baliq
mallyoklari kabi sezgir bosqichda bu omillar baliq salomatligiga bevosita ta’sir
ko‘rsatadi. Ushbu tadqiqotda Afrika laqqasi mollyoklarini bioflok sharoitida
teyishtirish va parvarishlash bo‘yicha dastlabki amaliy tajribalar o‘tkazildi. Tajriba
davomida bioflok hosil qilish, kraxmal qo‘shish, nitrit darajasini nazorat qilish va suv
sifatini boshqarish bo‘yicha kuzatishlar olib borildi. Olingan natijalar bioflok
texnologiyasining afzalliklari bilan bir qatorda, extiyot choralari va doimiy
monitoring zaruratini xam yoritib beradi.
Tadqiqot natijalari
Tajriba jarayonida Afrika laqqasi (clarias gariepinus) malyoklari ikki xil
sharoitda: bioflok tizimida va oddiy (nazorat) suv tizimida parvarishlandi. Dastlab
xar ikki baseynga 235 tadan baliq solindi, umumiy boshlang‘ich og‘irlik 1146 gramm
bo‘lib, o‘rtacha vazni 4,9 gramni tashkil etdi. Malyoklarga kuniga 30 grammdan yem
berildi, 12 soatdan keyin yan 30 gramm qo‘shimcha yem berildi. Bioflokni hosil
bo‘lishini rag‘batlantirish uchun 100 gramm krahmal potakasi qo‘shildi va har soatda
suvdagi nitrit (NO
2
) darajasi kuzatib borildi. (1-rasm)
World scientific research journal
https://scientific-jl.com/wsrj
Volume-40_Issue-2_June-2025
83
1-rasm. Malyoklar tajriba baseynlariga solindi va yem berildi.
Nazorat baseynidagi malyoklarga xam shu miqdorda yem berildi. Suv
parametrlari nazorat qilindi. Tajribamiz davomida 10 kun o‘tgandan so‘ng bioflok
tizimida jiddiy muammo kuzatildi. Mavjud bioflok massasining 70% nobud bo‘ldi.
Shundan so‘ng 30% qolgan suvga 70% toza suv qo‘shildi. Bioflokning barqaror
rivojlanishini ta’minlash uchun maxsus probiotiklar qo‘shildi va tizim 7 kun
davomida kuzatildi. Tizim qayta tiklandi. Bir xafta muddatdan so‘ng malyoklar
og‘irligiga qarab qayta taqsimlandi: bioflok tizimiga 175 ta baliq (umumiy og‘irligi
842 g), nazorat tizimiga esa 175 ta baliq (865 g) ajratildi. (2-rasm)
2-rasm. Malyoklarni og‘irligini o‘lchash jarayoni.
World scientific research journal
https://scientific-jl.com/wsrj
Volume-40_Issue-2_June-2025
84
Bu holat bioflok tizimida malyoklarning biroz sekinroq o‘sishini ko‘rsatdi, bu
esa ehtimol bioflok holatining barqaror emasligi bilan bog‘liq degan hulosaga keldik.
Bioflok konsentratsiyasining ortib ketishi oqibatida og‘ir salbiy oqibatlar kuzatildi.
Bioflok tizimidagi basseynda 50 ta baliq (250 g) nobud bo‘ldi. Nazorat guruhida ham
28 ta baliq (140 g) o‘lim holati qayd etildi. O‘lim sabablari tahlil qilinganda, bioflok
zarrachalari baliqlarning nafas olish organlari — klariya (labirint) organlariga tiqilib,
nafas olishni cheklagani aniqlandi.Umuman olganda, bioflok tizimi muvozanatda
bo‘lgan vaqtda baliqlarning o‘sish sur’ati, suv sifati va ozuqa o‘zlashtirish
ko‘rsatkichlari ijobiy natija ko‘rsatdi. Biroq, bioflok konsentratsiyasining ortib ketishi
va tizim muvozanatining buzilishi baliq salomatligiga salbiy ta’sir ko‘rsatdi. Suvdagi
bioflok miqdorining 0,5–1.0 g/l (ya’ni 500 – 100mg/l) oralig‘ida saqlanishi, nitrit
darajasining esa nazoratda bo‘lishi tajribaning eng muhim xulosalaridan biri bo‘ldi.
Afrika laqqasi malyoklari yoke boshqa baliq turlari bo‘lishidan qat’i nazar bioflok
miqdori muvozanatli bo‘lishi kerak, chunki ular xali nozik va bioflokdagi ortiqcha
zarrachalar ularning nafas olish tizimiga tiqilishi, stress holati va o‘limga olib kelishi
mumkinligi tajribalarimizda isbotlandi. (3-rasm)
3-rasm.Afrika laqqasi malyokini yorib ko‘rish jarayoni.
World scientific research journal
https://scientific-jl.com/wsrj
Volume-40_Issue-2_June-2025
85
4-rasm. Claria organiga bioflok zarrachalarini tiqilib qolish jarayoni.
Xulosa
Ushbu tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatdiki, bioflok texnologiyasi orqali Afrika
laqqasi malyoklarini yopiq suv tizimida parvarishlash samarali bo‘lishi mumkin biroq
tizim muvozanati doimiy nazorat qilish muhim ahamiyatga ega. Bioflok miqdorining
miyyordan oshib ketishi ayniqsa malyoklarni yetishtirish bosqichida, baliq
salomatligiga salbiy ta’sir ko‘rsatish, nafas olish organlariga bioflok zarrachalarining
tiqilib qolishi kabi muammolarga olib kelishi mumkin. Ushbu boshlang‘ich tajriba
natijalari bioflok texnologiyasini malyok yetishtirish bosqichida qo‘llash
imkoniyatlarini yanada chuqurroq o‘rganish va optimallashtirish uchun muhim ilmiy
asos bo‘lib xizmat qiladi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Avnimelech Y. Biofloc Technology – A practical guide book. Baton Rouge:
The World Aquaculture Society, 2009. 182 p
2. Низяев С.А., Латковская Е.М., Ревин Ю.А. Использование биофлок-
технологии при подращивании гидробионтов на базе установок замкнутого
водоснабжения: возможности применения технологии в условиях Дальнего
Востока России. Научные труды Дальрыбвтуза. 2024. Т. 67, № 1. С. 96–115.
World scientific research journal
https://scientific-jl.com/wsrj
Volume-40_Issue-2_June-2025
86
Scientific Journal of the Far Eastern State Technical Fisheries University. 2024. Vol.
67, no 1. P. 96–115.
3. Kumar S, Anand PSS, De D, Deo AD, Ghoshal TK, Sundaray JK, Ponniah
AG, Jithendran KP, Raja RA, Biswas G, Lalitha N (2015) Effects of biofloc under
different carbon sources and protein levels on water quality, growth performance and
immune responses in black tiger shrimp Penaeus monodon (Fabricius 1978. Aquac
Res 48:1168–1182
4. De Schryver P, Crab R, Defoirdt T, Boon N, Verstraete W (2008) The basics
of bioflocs technology: the added value for aquaculture. Aquaculture 277:125–137
5.Romano N, Kanmani N, Ebrahimi M, Chong CM, Teh JC, Hoseinifar SH,
Amin SMN, Kamarudin MS, Kumar V (2017) Combination of dietary pre-gelatinized
starch and isomaltooligosaccharides improved pellet characteristics, subsequent
feeding efficiencies and physiological status in African catfish,
Clarias gariepinus
,
juveniles.