World scientific research journal
https://scientific-jl.com/wsrj
Volume-40_Issue-2_June-2025
38
ELEKTRON HUKUMAT TEXNOLOGIYALARI VA XIZMATLARI
Jabborov Abdulla Akbar o‘g‘li
Toshkent axborot texnologiyalari universiteti
Samarqand filiali talabasi
Elektron pochta manzili:abdullajabborov3@gmail.com
Islomov Bekzod Ilg‘or o‘g‘li
Toshkent axborot texnologiyalari universiteti
Samarqand filiali talabasi
Elektron pochta manzili:bekzodislomov54@gmail.com
Annotatsiya
: Ushbu maqolada elektron hukumat texnologiyalari va
xizmatlarining shakllanishi, rivojlanishi va joriy etilish jarayonlari keng yoritilgan.
Xususan, O‘zbekiston tajribasi asosida elektron davlat xizmatlarining fuqarolar
hayotidagi roli, qulayliklari, xavfsizlik choralarini kuchaytirish, byurokratik
to‘siqlarni kamaytirish va xizmat ko‘rsatish samaradorligini oshirishdagi ahamiyati
tahlil qilingan. Shuningdek, ilg‘or xorijiy tajribalar, xususan Estoniya va Janubiy
Koreya misolida innovatsion yondashuvlar ko‘rib chiqilgan. Maqolada mavjud
platformalar — Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali, MyGov ilovasi va
Mobile-ID tizimi orqali taqdim etilayotgan xizmatlar soni, foydalanish ko‘rsatkichlari
hamda istiqboldagi raqamli transformatsiya yo‘nalishlari tahlil etilgan.
Kalit so'zlar:
Elektron hukumat, raqamli texnologiyalar, davlat xizmatlari,
Yagona portal, MyGov, Mobile-ID, blokcheyn, kiberxavfsizlik, sun’iy intellekt,
kompozit xizmatlar, ochiqlik va shaffoflik, fuqarolik xizmatlari, raqamli davlat
boshqaruvi.
Аннотация:
В данной статье подробно освещены процессы
формирования, развития и внедрения технологий и услуг электронного
правительства. В частности, на основе опыта Узбекистана проанализированы
роль электронных государственных услуг в жизни граждан, их удобство, меры
по усилению безопасности, снижение бюрократических барьеров и значение в
повышении эффективности обслуживания. Также рассмотрены передовые
зарубежные практики, особенно инновационные подходы на примере Эстонии
и Южной Кореи. В статье анализируются количество предоставляемых услуг,
показатели использования и перспективные направления цифровой
трансформации через существующие платформы, такие как Единый
интерактивный портал государственных услуг, приложение MyGov и система
Mobile-ID.
Ключевые слова:
электронное правительство, цифровые технологии,
государственные услуги, Единый портал, MyGov, Mobile-ID, блокчейн,
кибербезопасность,
искусственный
интеллект,
комплексные
услуги,
открытость и прозрачность, гражданские услуги, цифровое государственное
управление.
Abstract:
This article provides a comprehensive overview of the formation,
development, and implementation processes of e-government technologies and
services. In particular, it analyzes the role of electronic public services in citizens’
lives, their convenience, the strengthening of security measures, the reduction of
World scientific research journal
https://scientific-jl.com/wsrj
Volume-40_Issue-2_June-2025
39
bureaucratic barriers, and the improvement of service efficiency, based on the
experience of Uzbekistan. The article also examines advanced international practices,
especially innovative approaches in countries like Estonia and South Korea.
Furthermore, the paper analyzes the number of services, usage statistics, and future
directions of digital transformation through existing platforms such as the Unified
Interactive Public Services Portal, the MyGov application, and the Mobile-ID system.
Keywords:
E-government, digital technologies, public services, Unified Portal,
MyGov, Mobile-ID, blockchain, cybersecurity, artificial intelligence, composite
services, transparency and openness, civic services, digital public administration.
Kirish
Raqamli texnologiyalarning jadal rivojlanishi samarali va tezkor davlat
boshqaruvi uchun yangi imkoniyatlar yaratmoqda. Elektron hukumat (e-government)
texnologiyalari davlat xizmatlaridan foydalanishni osonlashtiradi va fuqarolarga
masofadan turib foydalanishga imkon beradi. Ushbu texnologiyalar davlat xizmatlari
sifati va samaradorligini oshirishga yordam beradi, hamda jarayonlarni byurokratik
to'siqlardan xalos qiladi. Raqamli transformatsiya orqali davlat boshqaruvining
qulayligini oshirishda elektron hukumat texnologiyalari muhim rol o'ynaydi.
Elektron hukumatning rivojlanishi 1990-yillarda boshlangan. Dastlab davlat
boshqaruvining alohida bo'limlari raqamlashtirildi va Internet texnologiyalari orqali
xizmatlar ko'rsatish imkoniyati yaratildi. 2000-yillarda AQSh va Evropa
mamlakatlarida birinchi yirik elektron hukumat loyihalari amalga oshirildi. 2001-
yilda Estoniya dunyodagi birinchi to'liq raqamli davlat boshqaruvi tizimini joriy etish
orqali elektron hukumatning rivojlanishiga yo'l ochdi. “E-Estonia” loyihasi butun
dunyo mamlakatlari uchun namuna bo'lib xizmat qilmoqda va bugungi kunda
elektron
hukumat
sohasida
innovatsiyalarning
keng
joriy
etilishini
rag'batlantirmoqda.
So'nggi yillarda O'zbekistonda elektron hukumat tizimlari ham faol
rivojlanmoqda. 2013-yilda O'zbekiston elektron hukumatni joriy etishning birinchi
bosqichini boshladi, 2015-yilda esa yagona interaktiv davlat xizmatlari portali ishga
tushirildi. Ushbu portal orqali fuqarolar turli xil xizmatlardan onlayn foydalanish
imkoniyatiga ega bo'lishdi, bu esa hujjatlar hajmini sezilarli darajada kamaytirdi.
Davlat xizmatlaridan elektron foydalanish imkoniyatini beruvchi ushbu portal
bugungi kunda yiliga o'rtacha 25 millionga yaqin xizmatni taqdim etadi. 2022-yilga
kelib O'zbekistonda 200 dan ortiq davlat xizmatlari raqamli shaklda taqdim
etilmoqda.
Mavzuga oid adabiyotlar tahlili
Elektron hukumat sohasiga oid adabiyotlar tahlili ushbu yo‘nalishning nazariy
asoslari, texnologik yondashuvlari hamda amaliy tatbiqlari bo‘yicha chuqur bilim va
tajribalarni o‘z ichiga oladi. Jahon miqyosida elektron hukumatning shakllanishi va
rivojlanish bosqichlarini chuqur o‘rganish, turli mamlakatlar tajribalarini solishtirish
imkonini beradi.
Birinchi navbatda
, BMT tomonidan har ikki yilda chop etiladigan “UN E-
Government Survey”
hisobotlari elektron hukumat darajasini baholash va dunyo
davlatlarining bu sohadagi reytingini aniqlashda muhim manba hisoblanadi. Ushbu
hisobotda elektron ishtirok, davlat xizmatlarining raqamli shakli, ochiqlik va
World scientific research journal
https://scientific-jl.com/wsrj
Volume-40_Issue-2_June-2025
40
infratuzilma rivoji bo‘yicha tahlillar keltiriladi. O‘zbekiston ushbu reytingda oxirgi
yillarda ijobiy ko‘rsatkichlarga ega bo‘lmoqda, bu esa mamlakatda raqamli
transformatsiya borayotganidan dalolat beradi.
Estoniya tajribasi
bo‘yicha e-
estonia.com platformasida keltirilgan materiallar elektron hukumatning mukammal
modeli sifatida taqdim etilgan. Ular fuqarolarning shaxsiy ma’lumotlarini himoya
qilishda blokcheyn texnologiyalaridan samarali foydalanayotganini, shuningdek,
barcha xizmatlarni yagona tizimda to‘plaganligini ko‘rsatadi. Bu O‘zbekiston uchun
ham o‘rnak bo‘lishi mumkin bo‘lgan modeldir.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmon va qarorlari,
ayniqsa,
“Raqamli O‘zbekiston – 2030” strategiyasi asosida qabul qilingan hujjatlar, elektron
hukumatni joriy etish va rivojlantirishning huquqiy asoslarini tashkil etadi. Ushbu
hujjatlar asosida
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz)
faoliyati, Mobile-ID, MyGov
ilovalari va boshqa zamonaviy tizimlar yo‘lga
qo‘yildi.
OECD (Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti)
tomonidan
tayyorlangan “Digital Government Review of Estonia” (2020) hisobotida esa davlat
xizmatlarining fuqarolar ehtiyojlariga moslashtirilganligi, sun’iy intellektdan
foydalanish imkoniyatlari va xizmatlar sifati tahlil qilingan. Bu hisobot raqamli davlat
boshqaruvining konseptual yondashuvini chuqur tushunish uchun zarur manba
hisoblanadi.
Tadqiqot metodologiyasi
Mazkur tadqiqotda elektron hukumat texnologiyalarining rivojlanishi,
samaradorligi va O‘zbekistondagi joriy etilishi o‘rganildi. Tadqiqot quyidagi
usullarga asoslandi:
Tahlil usuli
– elektron hukumatga oid qonun hujjatlari va statistik ma’lumotlar
tahlil qilindi.
Taqqoslash usuli
– Estoniya, Janubiy Koreya kabi ilg‘or davlatlar tajribasi
O‘zbekiston bilan solishtirildi.
Empirik usul
– Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali va boshqa tizimlar
faoliyati asosida real ko‘rsatkichlar o‘rganildi.
Sistemali yondashuv
– elektron hukumat infratuzilmasi davlat boshqaruvi
bilan uzviy bog‘liqda tahlil qilindi.
Nazariy yondashuv
– raqamli hukumat nazariyalari va ilmiy qarashlar asosida
tadqiqot yo‘naltirildi.
Tahlil va natijalar
Elektron hukumat texnologiyalari davlat xizmatlarini tez va xavfsiz qilishga
yordam beradi. O'zbekistonda “MyGov” mobil ilovasi orqali fuqarolar davlat
xizmatlaridan foydalanish, vaqtni tejash va qog'ozbozlikdan qochish imkoniyatiga
ega bo'ladilar. Shu bilan birga, Estoniya kabi davlatlar blokcheyn texnologiyasini
elektron hukumat tizimiga birlashtirib, ma'lumotlar xavfsizligini ta'minlaydilar.
Masalan, Estoniya hukumati 2017 yilda elektron hukumat xizmatlariga blokcheyn
texnologiyasini kiritish orqali shaxsiy ma'lumotlarni himoya qilishni kuchaytirdi.
Kiberxavfsizlik masalalari elektron hukumatning ajralmas qismiga aylandi va davlat
ma'lumotlarining xavfsizligi va o'zgarmasligi asosiy talablardan biridir. Bu davlat
xizmatlariga ishonchni oshiradi va ulardan keng foydalanish imkoniyatini yaratadi.
World scientific research journal
https://scientific-jl.com/wsrj
Volume-40_Issue-2_June-2025
41
Elektron hukumat fuqarolarga ko'plab afzalliklarni taqdim etadi. Elektron
xizmatlar yordamida davlat xizmatlarini ko'rsatish tezligi oshadi va hujjatlar sezilarli
darajada kamayadi. Bu fuqarolarga vaqtni tejashga imkon beradi va davlat
organlariga murojaat qilish jarayonini sezilarli darajada osonlashtiradi. Bundan
tashqari, elektron hukumat tizimi orqali ochiqlik va shaffoflik ta'minlanadi. Masalan,
Janubiy Koreya davlat qarorlarini haqiqiy vaqtda kuzatib borish imkonini beruvchi
OPEN platformasini ishga tushirdi. Ushbu platforma fuqarolarga davlat qarorlari va
xizmatlari to'g'risida to'liq ma'lumot olish imkonini beradi va davlat boshqaruviga
ishonchni oshiradi.
Elektron hukumatning kelajakdagi istiqbollari yanada kengroq imkoniyatlarni
ochib beradi. 2030-yilga kelib, ko'plab mamlakatlar elektron hukumat tizimlarini
sun'iy intellekt, blokcheyn va IoT kabi yangi texnologiyalar bilan kengaytirishi
kutilmoqda. Sun'iy intellekt yordamida davlat xizmatlarini shaxsiylashtirish va
tezlashtirishga erishiladi. Masalan, sun'iy intellekt bilan ishlaydigan chatbotlar davlat
xizmatlariga murojaat qilishda yordam beradi, tezkor javoblar beradi va hujjatlarni
topshirish tartibini osonlashtiradi.
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (YaIDXP) orqali 347 turdagi xizmat
onlayn shaklda ko‘rsatilishi yo‘lga qo‘yilgan (o‘tgan yil shu davriga nisbatan o‘sish
135 foiz).
Hisobot davrida 47 ta xizmat joriy qilingan bo‘lsa, yil yakuniga qadar Yagona
portaldagi xizmatlar soni 370 taga yetkaziladi. Joriy qilinayotgan barcha elektron
davlat xizmatlarining to‘lov jarayonlari Yagona billing tizimiga ulanadi.
Bugungi kunda mazkur portalda ro‘yxatdan o‘tgan foydalanuvchilar soni 3
milliondan ortgan. Shuningdek, foydalanuvchilar tomonidan portal xizmatlaridan yil
boshidan jami 9.5 mln. marotaba foydalanilgan (o‘tgan yil shu davriga nisbatan o‘sish
160 foiz).
Shu bilan birga, Yagona portalning mobil ilovasida 155 ta (o‘sish 375 foiz)
elektron davlat xizmatlari aholi va yuridik shaxslarga taqdim etilmoqda.
Aholi va tadbirkorlarga davlat xizmatlarini ko‘rsatishda qulayliklar yaratish
maqsadida, hududlarda 1037 ta pochta aloqasi ob’ektlarida YaIDXP platformasidan
foydalangan holda 60 turdagi davlat xizmatlarini taqdim etish yo‘lga qo‘yilgan.
Shuningdek,
Davlat
xizmatlaridan
foydalanish
uchun
shaxsni
identifikatsiyalashning mavjud tizim va vositalariga qo‘shimcha ravishda jismoniy
shaxsni identifikatsiyalashning Mobile-ID tizimi joriy etildi.
Mobile-ID tizimi yordamida Yagona portaldagi 61 turdagi elektron davlat
xizmatlaridan foydalanish jarayonida majburiy tartibda Elektron raqamli imzo bilan
tasdiqlash amaliyotidan voz kechiladi. Mobile-ID tizimida qisqa davrda 30 mingdan
ortiq foydalanuvchilar ro‘yxatdan o‘tdi.
2022 yil 1 apreldan Toshkent shahrida, 2022 yil 1 iyuldan esa butun respublika
hududida tibbiyot muassasalari tomonidan o‘lim haqida tibbiy guvohnoma berish
tartibi bekor qilinib, faqat elektron tizim orqali o‘lim haqida tibbiy ma’lumotnoma
shakllantirish tartibi joriy etildi hamda o‘lim holati fuqarolik holati dalolatnomalarini
yozish organlarida qayd qilinganligi haqida tibbiyot muassasalari tomonidan berilgan
QR-kod (matrik shtrixli kod) tasviri tushirilgan ma’lumotnoma o‘lim haqidagi gerbli
guvohnomaga tenglashtiriladi hamda davlat organlari va tashkilotlar tomonidan qabul
qilishni rad etish qat’iyan taqiqlandi.
World scientific research journal
https://scientific-jl.com/wsrj
Volume-40_Issue-2_June-2025
42
Bugungi kunda 19 turdagi davlat xizmatlari kompleks birlashtirilishi natijasida
6 turdagi kompozit shakldagi xizmatlarni ko‘rsatish yo‘lga qo‘yildi. Masalan,
tug‘ilganlikni qayd etish bilan bog‘liq kompleks davlat xizmatidan foydalanish
natijasida kompozit shaklda bir vaqtning o‘zida bitta so‘rov orqali tug‘ilganlikni qayd
etish, oilaviy poliklinikaga hisobga qo‘yish, bir martalik nafaqa pulini olish, ota-
onaning doimiy ro‘yxatda turgan manzili bo‘yicha ro‘yxatga qo‘yish, bolani
bog‘chaga navbatga qo‘yish xizmatlaridan foydalanish mumkin.
Ijtimoiy himoya yagona reyestriga kirish uchun ariza berish, pensiya haqida
ma’lumot, nafaqa tayinlash uchun ariza berish va boshqa xizmatlar ishga tushirildi.
Ushbu xizmatlardan 2022 yil davomida 200 ming marotabadan ko‘p foydalanilgan
bo‘lib, foydalanuvchilarning ortiqcha harajatlari va vaqti iqtisod qilingan.
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida Nafaqa tayinlash uchun ariza
berish xizmati orqali pensiya yoshiga yetgan biroq yetarli ish stajiga ega bo‘lmagan
shaxslar, yoshidan qat’i nazar ish stajiga ega bo‘lmagan I va II guruh nogironligi
bo‘lgan shaxslar va nogironligi bo‘lgan bolaga qaragan onalarga yoshga doir
nafaqalarni olish uchun ariza berish imkoniyati yaratildi. Bugungi kunga qadar
mazkur xizmat orqali 164 mingdan ortiq nafaqalar tayinlangan.
Bugungi kunda chora-tadbirlar dasturiga kiritilgan 22 ta xizmat Yagona portalda
joriy etildi hamda xizmatlar soni 340 tadan ortiqni tashkil etmoqda.
Tijorat banklari hamda to‘lov tizimlari operatorlariga axborot xavfsizligi
talablariga rioya etgan holda, o‘zlarining mobil ilovalari orqali jismoniy va yuridik
shaxslarga Yagona portaldagi elektron davlat xizmatlarini ko‘rsatishga ruxsat etilishi
natijasida AT “Aloqa bank”ning “Zoomrad” mobil ilovasida avtotransport vositasi
hamda ko‘chmas mulk bilan bog‘liq ma’lumotlar jismoniy shaxslarga taqdim
etilmoqda.
O’z navbatida, ATB “Qishloq qurilish bank” tomonidan ishlab chiqilgan
“QVANT” mobil ilovasi orqali 10 turdagi elektron xizmatlarni joriy etish bo‘yicha
ishlar davom etmoqda.
Xulosa va takliflar
Elektron hukumat texnologiyalari zamonaviy davlat boshqaruvi samaradorligini
oshirishda muhim vositaga aylandi. Bu tizim orqali davlat xizmatlari tezkor, shaffof
va fuqarolar uchun qulay tarzda taqdim etilmoqda. O‘zbekistonda ham so‘nggi
yillarda bu borada sezilarli yutuqlarga erishildi. Jumladan, Yagona interaktiv davlat
xizmatlari portali, “MyGov” mobil ilovasi, Mobile-ID tizimi kabi platformalar
fuqarolarga davlat xizmatlaridan masofadan va byurokratik to‘siqlarsiz foydalanish
imkonini bermoqda.
Mavjud ijobiy natijalarga qaramay, tizimni yanada takomillashtirish maqsadida
quyidagilarni taklif qilish mumkin: birinchidan, raqamli xizmatlar qamrovini
kengaytirish va ularni mamlakatning barcha hududlarida joriy etish lozim;
ikkinchidan, axborot xavfsizligini ta’minlash uchun blokcheyn, sun’iy intellekt kabi
ilg‘or texnologiyalarni bosqichma-bosqich joriy etish zarur; uchinchidan, aholining
raqamli savodxonligini oshirish maqsadida o‘quv kurslari, videoqo‘llanmalar va
treninglar tashkil etilishi kerak. Shuningdek, elektron xizmatlardan foydalanishni
yengillashtirish uchun mobil ilovalarning interfeyslarini soddalashtirish, xizmat sifati
monitoringi uchun foydalanuvchi bahosi va reyting tizimini yo‘lga qo‘yish ham
muhim ahamiyatga ega.
World scientific research journal
https://scientific-jl.com/wsrj
Volume-40_Issue-2_June-2025
43
Umuman olganda, elektron hukumat texnologiyalari O‘zbekistonning raqamli
transformatsiyasida markaziy o‘rinni egallaydi. Ularning izchil va puxta rivojlanishi
davlat boshqaruvini fuqarolar uchun yanada ochiq va samarali tizimga aylantiradi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarorlari va farmonlari.
2.
Elektron hukumat markazi rasmiy sayti –
3.
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali –
4.
Estoniya elektron hukumat loyihasi “E-Estonia” –
5.
O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi –
6.
OECD – "Digital Government Review of Estonia", OECD Publishing, Paris, 2020
7.
UN E-Government Survey 2022 – United Nations Department of Economic and
Social Affairs
8.
Janubiy Koreya elektron hukumat platformasi: OPEN – www.open.go.kr