Authors

  • Abdumoʻminova Mahliyo Dilshodjon qizi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.wsrj.114067

Keywords:

Kalit soʻzlar: Madaniy turizm tarixiy turizm madaniy meros madaniy-tarixiy obidalar turizm va madaniy meros vazirligi turizm toʻgʻrisidagi qonun ipak yoʻlida turizm yarmarkasi PQ-2980 PF-117 PF-5273 madaniy turizm infratuzilmasi va siyosati Oʻzbekiston turizm salohiyati

Abstract

 

Annotatsiya: Ushbu maqola O‘zbekistonning madaniy va tarixiy turizmini rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar: qonunlar, farmonlar, hududiy forumlar va yarmarkalar tahlil qilinadi. Muallif madaniy meros ob’ektlaridan foydalanish, Turizm va Madaniy Meros Vazirligi faoliyati, “Turizm to‘g‘risida”gi qonun, Chorvoq, Buxoro va Samarqanddagi strategik tashabbuslar (PQ–2980, PF–117, PF–5273) hamda “Ipak yo‘lida turizm” yarmarkasi kabi faoliyatlar asosida mavjud imkoniyatlar va kuchli tomonlarni ko‘rsatadi. Maqola ilmiy-auditoriyalar, turizm sohasidagi mutaxassislar hamda hukumat siyosatiga qiziqqanlar uchun qimmatli ma’lumot hisoblanadi.


background image

World scientific research journal

https://scientific-jl.com/wsrj

Volume-40_Issue-2_June-2025

19

OʻZBEKISTONDA MADANIY VA TARIXIY TURIZM:

IMKONIYATLAR TAHLILI

Abdumoʻminova Mahliyo Dilshodjon qizi

Toshkent Kimyo Xalqaro Universitetining turizm yoʻnalishi

3-kurs bakalavr talabasi

ORCID:0009-0008-4595-148x

Annotatsiya:

Ushbu maqola O‘zbekistonning madaniy va tarixiy turizmini

rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar: qonunlar, farmonlar, hududiy
forumlar va yarmarkalar tahlil qilinadi. Muallif madaniy meros ob’ektlaridan
foydalanish, Turizm va Madaniy Meros Vazirligi faoliyati, “Turizm to‘g‘risida”gi
qonun, Chorvoq, Buxoro va Samarqanddagi strategik tashabbuslar (PQ–2980, PF–
117, PF–5273) hamda “Ipak yo‘lida turizm” yarmarkasi kabi faoliyatlar asosida
mavjud imkoniyatlar va kuchli tomonlarni ko‘rsatadi. Maqola ilmiy-auditoriyalar,
turizm sohasidagi mutaxassislar hamda hukumat siyosatiga qiziqqanlar uchun
qimmatli ma’lumot hisoblanadi.

Kalit soʻzlar

:

Madaniy turizm,tarixiy turizm,madaniy meros,madaniy-tarixiy

obidalar,turizm va madaniy meros vazirligi, turizm toʻgʻrisidagi qonun,ipak yoʻlida
turizm yarmarkasi,PQ-2980,PF-117,PF-5273,madaniy turizm infratuzilmasi va
siyosati,Oʻzbekiston turizm salohiyati

Аннотация:

В статье анализируется работа, проводимая по развитию

культурно-исторического туризма в Узбекистане: законы, указы, региональные
форумы и ярмарки. Автор показывает имеющиеся возможности и сильные
стороны на основе использования объектов культурного наследия,
деятельность Министерства туризма и культурного наследия, Закон «О
туризме», стратегические инициативы в Чарваке, Бухаре и Самарканде (PQ-
2980, PF-117, PF-5273) и ярмарку «Туризм на Шелковом пути». Статья
представляет собой ценную информацию для академической аудитории,
профессионалов в сфере туризма и тех, кто интересуется политикой
правительства.

Ключевые слова:

Культурный туризм, исторический туризм, культурное

наследие, культурно-исторические памятники, Министерство туризма и
культурного наследия, Закон о туризме, Ярмарка туризма Шелкового пути, PQ-
2980, PF-117, PF-5273, инфраструктура и политика культурного туризма,
туристический потенциал Узбекистана

Annotation:

This article analyzes the work being done to develop cultural and

historical tourism in Uzbekistan: laws, decrees, regional forums and fairs. The author
shows the existing opportunities and strengths based on the use of cultural heritage


background image

World scientific research journal

https://scientific-jl.com/wsrj

Volume-40_Issue-2_June-2025

20

sites, the activities of the Ministry of Tourism and Cultural Heritage, the Law "On
Tourism", strategic initiatives in Charvak, Bukhara and Samarkand (PQ-2980, PF-
117, PF-5273) and the "Tourism on the Silk Road" fair. The article is valuable
information for academic audiences, tourism professionals and those interested in
government policy.

Keywords:

Cultural tourism, historical tourism, cultural heritage, cultural and

historical monuments, Ministry of Tourism and Cultural Heritage, Law on Tourism,
Silk Road Tourism Fair, PQ-2980, PF-117, PF-5273, cultural tourism infrastructure
and policy, Uzbekistan's tourism potential

Kirish

Turizm – bu insonlarning vaqtincha boshqa joylarga sayohat qilishi va bu

davomida xizmatlardan foydalanishi bilan bog‘liq faoliyat turi bo‘lib, dunyo
iqtisodiyotida yildan-yilga muhim o‘rin egallamoqda. XX asr oxiridan boshlab turizm
nafaqat dam olish, balki ta’lim, sog‘liqni tiklash, tarixiy merosni o‘rganish, biznes
kabi turli shakllarda rivojlanib bormoqda.

Madaniy va tarixiy turizm – bu sayohatchilarning boshqa xalqlarning tarixiy

obidalari, urf-odatlari, san’at va adabiy merosiga qiziqish asosida amalga
oshiriladigan turizm turi hisoblanadi. Bu turizm yo‘nalishi milliy o‘zlikni anglash,
tarixiy xotirani saqlash va uni kelajak avlodlarga yetkazishda muhim vosita bo‘lib
xizmat qiladi.

Madaniy va tarixiy turizm zamonaviy turizmning eng barqaror va ijtimoiy

jihatdan foydali yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Bu turdagi turizm sayyohlarni
nafaqat dam olishga, balki yangi bilimlar, tarixiy anglash va madaniy almashuvga
chorlaydi. Butunjahon Turizm Tashkiloti (UNWTO) ma’lumotlariga ko‘ra, dunyo
bo‘yicha madaniy turizm 40 foizgacha ulushga ega bo‘lib, turizmning iqtisodiy
ta’sirini orttirishga xizmat qilmoqda(https://www.e-unwto.org/doi/book/)

Madaniy va tarixiy yodgorliklar joylashgan hududlar ko‘pincha mahalliy

iqtisodiyot uchun asosiy daromad manbaiga aylanadi. Masalan, Xitoyda madaniy
meros ob’ektlari atrofiga sayyohlik infratuzilmasi barpo qilinib, minglab ish o‘rinlari
yaratilgan. Shu tarzda, tarixiy obidalarni asrab-avaylash bilan birga, ularning
iqtisodiy aylanishga kiritilishi ta’minlanmoqda.(https://www.mdpi.com)

Bugungi kunda O'zbekistonda 2 mingdan ziyod tarixiy yodgorliklar mavjudligi

tarixiy-

madaniy turizmni rivojlantirish salohiyati yuqori ekanligidan dalolat beradi (1-

rasm).



background image

World scientific research journal

https://scientific-jl.com/wsrj

Volume-40_Issue-2_June-2025

21

1-rasm. Respublikadagi tarixiy yodgorliklar soni (hududlar kesimida)

O‘zbekistonda 2023-yilda Prezidentning PF–114-sonli farmoni bilan “Madaniyat

va turizm sohasi boshqaruvini isloh qilish” konsepsiyasi qabul qilindi. Bu hujjat
asosida turizm salohiyatiga ega hududlarda infratuzilma, qo‘llab-quvvatlash va
xalqaro tanishtirish ishlari olib borilmoqda. Ayniqsa, tarixiy shaharlarda (Qo‘qon,
Buxoro, Xiva) mahalliy hunarmandchilik, festivallar va tarixiy marshrutlar orqali
madaniy turizm faollashtirilmoqda.(https://lex.uz/docs)

Turizmda madaniy va tarixiy yo‘nalishlarning tarixi

Turizm insoniyat tarixida uzoq yillardan buyon madaniyat, savdo, din va ilm-fan

bilan chambarchas bog‘liq bo‘lgan hodisa sifatida namoyon bo‘lib kelmoqda.
Ayniqsa madaniy va tarixiy turizm yo‘nalishlari qadim zamonlardan boshlab
insonlarning bilishga bo‘lgan qiziqishi, ruhiy ehtiyojlari va jamiyatlararo madaniy
aloqalarni mustahkamlash vositasi sifatida rivojlanib kelgan.

Qadimgi davrlarda ziyoratga asoslangan sayohatlar – xususan, Misr, Hindiston,

Xitoy va Rim kabi sivilizatsiyalarda mavjud bo‘lgan diniy safari, tarixiy joylarga
bo‘lgan qiziqish madaniy turizmning dastlabki ko‘rinishlarini vujudga keltirgan.
Miloddan avvalgi 5–4-asrlarda yunon va rim fuqarolari tarixiy joylar, festivallar va
sport tadbirlarida ishtirok etish uchun uzoq masofalarni bosib o‘tganlar.

Yevropada 17–18-asrlarda yuzaga kelgan “Grand Tour” an’anasi, asosan ingliz

aristokratlari tomonidan Italiya, Fransiya, Germaniya va Gretsiya bo‘ylab
uyushtirilgan safarlar orqali madaniy bilim va tarbiya olishga qaratilgan bo‘lib, bu
davr madaniy turizmning shakllangan bosqichi hisoblanadi. Sayohatchilar qadimiy


background image

World scientific research journal

https://scientific-jl.com/wsrj

Volume-40_Issue-2_June-2025

22

san’at namunalarini o‘rganish, tarixiy joylarni ziyorat qilish orqali o‘z
dunyoqarashlarini kengaytirganlar (Wikipedia, Grand Tour).

19-asr sanoat inqilobi va transport tizimining rivojlanishi bilan tarixiy joylarga

ommaviy tashriflar soni ortdi. Temir yo‘l, paroxod va mehmonxona infratuzilmalari
madaniy va tarixiy obidalarni ommalashtirishga xizmat qildi. Shu bilan birga, tarixiy
yodgorliklar atrofida muzeylar, ekskursiyalar va ilmiy izlanishlar faoliyati kuchaydi.

20-asrdan boshlab madaniy va tarixiy turizm ilmiy asosda o‘rganila boshladi.

Masalan, Greg Richards (2018) o‘z tadqiqotlarida madaniy turizmni shaxsiy identitet,
urbanizatsiya va global madaniy raqobat doirasida tahlil qiladi (Richards, 2018). Shu
bilan birga, UNESCO nomoddiy meros tushunchasini ham madaniy turizmga
qo‘shib, zamonaviy yondashuvni taklif qildi (UNESCO).

Bugungi kunda madaniy va tarixiy turizm turli davlatlar iqtisodiyotida muhim rol

o‘ynab, nafaqat moliyaviy daromad, balki milliy g‘urur, tarixiy xotira va madaniy
merosni asrashga xizmat qilmoqda. Shu sababli, bu yo‘nalishni chuqur o‘rganish va
rivojlantirish hozirgi global sharoitda dolzarb ahamiyat kasb etadi.

Mamlakatimizda madaniy va tarixiy turizmga oid amalga oshirilayotgan

ishlar (qonun, forum, farmon, qarorlar)

O‘zbekistonda mustaqillik yillarida madaniy-tarixiy merosni asrash va targ‘ib

qilishga katta e’tibor berilmoqda. 2016-yildan boshlab Prezident Shavkat Mirziyoyev
tashabbusi bilan qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasining turizmni rivojlantirish
konsepsiyasi” (2019–2025 yillar) madaniy meros asosidagi turizmni strategik
yo‘nalish sifatida belgiladi. 2019-yil 5-iyulda “Turizm to‘g‘risida”gi yangi qonun
qabul qilindi. Shuningdek, har yili o‘tkaziladigan “Ipak yo‘li” xalqaro festivali,
“Qo‘qon hunarmandlar festivali” kabi tadbirlar ushbu sohaga xalqaro e’tiborni jalb
qilmoqda.

2022-yil 18-fevraldagi Farmonga asosan, O‘zbekiston Respublikasi Turizm va

madaniy meros vazirligi tashkil etilib, tarixiy yodgorliklar va madaniy turizmni
rivojlantirish bo‘yicha markazlashtirilgan boshqaruv joriy etilgan.(Lex.uz- Prezident
Farmoni PF–117)

Toshkentda o‘tkazilgan forumda madaniy meros asosida gid tayyorlash, tarixiy

obyektlarni reklama qilish bo‘yicha xalqaro va mahalliy mutaxassislar qatnashgan.(
turizm.gov.uz )

Samarqandda o‘tkazilgan forumda Islom dunyosi turizm poytaxtlari, jumladan,

Xiva va Shahrisabz shaharlarining turizm imkoniyatlari muhokama qilingan.(
unescotourism.uz — forum xabarlari)

Xususan, “Chorvoq” erkin madaniy-turistik zonasi, “VII Gidlar forumi”,

“Samarkand Tourism Forum”(lex.uz) kabi tashabbuslar orqali tarixiy meroslarimizni
zamonaviy turizm bilan uyg‘unlashtirish ishlari davom etmoqda. Bu esa, nafaqat
iqtisodiy jihatdan, balki madaniy merosni saqlab qolish va uni xalqaro maydonga olib
chiqishda ham dolzarb yo‘nalishdir.


background image

World scientific research journal

https://scientific-jl.com/wsrj

Volume-40_Issue-2_June-2025

23

Adabiyotlar tahlili

O‘zbekistonlik olimlar orasida turizm va madaniy meros masalalari bo‘yicha

Shavkat Mamadaliyev, Dilshod Negmatov, Saida Zayniddinova, Baxtiyor
Mamatqulov va boshqalar tadqiqotlar olib bormoqda.

Nazarov va boshq. (2020) tadqiqotida Kashkadaryo viloyatidagi tarixiy va

madaniy ob’ektlarning turizm salohiyati tahlil qilingan. Ular hududni arkeologik,
me’moriy, san’at va hujjatli obidalar bo‘yicha tasniflab, Karshi va Shakhrisabz
markazlari ayniqsa boy resurslarga ega ekanligini ko‘rsatadi (Development of
Tourism in Uzbekistan and Cultural-Historical Tourist Resource Potential of
Kashkadarya Region, Journal of Environmental Management & Tourism,)

Juraturgunov va boshq. (2023) oilan MDPI jurnalida nashr qilingan maqolada

O‘zbekistonning “Buyuk Ipak yo‘li” bo‘ylab joylashgan UNESCO ob’ektlariga
tashrif buyurgan amerikalik sayyohlarning sodiqligi o‘rganilgan. Ular 7–13 kunli
sayohatlar sodiqlikni oshirishini, mustaqil sayyohlar yuqori sodiqlik ko‘rsatishini
aniqlashgan.(World Heritage Site Tourism and Destination Loyalty along the Silk
Road, Sustainability)

Scholarexpress (2021) Kashkadaryo misolida ziyorat (pilgrimage), agrarturizm va

ekoturizm segmentlarini rivojlantirish bo‘yicha tavsiyalar beradi. U yerda masalan,
Abul Mu’in Nasafi maqbarasi va agroyo‘nalishlarda oilaviy mehmonxonalar
loyihalari muhim deb tilga olinadi.(scholarexpres.net)

Madaniy va tarixiy sayyohlikning turli yo‘nalishlari – arxeologiya, ziyorat,

etnografiya, shahar turizmi — bir-birini to‘ldiradi.Har biri barqarorlik, mahalliy
salohiyat, brend imij va milliy g‘urur rivojiga xizmat qiladi.

Madaniy meros va zamonaviy texnologiyalarni uyg‘unlashtirish orqali tarixiy

joylar barqaror boshqaruv ostida himoya qilinishi kerak

Metodologiya

Ushbu maqola yozilishida madaniy va tarixiy turizm sohasini tahlil qilish uchun

sifatli tadqiqot uslublari qo‘llanildi. Asosiy e’tibor O‘zbekiston Respublikasida
ushbu turizm yo‘nalishi bo‘yicha amalga oshirilayotgan qonuniy, tashkiliy va
infratuzilmaviy islohotlarni tahlil qilishga qaratildi.

Tadqiqotda quyidagi manba turlari asos qilib olindi:

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmon va qarorlari (PF–117, PF–

5273, PQ–2980);

“Turizm to‘g‘risida”gi qonun va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar;

Turizm va Madaniy Meros vazirligining rasmiy saytlari va hisobotlari;

Xalqaro tashkilotlar – BMTning Butunjahon Turizm Tashkiloti (UNWTO),

UNESCO ma’lumotlari;

Ilmiy maqolalar (MDPI, Sustainability, Journal of Tourism va boshqalar);

Internetdagi ochiq axborot manbalari va ommaviy axborot vositalarida e’lon

qilingan maqolalar.


background image

World scientific research journal

https://scientific-jl.com/wsrj

Volume-40_Issue-2_June-2025

24


Tahlil qilish jarayonida deskriptiv (ta’riflovchi) va tizimli yondashuv uslublari

qo‘llanildi. Ya’ni, mavjud holatni tavsiflash, siyosiy va strategik hujjatlarni tahlil
qilish, madaniy ob’ektlar asosida turizm imkoniyatlarini baholash amalga
oshirildi.Bundan tashqari, xorijiy davlatlar tajribasi (Xitoy, Italiya, Turkiya)
O‘zbekiston bilan qiyosiy tahlil qilinib, o‘xshash va farqli jihatlar ko‘rsatildi. .

Asosiy qism

Madaniy va tarixiy turizmning hozirgi holati va asosiy imkoniyatlari

O‘zbekiston Respublikasi geosiyosiy, madaniy va tarixiy jihatdan qulay hududda

joylashgan bo‘lib, boy tarixiy merosi va ko‘p asrlik an’analari bilan xalqaro turizm
bozori uchun alohida qiziqish uyg‘otmoqda. 2024-yil holatiga ko‘ra, mamlakatda 8
ta tarixiy shahar – Xiva, Buxoro, Samarqand, Qo‘qon, Termiz, Qarshi, Shahrisabz va
Toshkent – asosiy madaniy-tarixiy yo‘nalishlar sifatida tan olingan. Bu shaharlardagi
7400 dan ortiq moddiy-madaniy meros ob’ektlari, shuningdek, 200 dan ortiq
nomoddiy madaniy elementlar madaniy turizmning asosiy resurs bazasini tashkil
qiladi (Manba: Madaniy meros agentligi hisobotlari,

UNESCO ro‘yxatiga kiritilgan 5 ta yodgorlik: Samarqand – madaniyatlar

chorrahasi, Buxoro – islom madaniyati markazi, Xiva – qadimiy shahar, Shahrisabz
– Amir Temur vatani, va “Qadimiy Sirdaryo madaniy yo‘lagi” loyihasi mintaqaviy
turizmni jonlantirishda muhim omillardir. Ushbu obyektlarning aksariyati
restavratsiya qilinib, yangi turistik infratuzilma bilan boyitilmoqda. Masalan, 2023-
yilda Xorazm viloyatida qadimiy Ichan-qal’a hududida 22 ta mehmonxona, 14 ta
gastronomik nuqta va 18 ta turistik xizmat ko‘rsatuvchi sub’yekt ochilgan

Yangi tashabbuslar va hududiy strategiyalar

So‘nggi yillarda madaniy turizm bo‘yicha ixtisoslashgan zonalar tashkil etish

ishlari faollashgan. “Chorvoq” erkin madaniy-turistik zona misolida ko‘rish
mumkinki, turizmni rivojlantirishda davlat-xususiy sheriklik, ekologik me’yorlarga
asoslangan loyihalar va mahalliy aholining jalb qilinishi muhim rol o‘ynaydi. Bu zona
asosida 2023-yilda 1,5 million sayyoh tashrif buyurgan va 20 mingga yaqin vaqtincha
yoki doimiy ish o‘rinlari yaratilgan.Umumiy “Cultural and Historical Tourism
Statistics, Uzbekistan (2023–2024)” – unda 2023-yilda 3,7 million va 2024-yilda 4,8
million turist tashrif buyurgani ko‘rsatilgan.(2-rasm)


background image

World scientific research journal

https://scientific-jl.com/wsrj

Volume-40_Issue-2_June-2025

25

2-rasm:

Bundan tashqari, viloyatlar kesimida ishlab chiqilayotgan “Madaniy yo‘laklar”

kontsepsiyasi asosida har bir hudud o‘zining tarixiy va etnografik xususiyatlariga mos
turizm mahsulotlarini ishlab chiqmoqda. Buxorodagi “Sufiy yo‘li”, Qashqadaryodagi
“Nasaf izlari”, Andijondagi “Farg‘ona san’ati va hunarmandchiligi yo‘li” kabi
brendlar mintaqaviy turizm raqobatbardoshligini oshirishga xizmat qilmoqda.

Xalqaro aloqalar va brendlash

O‘zbekistonning 2023–2024 yillardagi tashqi siyosatida turizm brendi ustuvor

yo‘nalish sifatida shakllandi. “Uzbekistan – Heart of the Silk Road” (O‘zbekiston –
Ipak yo‘lining yuragi) shiori ostida Berlinda, Tokio, Parij va Kuala-Lumpurda
o‘tkazilgan

xalqaro

ko‘rgazmalar

O‘zbekistonning

madaniy

merosini

ommalashtirishga katta hissa qo‘shdi. Buning natijasida, xorijiy sayyohlar soni 2022-
yildagi 5,2 milliondan 2023-yilda 6,6 millionga oshdi

Madaniy va tarixiy turizm doirasida “Heritage Walk”, “Museum Night”, “Silk

Road Caravans” kabi yangi tajriba mahsulotlari yaratilib, xorijiy mehmonlar orasida
katta qiziqish uyg‘otmoqda. Ayniqsa, milliy gastronomiya, hunarmandchilik va
folklor san’ati asosida tuzilgan marshrutlar sayyohlarni uzoq muddatli sayohatlarga
jalb qilmoqda.

Xulosa

Xulosa qilib aytganda, Oʻzbekistonda madaniy va tarixiy turizm sohasining

rivojlanish salohiyati nihoyatda yuqori bo‘lib, bu yo‘nalish mamlakatning xalqaro
imijini mustahkamlash, iqtisodiy o‘sishga hissa qo‘shish va milliy merosni asrab-
avaylashda muhim rol o‘ynamoqda. Davlat siyosatining izchilligi, qonunchilikdagi
islohotlar, infratuzilmaning takomillashuvi va mahalliy aholining faol ishtiroki bu
jarayonni barqaror va jozibador etmoqda. Xalqaro hamkorlik, yangi turistik brendlar
va texnologik yondashuvlar esa O‘zbekistonni Markaziy Osiyodagi eng muhim
madaniy turizm markazlaridan biriga aylantirmoqda.


background image

World scientific research journal

https://scientific-jl.com/wsrj

Volume-40_Issue-2_June-2025

26

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

Richards, G. (2018). Cultural Tourism: A Review of Recent Research and Trends.
https://www.mdpi.com/2071-1050/10/3/530

2.

UNESCO. Intangible Cultural Heritage and Sustainable Tourism. →
https://ich.unesco.org/en/sustainable-tourism

3.

Nazarov, S., et al. (2020). Development of Tourism in Uzbekistan and Cultural-
Historical Tourist Resource Potential of Kashkadarya Region. Journal of
Environmental

Management

and

Tourism.

https://journals.aserspublishing.eu/jemt/article/view/5485

4.

Juraturgunov, M., et al. (2023). World Heritage Site Tourism and Destination
Loyalty

along

the

Silk

Road.

Sustainability

Journal.

https://www.mdpi.com/2071-1050/15/6/5387

5.

Scholarexpress (2021). Cultural and Pilgrimage Tourism Development in
Kashkadarya Region. → https://scholarexpress.net/index.php/se/article/view/118

6.

Lex.uz. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF–117-sonli Farmoni: Turizm
va

Madaniy

meros

vazirligini

tashkil

etish

to‘g‘risida.

https://lex.uz/docs/5841063

7.

Lex.uz. O‘zbekiston Respublikasining “Turizm to‘g‘risida”gi Qonuni (2019). →
https://lex.uz/docs/4380847

8.

UNWTO (World Tourism Organization). Tourism and Culture Synergies. →
https://www.e-unwto.org/doi/book/10.18111/9789284418978

9.

Wikipedia.

Grand

Tour

European

cultural

tradition.

https://en.wikipedia.org/wiki/Grand_Tour

10.

Turizm va madaniy meros vazirligi rasmiy sayti. Xalqaro forumlar va
tashabbuslar haqida yangiliklar. → https://www.tourism.gov.uz

11.

UNESCO Uzbekistan Tourism News. Samarqand turizm forumlari va Ipak yo‘li
tashabbuslari. → https://unescotourism.uz



References

Richards, G. (2018). Cultural Tourism: A Review of Recent Research and Trends. https://www.mdpi.com/2071-1050/10/3/530

UNESCO. Intangible Cultural Heritage and Sustainable Tourism. → https://ich.unesco.org/en/sustainable-tourism

Nazarov, S., et al. (2020). Development of Tourism in Uzbekistan and Cultural-Historical Tourist Resource Potential of Kashkadarya Region. Journal of Environmental Management and Tourism. → https://journals.aserspublishing.eu/jemt/article/view/5485

Juraturgunov, M., et al. (2023). World Heritage Site Tourism and Destination Loyalty along the Silk Road. Sustainability Journal. → https://www.mdpi.com/2071-1050/15/6/5387

Scholarexpress (2021). Cultural and Pilgrimage Tourism Development in Kashkadarya Region. → https://scholarexpress.net/index.php/se/article/view/118

Lex.uz. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF–117-sonli Farmoni: Turizm va Madaniy meros vazirligini tashkil etish to‘g‘risida. → https://lex.uz/docs/5841063

Lex.uz. O‘zbekiston Respublikasining “Turizm to‘g‘risida”gi Qonuni (2019). → https://lex.uz/docs/4380847

UNWTO (World Tourism Organization). Tourism and Culture Synergies. → https://www.e-unwto.org/doi/book/10.18111/9789284418978

Wikipedia. Grand Tour – European cultural tradition. → https://en.wikipedia.org/wiki/Grand_Tour

Turizm va madaniy meros vazirligi rasmiy sayti. Xalqaro forumlar va tashabbuslar haqida yangiliklar. → https://www.tourism.gov.uz

UNESCO Uzbekistan Tourism News. Samarqand turizm forumlari va Ipak yo‘li tashabbuslari. → https://unescotourism.uz