Annotatsiya: Ushbu maqolada O‘zbekistonning 2000-2024-yillardagi makroiqtisodiy barqarorlikka erishish va uni saqlashda davlat siyosatlarining roli empirik va nazariy jihatdan tahlil qilinadi. Tavsifiy va solishtirma yondashuv yordamida fiskal siyosat, monetar/valyuta siyosati hamda institutsional islohotlarning o‘sish va inflyatsiya ko‘rsatkichlariga ta’siri o‘rganiladi. Natijalar Keynes nazariyasi va monetarist/institutsional mexanizmlarning sinergiyasini eng samarali deb ko‘rsatdi. COVID‑19 davrida amalga oshirilgan fiskal stimulyatsiya va Markaziy bank siyosati uyg‘unligi iqtisodni zarbadan tez tiklashga yordam berdi. O‘zbekiston misolida islohotlarni barqarorlikni yo‘qotmasdan olib borish, fiskal intizomni saqlash, markaziy bank mustaqilligini kuchaytirish va institutional shaffoflik muhimligini namoyish etdi.