World scientific research journal
www.wsrjournal.com Volume-23_Issue-2_January -2024
163
MAMLAKATIMIZDA
SOLIQ YUKINI OPTIMALLASHTIRISHNING
XORIJ TAJRIBASI VA UNI QO‘LLASH IMKONIYATLARI
Yuldasheva Umida Asanaliyevna
Toshkent moliya instituti
“Xalqaro moliya-kredit” kafedrasi dotsenti
Зарубежный опыт оптимизации налогового бремени в нашей
стране и возможности его применения
Умида Асаналиевна Юлдашева
Ташкентский финансовый институт.
доцент кафедры "Международные финансы-кредит"
Foreign experience in optimizing the tax burden in our country and the
possibility of its application
Yuldasheva Umida Asanaliyevna
PhD., Associate Professor of the Department
"International Finance and Credit" of the
Tashkent Financial Institute.
Annotatsiya:
Soliq yukini izchillik bilan kamaytirish, soliq solish tizimini
soddalashtirish va soliq ma’muriyatchiligini takomillashtirish iqtisodiyotni jadal
rivojlantirish hamda mamlakatning investitsiyaviy jozibadorligini yaxshilashning eng
muhim shartlari hisoblanadi. Shu bilan birga, o‘rganishlar natijalari mazkur sohada bir
maromda iqtisodiy o‘sishga, ishbilarmonlik va investitsiyaviy faollikni oshirishga,
sog‘lom raqobat muhitini shakllantirishga, shuningdek, soliqlar va boshqa majburiy
to‘lovlar yig‘iluvchanligining zarur darajasini ta’minlashga to‘sqinlik qilayotgan bir
qator tizimli muammolar mavjud. Xorijiy mamlakatlarda xususan rivojlangan
davlatlarda soliq yukini aniqlash hamda mazkur ko‘rsatkichni tahlil qilish
jarayonida soliq yuki darajasiga ta’sir ko‘rsatuvchi omillarni xorijiy mamlakatlar
soliq tizimlarining o‘ziga xos jihatlarini inobatga olgan holda tadqiq etish yo’llari
ko’rsatilgan.
Tayanch so’zlar:
Soliq yuki, xorijiy mamlakatlar, investitsiyaviy jozibadorlik,
tahlil, soliq tushumlari, soliq ma’muriyatchiligi, YaIM.
Аннотация:
Последовательное
снижение
налоговой
нагрузки,
упрощение системы налогообложения и совершенствование налогового
администрирования являются важнейшими условиями ускоренного
экономического развития и повышения инвестиционной привлекательности
страны. В то же время существует ряд системных проблем, результаты
исследований которых препятствуют равномерному экономическому росту в
этой сфере, повышению деловой и инвестиционной активности,
формированию здоровой конкурентной среды, а также обеспечению
необходимого уровня собираемости налогов и других обязательных
платежей. В процессе определения налоговой нагрузки в зарубежных
странах, в частности в развитых странах, и анализа этого показателя
World scientific research journal
www.wsrjournal.com Volume-23_Issue-2_January -2024
164
намечаются пути изучения факторов, влияющих на уровень налоговой
нагрузки, с учетом специфики налоговых систем зарубежных стран.
Ключевые
слова:
Налоговая
нагрузка, зарубежные
страны,
инвестиционная привлекательность, анализ, налоговые поступления,
налоговое администрирование, ВВП.
Abstract:
Consistent reduction of the tax burden, simplification of the
taxation system and improvement of tax administration are the most important
conditions for accelerated economic development and improvement of the
country's investment attractiveness. At the same time, there are a number of
systemic problems whose research results hinder uniform economic growth in this
area, increase business and investment activity, formation of a healthy competitive
environment, as well as ensuring the necessary level of tax collection and other
mandatory payments. In the process of determining the tax burden in foreign
countries, in particular in developed countries, and analyzing this indicator, ways
are outlined to study the factors affecting the level of the tax burden, taking into
account the specifics of the tax systems of foreign countries.
Keywords:
Tax burden, foreign countries, investment attractiveness, analysis, tax
revenues, tax administration, GDP.
Kirish
So‘nggi yillarda mamlakatimiz soliq ma’muriyatchiligi tubdan isloh qilinmoqda.
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 28 yanvar kuni «2022−2026 yillarga
mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida»[1]
gi
iga muvofiq soliq yukini YaIMga nisbatan 25%gacha kamaytirish, 120 mlrd
dollar hajmidagi investitsiyalarni jalb etish, aholini ko‘chirishning umumiy sxemasini
ishlab chiqish, eskirgan uy-joylar o‘rnida rekonstruksiya asosida zamonaviy
massivlarni barpo etish va 275 ming oilani ko‘chirish, 2023 yil yakuniga qadar
inflyatsiyani 5%gacha kamaytirish va boshqa ko‘plab maqsadlarni nazarda tutadi.
Bundan kelib chiqib, aholi va tadbirkorlik sub’ektlariga soliq yukini kamaytirish
bo‘yicha chora-tadbirlar ishlab chiqiladi. Bunda korxonalarning mol-mulk solig‘i
stavkasini 2 foizdan 1,5 foizga kamaytirish belgilab berildi.
Ta’kidlash lozimki, soliq yuki darajasiga ta’sir ko‘rsatuvchi asosiy omillardan
biri bu soliq imtiyozlari hisoblanadi. Jahon soliq solish amaliyotida soliq
imtiyozlaridan foydalanish bilan bog‘liq ikki muqobil yo‘nalishlarni kuzatishimiz
mumkin. Bunda umumiy va yuqori soliq stavkalarini qo‘llagan holda, ba’zi sohalarda
soliq stavkalarini turkumlash, ko‘p sonli soliq imtiyozlarini va soliqqa tortiladigan
daromaddan chegirmalarni joriy etish orqali iqtisodiyotdagi soliq yuki darajasini
optimallashtirishga erishish bo‘lsa, Ikkinchi yo‘nalish sifatida esa soliq imtiyozlari va
chegirmalaridan voz kechish orqali soliq bazasini kengaytirishga va soliqqa tortishning
umumiy stavkasini pasaytirishga erishish orqali soliq yuki darajasini kamaytirishga
erishish tadbirlari hisoblanadi.
Umumiy va yuqori soliq stavkalarini qo‘llagan holda, soliq stavkalarini
turkumlash va qator soliq imtiyozlarini, soliqqa tortiladigan daromaddan chegirmalarni
joriy etish orqali iqtisodiyotdagi soliq yuki darajasini optimallashtirishda davlatning
iqtisodiyotga aralashuv xarajatlari hajmi ko‘payishiga olib keladi. Shuningdek, davlat
iqtisodiyotdagi ijtimoiy xarajatlarning asosiy qismini o‘z zimmasiga olishga majbur
bo‘ladi. Yuqori darajada soliqqa tortish jarayoni esa bunga imkon yaratadi.
World scientific research journal
www.wsrjournal.com Volume-23_Issue-2_January -2024
165
Adabiyotlar sharhi
Ko‘p yillardan buyon olimlarning diqqat markazida bo‘lgan masalalardan biri bu
korxonalar zimmasiga tushishi mumkin bo‘lgan, ilmiy asoslangan optimal soliq yuki
darajasini aniqlashdir. O‘z davrida K. Gok soliq yuki darajasining eng optimal, adolatli
holatini aniqlash imkoniyatining murakkabligini ta’kidlab, “Angliya uchun har bir
insonga 50 shillingdan soliq og‘irligining tushishi hamda og‘ir bo‘lmagan sharoitda
Ostindiya uchun jon boshiga atigi 1 shillingdan belgilanishi ular uchun o‘ta darajada
og‘ir hisoblanadi, yoki Irlandiyaning 6 mln. aholisi to‘lashi lozim bo‘lgan soliq
summasini Shotlandiyaning 2 mln.aholisiga mazkur summani to‘lash hech qanday
og‘irlik hisoblanmaydi”[2] degan fikrlarini bildiradi.
Amalga oshirilgan tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, doimo tahlil mavzusi markazida
alohida davlat yoki aniq aholi guruhlari zimmasiga tushayotgan soliq og‘irliklari
masalalari tadqiq etilgan bo‘lib, korxona miqyosida barcha ichki va tashqi omillarni
inobatga olgan holda, soliq yukining optimal ilmiy asoslangan hamda adolatli
darajasini aniqlash masalasi yetarlicha o‘rganilmagan.
Soliq yuki qadimda “o‘nliklardan” boshlanib, o‘sish tendensiyasiga egaligini
ifoda etmoqda. Ilmiy adabiyotlarda soliq yukini aniqlash bo‘yicha keltirilgan fikrlarni
tadqiq etarkanmiz, bugungi kunda mazkur ko‘rsatkichni aniqlashda K.F.Shmelevning
fikrlari diqqatga sazovordir.
Uning fikricha soliq yuki darajasiga boshqa keltirilgan omillardan tashqari
qo‘yidagi, ya’ni, davlat aholisini asosiy qismining turmush darajasi, aholining o‘sish
tempi va yosh tarkibi dinamikasi, davlatning iqtisodiy tuzilishi, davlat xarajatlarining
xarakterli xususiyatlari, amaldagi soliqqa tortish tizimi kabi qo‘shimcha omillar ham
bevosita va bilvosita ta’sir ko‘rsatadi[3].
F.Shmelevning fikrlariga qo‘shimcha qilgan holda, bizningcha, xo‘jalik subyek-
tining zimmasiga tushayotgan soliq yukining ortishi yoki kamayishiga bugungi
zamonaviy shartlarda qo‘yidagi omillar ham o‘z ta’sirini ko‘rsatadi:
xo‘jalik subyektining tashkiliy-huquqiy shakli hamda moliyaviy resurslarining
shakllanishi va boshlang‘ich kapitalining tashkil topishining o‘ziga xos xususiyatlari;
xo‘jalik subyektining davlatni maxsus investitsion va boshqa loyihalarida
ishtiroki, soliq kreditlariga egaligi, byudjet ssudalarining mavjudligi, soliqlar bo‘yicha
to‘lovlarni kechiktirishlarning qo‘llanilishi kabilardir.
Shu nuqtai nazardan yondashganda har bir xo‘jalik subyekti uchun soliq yukining
og‘irligi individual xarakterga ega bo‘lib, uni aniqlashda nafaqat iqtisodiy omillarni
balki siyosiy omillarni ham inobatga olish lozimdir. Tadqiqotlarimiz shuni ko‘rsatdiki,
soliq yukini aniqlash yuzasidan olimlarimiz o‘rtasida qo‘yidagi yo‘nalishlarda bugungi
kunda baxs -munozaralar olib borilmoqda[4]. Ya’ni:
xo‘jalik subyekti zimmasiga tushayotgan soliq yukini aniqlashda jismoniy
shaxslar daromad solig‘ini kiritish lozimmi yoki yo‘q;
hisob kitoblarda egri soliqlarni inobatga olish lozimmi yoki yo‘q.
Olimlarning fikricha mazkur soliqlarning og‘irligi oxirgi iste’molchi zimmasiga
tushadi. Bizning fikrimizcha, esa albatta inobatga olish lozim faqat maxsus hisoblash
usuli asosida. Shuni ta’kidlash joizki, ayrim olimlar o‘z hisoblash formulalarida QQS
bo‘yicha soliq chegirmalari mavjudligini inobatga olishmaydi, bu holat esa soliq yuki
darajasining ko‘tarilishiga olib kelishi mumkin.
World scientific research journal
www.wsrjournal.com Volume-23_Issue-2_January -2024
166
1.
Soliq yukini aniqlashda xo‘jalik subyekti hisoblagan hamda to‘lagan soliqlar
va yig‘imlarni qaysi baza bilan solishtirish lozim, ya’ni iqtisodiy adabiyotlarda bunday
ko‘rsatkich sifatida qo‘yidagilar keltiriladi:
korxona erishgan foydasi ko‘rsatkichi. Bizningcha, soliq yuki darajasini
aniqlashda nisbatlanadigan ko‘rsatkich sifatida foydani olinishi, masalani to‘la - to‘kis
ochishga xizmat qilmaydi, chunki har doim ham soliq to‘lash manbai sifatida foyda
maydonga chiqmaydi. Shuningdek, mazkur ko‘rsatkichni qo‘llanilishi soliq yuki
darajasini yuqori ayrim hollarda 100 foizga teng bo‘lishiga olib kelishi mumkin;
qo‘shilgan yoki yangidan yaratilgan qiymat ko‘rsatkichi. Albatta mazkur
ko‘rtsakich nisbatan to‘g‘ri kelishi mumkin. Ammo ayrim soliq turlari nisbatan
kengroq bazaga ega bo‘lib, mazkur ko‘rsatkichning hajmiga bevosita bog‘liq
bo‘lmasligi mumkin.
Yuqoridagi fikr-mulohazalarni, ta’riflarni tadqiq etgan holda soliq yukiga bizning
nazarimizda qo‘yidagicha ta’rif berishni maqsadga muvofiq, deb hisoblaymiz.
Soliq yuki - amaldagi soliq qonunchiligidan kelib chiqib, xo‘jalik yurituvchi subyekt
tomonidan soliq yuki aniqlanayotgan hisobot davrida hisoblangan va to‘langan barcha
soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar, yig‘imlar, byudjetdan tashqari fondlarga ajratmalar
hamda xo‘jalik subyekti tomonidan soliq ma’murchiligi xarajatlarining umumiy
yig‘indisini, xo‘jalik yurituvchi subyekt faoliyati qaralayotgan hisobot davrida yaratilgan
qo‘shilgan qiymatiga nisbati sifatida foizli tarzda aniqlangan ko‘rsatkichdir[5].
Bizningcha, to‘g‘ri va aniq hisoblangan hamda haqiqatda korxona zimmasidagi
soliqlar og‘irligini ifodalovchi soliq yukini aniqlash muhimdir. Aynan mazkur ko‘rsatkich
kelgusida korxonalar faoliyatini rivojlantirish yuzasidan amalga oshiriladigan chora-
tadbirlarning asosi hisoblanadi. Albatta, korxonalar zimmasidagi soliq yukini optimal
darajasini aniqlashda yuqorida ta’kidlaganimizdek, korxonalar faoliyatining daromadlilik
darajasi, korxonalarda yaratilayotgan qo‘shilgan qiymatning hajmi kabi ko‘rsatkichlarni
ham tadqiq etish lozim. Chunki ko‘pgina iqtisodchi olimlarimiz fikricha xo‘jalik
yurituvchi subyektlar faoliyatida soliq yukining og‘ir bo‘lishi aksariyat hollarda ular
faoliyati davomida yaratilgan qo‘shilgan qiymatning darajasiga bog‘liq deb hisoblab,
aksariyati mikrodarajada ya’ni korxonalar miqyosida soliq yukini qo‘shilgan qiymatga
nisbatan aniqlashni taklif etishadi, bu ular fikricha soliq yukini haqqoniy darajasini topish
imkonini berar ekan.
Tadqiqot metodologiyasi
Ushbu maqola metodologiyasida tahlil va sintez, ilmiy abstraktsiya, umumlashtirish,
qiyosiy nazariy talqin usullari qo'llaniladi. Bundan tashqari, maqolaning ilmiy asosini
olimlarning mahalliy va xorijiy ilmiy nashrlardagi tadqiqotlaridan olingan xalqaro
ma'lumotlar tashkil etadi.
Muhokamalar va natijalar
Jahon amaliyotida soliq imtiyozlari keng tartibda qo‘llanilib, turli mamlakatlarda
ular turlicha tarkibga ega. Rivojlangan davlatlar soliq tizimi amaliyotida
foydalaniladigan soliq imtiyozlarining tahlili ayniqsa diqqatga sazovordir. Imtiyozlar
avvalo, har bir yirik soliq turiga nisbatan qo‘llanilib, ularning asl maqsadi joriy
soliqlarda yaqqolroq ifodalanadi. Soliq imtiyozlarining birinchi navbatda, ishlab
chiqarish va tadbirkorlikni umumiy tartibda qo‘llab-quvvatlashga qaratilganligini
inobatga oladigan bo‘lsak, ular shuningdek, ayrim ijtimoiy masalalarni hal etishga
qaratilganligi bilan ham diqqatga sazovordir.
World scientific research journal
www.wsrjournal.com Volume-23_Issue-2_January -2024
167
Xorijiy mamlakatlar soliq tizimi amaliyotida qo‘llaniladigan soliq imtiyozlaridan
yana bir turi bu - soliqlardan to‘liq ozod qilish va “soliq ta’tillari” muddatlarini
o‘rnatish bo‘lib, bunday turdagi imtiyozlar Yevropa davlatlarida ko‘proq qo‘llaniladi.
Masalan, Fransiyada kompaniyalarning chet elga investitsiya qilishga, yangi
tadbirkorlarni rag‘batlantirish uchun soliqlardan vaqtincha bo‘sh bo‘lgan mablag‘larni
tashkil qilishlari mumkin.
Finlyandiyada soliqlardan investitsion soliq kreditlarini yetakchi tarmoqlardan
biri bo‘lgan kemasozlikni rag‘batlantirish ko‘zda tutilgan. Belgiyada soliqlardan ozod
qilishning 10 yillik ta’tili kichik venchur firmalarini qo‘llab-quvvatlashga
qaratilgan[6].
Yuqoridagi solishtirma ma’lumotlaridan kelib chiqib, jahon amaliyotida soliq
imtiyozlarini belgilashning quyidagi o‘ziga xos xususiyatlarini sanab o‘tish mumkin:
soliq imtiyozlarining individual xarakterga ega bo‘lmasligi;
soliq imtiyozlarining diskriminatsion xarakterda bo‘lmasligi;
soliq imtiyozlaridan foydalanishning ixtiyoriyligi;
soliq imtiyozlarini qo‘llash muddatlarining mavjud emasligidir.
Rivojlangan mamlakatlarda shakllangan bu jihatlar ularning soliq tizimini
xususan, soliq imtiyozlari mexanizmining samarali ishlashiga zamin yaratadi. Xorijiy
mamlakatlar iqtisodchi olimlarning iqtisodiyotdagi soliq yuki darajasiga ta’sir
ko‘rsatuvchi soliq imtiyozlari to‘g‘risidagi mulohazalarini tadqiq etadigan bo‘lsak,
iqtisodchi olim I.Xadarning “The International Lawyer” ilmiy jurnalida ilmiy maqolasi
e’lon qilingan “Xorijiy investitsiyalarni jalb qilishda soliq imtiyozlarining o‘rni:
rivojlanayotgan davlatlar misolida” (eng: “The Role of Tax Incentives in Attracting
Foreign Investments in Selected Developing Countries”)[7] nomli maqolasida muallif
asosiy e’tiborni soliq imtiyozlarini investitsiya kiritayotgan investorning holatiga va
ularni rag‘batlantirish xususiyatlariga qaratgan.
Bunda asosan mahalliy investorlar tomonidan jalb etilayotgan investitsiyalar bilan
xorijiy investorlarga iqtisodiy rag‘batlantiruvchi kuch sifatida soliq imtiyozlarining
samaradorligi tahlil qilingan va rivojlanayotgan davlatlar o‘rtasida xorijiy
investisyalarni dastlabki jalb qilish jarayonida olib borilayotgan raqobat doirasida
berilayotgan soliq imtiyozlari va rag‘batlarini qanchalik samarali yoki samarasiz tadbiq
etilayotgan imtiyozlarning byudjet mablag‘larini yo‘qotishlarga olib kelishi, ularni
soliq yuki darajasiga ta’siri yuzasidan mulohazalar keltirilgan.
Agar xоrijiy adabiyоtlardagi “davlat byudjetida soliq yuki” tushunchasining
talqiniga nazar tashlasak, masalan,“Public budgeting systems” nоmli qо‘llanmada
keltirilishicha, “davlat byudjetining kelib chiqishi, rivоjlanishi va islоh qilib bоrilishi
davlat bоshqaruvidagi rasmiy shaxslarni о‘z xatti-harakatlari uchun javоbgarlik va
mas’uliyatga chaqirishga bо‘lgan intilish bilan va soliq yuki darajasiga bоg‘liq”[8] deb
qaralishi mumkin.
Tahlillar davomida shuni ko‘rish mumkinki, rivojlanayotgan davlatlarda
investitsiyalarni jalb qilishdan keyingi jarayonda olib borilayotgan iqtisodiy islohotlar
davomida berilayotgan soliq imtiyozlarining murakkab ko‘rinishga ega bo‘lishi yoki
ularni tez-tez o‘zgartirib turilishi ham ko‘p hollarda ularning samaradorligini
pasayishiga olib keladi. Shuning uchun, investitsion muhitni yaratishda olib
borilayotgan islohotlarning samarali va izchil davomiyligi hamda byurokratik to‘siqlar
World scientific research journal
www.wsrjournal.com Volume-23_Issue-2_January -2024
168
va ma’muriy buyruqbozlik investorlarning noroziligiga sabab bo‘ladi. Shu maqsadda,
investorlarning dastlabki faoliyati jarayonida ularga berilgan imtiyozga qo‘shimcha
tarzda yana va yana imtiyozlar berish emas, balki ularning mazkur muhitga ko‘nikma
hosil qilishini ta’minlash zarur, deb baholaymiz va fikrimizcha bu soliq yuki darajasini
optimallashtirishga ham xizmat qilishi mumkin.
Bu borada Janubiy Koreyada xorijiy investorlarga ko‘maklashish maqsadida
Hukumat darajasida tashkil etilgan “bir bekat” servis markazini investorlar uchun
barcha ma’muriy jarayonlardagi xizmatlarining tashkil etilganligi, Tayvanda maxsus
zona tashkil etilgan bo‘lib, investorlarga turli xildagi samarasiz soliq imtiyozlarini
bermasdan, balki ma’lum bir faoliyat turiga mutanosib ravishda soliq turlaridan tegishli
rag‘batlantiruvchi imtiyozlarni taqdim etilganligini; Isroilda esa nafaqat xorijiy
investorlar uchun, balki mahalliy investorlarning mablag‘laridan unumli foydalanish
maqsadida, davlatning barcha hududlarida tegishli maxsus zonalar tashkil etilib,
mahalliy investorlar tomonidan shu zonalarda sanoat korxonalari tashkil etilib, ularga
faoliyat turidan kelib chiqib turli soliq imtiyozlari taqdim etilganini, buning natijasida
xorijiy investorlar uchun tashkil etilgan qulayliklardan samarali foydalanib, faoliyat
olib borayotgan korxonalar bilan birgalikda qo‘shma korxonalar tashkil etilayotgani,
bunday yangi tashkil etilgan qo‘shma korxonalar uchun esa Hukumat darajasida yana
qo‘shimcha soliq imtiyozlari joriy etilib, ularning samarali faoliyat yuritishlariga
zamin yaratganligini ta’kidlashimiz va kelgusida esa bu korxonalarning mahalliy
bo‘linmalari davlatning boshqa hududlariga ham tarqalib, o‘z faoliyatlarini
kengaytirayotganini e’tirof etishimiz mumkin.
Soliq imtiyozlari tahlil qilingan davlatlarning deyarli barchasida mahalliy
investorlarni qo‘llab-quvvatlash xorijiy investorlarni qo‘llab-quvvatlash darajasida
olib borilmaganligi, davlat boshqaruvi organlarining adolatsiz faoliyati hamda
korrupsiya natijasida mahalliy investorlarning faoliyati uchun keng imkoniyatlar
yaratmaganligi oqibatida, berilayotgan soliq imtiyozlari mahalliy investorlar
tomonidan zamonaviy asbob-uskunalarning chetdan olib kelinishi hamda ulardan
samarali foydalanishda kutilgan natijalarni bermagan, deb baholaymiz.
Keltirilgan rasm ma’lumotlaridan jahon mamlakatlarining ayrimlarining YaIMga
nisbatan soliq yuki ko‘rsatkichlarini ko‘rishimiz mumkin. Ushbu ko‘rsatkichlarni uch
bosqichga bo‘lib o‘rganamiz.
World scientific research journal
www.wsrjournal.com Volume-23_Issue-2_January -2024
169
1-rasm. 2022-yilda jahon mamlakatlarida YaIMga nisbatan soliq yuki
ko‘rsatkichlari[9]
Birinchi bosqichda Fransiyada, soliq yuki eng yuqori bo‘lib 44 foizni, Italiyada
41,6 foizni, ikkinchi bosqichda Germaniyada 36,1 foizni, Rossiya 25 foizni, Buyuk
Britaniya 31,8 foizni, Yaponiyada 29,5 foizni, 36,7 foizgacha bo‘lgan oraliqni tashkil
etgan, uchinchi bosqichda AQShda 24.6 foizni, Janubiy Kareyada 23.5 foizni,
O‘zbekistonda soliq yuki 19,5 foizni, soliq yuki eng past Xitoyni keltirishimiz mumkin
keltirilgan ma’lumotlardan soliq yuki 18,4 foizni tashkil etgan.
Xulosa.
Soliq to‘lovchilar o‘rtasida soliq yukining to‘g‘ri taqsimlanishini yo‘lga
qo‘yish maqsadida soliqlar va ularga tenglashtirilgan to‘lovlarning darajasi
korxonalarning daromad olish darajasiga nisbatan belgilanmagan. Bundan tashqari
barcha soliq xizmati organlar o‘z e’tiborini tekshirish oson bo‘lgan soliq to‘lovchilarga
qaratgan, ya’ni, mikrofirma va kichik biznes korxonalariga, bunday holda esa soliq
to‘lovchilarning asosiy qismi katta korxonalar va boshqalar qonuniy yo‘lda ham
noqonuniy yo‘lda ham soliq to‘lovlaridan qochib ketish imkoniyati paydo bo‘ladi, bir
xil daromadlarni bir xil soliqqa tortish tamoyili ham bizning Respublikamizda hozirgi
kunda to‘liq amal qilayotganini ta’kidlash mumkin.
Masalan, xo‘jalik yurituvchi subyektlarning asosiy fondlari va boshqa mol-
mulklarini sotishdan olingan daromad turlicha aniqlanmoqda. Mazkur daromad savdo
va umumiy ovqatlanish korxonalarida uning qoldiq qiymati bilan sotish o‘rtasida farq
sifatida aniqlanadi. Ta’minot va sotuv korxonalarida esa asosiy fondlar va boshqa mol-
mulklarni sotishdan olingan tushum soliq ob’yekti hisoblanadi. Demak, bu holatda
mazkur korxona ushbu mulklar realizatsiyasidan daromad ko‘rish ko‘rmasligidan
qa’tiy nazar olingan tushumdan soliq to‘lashi shartdir. Bu tartibni bekor qilish
iqtisodiyot tarmoqlarida soliq yukining pasayishiga xizmat qiladi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yhati
1.
Sagdillayeva, Z. A. (2023). BUSINESS ANALYSIS IS A NEW DIRECTION OF
ANALYTICAL WORK.
Intent Research Scientific Journal
,
2
(6), 93-104.
18,4
44
36,1
41,6
29,5
23,5
25
31,8
24,6
19,5
0
5
10
15
20
25
30
35
40
45
50
YaIMga nisbatan soliq yuki, foizda
World scientific research journal
www.wsrjournal.com Volume-23_Issue-2_January -2024
170
2.
Asanalievna, S. Z. (2022). ASSESSMENT OF THE FINANCIAL STABILITY OF THE
ENTERPRISE.
湖南大学学
报
(
自然科学版
)
,
49
(10).
Retrieved
from
https://johuns.net/index.php/publishing/454.pdf
3.
Yuldasheva Umida Asanaliyevna. (2023). TAX POTENTIAL AS AN INDICATOR OF
SUSTAINABLE DEVELOPMENT OF THE REGION.
European Journal of Emerging
Technology and Discoveries
,
1
(8), 41–45. Retrieved from
https://europeanscience.org/index.php/1/article/view/305
4.
Yuldasheva Umida Asanaliyevna. (2023). THEORETICAL APPROACHES TO THE
CONCEPT OF "TAX POTENTIAL" AND METHODS OF ITS ASSESSMENT.
European
Journal of Emerging Technology and Discoveries
,
1
(8), 21–25. Retrieved from
https://europeanscience.org/index.php/1/article/view/302
5.
Tulaev, M. (2021). МҲХС БЎЙИЧА МОЛИЯВИЙ ҲИСОБОТ: ТАЙЁРЛАШ ВА
АВТОМАТЛАШТИРИШ.
Архив научных исследований
.
6.
Tulaev, M. (2019). Финансовая отчетность: на пути соответствия национальным и
международным стандартам.
Архив научных исследований
,
1
(1). извлечено от
https://ejournal.tsue.uz/index.php/archive/article/view/723
7.
Tulayev M., Axmedov A. (2023). Balansning tarkibiy tuzilishi va unga taʼsir etuvchi omillar.
YASHIL IQTISODIYOT VA TARAQQIYOT, 8, 71-77
8.
Ibragimov G. (2022).
Digitalization of the economy of Uzbekistan: experience and
prospects
.
International Journal of Research in Economics and Social Sciences (IJRESS)
,
12(05), 102-109. Retrieved from
https://euroasiapub.org/wp-content/uploads/IJRESS10-
9.
Ibragimov,
G.,
&
Yakubov,
U.
(2015).
Agricultural
Development
in
Uzbekistan.
SCIENTIFIC ENQUIRY IN THE CONTEMPORARY WORLD: THEORETICAL
BASIСS
AND
INNOVATIVE
APPROACH
,
74.
Retrieved
from
https://bmpublgroup.com/assets/l_26_4_1.pdf#page=75
10.
Тулаев Мирзакул Саламович. (2023). КОРХОНАЛАРНИНГ
МОЛИЯВИЙ
ФАОЛИЯТИНИ
ТАШҚИ
АУДИТОРЛАР
ТОМОНИДАН
ТЕКШИРИШ
МАСАЛАЛАРИ . World Scientific Research Journal, 16(1), 252–258. Retrieved from
http://wsrjournal.com/index.php/wsrj/article/view/2724
11.
Султанов Махмуд Ахмедович. (2023). ИНВЕСТИЦИЯ ФОНДЛАРИДА ДИВИДЕНД
СИЁСАТИ ВА УНИ ТАКОМИЛЛАШТИРИШ ЙЎЛЛАРИ. World Scientific Research
Journal, 16(1), 163–169. Retrieved from
http://wsrjournal.com/index.php/wsrj/article/view/2714
12.
Ибрагимов, Г. А. (2023). ЦИФРОВИЗАЦИЯ ЭКОНОМИКИ И ВОПРОСЫ
БЕЗОПАСНОСТИ.
Gospodarka i Innowacje.
, 68-73.
13.
Ibragimov, G. A. (2021). Business Analysis In The Digital Economy. Turkish Online
Journal of Qualitative Inquiry, 12(7), 4543–4549.
14.
Қурбонов Мухиддин Абдуллаевич. (2023). ХУФИЁНА ИҚТИСОДИЁТ
ШАРОИТИДА НАЗОРАТ ОРГАНЛАРИ ФАОЛИЯТИНИ ЯНАДА
ТАКОМИЛЛАШТИРИШ. World Scientific Research Journal, 21(1), 221–231. Retrieved
from
http://www.wsrjournal.com/index.php/wsrj/article/view/2880
15.
Қурбонов Мухиддин Абдуллаевич. (2023). ХУФИЁНА ИҚТИСОДИЁТ
ШАРОИТИДА ДАВЛАТ МОЛИЯВИЙ НАЗОРАТИ ВА УНИ
ТАКОМИЛЛАШТИРИШ ЙЎНАЛИШЛАРИ. World Scientific Research Journal, 21(1),
248–259. Retrieved from
http://www.wsrjournal.com/index.php/wsrj/article/view/2882
16.
Ibragimov G. (2022).
Introduction of digital solutions to the economy of Uzbekistan:
problems and solutions
.
International Journal of Research in IT and Management (IJRIM)
,
https://euroasiapub.org/wp-content/uploads/IJRIM2Sep22-
17.
Ibragimov G. (2022).
Keeping records of imported goods while improving customs
administration in Uzbekistan
.
International Journal of Research in Finance and Marketing
World scientific research journal
www.wsrjournal.com Volume-23_Issue-2_January -2024
171
(IJRFM)
, 12(11), 30-34. Retrieved from
content/uploads/IJRFM3Nov22-Uzb.pdf
18.
Қличев, Б. (2021). Хўжалик юритувчи субъектларда ишбилармонлик фаоллиги
таҳлили
.
Актуар молия ва бухгалтерия ҳисоби, 1 (3)-сон, 1-9. Retrieved from
https://finance.tsue.uz/wp-content/uploads/2021/06/4.-Қличев-Б.pdf
19.
Қличев, Б. (2021). Инновацион фаолиятда асосий воситалар таҳлилини ташкил этиш
масалалари. Инновацион иқтисодиёт: муаммолар, таҳлил ва ривожланиш
истиқболлари. Қарши, Ўзбекистон.
https://doi.org/10.5281/zenodo.10531216
20.
Sultanov, M. (2023). Features of Dividend Allocation and Taxation in Investment Funds of
Uzbekistan.
Asian Journal of Technology & Management Research (AJTMR)
ISSN
,
2249
(0892).
21.
Қличев, Б. (2021, сентябрь 30). Меҳнат мотивациясида моддий рағбатлантириш
таҳлили. Молия-банк тизимида илм-фан,таълимнинг инновацион инфратузилмасини
шакллантириш ва ривожлантиришда тошкент молия институтининг ўрни.
Конференция
материаллари
тўплами,
Тошкент,
Ўзбекистон.
https://doi.org/10.5281/zenodo.10531256
22.
Klichev, B. (2014). Бошқарув ҳисобида баҳо шакллантиришни такомиллаштириш
масалалари. Молия, 2014(5), 10–15. https://doi.org/10.5281/zenodo.10522860
23.
Қличев, Б. (2022). Истеъмолчи манфаатлари асосида маҳсулотга баҳо шакллантириш
масалалари таҳлили. Iqtisodiyot: tahlillar va prognozlar, 4 (20)-сон, 170-175.
24.
Қличев Бахтиёр Пардаевич. (2023). ОПЕРАЦИОН ФАОЛИЯТ НАТИЖАЛАРИНИ
ИФОДАЛОВЧИ
КЎРСАТКИЧЛАР
ТАҲЛИЛИ. World
Scientific
Research
Journal, 21(1),
182–188.
Retrieved
from
http://www.wsrjournal.com/index.php/wsrj/article/view/2876
25.
Қличев, Б. (2021, ноябрь 19). Ички аудит хизмати фаолиятида иқтисодий таҳлилни
такомиллаштириш масалалари. Рақамли иқтисодиёт шароитида солиқ
маъмуриятчилиги ва халқаро солиққа тортиш механизмини такомиллаштириш.
Халқаро конференция материаллари тўплами. Тошкент, Ўзбекистон.
https://doi.org/10.5281/zenodo.10531234
26.
М.Ю.Рахимов. (2023). МОЛИЯВИЙ ҲИСОБОТ ТАҲЛИЛИ: МУАММО ВА
ЕЧИМЛАР. World Scientific Research Journal, 21(1), 211–220. Retrieved from
http://www.wsrjournal.com/index.php/wsrj/article/view/2879
27.
Курбонов, М. (2020). Зарубежный опыт эффективного использования финансовых
ресурсов государственных целевых фондов. Экономика И Образование, 1(5), 163–166.
извлечено от
https://inlibrary.uz/index.php/economy_education/article/view/4823
28.
Pardayevich, K. B. (2023). Analysis of the Maximum Volume of Production in Cement
Production Enterprises in Uzbekistan. International Journal on Economics, Finance and
Sustainable Development, 5(6), 1-8. Retrieved
from
https://journals.researchparks.org/index.php/IJEFSD/article/view/4460
29.
Қурбонов Мухиддин Абдуллаевич. (2023). ХУФИЁНА ИҚТИСОДИЁТДА ЭКСПОРТ-
ИМПОРТНИ СОЛИҚҚА ТОРТИШ ТАРТИБИ. World Scientific Research Journal,
21(1), 176–181. Retrieved from
http://www.wsrjournal.com/index.php/wsrj/article/view/2875
30.
Пардаев Файзулла Ғаффарович, & Мухиддин Абдуллаевич Қурбонов. (2023).
ИСТИҚБОЛДА ҚЎШИЛГАН ҚИЙМАТ СОЛИҒИ ХИСОБИНИ ЮРИТИШДА
АВТОМАТЛАШТИРИЛГАН ДАШБОРДЛАРДАН САМАРАЛИ ФОЙДАЛАНИШ.
World Scientific Research Journal, 21(1), 189–196. Retrieved from
http://www.wsrjournal.com/index.php/wsrj/article/view/2877
31.
Қурбонов Мухиддин Абдуллаевич. (2023). ХУФИЁНА ИҚТИСОДИЁТ
ШАРОИТИДА БЮДЖЕТ НАЗОРАТИНИНГ ТИЗИМЛИ ТАҲЛИЛИ. World Scientific
Research Journal, 21(1), 197–210. Retrieved from
World scientific research journal
www.wsrjournal.com Volume-23_Issue-2_January -2024
172
32.
Gayratjon Ibragimov Artikovich
. (2022).
GLOBAL DIGITALIZATION AND THE PLACE
OF UZBEKISTAN
. IV ФОРУМ «ЭКОНОМИКА В МЕНЯЮЩЕМСЯ МИРЕ» 2022 май
КАЗАНЬ-ТАШКЕНТ), Казань-Ташкент.
https://doi.org/10.5281/zenodo.6627529
33.
Нурманов, У. А. (2022). ИҚТИСОДИЁТНИ ГЛОБАЛЛАШУ ШАРОИТИДА ЖОРИЙ
АКТИВЛАР
ТАҲЛИЛИНИНГ
НАЗАРИЙ-УСЛУБИЙ
АСОСЛАРИНИ
ТАКОМИЛЛАШТИРИШ.
"Экономика
и
туризм"
международный
научно-
инновационной
журнал
,
4
(6).
Retrieved
from
http://interjournal.uz/index.php/journals/article/view/82
34.
Нурманов, У. А. (2022). ХЎЖАЛИК СУБЪЕКТЛАРИДА ЖОРИЙ АКТИВЛАР ВА
УЛАРНИНГ ТАҲЛИЛИЙ КЎРСАТКИЧЛАРИ.
Журнал Инновации в Экономике
,
5
(2).
https://tadqiqot.uz/index.php/economy/article/view/4757
35.
Рахимов М.Ю. Иқтисодиёт субъектлари молиявий ҳолатининг таҳлили. Ўқув
қўлланма.-Т.;“Iqtisod-Moliya”, 2013. -390 б.
36.
Мухиддин Абдуллаевич Қурбонов, & Эргашев Уйғун Жабборович. (2023). КАМЕРАЛ
СОЛИҚ ТЕКШИРУВИДА ИНСОН ОМИЛИНИ КАМАЙТИРИШДА СМАРТ
ТЕХНОЛОГИЯЛАРДАН ФОЙДАЛАНИШ ИСТИҚБОЛЛАРИ. World Scientific
Research Journal, 21(1), 260–268. Retrieved from
http://www.wsrjournal.com/index.php/wsrj/article/view/2883
37.
Қурбонов Мухиддин Абдуллаевич. (2023). ХУФИЁНА ИҚТИСОДИЁТНИ
КАМАЙТИРИШДА ЭКСПОРТ-ИМПОРТ ОПЕРАЦИЯЛАРИНИ
ТАКОМИЛЛАШТИРИШ ЙЎЛЛАРИ. World Scientific Research Journal, 21(1), 269–
275. Retrieved from
http://www.wsrjournal.com/index.php/wsrj/article/view/2884
38.
Қурбонов Мухиддин Абдуллаевич. (2023). ХУФИЁНА ИҚТИСОДИЁТГА
КУРАШИШ ЖАРАЁНИДА БЮДЖЕТ ИНТИЗОМИНИ МУСТАҲКАМЛАШНИНГ
ЗАРУРЛИГИ. World Scientific Research Journal, 21(1), 153–165. Retrieved from
http://www.wsrjournal.com/index.php/wsrj/article/view/2873
39.
Tulaev, M. (2020). Учет корпоративных облигаций.
Архив научных
исследований
,
1
(25). извлечено от
https://ejournal.tsue.uz/index.php/archive/article/view/2783
40.
Samadova Nargiza Rasulovna. (2022). ANALYSIS OF INDICATORS REPRESENTING
THE ECONOMIC POTENTIAL OF ECONOMIC ENTITIES AND ITS DISTINCTIVE
FEATURES.
European Journal of Research Development and Sustainability
,
3
(11), 108-
https://www.scholarzest.com/index.php/ejrds/article/view/2960
41.
Nargiza Samadova. (2023). INFORMATION SOURCES OF ECONOMIC COMPETENCE
ANALYSIS OF ECONOMIC SUBJECTS AND THEIR CLASSIFICATION.
Academia
Repository
,
4
(12),
278–283.
Retrieved
from
https://academiarepo.org/index.php/1/article/view/290
42.
Ibragimov G. (2023).
Problems of training financial analysts in the republic of Uzbekistan
.
International Journal of Research in Economics and Social Sciences (IJRESS)
, 13(06), 108-
https://euroasiapub.org/wp-content/uploads/IJRESS11June23-Uzb.pdf
ulayev M. (2023). Moliyaviy hisobotning halqaro standartlari bo‘yicha moliyaviy hisobot:
tayyorlash va avtomatlashtirish. YASHIL IQTISODIYOT VA TARAQQIYOT, 6, 134 -138.
44.
Yakubov U. (2021). IMPROVEMENT OF ACCOUNTING AND METHODOLOGY IN
ORGANIZATION OF JOINT VENTURES. Эконмока и бизнес: теория и практика.. 4-2
(74). ISSN 2411 0450.
akubov U. (2022). MODELING THE ANALYSIS OF FOREIGN ECONOMIC
ACTIVITY. Web of scientist: Inernational scientific research journal ISSN: 2776-0979,
Volume 3, Issue 2
46.
Yakubov Ulugbek. (2023). ISSUES OF ASSESSING THE JOINT ACTIVITY OF
BUSINESS ENTITIES. American
Journal of Interdisciplinary Research and
Development
,
14
, 57–61. Retrieved from
https://ajird.journalspark.org/index.php/ajird/article/view/557
кубов, У. (2023). КОРХОНАНИНГ ТАШҚИ ИҚТИСОДИЙ ФАОЛИЯТИНИ
World scientific research journal
www.wsrjournal.com Volume-23_Issue-2_January -2024
173
КОМПЛЕКС ТАҲЛИЛИ.
Евразийский журнал права, финансов и прикладных
наук
,
3
academy.uz/index.php/EJLFAS/article/view/12603
48.
Файзиев, Ф. А. (2023). ЎЗБЕКИСТОНДА ЎЗИНИ ЎЗИ БАНД ҚИЛИШ:
РИВОЖЛАНИШ ИСТИҚБОЛЛАРИ ВА СОЛИҚ ТИЗИМИДАГИ ЎРНИ. Gospodarka i
Innowacje., 42, 426-434.
https://gospodarkainnowacje.pl/index.php/issue_view_32/article/view/2099
49.
Файзиев Фаррух Абдуллахожаевич. (2023). КЎЧМАС МУЛКНИ СОЛИҚҚА
ТОРТИШНИНГ ЎЗИГА ХОС ХУСУСИЯТЛАРИ. World Scientific Research Journal,
21(1),
232–247.
Retrieved
from
http://www.wsrjournal.com/index.php/wsrj/article/view/2881