Authors

  • Toshtemirov Muhammaddiyor Halimjon o‘g‘li
  • Doniyor Xolmirzayev

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.wsrj.84396

Abstract

Annotatsiya: Ushbu maqolada davlat xizmati va uning rivojlanishi, davlat boshqaruvidagi ahamiyati, davlat xizmatchisining roli, elektron davlat xizmatining yangi yondashuvi   va uning avzalliklari haqida yoritilgan.


background image

World scientific research journal

https://scientific-jl.org/index.php/wsrj

Volume-36_Issue-1_February-2025

28

“ELEKTRON HUKUMAT”NI KUCHAYTIRISHNING

BOSHQARUV SAMARADORLIGINI OSHIRISHDAGI O‘RNI

Muallif:

Toshtemirov Muhammaddiyor Halimjon o‘g‘li

Ilmiy rahbar:

Doniyor Xolmirzayev

TerDU Jinoyat huquqi va fuqarolik protsessi kafedrasi o‘qituvchisi


Annotatsiya:

Ushbu maqolada davlat xizmati va uning rivojlanishi, davlat

boshqaruvidagi ahamiyati, davlat xizmatchisining roli, elektron davlat xizmatining yangi
yondashuvi

va uning avzalliklari haqida yoritilgan.


Kirish.

“Elektron hukumat to‘g‘risidagi” qonunga muvofiq “Elektron hukumat” – bu

davlat organlarining jismoniy va yuridik shaxslarga axborot kommunikatsiya
texnologiyalarini qo‘llash yo‘li bilan davlat xizmatlari ko‘rsatishga doir faoliyatni,
shuningdek idoralararo elekctron hamkorlik qilishni ta’minlashga qaratilgan tashkiliy
huquqiy chora-tadbirlar va texnik vositalar tizimidir.

Elektron davlat xizmatlaridan ariza beruvchilarning teng ravishda foydalanishi, axborot

xavfsizligining ta’minlanishi hamda «bir darcha» prinsipi bo‘yicha elektron davlat xizmatlari
ko‘rsatilishi elektron hukumatning asosiy prinsiplari hisoblanadi. Elektron davlat xizmatlari
axborot va interaktiv davlat xizmatlari tarzida bo‘lishi mumkin. Shuningdek, elektron
hukumat to‘g‘risidagi qonunga muvofiq mamalakatning butun hududida ariza beruvchilar va
davlat organlari bilan o‘zaro munosabatlarni elektron hukumat doirasida amalga
oshirishirilishi, davlat organlarining ma’lumotlar bazalari yagona interaktiv davlat xizmatlari
portaliga joylashtirilishi elektron hukumatning asosiy vazifalari sifatida belgilangan.

Ta’kidlash lozim, bugungi kunda davlat xizmatlari agentligiga fuqarolar tomonidan

qilinadigan murojaatlar ko‘lami kundan-kunga ortib borayotgan bo’lsada, fuqarolarning
elektron hukumat bo’yicha to’liq bilim va ko’nikmalarga ega emasligi, ularning
mamlakatimizda elektron hukumat bo’yicha yaratilgan imkoniyatlardan to’laqonli
foydalanishiga to’sqinlik qilmoqda. Natijada, davlat xizmatlari markazlarida uzundan-uzun
navbatlar ko’payib ketmoqda. Buning eng asosiy sabablaridan biri sifatida, elektron hukumat
va elektron saytlar mavjudligi haqida davlat organlari xodimlari tomonidan targ‘ibot tashviqot
ishlarining sayozligi, yetarli darajada yo’lga qo’yilmaganligini keltirishimiz mumkin.

Fuqarolar qonuniy qilib belgilab qo‘yilgan imkoniyalardan samarali foydalanishi uchun

elektron hukumat haqida batafsil ma’lumotga ega bo‘lishi lozim. Masalan, birgina (2013-yil
13-iyulda ishga tushirilgan) Yagona interaktiv davlat xizmatlar portal (my.gov.uz) dan mobil
telefon orqali shahar yoki tuman markazidagi Davlat xizmatlari agentligiga murojaat
etmasdan ham 606 turdan ortiq davlat xizmatlaridan foydalanish mumkin. Shu bilan
birgalikda, O‘zbekiston Respublikasi hukumatining rasmiy (license.gov.uz) sayti mavjud
bo‘lib, ushbu platforma orqali turli faoliyat yoki tadbirkorlik faoliyati uchun litsenziyalar olish
mumkin. Shuningdek, 2015-yil 17-martdan O‘zbekiston Respublikasi ochiq ma’lumotlar


background image

World scientific research journal

https://scientific-jl.org/index.php/wsrj

Volume-36_Issue-1_February-2025

29

portali(data.gov.uz)sayti ishga tushirilgan bo’lib, ushbu portalning ishga tushirilishidan
ko‘zlangan asosiy maqsad ma‘lumotlar ochiqligini taminlashdan iborat.

Asosiy qism.

Elektron hukumatning rivojlanishi va uning taraqqiy etishi, ushbu sohada

vakolatli bo‘lgan organga ko‘p jihatdan taalluqli hisoblanadi. Elektron davlat xizmatlari
axborot va interaktiv davlat xizmatlari tarzida bo‘lishi mumkin. Fuqarolar qonuniy qilib
belgilab qo‘yilgan imkoniyalardan samarali foydalanishi uchun elektron hukumat haqida
batafsil ma’lumotga ega bo‘lishi lozimdir. Elektron hukumat va davlat xizmatlarini
takomillashtirish bo‘yicha jahon tajribasiga ham e’tibor qaratishimiz maqsadga muvofiqdir.

“Davlat xizmatlari ko’rsatish bo‘yicha eng ilg‘or tajribaga ega Gruziyada amalga

oshirilgan ishlar bunga yorqin misol bo’la oladi. Xususan, 2004-yildan boshlab bu
mamlakatda davlat boshqaruvi tuzilmasida tub islohotlar davri boshlangan. Gruziyada Adliya
uyining mamlakat bo’ylab 117 ta filiali mavjud bo’lib, ularga kuniga 20mingdan ortiq mijoz
tashrif buyuradi. Bu juda katta ko‘rsatkich. Adliya uyining o’ziga xos jihati shundaki,
fuqarolar davlat xizmatlari va qo’shimcha xizmatlardan bir joyda turib foydalanish mumkin.
Shuningdek, Adliya uyida o‘z-o‘ziga xizmat ko’rsatish burchaklari, o‘z-o‘zini sur’atga olish
kabinkalari, har bir xona va eshik oldida ko’zi ojizlar uchun zal haqidagi ma’lumotlar maxsus
taxtasi o‘rnatilgan bo‘lib, mahalliy aholi vakillari va chet elliklar uchun alohida- alohida
yo‘laklar tashkil etilgan. Shuningdek, Gruziyada Davlat davlat xizmatlari hududlariga nafaqat
filiallari orqali, balki sayyor tarzda chiqish orqali ham hizmat ko’rsatiladi. Sayyor xizmatga
maxsus jihozlangan mikroavtobuslarda boriladi va ariza yuborish bilan birga, javobini ham
shu joyning o’zida taqdim etish imkoni yaratilgan.

Shuningdek, Janubiy Koreya onlayn xizmatlarni ko‘rsatishda dunyoda yetakchi

o'rinlarga egadir. Hukumatning elektron hukumat strategiyalari har besh yilda joriy etiladi va
ushbu sohani rivojlantirish rejalari bilan mustahkamlanadi. Ushbu davlatning elektron
hukumati bo'yicha 2020-yilgi bosh rejasi asosan davlat siyosatining asoslangani, ilmiy asosga
qurilgani, fuqarolar uchun ochiq va innovatsion hukumatga erishishga yo‘naltirilgani bilan
ajralib turadi.

Bundan tashqari, elektron hukumatni amalga oshirish strategiyasi barqaror raqamli

iqtisodiyotni rivojlantirish uchun mustahkam poydevor yaratishga yo‘naltirilgan ma’lumotlar
va sun’iy intellektni kuchaytirishni ko‘zda tutuvchi Ma’lumotlar va hamda sun’iy intellekt
iqtisodiyotini rivojlantirish rejasida o'z aks topgan. Yangi sanoat-texnologik yo‘l xaritasi kabi
davlat mexanizmlari jamiyat manfaatlari hamda davlat boshqaruvini yaxshilashga xizmat
qiluvchi yangi texnologiyalarni jadal rivojlantirishga yordam bermoqda. Ushbu
tashabbuslarga qo‘shimcha ravishda, Hukumat elektron ishtirok , ochiq ma’lumotlar bazasi
va elektron xaridlar (KONEPS) uchun alohida platformalar taqdim etilgan. Koreya
mamlakatining elektron hukumatga oid qonunchilik bazasi asosan shaxsiy ma’lumotlarni,
axborotlarni, shaxslarning raqamli xavfsizligi va raqamli identifikatsiyalashga qaratilgan
(«Raqamli imzo to‘g‘risida»gi qonun, 2017-yil).

Janubiy Koreyaning elektron hukumat bo‘yicha har besh yilda srategiya qabul qilish

amaliyotini O‘zbekistonda ham qo‘llash imkoniyatimiz mavjud bo‘lib, bu orqali yanada sifatli


background image

World scientific research journal

https://scientific-jl.org/index.php/wsrj

Volume-36_Issue-1_February-2025

30

elektron xizmatlarga ega bo‘lishimiz mumkin. Singapurda Elektron hukumat bilan bog‘liq
huquqiy mexanizmlar 2012-yilda qabul qilingan bo‘lib, shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish
to‘g‘risidagi qonun, shuningdek, kiberxavfsizlik to‘g‘risidagi qonun hujjatlari bilan tartibga
solinadi. Singapur davlatida davlat texnologiyalari agentligi mavjud bo‘lib, ushbu agentlik
elektron davlat xizmatlarini ishlab chiqish va amalga oshirish uchun mas’ul hisoblanadi.
Singapurda electron xizmatlar, ochiq ma’lumotlar va davlat xaridlariga xizmat ko‘rsatuvchi
portallarga ega hisoblanadi va elektron ishtirok orqali amalga oshiriladi. Shuningdek,
mamlakat hukumati fuqarolar uchun ijtimoiy sug‘urta jamg‘armalarini ham rejalashtirgan, uni
kuzatib borish uchun davlat xizmatlari bilan bog‘liq muammolar haqida xabar berish uchun
raqamli platformalarni ishga tushirilgan. Bu ham o‘z navbatida mamlakatning elektron
hukumat tizimining sifatli va har tomonlama mukammal shakllantirilganidan dalolat beradi.
Singapurda Elektron hukumat bilan bog‘liq huquqiy mexanizmlar 2012-yilda qabul qilingan
bo‘lib, shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish to‘g‘risidagi qonun, shuningdek, kiberxavfsizlik
to‘g‘risidagi qonun hujjatlari bilan tartibga solinadi.

Yaponiyada hukumatni raqamlashtirishni takomillashtirish yo'lga qo'yilgan bo’lib, va

uning asosiy maqsadi fuqarolarning turmush tarzini yaxshilash maqsadi yo’lida yangi
texnologiyalardan foydalanish va inson resurslarini rivojlantirishga asoslangan. Yaponiya
elektron hukumatining huquqiy asoslari asosan shaxsiy raqamli xavfsizlikka va raqamli
ma’lumotlardan keng foydalanish maqsadlariga qaratilgan.

Mamlakat raqamli asrda o‘z yangi ma’muriy qiyofasini IT yo’nalishiga-

investitsiyalarini kiritish orqali rivojlantirgan, xaridlar bo‘yicha islohotlar va elektron hukumat
rejasini quyi miqyosda tizimlardan faollashtirish orqali shakllantirib bormoqda. Shuningdek,
mamlakatda fan, texnologiyalar va innovatsiyalar bo‘yicha kengash mavjud bo'lib, ushbu
kengash elektron hukumatning axborot almashinuvini tarqatilishiga ko‘maklashish uchun
hamda mamlakatda tadbirkorlikni rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan qator
tashabbuslari ustida ishlar olib borilmoqdaboradi.

Yaponiyada elektron hukumatning markaziy portali hamda elektron ishtirok, ochiq

ma’lumotlar va davlat xaridlari qo‘shimcha elektron hukumat platformalari o'z ish faoliyati
orqali amalga oshiriladi. Yaponiya elektron hukumatining huquqiy asoslari asosan shaxsiy
raqamli xavfsizlikka va raqamli ma’lumotlardan foydalanish maqsadlariga qaratilgan.

Biz yuqorida bir necha mamlakatlarning elektron hukumat tizimi haqida ma’lumotlarga

ega bo‘ldik. Tan olishimiz joizki, jahonda bizdanda kuchliroq davlatlar mavjud.

Hozirgi vaqtda ko’plab rivojlangan va rivojlanayotgan davlatlar elektron hukumat tizimi

samarali yo’lga qo’yish orqali, shaffof, aqlli va inkyuziv jamiyat qurish borasida yutuqlarga
erishmoqda. Shunday bo‘lsa-da mamlakatimizda ham jahon tajribasini qo‘llash orqali
elektron hukumat tizimiga ko’plab yangiliklar olib kirishimiz mumkin. Bir so‘z bilan
aytganda jahon tajribasidan andoza olsak kifoya.

Respublikamizda faoliyat yuritayotgan davlat xizmatlari agentliklari faoliyatini

o‘rganganimizda ma’sul xodimlar bitta tuman miqyosida Davlat xizmatlari markazlariga
murojaat etadiganlar soni, kunlik o’rtacha 200 yoki 250 nafarni tashkil etishini, shulardan eng


background image

World scientific research journal

https://scientific-jl.org/index.php/wsrj

Volume-36_Issue-1_February-2025

31

ko’p murojaatlar qilinadigan xizmat turlari “bolalarni bog‘chaga joylashtirish, sudlanganlik
to’g’risida ma’lumotnoma olish, (ERI-kalit) elektron raqamli imzo olish kabi murojaatlar
ekanligi ma’lum bo’ldi. Shuningdek, o’tkazilgan so’rovlar davomida Davlat xizmatlari
markazlariga ko’pincha, 30 yoshdan yuqori fuqarolar murojaat qilinishi” aniqlandi.
Shuningdek, aksariyat davlat xizmatlaridan foydalanuvchi fuqarolarning ta’kidlashicha,
markazlarda navbat olish uchun o‘rnatilgan apparat qurilmalar kunning eng ish qizg’in
vaqtida soatlab ishlamay qolishi holatlari kuzatiladi. Natijada, markazlarda uzundan-uzun
navbatlar yuzaga kelishiga olib keladi.

Fuqarolar ichida keksa yoshdagilar, homilador ayollar mavjudligini hisobga olsak, uzoq

vaqt navbati kelgunga qadar kutish jarayonini oldini olish borasida yanada e’tibor bilan
yondashishga undaydi. Bundan tashqari, davlat xizmatlari markazlaridan kerakli
ma’lumotlarni olish uchun ba’zida fuqarolar markazgacha, bir necha chaqirim masofani bosib
o‘tadilar. Ayrim fuqarolar birgina oddiy ma’lumotnoma olish uchun avtobus yoki taksi
xizmatidan foydalanishga majbur bo‘lishadi bu esa, albatta moddiy mablag‘ masalasiga borib
taqaladi. Misol uchun, Surxondaryo viloyati Angor tumani istiqomat qiluvchi aholi Davlat
xizmatlari markaziga avtomashinadatransportda boorishb va kelish uchun o’rtacha hisobda
20.000 so‘m yo‘l haqqi sarflaydilar. Bu jarayon ham albatta moddiy daromadga bog‘liq.
Huddi shunday, Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumani Yangidiyor MFYda fuqarolar Davlat
xizmatlari markazlariga borishi uchun ikkita yo‘lovchi tashish, avtobusidan foydalanishiga
to’g’ri keladi kerak. Tumanga boradigan avtobusdan foydalanish uchun, yana bitta
avtomashinadan foydalanishi kerak bo‘ladi. Bu fuqaroga, jismoniy charchoq va moddiy
mablag‘ muammosini yuzaga keltirishi tabiiy. Tumanga boradigan taksi yoki avtobusgacha
borish yo‘l haqqi avtobus-2000 so‘m, taksi esa 5000 so‘mni tashkil etadi. Fuqaro tumandagi
Davlat xizmatlari markaziga yetib olish uchun ham yana shuncha yo‘l haqqi to‘lashi kerak.
Borgach esa, navbat kutish jarayoniga duch keladi. Ushbu holatlar fuqarolarga, jismoniy
charchoq va moddiy mablag‘ muammosini yuzaga keltirishi tabiiy.

Qashqadaryo viloyati adliya boshqarmasi xodimlari tomonidan aholi o‘rtasida

regulation.gov.uz sayti bo‘yicha o’tkazilgan so‘rovnomada o‘tkazilgan so‘rovnoma
natijasida, 20% ishtirokchilar portalda qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatdagi loyihalarni
doimiy kuzatib borishini; 51% ishtirokchi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini portalda
erkin muhokama qilib, bunga o‘z takliflarini bildirishlarini; 29% ishtirokchilar bu portal
haqida umuman ma’lumotga ega emasligini ta’kidlagan aytgan. So‘rovnoma natijasiga ko‘ra,
portal haqida biluvchilardan ko‘ra portal haqida umuman ma’lumotga ega bo‘lmaganlar
ko‘rsatkichining ko‘pligi, elektron hukumat tizimi va elektron gadjetlardan foydalanishda
fuqarolarning yetarlicha xabardor emasligidan va huquqiy savodxonlik darajasi sustligidan
dalolat beradi.

Quvonarlisi shundaki, kamchiliklar bilan birga ba’zi erishilgan yutuqlarni ham

ta’kidlashimiz lozim, . Hususan, davlat xizmatlarini ko‘rsatishda, imkoniyati cheklanganlar
uchun 25 turdagi elektron xizmatlar mavjud bo‘lib, 2023 yil mobaynida 190.000 dan ortiq
ariza aynan, imkoniyati cheklangan fuqarolar tomonidan berilgan. Yuqorida takidlab


background image

World scientific research journal

https://scientific-jl.org/index.php/wsrj

Volume-36_Issue-1_February-2025

32

o‘tganimizdek bu o’z navbatida davlatimiz tomonidan fuqarolar o’rtasida inklyuzivlikni
ta’minlash borasida, imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun xalqaro standartlarga to‘liq
javob beradigan, imkoniyatlar yaratilganligidan dalolat beradi. Shuningdek, Koko‘rish
imkoniyati cheklangan fuqarolar, portaldagi ekran suhandonidan, eshitish imkoniyati
cheklangan fuqarolar esa, ko‘z belgisi orqali o‘zlari foydalanmoqchi bo‘lgan xizmatdan,
oddiy va oson tarzda foydalana olishlari mumkin. Bugungi kunda, data.gov.uz ochiq
ma’lumotlar portalidan foydalanuvchilarning ko‘p qismini dasturchilar, OAV, jamoat
tashkilotlari, davlat organlari, fuqarolar va jamoat vakillari tashkil etadi (Bu ma’lumot
qayerdan keldi? snoska). License.gov.uz sayti bo‘yicha yuqori natijalarni, transport
vositasidan foydalanuvchilar egallab turibdi. Elektron hukumat tizimini isloh qilish, ushbu
soha ma’sullaridan har bir murojaatga e’tibor bilan bilan yonshoshishni talab etadi. Negaki,
axborot texnologiyalari rivojlanayotgan zamindar yashar ekanmiz, albatta bu bizga va soha
ma’sullariga bir qancha qator ma’suliyat yuklashi shubhasizydi. Elektron hukumat tizimining
jamoatchilik muhokamasiga asoslanganligi esa ochiqlik va shaffoflikni ta’minlaydi.

Bundan tashqari, Mmamlakatimizda “O‘zbekiston-2030” dasturini rivojlantirish va

“Raqamli hukumat” tizimini takomillashtirish maqsadida elektron hukumat rivoji “Raqamli
hukumat loyihalarini boshqarish markazi” o‘z faoliyatini olib boradi. boshlagan. Ushbu
markazning asosiy maqsadi “O‘zbekiston-2030” dasturini rivojlantirish va “Raqamli
hukumat” tizimini takomillashtirishdan iborat. Markaz tomonidan 2023-yilda 2000 ta ustuvor
davlat loyihalari o‘rganib chiqildi, 56% yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali
xizmatlar ko‘rsatildirsatilgan, yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida joriy etilgan davlat
xizmatlari 606 taga yetdiyetgan. Ushbu amalga oshrilgan ishlar natijasida Raqamli hukumatni
rivojlantirish va barqarorlashtirish reytingida davlatimiz 69-o‘rinni egallab turibdi.

Markaz strategiyasi -raqamli texnologiyalar - insoniyat kelajagi sifatida belgilab

qo‘yilgan. Markazda faoliyat yurituvchilar, inson va davlat hayotining barcha sohalarini
rivojlantirishga hissa qo‘shadilar. Ma’lumotlarni raqamlashtirish va elektron hukumat
tizimiga bo‘lgan yuksak e’tibor, mamlakatning rivojlanish ko‘rsatkichlarini oshiradi. Markaz
maqsadi- foydalanuvchilarga vaqt, pul va resurslarni tejash imkonini beradigan xizmatlarni
elektron shaklda taqdim etish orqali mamlakat aholisining hayotini yanada osonlashtirishga
intiladi hisoblanadi. Shu bilan birgalikda, aholi ongida axborotlashgan, zamonaviy hayotga
moslashish madaniyatini oshiradi.

Xulosa.

Xulosa shundan iboratki, ta’kidlash lozim, mamlakatimizda 2020 yil

pandemiya davrida elektron hukumat tizimiga bo‘lgan ehtiyoj ortdi. Fuqarolar karantin
qoidalariga to‘liq amal qilgan holda. Mobil telefonlari orqali ko‘plab, davlat xizmatlaridan
foydalandilar. Chunki, uydan chiqishning imkoni yo‘qligi tufayli, aholi barcha xizmatlardan
masofaviy tarzda foydalandi. Ayni shundan so‘ng aholi barcha ximatlarni uydan chiqmasdan
turib bajarishga odatlangan edi. Shunday bo‘lsada, bugungi kunda aholida elektron
hukumatga ishonchsizlik holatlari mavjud. Masalan; Mana shunday fikr “birorta hujjatni
olsam unda muhri yo‘q,imzosi yo‘q hujjatni taqdim qilsam uning haqiqiy ekanligiga kim
ishonadi?” kabi savollar elektron hukumat haqida bilimga ega emas fuqarolarni qiynashi
tabiiy. Elektron hukumat bo‘yicha dolzarb muammolar bisyor. Elektron hukumat tizimidan,


background image

World scientific research journal

https://scientific-jl.org/index.php/wsrj

Volume-36_Issue-1_February-2025

33

elektron saytlardan foydalanishni bilmaydigan fuqarolar, davlat xizmatlari markaziga
murojaat etadilar. Afsuski, davlat xizmatlari markazida ham muammolar yetarlicha.

Ushbu sohadagi muammolar:
Hozirgi kunda my.gov.uz saytida 200dan ortiq o‘z-o‘ziga xizmat ko’rsatish mumkinligi,

lekin 80% fuqarolar davlat xizmatlari markaziga murojaat qilishi, navbat chiqarib beruvchi
apparatning kun ora 2 yoki 3 soat davomida ishlamay qolishi. Natijada ortiqcha vaqt
sarflanishi, fuqarolarning noroziliklari, davlat xizmatlaridan foydalanish uchun tashrif
buyurgan fuqarolardan iborat, uzun navbatlarning mavjudligi, bugungi kunda axborotlashgan
va har tomonlama zamonaviy texnologiyalardan foydalanib, amalga oshirilishi mumkin
bo‘lgan elektron hukumatning ortda qolayotganligini va elektron hukumat tizimi haqida
fuqarolarda ma’lumot mavjud emasligi va elektron saytlardan foydalana olmaslik holatlari
uchrayotganligi ayni haqiqat.

Mana shunday muammolarni bartaraf etish uchun esa fuqarolarimizga davlat

xizmatlarini ko’rsatish uchun sarflanadigan mablag‘larning bir qismi hisobida umumta’lim
maktablarining yuqori sinflarida, professional va oliy ta’lim muassalarida informatika fani
negizida, “Davlat xizmatlarini ko‘rsatish ko‘nikmasi” ni shakllantirishga qaratilgan maxsus
dars mashg‘ulotlarini joriy qilish, maxsus yuridik bilimga ega bo‘lgan xodimlar va yuridik
fakultetlarda tahsil olayotgan iqtidorli talabalar tomonidan “Elektron hukumat tizimini
rivojlantirish” bo‘yicha aholi o‘rtasida targ‘ibot aksiyasini o‘tkazish.

Davlat xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha eng ilg‘or bo‘lgan, Gruziya, Janubiy Koreya,

Yaponiya, Singapur davlatlarining jismoniy va yuridik shaxslarga davlat xizmatlari ko‘rsatish
sohasini joriy qilish, elektron davlat xizmatlarini ko‘rsatishda ilg‘or bo‘lgan saytlarda
fuqarolarning yoshi bo‘yicha statistika ham ko‘rsatilsa, maqsadga muvofiq bo‘lar edi. Negaki,
saytni o‘rganish natijasida foydalanuvchilarning umumiy soni ko‘rsatilgan bo‘lib,
foydalanuvchilar nechchi yoshdan, nechchi yoshgachaligi ko‘rsatilmagan. Agar mana shu
taklif atroflicha o‘rganilib saytga kiritilsa, elektron hukumat tizimi fuqarolarning qaysi qatlami
uchun xizmat qilayotganligi, masalan: Foydalanuvchilardan, 18-30 yoshgacha bo‘lganlar
55%, 30-50 yoshgacha bo‘lganlar 25%, 50-70 yoshgacha bo‘lganlar 20%ni tashkil etishi
statistika orqali ko‘rsatilsa, elektron hukumatdan kim ko‘proq manfaatdorligi, yoshlarmi yoki
o‘rta yoshdagilarmi aniqlashtirib olishimizga imkon yaratilgan bo‘lar edi.

Mana shunday samarali amaliyot tufayli kutilayotgan natijaga, yoshlarimizning

huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini jumladan, davlat xizmatlaridan foydalanish
ko‘nikmasi shakllanishiga, markazga murojaat qiladiganlar soni kamayishiga va navbat
kutish jarayonini bartaraf etishga, ortiqcha sarf xarajat va turli asabbuzarliklarni oldini olishga,
elektron hukumatning rivojlanishiga yanada katta hissa qo’shadi!

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:

1.

https://egov.uz/news/osiyo-yetakchilari-janubiy-koreya-singapur-yaponiya-va-xitoy-
elektron-hukumatni-qanday-rivojlantirmoqda-140

2.

O‘zbekiston Respublikasining “Elektron hukumat to‘g‘risida”gi 09.12.2015 yildagi

O‘RQ-395-son Qonuni.

3

. info.egov.uz.

References

O‘zbekiston Respublikasining “Elektron hukumat to‘g‘risida”gi 09.12.2015 yildagi O‘RQ-395-son Qonuni.

info.egov.uz.