Vol. 36 No. 1 (2025)
Articles
TURKIY ADABIYOTLARDA ISRO VA ME’ROJ KECHASINING BAYON ETILISHI
Islom dini tarixida Payg‘ambar Muhammad alayhissalom hayotlari, ul zoti sharifning bosib o‘tgan mashaqqatli yo‘llari, dinni targ‘ib qilish bobida amalga oshirgan mislsiz qahramonliklari alohida o‘rin tutadi. Nabiy alayhissalomning tug‘ilgan vaqtlaridan boshlab to vafot etgan kunlariga qadar bo‘lib o‘tgan barcha voqea-hodisalar haqida o‘sha zamonning o‘zidayoq ko‘plab manbalar yozilgan. Arab adabiyotshunoslari, tarixchi olimlari, u kishining yonlarida yurgan maslakdoshlari - sahobalari ham bunday muhim vazifani bajarish uchun astoydil harakat qilganlar. Ana shunday manbalar orqali bizgacha islom dinining vujudga kelishi, mazkur din elchisi Rasuli akramning hayot yo‘llari to‘g‘risida ko‘plab qimmatbaho ma’lumotlar yetib kelgan.
Ushbu maqolani yozishdan asosiy maqsad hozirgi avlod vakillariga islom dini, uning Payg‘ambari Muhammad alayhissalom hayotlari va bosib o‘tgan ibratli yo‘llari, xususan, ul zoti sharifning Payg‘ambarlik davrlarida sodir bo‘lgan, butun dunyo olimlari va bashariyatning hayratiga sabab bo‘lgan juda muhim voqea – Isro va Me’roj kechasi voqealari haqida to‘liq va batafsil ma’lumot berishdir. Albatta mazkur voqea to‘g‘risida ko‘p manbalar keltirilgan. Biroq namanganlik shoir Xilvatiyning bu haqdagi qarashlari hech bir manbada aks ettirilmagan. Xilvatiy o‘zining “Mavludi sharif” asarida islom dini Payg‘ambari Muhammad alayhissalom hayotlarini turli hikoyalar asosida bayon etgan. Eng asosiysi, kitobda aynan Isro va Me’roj kechasi uchun alohida bir katta bob ajratilgan. Ilmiy tadqiqot oldiga qo‘yilgan asosiy vazifa esa kelajak avlod vakillariga XX asr o‘zbek mumtoz adabiyoti namoyandalari ijodi, xususan, Namangan adabiy muhitida barakali ijod qilgan jadidlardan biri Xilvatiy ijodi haqida batafsil ma’lumot berishdan iboratdir. Maqolada mazkur asar qiyosiy, badiiy, tarixiy tahlil qilish metodlari asosida o‘rganilgan. XX asr o‘zbek mumtoz adabiyoti namoyandalari ijodi, xususan, Namangan adabiy muhitida ijod qilgan buyuk o‘zbek shoirlarining bizga adabiy meros sifatida qoldirgan nodir asarlarini o‘rganish natijasida qo‘lyozma va toshbosma manbalar tahlil qilinadi hamda ushbu manbalar asosida yangidan-yangi tadqiqotlar olib boriladi. Natijada esa bugungi kun yosh avlod vakillarining mumtoz adabiyotimizga bo‘lgan qiziqishlari, shuningdek, islom dini targ‘ibotchisi Muhammad alayhissalomga bo‘lgan hurmat va ehtiromlari yanada ortadi.
JADID MA’RIFATPARVARLAR ASARLARIDA TAʼLIM VA TARBIYANING O‘RNI
Annotatsiya: Mazkur maqolada jadid ma’rifatparvarlarning ta’lim va tarbiyaga oid bo‘lgan ayrim mulohazalari falsafiy tahlil qilingan.
“ELEKTRON HUKUMAT”NI KUCHAYTIRISHNING BOSHQARUV SAMARADORLIGINI OSHIRISHDAGI O‘RNI
Annotatsiya: Ushbu maqolada davlat xizmati va uning rivojlanishi, davlat boshqaruvidagi ahamiyati, davlat xizmatchisining roli, elektron davlat xizmatining yangi yondashuvi va uning avzalliklari haqida yoritilgan.
TALABALARNI DISTRUKTIV G’OYALARDAN HIMOYALASHNING PEDAGOGIK-PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI
Ushbu tadqiqotda talabalarni destruktiv g'oyalardan himoyalashning pedagogik-psixologik xususiyatlari tahlil qilinadi. Talabalar o'quv jarayonida ijtimoiy, psixologik va madaniy o'zgarishlarga duch kelishadi, bu esa ularning fikr va qarashlariga ta'sir ko'rsatadi. Shunday qilib, ularda turli destruktiv g'oyalar, ekstremizm yoki radikal fikrlar paydo bo'lishi mumkin. Mazkur tadqiqotda talabalarni bunday g'oyalardan himoya qilish uchun pedagogik va psixologik usullar, metodlar va yondoshuvlar ko'rib chiqiladi.
Pedagogik yondoshuvlar, talabalarni ongli ravishda ijtimoiy-axloqiy qadriyatlarni shakllantirishga, ularni o'z fikrini mantiqiy va ilmiy asosda ifodalashga o'rgatishga qaratilgan. Psixologik yondoshuvlar esa talabalar ongini rivojlantirish, ular ichidagi stress va tashvishlarni bartaraf etish, va salbiy ta'sirlarni oldini olishga yordam beradi. Bunday yondoshuvlar, talabalarga ijtimoiy mas'uliyatni oshirish, ularning jismoniy va ruhiy holatini yaxshilashga yo'naltirilgan.
NURSES' ACTIVITY IN THE PRIMARY PREVENTION OF DIABETES
Abstract: this article describes the causes of diabetes and the effective use of nurses' activities as a primary preventive measure in its prevention, gaining an understanding of the disease, etc. The purpose of this thesis is to study the importance of the activities of nurses in the primary prevention of diabetes and to analyze their impact on patients. The results of this study help to strengthen the role of nurses in the health system and give them an important place in the prevention of diabetes.