Annotatsiya: Ushbu maqolada turk va o‘zbek tillarida frazeologiyaning o‘rni, ahamiyati, xususiyatlari hamda uni o‘qitish usullari tahlil qilinadi. Frazeologik birliklar til boyligini oshirish bilan birga, o‘quvchilarda obrazli fikrlashni shakllantirish, milliy-madaniy merosni o‘zlashtirish kabi muhim ko‘nikmalarni rivojlantirishga xizmat qiladi. Mazkur maqolada frazeologik birliklarni o‘rgatish jarayonida samarali va innovatsion yondashuvlardan foydalanish zarurligi asoslanadi.