World scientific research journal
https://scientific-jl.com/wsrj
Volume-39_Issue-2_May-2025
124
BOSHLANG‘ICH SINFLARDA OT SO‘Z TURKUMINI O‘RGATISH
Y.Djo‘rayev -
Angren universiteti o‘qituvchisi
G. Jo‘raboyeva, M.Sulaymonova -
Angren universiteti
“Boshlang‘ich ta’lim” yo‘nalishi 1-bosqich talabalari
Annotatsiya:
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga ot so‘z turkumini, og‘zaki va
yozma nutqda ulardan to‘g‘ri foydalanishni o‘rgatish. O‘quvchilarning so‘z boyligini
oshirish, to‘g‘ri fikrlash, o‘z fikrini bildira olish qobiliyatini rivojlantirishda bevosita
xizmat qiladi. Ushbu maqola ot so‘z turkumini boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga
o‘rgatish metodikasi yoritilgan.
Kalit so‘zlar:
ot so‘z turkumi, o‘rgatish mohiyati, atash ma’nosi, shaxs otlari,
leksik-grammatik.
Boshlang‘ich sinflarda ot so‘z turkumini o‘qitish metodikasi o‘quvchilarning
og‘zaki va yozma nutqini rivojlantirishda muhim ahamiyatga ega. Bu jarayon
o‘quvchilarning so‘z boyligini oshirish, fikrlash qobiliyatini shakllantirish va
grammatik tushunchalarni ongli ravishda o‘zlashtirishlariga xizmat qiladi. Ot so‘z
turkumini o‘rgatishning bosqichlari:
1. Tayyorlov bosqichi (1-sinf): Savod o‘rgatish davrida o‘quvchilar predmetlarni
va ularning nomlarini bildiruvchi so‘zlarni farqlashga o‘rganadilar. Bu bosqichda
so‘zlarning leksik ma’nosiga e’tibor qaratilib, ularni guruhlash ko‘nikmasi
shakllantiriladi.
2. Boshlang‘ich tushuncha shakllantirish (2-sinf): O‘quvchilar otlarning leksik
ma’nolari va grammatik belgilari bilan tanishadilar. Kim? va nima? so‘roqlariga
javob bo‘lgan otlarni farqlash, atoqli va turdosh otlar haqida bilimlar hosil qilinadi.
3. Chuqurlashtirish bosqichi (3-sinf): Bu bosqichda otlarning birlik va ko‘plik
shakllari, ularning qo‘llanilishi o‘rganiladi. O‘quvchilar otlarning son bilan bog‘liq
xususiyatlarini tushunib, gapda to‘g‘ri qo‘llashni o‘rganadilar.
4. Turlanish va qo‘llash (4-sinf): O‘quvchilar otlarning egalik qo‘shimchalari
bilan qo‘llanilishi, kelishiklar bilan turlanishi va kelishik qo‘shimchalarining
yozilishini o‘rganadilar. Bu bosqichda otlarning gapdagi vazifalari chuqurroq tahlil
qilinadi.
Ona tili darsi o’quvchilar tafakkurini o’stirish ustida ishlash maqsadiga
yo’naltirilganligiga qarab baholanadi. Boshlang’ich sinf o’quvchilarni ot so’z
turkumiga o’rgatish jarayoni savodga o’rgatishdan boshlanadi. Bu davrda “Alifbe”
kitobiga tushurilgan suratlar misol bo’ladi. Kitobdagi suratlarni ko’rsatib bolaga Bu
kim? Bu nima? deb so’roqlar yordamida ot so’z turkumini o’rgatish mumkin. Aynan
birinchi va ikkinchi sinflarda so’z turkumi sifatida otning belgilari o’rgatiladi.
Uchinchi sinfda esa otga atama beriladi, birlik va ko’plikda qo’llanilishi
World scientific research journal
https://scientific-jl.com/wsrj
Volume-39_Issue-2_May-2025
125
o’zlashtirishiga ahamiyat beriladi. To’rtinchi sinfda esa otning egalik qo’shimchalari
bilan qo’llanishi kelishiklar bilan turlanishi va kelishik qo’shimchalarning yozilishini
o’rgatishga e’tibor qaratiladi.
Karima Qosimovaning fikricha, “Til hodisasi sifatida otning xususiyatlari, uni
o‘rganish vazifalari, o‘quvchilarning yosh xususiyatlarini hisobga olgan holda, har bir
sinf uchun material hajmi, ularning o‘rganish izchiligi belgilangan”
1
.
1-sinfda “Ot” so‘z turkumini o‘rgatish jarayoni savod o‘rgatish davriga to‘g‘ri
keladi. Bu jarayonda o‘quvchilar shaxs-narsa va buyumlar nomi bo‘lgan so‘zlarni
farqlashni o‘rganadilar, ya‘ni o‘quvchilar so‘zning leksik ma‘nosiga e‘tibor ko‘proq
qaratiladilar va ma‘nolarini hisobga olgan holda so‘zlar (narsalar, hayvonlar va shaxs
nomini, meva va sabzavotlar, kiyimlar va hokazolarni bildirgan otlar) ni guruhlash
ko‘nikmasi shakllantiriladi. Ot so‘z turkumidagi leksik ma‘nodagi so‘zlarni
guruhlash mashqlari yordamida otlarni taqqoslash, so‘zlarni o‘xshash tomonlarini
aniqlash va ularni umumlashtirish ko‘nikmasini o‘stiradi. Shunga qaramay,
grammatik tushunchani shakllantirish uchun o‘quvchilar so‘zning aniq ma‘nosini
yetarli darajada bilmaydilar, so‘zning leksik ma‘nosini bilish bilan birgalikda uning
grammatik belgilarini ham o‘zlashtirish kerak. O‘quvchilar keyingi bosqichda otning
leksik ma‘nolari va grammatik belgilari ustida maxsus tayyorgarlik ko‘rishadi (kim?
so‘rog‘iga shaxs, nima? so‘rog‘iga narsa va hayvonlar javob bo‘lishi, tushuntiriladi).
O‘quvchilar kim? yoki nima? so‘rog‘iga javob bo‘lgan otlarni farqlashni va ularga
so‘roq berib ajratishni dars davomida mashqlar orqali o‘rganib boradilar.
O‘quvchilarda grammatikani bilish tafakkuri o‘sa boradi, ularda atoqli otlarni bosh
harf bilan yozish ko‘nikmasi shakllana boradi.
1
Qosimova K.T.: 2009-yil. 248-b.
World scientific research journal
https://scientific-jl.com/wsrj
Volume-39_Issue-2_May-2025
126
“Yomg‘ir” metodi o’quvchilarning bilimi va fikrlashini faollashtirish uchun
qo‘llanadigan interfaol usul. Bu metodda ma‘lumotlar birdaniga katta hajmda
berilmaydi balki yomg‘ir tomchilari kabi mayda bo‘laklarga bo‘linib tushuntiriladi.
Har bir kichik qism o‘quvchilar tomonidan qabul qilinib mustahkamlanadi.
tomchilarda berilgan so‘zlarni to‘g‘ri joylashtirishi kerak bo’ladi.
2-sinf o‘quvchilariga otlarning leksik ma‘nosi, atoqli va turdosh otlar haqidagi
bilim chuqur o‘rgatila boriladi. “Ot” tushunchasini o‘quvchilarda shakllantirish uchun
shu so‘z turkumiga kiradigan otlarni leksik guruhlarga ajratish va barcha otlarga xos
bo‘lgan belgilarni va ularning nutqimizda qo‘llash o‘rni muhim ahamiyatga ega. Shu
maqsadda mavzuni o‘rganishga bag‘ishlangan birinchi darslardayoq shaxs va narsani
bildiradigan so‘zlar bir tizimga solinadi, kishilarni, buyum, o‘simliklar va
hayvonlarni, tabiat hodisalarini, voqealarni bildiradigan so‘zlar guruhga ajratiladi.
Shu so‘zlarning hammasi uchun umumiy belgilar aniqlanadi: bu so‘zlar shaxs,
narsalarni bildirib kim? yoki nima? so‘rog‘iga javob bo‘ladi.
“Kim ko‘p ot topadi”
Bu metod 2-sinf o‘quvchilari uchun ot so‘z turkumini o‘rgatishda juda foydali
va qiziqarli metod hisoblanadi.
O‘yinni o’tkazish tartibi:
1)
Sinf ikki yoki uch guruhga bo’linadi;
2)
O‘qituvchi yoki o‘quvchilardan biri ma’lum bir mavzu aytadi. Masalan: a)
Hayvonlar nomlari b) Maktabda uchraydigan narsalar
3)
Har bir guruh yoki o‘quvchi berilgan mavzu bo‘yicha otlarni yozadi yoki
aytadi;
4)
Kim ko‘proq ot yozsa yoki aytsa, o‘sha jamoa g‘olib bo‘ladi.
O‘yin variantlari:
Qog ‘ozga yozish - o‘quvchilar daftarga ot so‘z turkumiga mansub so‘zlar
yozadi, o‘yin tugagach o‘qituvchi so‘zlarni sanaydi;
Og‘zaki aytish – guruhlar navbatma-navbat ot so‘z turkumiga oid so‘zlar
aytishadi, so‘z topa olmagan guruh o‘yindan chiqadi;
O yinning foydasi:
O‘quvchilarning lug‘at boyligi ortadi;
Diqqati va fikrlash tezligi rivojlanadi;
O‘z fikrini aniq ifodalashga o‘rganadilar;
Jamoaviy ishlash va raqobat muhiti yaratiladi.
3-sinfda ”Otlar, ya’ni otlarning birlik va ko‘plikda qo‘llanishi” ustida ishlash
jarayonida o‘quvchilarda:
1)birlik va ko‘plikda qo‘llangan otlaning ma‘nosi va qo‘shimcha orqali farqlash;
World scientific research journal
https://scientific-jl.com/wsrj
Volume-39_Issue-2_May-2025
127
2) birlikdagi otdan ko‘plik shaklidagi va aksincha, ko‘plikdagi otdan birlik
sondagi ot hosil qilish;
3) gapda so‘zlarning bog‘lanishini hisobga olgan holda, otlardan nutqda to‘g‘ri
foydalana olish ko‘nikmasi shakllantiriladi. Otlarning birlik va ko‘plikda qo‘llanishi
taqqoslash usulidan foydalanib tushuntiriladi. Buning uchun bir predmetni va
shunday bir nechta predmetni bildirgan otlar taqqoslanadi: daftar-daftarlar, qalam-
qalamlar, nok-noklar kabi. Suhbat asosida daftar nechta (bitta) predmetni va daftarlar
so‘zi nechta (ikki va undan ortiq) predmetni bildirishi aniqlanadi. Boshqa so‘zlar bilan
ham shunday ishlanadi. Oddiygina xulosa chiqariladi va fikrlar umumlashtiriladi:
agar otlar bir predmetni bildirsa, birlikda qo‘llanadi, agar ikki va undan ortiq shaxs
yoki narsani bildirsa, ko‘plikda qo‘llanadi. Ko‘plikda otni yasash uchun birlikdagi
otga -lar qo‘shimchasi qo‘shiladi. Birlikdagi otlar
kim?
yoki
nima?
so‘rog ‘iga,
ko‘plikdagi otlar esa
kimlar?
yoki
nimalar?
so‘rog‘iga
javob
bo‘ladi.
“Rasmlar orqali o‘rganamiz”
1)
O‘quvchilarga rasm ko‘rsatib “Bu nima” deb so‘raysiz. Masalan: Bu –
mushuk;
2)
So‘ngra shu rasmning ko‘plik shaklidagi variantini ko‘rsatib “Bu nima”
deb so‘raysiz. Masalan: Bu – mushuklar;
Maqsad:
O‘quvchilar rasmlarni kuzatib ko‘plik qo ‘shimchasining qanday qo‘shilishini
anglaydi.
Didaktik o‘yin. “So‘z poyezdi”
O‘yin sharti:
1)
O‘quvchilar 3 - 4 guruhga bo‘linadi;
2)
Har bir guruhga turli so‘zlar yozilgan kartochkalar tarqatiladi. Masalan:
(qush, uy, bola, daftar)
3)
Guruhlar har bir so‘zni ko‘plik shakliga o‘tkazib yozishi kerak. Masalan:
(qushlar, uylar, bolalar, daftarlar)
4)
To‘g‘ri bajargan guruhga yulduzchalar beriladi. Eng ko‘p yulduzcha
to‘plagan guruh g‘olib bo‘ladi.
Vizual yondashuv
– rasmlar grafiklar va ko‘rgazmali qurollar orqali mavzuni
tushuntirish bolalarning eslab qolish qobiliyatini oshiradi. Chunki bolalar vizual
ma‘lumotlarni tezroq qabul qiladi va tushunadi.
Didaktik yondashuv
– o‘yinlar va interaktiv mashg‘ulotlar orqali o‘quvchilarni
faol ishtirok etishga undaydi. O‘yinlar darsni jonli va qiziqarli qiladi, bu esa ularning
mavzuni mustahkamlashiga yordam beradi.
World scientific research journal
https://scientific-jl.com/wsrj
Volume-39_Issue-2_May-2025
128
4-sinfda ot ustida ishlashning asosiy vazifasi fikr bayon qilishda otning kelishik
shakllaridan foydalanish va kelishik qo‘shimchalarini to‘g’ri yozishga o‘rgatish
hisoblanadi.
Bu sinfda ot quyidagi izchilikda o‘rganiladi:
1)
Otlarning kelishiklar bilan turlanishi haqida tushuncha berish;
2)
Ko‘plikdagi otlarning turlanishini o‘rgatish;
3)
Har bir kelishikning xususiyatlarini alohida o‘rganish va u bilan bog‘liq
holda kelishik qo‘shimchalarining yozilishi haqida ko‘nikma hosil qilish.
Bundan kelib chiqib aytishimiz mumkinki, 4-sinfda ot so‘z turkumi
qo‘shimchalarini o‘rganish uchun, bu bosqichdan foydalangan holda mavzularni
o‘rgatish osonroq kechadi. Negaki, o‘quvchilar bu jarayonga qadar ot so‘z turkumi
haqida chuqur bilimga ega va bu jarayonni o‘rgatishda qiyinchilik bo‘lmaydi.
Otlarning kelishik qo‘shimchalari bilan o‘zgarishi – turlanish haqida tushuncha
berish bilan o‘quvchilarga kelishik qo‘shimchalari gapda so‘zlarni bog‘lash uchun
xizmat qilishi, o‘zbek tilidagi olti kelishik, ularning nomi, so‘roqlari, qo‘shimchalari
va joylashish tartibi tushuntiriladi. O‘quvchilar turlanish bilan kelishiklarning
mohiyatidan kelib chiqib gapni tahlil qilish jarayonida tanishtiriladi, gapning asosi
(ega va kesim) va so‘z birikmalari ajratiladi. Ularda gapda bir otning boshqa har xil
so‘zlar bilan shakl yasovchi qo‘shimchalar (ning, -ni, -ga, -da, -dan) yordamida
bog‘lanishni kuzatadilar, bu qo‘shimchalar kelishik qo‘shimchalari ekanini, otlarning
kelishik qo‘shimchalari bilan o‘zgarishi
turlanish
deyilishini bilib oladilar.
“Oila daraxti”
“Guruh bilan ishlash”
O‘quvchilarning faol ishtirokga undash. Har bir guruh “Oila daraxti”
chizadi va o‘z qarindoshlarini yozadi.
Bu – mening bobom
Bu – mening buvim
Bu – mening akam
Shu orqali 1-2-3- shaxs egalik shakllari mustahkamlanadi.
Maqsad:
O‘quvchilar so‘zlarni turli shaxslarga mos ravishda o‘zgartirishni mashq qiladi.
O‘quvchilar bu metoda ot egalik qo‘shimchalarni oson va tezroq o‘rganadi.
Xulosa qilib shuni aytishimiz joizki, boshlang‘ich sinflarda ot so‘z turkumini
o‘rgatish bu o‘quvchilarning so‘z turkumiga birinchi qadami hisoblanadi.
O‘quvchilarning so‘z boyligini oshirishda, nutqini ravonligida, o‘z fikrini
boshqalarga yetkaza olishda, so‘zlarni to‘g‘ri qo‘llay olishda ot so‘z turkumi katta
ahamiyatga ega. O‘quvchilar ot so‘z turkumini o‘rganish jarayonida shaxs va joy
nomlarini, bosh harflarda yozish ko‘nikmasini hosil qilishni o‘rganadi. Shuning
World scientific research journal
https://scientific-jl.com/wsrj
Volume-39_Issue-2_May-2025
129
uchun biz bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari o‘z mutaxassisligimizni chuqur
o‘rganib, ertangi yosh avlodga chuqur bilim berib, qiziqishlaridan kelib chiqib to‘g‘ri
yo‘lga boshlashimiz va kelajakda yurtimizga foydali mutaxassis bo‘lib yetishishga
sababchi bo‘lmog‘imiz darkor.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
K.Qosimova va boshqalar. Ona tili o‘qitish metodikasi. – Toshkent “Nosir”
nashriyoti 2009.
2.
A.G‘ulomov va boshqalar. Ona tili o‘qitish metodikasi – Toshkent – 2012.