Authors

  • Mamatkulov Sobirjon Musayevich

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.wsrj.92660

Abstract

Annotatsiya:  Ushbu maqolada inson organizmi rivojlanishida  maxsus jismoniy tayyorgarlik axamiyati va samarali vositalardan unumli foydalanish toʼgʼrisida soʼz yuritiladi. MJT o‘yin usullari texnikasini egallab olishga, taktik harakatlar samaradorligini oshirishga, sport formasini egallashga, shuningdek, psixik tayyorgarlikning takomillashtirishga yordam beradi.


background image

World scientific research journal

https://scientific-jl.com/wsrj

Volume-39_Issue-2_May-2025

121

MAXSUS JISMONIY TAYYORGARLIK

Mamatkulov Sobirjon Musayevich

O’zbekiston davlat sport akademiyasi huzuridagi

Jismoniy tarbiya va sport bo’yicha mutaxasislarni qayta

tayyorlash va malakasini oshirish institute Samarqand filiali


Annotatsiya

: Ushbu maqolada inson organizmi rivojlanishida maxsus jismoniy

tayyorgarlik axamiyati va samarali vositalardan unumli foydalanish toʼgʼrisida soʼz
yuritiladi. MJT o‘yin usullari texnikasini egallab olishga, taktik harakatlar
samaradorligini oshirishga, sport formasini egallashga, shuningdek, psixik
tayyorgarlikning takomillashtirishga yordam beradi.

Аннотация

: В данной статье рассматривается значение специальной

физической подготовки в развитии организма человека и эффективное
использование эффективных средств. МФП помогает овладеть техникой
игровых приемов, повысить эффективность тактических действий, приобрести
спортивную форму, а также улучшить психическую подготовку.

Abstract

: This article discusses the importance of special physical training in

the development of the human div and the effective use of effective means. MJT
helps to master the technique of game methods, increase the effectiveness of tactical
actions, acquire sports form, as well as improve mental preparation.

Kirish.

M JT deganda tanlab olingan sport turining o‘ziga xos xususiyatlariga

mos ravishda amalga oshiriladigan va yuksak sport natijalariga erishishni
ta’minlaydigan, sportchining jismoniy sifatlari va funksional imkoniyatlarini bir
maqsadga qaratilgan tarzda rivojlantirish jarayoni tushuniladi.


Asosiy qism

. M JT ning asosiy maqsadi — bu kuch-quwatni, tezkorlikni va

boshqa jismoniy sifatlarni bir-biri bilan o‘zaro aloqada va yaxlit holda maksimal
darajada rivojlantirishdan iborat. Ushbu vazifani hal etmoq uchun maxsus
tayyorgarlik mashqlardan foydalaniladi. Ushbu mashqlar asosan katta zo‘riqish bilan,
harakatlarni muvofiqlashtirish bilan bogliq bolgan mashqlardan tashkil topgan bolib,
ular ayni bir vaqtda harakat sur’ati va ritmini ham tartibga scdadk. Texnik-taktik
xarakterdagi mashqlar harakatli sport o‘yinlari bunday vazifani bajarish uchun
ko‘proq darajada muvofiq keladi. UJT va MJT o‘rtasidagi chegara ancha shartli bolib,
ularning organizmga ta’sir ko‘rsatish samarasi ko‘p jihatdan foydalanilayotgan
mashqdan ko‘ra qollanilayotgan metodga bogliq boladi. M JT shug‘ullanuvchilarning
UJTiga asoslanadi. Sportchi oldiga qo'ygan vazifani bajarish uchun umumiy
rivojlanish bo‘yicha muayyan bir darajani qolga kiritilganidan keyingina kirishishi
mumkin. Bu bir yillik tayyorgarlik sikliga hamda ko‘p yillik tayyorgarlikning ayrim
bosqichlariga birdek taalluqlidir. Hozirgi zamon basketbol o‘yinida organizmning ish


background image

World scientific research journal

https://scientific-jl.com/wsrj

Volume-39_Issue-2_May-2025

122

qobiliyati yuqori darajada bolishi yoxud muskul faoliyatining turli rejimlarida
namoyon etgan vaqtda maxsus chidamlilik sifatlarining mavjudligi tobora ko‘proq
ahamiyat kasb etmoqda. Shu bilan birga basketbol sportchidan yana boshqa bir qator
sifatlar rivojlangan bolishini talab qiladi. Bu sifatlar — tezlikka, chidamlilik,
to‘satdan katta kuch-quvvat ishlatish, chaqqonlik va epchillik singari sifatlardan
iborat bolib, mashg‘ulot vositalarini tanlash vaqtida buni hisobga olish kerak. Maxsus
chidamlilik — bu asosan energiya (aerob-anaerob energiyalari) ta’minotining aralash
xarakteri

bilan

vujudga

keltiriladigan

jismoniy

sifatdir.

Ushbu

sifatni

takomillashtirish ancha uzoq vaqt — katta va o‘ta intensivlik bilan o'zgarib turadigan
xarakterdagi mashqlarni to 150 daqiqaga qadar bajarilishini talab qiladi. Yurish va
yugurish qiyin bolgan notekis joylar bo‘ylab kross yoli bilan yugurgan vaqtda,
tezlikni o‘zgartirib goh sekin, goh tez yugurish usuli bilan mashq qilganda, turli
o‘yinlar o‘tkazilgan vaqtda mana shunday juda katta intensivlik bilan tashkil etilgan
rejimlarda ishlashga to‘g‘ri keladi. Anaerobik chidamlilik darajasining yuksalishiga
maksimal quwat bilan bajariladigan mashqlar yordamida — masalan, tog‘ va
tepaliklar tomon yugurish iloji boricha, oglrroq yuk ko‘tarib turib, startga chiqish va
tezlikni oshirib ko'rish, ko‘p marta sakrab-sakrab yugurish mashqlari yordamida
erishishi mumkin. Maxsus tezkorlik. Basketbol o‘yinida sport harakatlarining
muvaffaqiyati oddiy va murakkab harakat reaksiyalarining tez bajarilishi bilan, bir
joydan ikkinchi joyga olish tezligi bilan harakat modeli vaziyatini tashqi ko‘rinishini
tasawur qilgan holda, unga reaksiya ko‘rsatish tezligi bilan bogliq bolgan yakka
harakatlar

orqali

belgilanadi.

Tezkorlikning

rivojlantirilishi

harakatlarni

markazlashtirib

boshqarish

operativligini

oshirishni

hamda

tegishli

ijro

mexanizmlarini funksional tartibda takomillashtirilishini talab qiladi.

MJTning vositalari va usuilari. Bajariladigan mashqlar MJT vositalari

hisoblanadi. Bu mashqlar, birinchidan, organizmning ish fBjimi bo‘yicha musobaqa
mashqlariga muvofiq keladi, ikkinchidan, organizmga mashqlantiruvchi ta’sir
ko‘rsatadi, organizmda ilgari mavjud bolgan funksional imkoniyatlarni oshiradi,
uchinchidan, texnik-taktik mahoratni takomillashtirish uchun zarur energiya bazasini
ta’minlaydi. MJT vositalarini tanlash vaqtida amaliy jihatdan dinamik muvofiqlik
prinsipiga amal qilish lozim. Ushbu vositalarni takrorlash usuli mashqlarni harakat
xarakteristikasining sifat jihatdan и yoki bu darajadan и yoki bu darajada yuqoriroq
tarzda bajarilishini nazarda tutadi. Shuning uchun mashqlarni takrorlashning umumiy
soni charchoq holati ortib borishi munosabati bilan sezilarli harakat samaradorligi,
sezilarli darajada susaygan va pasaygan paytdan boshlab cheklab-chegaralab
to'xtatiladi. Mashqlarni takrorlash vaqtlari o‘rtasidagi dam olish pauzalari
organizmning ish qobiliyatini tiklab olish uchun yetarli bolm ogl kerak. Bunday ish
qobiliyati rejalashtirilgan mashqning sifatli tarzda bajara oladigan darajada optimal
holga keltirmogl kerak. Sportchining tayyorgarlik tizimida takrorlash usuli, odatda,
shug‘ullanuvchilar organizmiga mashqlantiruvchi ta’sir ko‘rsatadigan yo‘nalishni


background image

World scientific research journal

https://scientific-jl.com/wsrj

Volume-39_Issue-2_May-2025

123

amalga oshiradi va bu yo‘nalish sportchining funksional imkoniyatlarining mavjud
darajasini ancha oshiradi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

Arne Giillich, Michael Kriiger. /Sport: Das Lehrbuch fur das Sportstudium
(Bachelor) (German). Edition. 26 Sept. 2013, (German).

2.

. S.Bubka, M.Bulatova. /Tack and field: Encyclopaedia in questions and answers.
2015-y. Kiev.

3.

. Krzysztof Kisiel. /Race Walking. Metodology of training from the youngster to
senior athletics. Kalisz. 2016..

References

Arne Giillich, Michael Kriiger. /Sport: Das Lehrbuch fur das Sportstudium (Bachelor) (German). Edition. 26 Sept. 2013, (German).

. S.Bubka, M.Bulatova. /Tack and field: Encyclopaedia in questions and answers. 2015-y. Kiev.

. Krzysztof Kisiel. /Race Walking. Metodology of training from the youngster to senior athletics. Kalisz. 2016..