Authors

  • Kenjayev Nodirbek Abdulhamidovich

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.wsrj.92662

Keywords:

Kalit so’zlar: Imom Doraqutniy hadis ilmi Sunan ad-Doraqutniy ilmiy meros islomiy ilmlar hadis to‘plamlari sanad tahlili ilmiy tanqid aqida fiqh muhaddislar ilmiy metodologiya islom olimlari IX–X asr islom ulamolari va hadislar ishonchliligi.

Abstract

Annotatsiya: Ushbu maqolada islom ilmi va hadis ilmining yirik namoyandalaridan biri bo‘lgan Imom Doraqutniy (rahmatullohi alayh)ning ilmiy merosi yoritiladi. U IX–X asrlarda yashab o‘tgan va hadis ilmining taraqqiyotiga beqiyos hissa qo‘shgan olim sifatida tanilgan. Asarda u kishining hadislarni to‘plash, ularni tahlil qilish va sanadlarni baholashdagi metodologiyasi, ilmiy tanqidga bo‘lgan yondashuvi, shuningdek, fiqh, aqida va boshqa islomiy fanlardagi hissasi tahlil qilinadi. Imom Doraqutniyning eng mashhur asari — "Sunan ad-Doraqutniy" nomli hadis to‘plami ilmiy asosda baholanib, uning boshqa muhaddislar bilan ilmiy munosabatlari va farqlari o‘rganiladi. Ushbu annotatsiya ilmiy-tadqiqot ishlariga, diniy ta’lim sohasiga qiziquvchi tadqiqotchilar va talabalar uchun foydali manba bo‘lib xizmat qiladi.


background image

World scientific research journal

https://scientific-jl.com/wsrj

Volume-39_Issue-2_May-2025

110

IMOM DORAQUTNIYNING ILMIY MEROSI

НАУЧНОЕ НАСЛЕДИЕ ИМАМА ДАРАКУТНИ

THE SCIENTIFIC LEGACY OF IMAM DARAQUTNI

Kenjayev Nodirbek Abdulhamidovich

O’zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi

1-bosqich magistranti

Annotatsiya:

Ushbu maqolada islom ilmi va hadis ilmining yirik

namoyandalaridan biri bo‘lgan Imom Doraqutniy (rahmatullohi alayh)ning ilmiy
merosi yoritiladi. U IX–X asrlarda yashab o‘tgan va hadis ilmining taraqqiyotiga
beqiyos hissa qo‘shgan olim sifatida tanilgan. Asarda u kishining hadislarni to‘plash,
ularni tahlil qilish va sanadlarni baholashdagi metodologiyasi, ilmiy tanqidga bo‘lgan
yondashuvi, shuningdek, fiqh, aqida va boshqa islomiy fanlardagi hissasi tahlil
qilinadi. Imom Doraqutniyning eng mashhur asari — "Sunan ad-Doraqutniy" nomli
hadis to‘plami ilmiy asosda baholanib, uning boshqa muhaddislar bilan ilmiy
munosabatlari va farqlari o‘rganiladi. Ushbu annotatsiya ilmiy-tadqiqot ishlariga,
diniy ta’lim sohasiga qiziquvchi tadqiqotchilar va talabalar uchun foydali manba
bo‘lib xizmat qiladi.

Kalit so’zlar:

Imom Doraqutniy, hadis ilmi, Sunan ad-Doraqutniy, ilmiy meros,

islomiy ilmlar, hadis to‘plamlari, sanad tahlili, ilmiy tanqid, aqida, fiqh, muhaddislar,
ilmiy metodologiya, islom olimlari, IX–X asr islom ulamolari va hadislar
ishonchliligi.

Аннотация:

В данной статье рассматривается научное наследие Имама

Даракутни (да помилует его Аллах), одного из крупнейших представителей
исламской науки и науки хадисов. Он был известен как учёный, живший в IX-
X веках и внесший неоценимый вклад в развитие науки хадисов. В работе
анализируется его методология сбора хадисов, их анализа и оценки цепочек
передачи, подход к научной критике, а также его вклад в фикх, акиду и другие
исламские науки. Самый известный труд Имама Даракутни - сборник хадисов
"Сунан ад-Даракутни" - будет оценен на научной основе, и будут изучены его
научные отношения и различия с другими мухаддисами. Эта аннотация служит
полезным ресурсом для исследователей и студентов, интересующихся научно-
исследовательской работой и религиозным образованием.

Ключевые слова:

Имам Даракутни, наука хадисов, Сунан ад-Даракутни,

научное наследие, исламские науки, сборники хадисов, анализ цепи, научная
критика, акида, фикх, мухаддисы, научная методология, исламские ученые,
исламские ученые IX-X веков и достоверность хадисов.

Annotation:

This article covers the scientific heritage of Imam Daraqutni (may

Allah have mercy on him), one of the major representatives of Islamic science and


background image

World scientific research journal

https://scientific-jl.com/wsrj

Volume-39_Issue-2_May-2025

111

hadith science. He lived in the 9th-10th centuries and is known as a scholar who made
an invaluable contribution to the development of hadith science. The work analyzes
his methodology in collecting hadiths, analyzing them and evaluating hadiths, his
approach to scientific criticism, as well as his contribution to fiqh, aqida and other
Islamic sciences. Imam Daraqutni's most famous work - the hadith collection "Sunan
ad-Daraqutni" is evaluated on a scientific basis, and its scientific relationships and
differences with other muhaddiths are studied. This annotation will serve as a useful
resource for researchers and students interested in scientific research and religious
education.

Keywords:

Imam Daraqutni, hadith science, Sunan ad-Daraqutni, scientific

heritage, Islamic sciences, hadith collections, analysis of the chain of narration,
scientific criticism, creed, jurisprudence, muhaddith scholars, scientific methodology,
Islamic scholars, 9th-10th century Islamic scholars, and the reliability of hadiths.


Kirish.

Imom Doraqutniy o‘z davrida hadis ilmi borasida ulamo va toliblar ko‘p

murojaat qiladigan zot bo‘lganlaridek, u kishining yozgan asarlari o‘z davrida va
undan keyingi davrda ham ilm ahli orasida, xususan muhaddislar orasida juda ko‘p
murojaat qilinadigan asarlar hisoblanadi. U zotdan bizga qo‘p va qimmatli kitob va
qo‘lyozmalar qolgan.

Bu haqida mashhur mufassir Ibn Kasir shunday deganlar; “Imom Doraqutniy

buyuk hofiz, hadis fanining ustozi, juda ko‘p zotlardan hadis eshitib, ularni jamlab,
kitob shakliga keltirgan va juda foydali ish qilgan

1

.

Imom Doraqutniiy hadis va hadis ilmi borasida juda ham ko‘p kitoblarni yozib

qoldirganlar. Bu zotning kitoblarini barchasi mustaqil bo‘lib, ular orasida biror
kitobning qisqartirilgan ko‘rinishi yoki sharhi mavjud emas, balki avval aytib
o‘tganimizdek barchasi alohida mustaqil kitobdir. Lekin bu kitoblarning barchasi
ham hozirgi kunda bizgacha yetib kelmagan. Biroq bizgacha yetib kelgan
kitoblarining aksariyati chop etilgan.

Asosiy qism.

Imom Doraqutniyning asarlarini quyidagicha o‘rganamiz.

1.

Bizgacha yetib kelgan va hozirda mavjud kitoblari.

A). Chop etilgan asarlari.
B). Chop etilmagan asarlari va qo‘lyozma asarlari.

2. Bizgacha yetib kelmagan asarlari.
Xozirda mavjud va chop etilgan asarlari.

1.

“Al-ahodis allatiy xulifa fiyha Imomi doril hijra Molik ibn Anas”.

Bu kitobni Ibn Xoyr Ishbiliy o‘zining “Fihrisot”, Imom Zahabiy “Siyari A’lomin

nubalo” kitobida Imom Doraqutniyga tegishli ekanligi haqida gapirib o‘tganlar.

1

Ibn Saloh. Ulumul Hadis. Madina. 1972.y. B.586-587.


background image

World scientific research journal

https://scientific-jl.com/wsrj

Volume-39_Issue-2_May-2025

112

2.

“Ahodisus sifot”.

Bu kitob kichkina risola bo‘lib, unda Imom Doraqutniyning Rasululloh

sollallohu alayhi va sallamdan rivoyat qilingan Alloh taoloning sifatlariga oid
hadislarni jamlagan. Bu kitobda keltirgan hadislarining ko‘pi imom Buxoriyning va
imom Muslimning “Sahih”larida keltirilgan hadislardir. Bu kitobda hadislarni
mavzularga mos qilib tartiblab jamlamagan. Unda muallif hadislarni sahih yoki
zaifligiga ham e’tibor qaratmagan, ya’ni bu haqida gapirmagan. Bu risolada
jamlangan hadislar soni 70 ga yaqin. Bu risola Misrdagi “Dorul-kutub” maktabasida
chop qilingan.

3.

“Ahodisu Muvatto va ittifoqur ruvot ala Molik va ixtilofuhum fiyhi

va ziyodatuhum va nuqsonuhum”.

Bu kitobni Imom Molikning nasablarini zikr qilish bilan boshlaydilar. So‘ngra

“Muvatto” kitobida Imom Molikdan rivoyat qilingan hadislarni roviylari bilan zikr
qilgan va bu roviylarning ixtiloflari va ittifoqlari haqida batafsil gapirib o‘tgan.

4.

“Ahodisu nuzul”.

O‘n to‘qqiz sahifadan iborat kichik hajmli risola. Bu kitobning ikkita qo‘lyozma

nusxasi hozirgi kunda ham mavjud bo‘lib, uning bir nusxasi Haydaroboddagi
“Usmoniya” universitetining kutibhonasida saqlanadi. Ikkinchi nusxasi esa
Turkiyada saqlanadi. Bu kitobda musannif Alloh taoloning dunyo osmoniga tushishi
haqidagi hadislarni keltirgan.

5.

“Axboru Amr ibn Abiyd va izhoru bid’atihi”.

Bu kitobda Imom Doraqutniy Amr ibn Abiydni Alloh taoloning zoti va uning

kalomi, Qur’oni karim haqida, bid’at va xurofotlari haqidagi fikrlarini gapirgan va
ularga raddiyalar bildirgan.

6.

“Al-ixvatu val axovat”.

Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning nasablari va u zotga zamondosh

bo‘lgan kishilarni tanib, ular haqida yetarlicha ma’lumot bera oladigan bu kitob
o‘quvchi uchun juda manfaatli va foydali kitobdir.

7.

“Asilatul Barqoniy”.

Imom Doraqutniy bu kitobida shogirdi Imom Barqoniyning jarh va ta’dil

olimlarining bir nechalari haqida so‘ragan savollariga javob bergan.

8.

“Asilatul Hokim lid-Daroqutniy an shuyuxihi”.

Asli qo‘lyozma nusxasi o‘n bir sahifa va har bir sahifasi taxminan yigirma besh

qatorni tashkil qiladigan bu kitobda Imom Doraqutniy o‘z shayxlari haqida berilgan
savollarga atroflicha javob berib o‘tgan.

9.

“Asilatus Sulamiy lid Daroqutniy.”

Bu kitobda Imom Doraqutniy Imom Sulamiyning ba’zi roviylar haqida bergan

savollariga javob berganlar.

10.

“Istidrokot”.


background image

World scientific research journal

https://scientific-jl.com/wsrj

Volume-39_Issue-2_May-2025

113

Yana bir nomi “Tatabbu’” deb nomlangan bu kitobda Imom Doraqutniy

“Sahihayn”da keltirilgan va Doraqutniyning fikricha illati bor deb aytilgan hadislarni
jamlagan.

11.

“Ilzomot”.

Hokim Abu Abdullohning “Mustadrok ala Sahihayn” kitobiga mazmun jihatdan

o‘xshash bo‘lgan bu kitobda Imom Doraqutniy “Sahihayn”ning shartiga muvofiq
bo‘lgan hadislarni jamlagan. Lekin ba’zi jihatlari bilan bu kitob aytib o‘tganimizdek
Hokim Abu Abdullohning “Mustadrok ala sahihayn” kitobidan biroz farq qiladi.

12.

“Ta’lilot alal majruhiyna li ibn Hibbon”.

Bu kitob Ibn Hibbonning zaif muhaddislar haqidagi kitobiga ilova va uni

to‘ldirguvchi kitobdir.

13.

“Zikru asmoi tobe’iyn va man ba’dahum mimman sohhat

rivoyatuhu indal Buxoriy”.

O‘z nomidan ko‘rinib turganidek bu kitobda Imom Buxoriy va Imom

Muslimning qarashlari bo‘yicha rivoyatlari sahih deb topilgan roviylar zikr qilingan.
Bu risola ikki qismdan iborat bo‘lib, birinchi juzda Imom Buxoriyning kitoblarida
keltirilgan tobe’iyn va ulardan keyingi asr roviylari keltirilgan. Ikkinchi juzda esa
Muslim ibn Hajjojning kitoblaridagi roviylar haqida so‘z yuritilgan.

14.

“Zuafo val matrukina minal muhaddisiyn”.

Qo‘lyozma nusxasi o‘n uch sahifadan iborat bu risolada Imom Doraqutniy zaif

va so‘zi olinmaydigan muhaddislar haqida bahs yuritadi.

15.

“Mu’talaf val muxtalaf fiy asmai rijol”.

Bu kitob haqida “Kashfuz zunun” kitobining sohibi “Mu’talaf val muxtalaf fiy

asmai rijol” bu borada 385 yilda vafot etgan Imom Hofiz Abulhasan Doraqutniy juda
ajoyib kitob bitgan”

2

, deb aytgan.

Imom Doraqutniyning bizgacha yetib kelgan qo‘lyozma asarlari.
1.

“Al-ahodisur ruboiyyot”.

Bu kitobda Imom Doraqutniy Imom Shofe’iydan rivoyat qilgan hadislarni

keltirgan. Imom Kattoniyning aytishlariga qaraganda bu kitob hajmi jihatdan katta
bo‘lib, ikki juzdan iborat

3

.

2.

“Kitobul arbaiyn”.

“Kashfuz zunun” kitobida keltirilishicha bu kitob yo‘q bo‘lib ketgan. Lekin

bu

kitob

boshqa

nom

bilan

aytilayotgan

“Arba’una

hadisan

min

musnadi

Bariyd

ibn

Abdulloh

ibn

Abu

Burda”

bo‘lishi

ham mumkin

4

.

3.

“Hadisu Abu Umar Muhammad ibn Abbos ibn Hayavay Xazzoz”.

2

Hoji Xalifa.Kashfuz zunun. Dori Sa’odat. 1310.h.

3

Muhammad Kattoniy. Risolutul mustatorrifa. Bayrut. Dorul kitob. 1400.h. B.98.

4

Hoji Xalifa. Kashfuz zunun. Dori Sa’odat. 1310.h. J.1 .B. 55.


background image

World scientific research journal

https://scientific-jl.com/wsrj

Volume-39_Issue-2_May-2025

114

Bu kitobning uchinchi juzining bir qismini Imom Javhariy o‘zining “Zohiriya”

kitobida rivoyat qilib keltirgan.

Imom Doraqutniyning bizgacha yetib kelmagan va yo‘qolib ketgan

asarlari.

1.

“Ahodisu Molik allatiy laysat fil Muvatto”.

Bu kitob haqida Imom Balqiyniy o‘zlarining “Mahosin” kitoblarida gapirganlar

lekin bu kitobning vasfi borasida hech qanday so‘z aytmaganlar.

2.

“Ahodisul vuzu’ min massiz zakar”.

Saxoviy “Al-e’lon bit tavbih” kitoblarida bu kitob haqida so‘z yuritganlar.

3.

“Atrofu Muvatto ibn Molik”.

Imom Zahabiyning “Siyaru a’lomin nubalo” kitobidan boshqa o‘rinda bu kitob

haqida biror zikr keltirilmagan.

4.

“Atrofu marosiyli Muvatto ibn Molik”.

Bu borada ham Imom Zahabiyning “Siyaru a’lomin nubalo” kitobining

to‘rtinchi juz, qirq yettinchi betida so‘z yuritib bu kitobning yo‘qolib ketganligi
haqida aytiladi.

5.

“Kitabul amoliy”.

Bu kitob ham yo‘q bo‘lib ketgan kitoblar turkumiga kiradi.

6. “Tarixu zobiyyin”.

Doktor Akram o‘zlarining “Mavoridul xatib” kitoblarining 376-sahifasida bu

kitob haqida aytib o‘tgan.

7.“Tashiful muhaddisiyn”.

Ibn Xoyr bu kitob haqida “imom Doraqutniy muhaddislarni tekshirish borasida

juda ham foydali bir kitob ta’lif qilgan”, deb aytganlar

5

.

8. “Kitabul jahri bil basmalah”.

Imom Doraqutniyning o‘zlari bu kitob borasida “Sunan” kitoblarining birinchi

juz, uch yuz o‘n birinchi sahifasida shu boradagi hadislarni zikr qilish mobaynida
gapirib o‘tadilar.

9. “Zikru man ruviya anish-Shofeiy”.

Abu Ishoq Sheroziy bu kitobni imom Doraqutniyga tegishli ekanligi haqida

aytganlar.

10.

“Zaylun ala kitobi tarixul kabir lil Buxoriy”.

Bu ta’liflari bilan Imom Doraqutniy Imom Buxoriyning “Muhammadiyyin”

bobiga to‘ldirishlar kiritgan.

11.

“Kitobul qiroat”.

5

Ibni Nadiym. Fihrisotu ibn Nadiym. Bayrut.Dorul ma’rifa.1398. B.14.


background image

World scientific research journal

https://scientific-jl.com/wsrj

Volume-39_Issue-2_May-2025

115

Mo‘jaz va kichik hajmga ega bo‘lgan bu kitob o‘ziga qiro’atning usul va

qoidalarini jamlagan birinchi kitobdir va Imom Doraqutniydan keyingi qiro’at
Imomlariga bu yo‘nalishda ijod qilishlari uchun qo‘llanma bo‘lib xizmat qilgan.

12.

“Al-qazo bil yamiyn ma’ash shohid”.

Imom Saxoviy bu kitobning hadis borasida ekanligini ta’kidlaganlar

6

.

13.

“Kitobul masojid”.

Uning hozirda mavjud ekanligi haqida biror o‘rinda zikr qilinmagan. Lekin

“Hidoyatul-orifiyn” kitobining muallifi bu kitobni Imom Doraqutniyga tegishli
ekanligini aytib o‘tgan.

15.

“Musnadi Abi Hanifa”.

Xatib Bag‘dodiyning aytishlaricha bu kitobni imom Molik Doraqutniyga

nisbatini bergan.

16.

“Al mudabbij”.

Bu so‘z muhaddislarning istelohiy atamasi bo‘lib, yaqinlar ya’ni, qarindoshlarni

bir-biridan hadis rivoyat qilishiga aytiladi. Bu kitobni Ibn Hajar imom Doraqutniyga
nisbatini bergan

7

.

17.

“Ilalul vorida fil ahodisin nabaviyyah”.

Asli “Ilal” nomi bilan mashhur bu kitob hajmi jihatdan bir muncha katta kitob

bo‘lib o‘n bir juzdan iborat. Bu kitob borasida imom Balqiyniy quyidagicha
gapirganlar; “Ilal turkumidagi kitoblarning eng yaxshisi Hofiz ibn Madiyniyning
kitobi, shuningdek, Ibn Abiy Hotamning kito

bi, lekin ularning eng mukammali

Hofiz imom Doraqutniyning kitobidir”

8

. Imom Zahabiyning aytishicha “agar hozirda

mavjud “Ilal” kitobini imom Doraqutniy yoddan yozgan bo‘lsa, bu juda ham buyuk
ish va bu sababli u insonni dunyoning eng hifzi kuchli kishisi deb aytish mumkin”

9

.

Imom Doraqutniy hadislarning illatini bilish borasida keng ilmga ega bo‘lgan. U

kishining “Ilal” kitobi yuqorida aytib o‘tganimizdek illat borasida yozilgan avvalgi
va keyingi kitoblarning eng mukammalidir.

Ilal kitobining asli illati bor bo‘lgan hadislar bo‘yicha Doraqutniyga berilgan

turli xil savollardan iborat. Ko‘pincha Doraqutniy bu savollarga Alloh bildirganicha
ba’zida batafsil, ba’zida qisqa qilib javob bergan. Bularning barchasi izoh talab
qilinadigan o‘rinlarga bog‘liq. Bu hadislar «so‘raldi» bilan boshlanib, so‘ngra savolga
bog‘liq hadis bilan davom ettirilib, keyin esa uning davomidan «dedi» keltirilib,
to‘g‘ridan-to‘g‘ri javob beriladi.

Xulosa.

Ko‘rib turganingizdek Imom Doraqutniy hadis ilmi va unga bog‘liq

bo‘lgan ilmlarga tegishli bo‘lgan oltmishdan ziyod asarlarni yozib qoldirganlar. Bu
esa u zotning ilmga va uni tarqatishga bo‘lgan rag‘batlarining natijasi va samarasidir.

6

Shamsiddin Saxoviy. Fathul mug‘iys. Madina. 1938.y. J.2 B.343.

7

Ibni Hajar. Nuzhatun nazar. Madina.maktabatul ilmiya. B. 60.

8

Balqiyniy. Mahosinul istiloh. Dorul kutub. 1974.y.

9

Zahabiy. Siyaru a’lomin nubalo. Bayrut. Muassasatur risola. 1401 h. J.10. B.523.


background image

World scientific research journal

https://scientific-jl.com/wsrj

Volume-39_Issue-2_May-2025

116

E’tiboringizni yana bir bor kitoblarning sarlavhasi va mazmuniga qarating natijada
bu Imomning hadis, sanad, jarh va ta’dil borinki, aytib o‘tganimizdek hadisga bog‘liq
barcha ilmlarda tengi yo‘q bo‘lganini yana bir bor his qilasiz.

Foydalanilgan manba va adabiyotlar ro‘yxati

1.

Shayx Abdulaziz Mansur. Qur’oni Karim ma’nolarining tarjima va tafsiri. –
Toshkent.TIU, 2007.

2.

Shayh Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf. Oltin silsila. Hilol nashr. 2013.

3.

Shayh Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf. Hadis va Hayot.Toshkent-2008.

4.

Zoyfulloh Rohiyliy. Imom abul Hasan Doraqutniy va osoruhul ilmiyya. –PDF.
Variant 2000.

5.

Muhammad Kattoniy. Risolatul Mustatorrifa. –Bayrut. Dorul kitob
ilmiyya.1400h.

6.

Ibn Saloh.Ulumul hadis. –Misr. Dorul kitob.1974.

7.

Shamsiddin Saxoviy. Fathul mug‘iys. –Madina.1978.

8.

Ibn Nadim. Fihrasot. –Bayrut. Dorul ma’rifa.1398h

9.

Hoji Xalifa. Kashfuz zunun. –Dorus sa’odat. 1310h.

10.

Zahabiy. Siyari a’lomin nubalo. –Bayrut. Muassasatur risola.1401h.




References

Shayx Abdulaziz Mansur. Qur’oni Karim ma’nolarining tarjima va tafsiri. –Toshkent.TIU, 2007.

Shayh Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf. Oltin silsila. Hilol nashr. 2013.

Shayh Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf. Hadis va Hayot.Toshkent-2008.

Zoyfulloh Rohiyliy. Imom abul Hasan Doraqutniy va osoruhul ilmiyya. –PDF. Variant 2000.

Muhammad Kattoniy. Risolatul Mustatorrifa. –Bayrut. Dorul kitob ilmiyya.1400h.

Ibn Saloh.Ulumul hadis. –Misr. Dorul kitob.1974.

Shamsiddin Saxoviy. Fathul mug‘iys. –Madina.1978.

Ibn Nadim. Fihrasot. –Bayrut. Dorul ma’rifa.1398h

Hoji Xalifa. Kashfuz zunun. –Dorus sa’odat. 1310h.

Zahabiy. Siyari a’lomin nubalo. –Bayrut. Muassasatur risola.1401h.