Authors

  • Abdusattorov Mavlon Sherali o‘g‘li

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.wsrj.92749

Keywords:

Kalit so‘zlar: Bobo tog‘a amma ota-ona xotin qarindoshlik yaqinlik farzandlar urug‘chilik urf- odat madaniyat.

Abstract

Annotatsiya: Ushbu maqolada ingliz va o‘zbek tillaridagi qarindoshlik terminlari leksik-semantik xususiyatlari tilshunoslik nuqtai nazaridan tahlil qilish yoritilgan.

background image

World scientific research journal

https://scientific-jl.com/wsrj

Volume-39_Issue-1_May-2025

308

INGLIZ VA O‘ZBEK TILLARIDA QARINDOSHLIK TERMINLARINING

LEKSIK- SEMANTIK XUSUSIYATLARI

Abdusattorov Mavlon Sherali o‘g‘li

Samarqand davlat chet tillar instituti,

Lingvistika yo‘nalishi, 2-kurs magistranti

Annotatsiya:

Ushbu maqolada ingliz va o‘zbek tillaridagi qarindoshlik

terminlari leksik-semantik xususiyatlari tilshunoslik nuqtai nazaridan tahlil qilish
yoritilgan.

Kalit so‘zlar:

Bobo, tog‘a, amma, ota-ona, xotin, qarindoshlik, yaqinlik,

farzandlar, urug‘chilik, urf- odat, madaniyat.

Abstract:

This article discusses the analysis of the lexical-semantic properties

of kinship terms in English and Uzbek from a linguistic perspective.

Keywords:

Grandfather, uncle, aunt, parents, wife, kinship, closeness, children,

lineage, tradition, culture.


Har bir tilning leksik qatlami uning fonetik va morfologik qurilishiga nisbatan

o’zgaruvchan bo’lib, asrlar osha har bir davrga xos o’zgarishlarni o’zida aks ettira
boradi. Lekin qarindoshlik terminlari leksikaning boshqa terminlariga nisbatan
turg’un va konservativ bo’lib, ma`nodagi siljishlar/ torayish, kengayish/ni hisobga
olmaganda yaratilgan davrdagi shakllarini deyarli saqlab qolgan.

Tilshunos olimlarning tadqiqot natijalariga ko’ra, ibtidoiy jamiyatning

dastlabki bosqichlarida qarindoshlik terminlari umumiy tushuncha ( katta, ulug’,
buyuk ayol yoki erkakligini farqlamay) ma’nosini ifodalab, so’ng hayot
taraqqiyotining ma’lum davrlaridan so’ng ular differensiyalasha borgan.
Qarindoshlik terminlarining umumiylikdan xususiylikka qarab bo’lgan harakati
ingliz va o‘zbek tillari materiallarida ham o’z ifodasini topgan. Qarindoshlik
terminlarini bu ikki tilda qiyoslab o‘rganib chiqamiz.

OTA/ FATHER

. Ota termini o’zbek adabiy tili va uning shevalarida

bo’lganidek, boshqa tillarda ham keng qo’llanuvchi ota terminidan anglatgan
ma’nosi farq qilmagan holda, fonetik farqi bilan ajralib turadi. Etimologiyaga
bag’ishlangan ilmiy adabiyotlarda

ata, dada

qarindoshlik terminlari haqida turli xil

fikr-mulohazalar bayon qilingan. Jumladan,

ata, ada, dada

variantlari bilan to//ta

so’zi asosida yaratilgan. Tarixan to// ta so’zi qarindoshlik munosabatini ifodalamay,
katta, ulug’, buyuk ma’nolarini anglatgan va yillar osha qarindoshlik termini
maqomini kasb etgan.

Ingliz tilida

Father

termini qadimgi german tillaridagi

fadar,vater

(nemischa)

va hatto sanskrit tilidagi

pitar

so‘zlariga borib taqaladi. Ingliz tilida

father


background image

World scientific research journal

https://scientific-jl.com/wsrj

Volume-39_Issue-1_May-2025

309

terminining turli shakllarini

father, dad, daddy,papa, old man

ko‘rishimiz mumkin.

Father

termini bolaning erkak biologik otasi, diniy etakchi, millat yoki biror harakat

asoschisi kabi ma’nolarni anglatadi.

ONA/ MOTHER

. O’zbek qarindoshlik sistemasida va uning shevalarida ona

termini ana /opa / va ena /anna/ ma’nosida keng qo’llaniladi. Ana termini fonetik
qurilishi va anglatgan ma’nosiga ko’ra qadimgi yozma yodgorliklarda qayd qilingan
ana terminiga mos keladi. Lekin, o’zbek tili va uning sheva xususiyatlariga ko’ra,
uning turli xil variantlari yuzaga kelgan, shevalarda uning

ona, ana, enke, ene, buva,

ebe, aye

shakllari ishlatiladi.

Ingliz tilida

mother

qadimgi inglizcha

modor

so‘zidan kelib chiqqan. Ingliz

tilida

mother, mom,mum,mommy,mummy

shakllari keng qo‘llanadi.

BOBO/ GRANDFAHTER

. Adabiy tilda ota va onalarning otalarini

ifodalovchi bobo buva tushunchasi o‘zbek shevalarida

oppoqdeda, oppo: dada ,

opo: da, oppodda

kabi termin variantlari bilan ifodalanadi. O‘zbek tilida saqlangan

variantlari ikki mustaqil qarindoshlik munosabatlarini ifodalovchi aba+dada
terminlarini birikuvidan iborat bo`lib, rang tus ifodalovchi oq leksemasi sifatida
emas, balki, yillar osha ular so`z formalarining torayishi qonuniga muvofiq

aba-

dada- apa dada- oppoda- oppo:da

shakliga kelib qolgan. Ta`kidlaganimizdek,

qarindoshlik terminlarini jinsiy farqlash xususiyatlarini kasb eta bo`lmagandan
keyin bobo bilan momoni farqlash kerak bo`lganda, oppoq dada termini orqali
bobolarni, oppog` acha orqali momo ma`nosini anglata boshlagan. Shunday qilib
opa/ aba/ acha , dada terminlarining birikuvidan bir qator terminlari yasala
boshlangan.

Hozigi ingliz tilida bobo tushunchasi

grandfahter, granddad, grandpapa

kabi

so‘zlar bilan ifodalanadi.

Grandfahter

xuddi o‘zbek tilidagidek ingliz tilida ham ota

yoki onaning otasi, ya’ni bobosi degan ma’noni anglatadi. Ingliz tilida

grandfather

so‘zi ikki qismdan iborat:

Grand

(eski fransuzcha

grant-

“katta, muhim”),

Fahter

(eski inglizcha fader- “ota”) bu so‘z taxminan XV asrda ingliz tiliga kirib kelgan
va asl ma’nosi “katta ota”, ya’ni “ otamning yoki onamning otasi” sifatida
shakllangan.

TOG`A/UNCLE.

O`zbek adabiy tilida tog`a qarindoshlik termini, boshqa

tillarda bo`lganidek, anglatgan ma`nosiga ko`ra turg`un hisoblanib, onaning akasi –
ukalarini ifodalash uchun ishlatiladi. Tog‘a terminining etimologiyasi haqida ham
olimlar turli xil fikr mulohazalarni bayon qilishgan. L.A. Pokorovskayani fikricha,
turkiy tillardagi tog`a terminini fonetik variantlari bosqichma- bosqich shakllangan
bo`lib, uning tadrijiy takomili:

ta`ga – tag`ay// daay- day- dayin- dayi

yo`nalishi

bo`ylab yuzaga kelgan. Bularning variantlari tog`a bo`lishi mumkin. Lekin yillar
osha jamiyatdagi formatsiyalarning o`zgarishi, qarindoshlik davrasining kengayib
borishi ota va ona tomonidagi qarindoshlarini bir-biridan farqlash, jinsiy ajratib


background image

World scientific research journal

https://scientific-jl.com/wsrj

Volume-39_Issue-1_May-2025

310

atash zarurati sezila borishi bilan har bir avlodni o`z nomi bilan atash kerak
bo`lgan.Ana shu hayotiy zarurat asosida ota bilan undan katta aka- ukalarni farqlash
uchun to- ota so`ziga sifat hamda ravish turkumlariga mansub g`an katta, ulug`, ko`p
ma`noosini ifodalaydigan so`zni qo`shib ,yangi qarindoshlik terminini yasalgan:
to+g`an “katta ota”, “otaning katta akasi” ma`nosini anglatgan. Shunisi xarakterliki,
yuqorida qilingan tillar bazasida to+gan shaklida yaratilgan termin oxiridagi /N/
tushirilib talaffuz etilishi ham qayd etilgan.

Hozirgi ingliz tilida

uncle (father’s brother)

“otaning akasi yoki ukasi” va

uncle

(mother’s brother)

“onaning akasi yoki ukasi” leksemalari ma’nolarida ishlatiladi,

bu ham keksa kishiga murojaat shakli bo‘lib, og‘zaki dialektlarda ifodalanadi.

Uncle

so‘zi lotincha “avunculus” so‘zidan kelib chiqqan bo‘lib, “kichik aka” yoki “kichik
ota” degan ma’noni anglatadi.

AMMA/AUNT

termini qadimda, umuman, ona – ayol momo, buvi ma`nolarini

anglatgan, ebe- ene // ene-eme terminlari asosida shakllangan. Faqat tarixiy aba-
ama// ene // ama shakliga boshqa turkiy tillarda bir (m) tovushi qo`shilgan holda
qo`llagan va o`zbek tilida ham “otaning opa-singillari” ma`nosida ifodalash
ma`nosini kasb etgan. Dunyo tillarida, umuman, o‘zbek tilida, xususan, qarindoshlik
terminlarining umumiy ma`nosini anglatishdan xususiy, yakka shaxs ma`nosini
ifodalashga o`tishi olimlar tomonidan tan olingan.

O`zbek tilining bu xususiyati faqat fonetik va morfologik xususiyatlaridangina

emas, balki, uning lug`at fondi asosini tashkil etuvchi leksik qatlamida ham o`z
ifodasini topgan.

Ingliz tilida

aunt

termini xola va amma ma‘nolarini ifodalaydi.

Aunt

so‘zi

qadimgi fransuzcha “ante” yoki “antece” so‘zidan kelib chiqqan. Fransuz tilidagi bu
so‘z esa o‘z navbatida lotincha “amita” (ya’ni ona tomonidan xola yoki amma)
so‘zidan olingan. Demak, lotincha “amita”, fransuzcha “ante”, inglizcha “aunt”
ko‘rinishida rivojlangan.

XOTIN/WIFE.

Qadimgi davrdagi xotin termini hozirgi anglatgan o`zbek

adabiy tilidagi variantlari bilan dastlabki anglatgan ma`nosidan tamoman uzoqlashib
ketgan va boshqa xotin ma`nosini kasb etib qolgan.

Avvalgi boblarda o'zbek va ingliz tillarining gorizontal va vertikal

yo'nalishdagi

chiziqlarida

ayol

jinsidagi

qarindoshlik

mantiqiy-lisoniy

kategoriyasining funktsional-semantik mikrotizimlari (FSMT) ma'nolariga xos
ekspressiv vositalar tizimi ko'rib chiqildi. Ushbu kategoriyaga tegishli FSMT
tarkibiy qismlari qiymatlarining ekspressiv vositalarini tahlil qilganda, har bir FSMT
tarkibiy qismlari qiymatlari odamlar o'rtasidagi munosabatlarda ayol va neytral jinsli
qarindoshlik ma'nolarini bildiruvchi ma'lum korrelyatsion atamalar bilan bog'liqligi
aniqlandi.


background image

World scientific research journal

https://scientific-jl.com/wsrj

Volume-39_Issue-1_May-2025

311

“Yaqinlik” mantiqiy kategoriyasi ma'nosi bir nechta leksemalar semantik

tarkibida kuzatiladigan turlardan biri bo'lib, ularning umumiyligi har bir til
lug'atidagi biron bir funktsional-semantik mikrotizimning o'ziga xos xususiyatini
namoyon etadi.

Shuni ta'kidlash kerakki, “yaqinlik” va “qarindoshlik” tushunchalari o'rtasida

tarkiban ma'lum bir o'xshashlik mavjud. Shuning uchun qarindoshlik atamalari
tizimini o'rganishga bag'ishlangan ishlarda “yaqinlik” tushunchasi “qarindoshlik”
deb ham qaralgan va yaqinlikni ifodalovchi vositalarni qarindoshlikni ifodalovchi
vositalar sifatida ko'rib chiqilgan. Ammo yaqinlik va qarindoshlik munosabatlari
tushunchalari lug'atda boshqa-boshqa semantik tarkib hodisalaridan sanaladi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati:

1. Ismoilov.I Turkiy tillarda qavm-qarindoshlik terminlari. Toshkent “Fan” 1966.

2. Muxamadieva Z. A. (2012). Ingliz va tojik tillarida nikoh munosabatlari

atamalarining qiyosiy tahlili: Dis Qad. filol. Fanlar: 10.02.20. Dushanbe, 142 s.

References

Ismoilov.I Turkiy tillarda qavm-qarindoshlik terminlari. Toshkent “Fan” 1966.

Muxamadieva Z. A. (2012). Ingliz va tojik tillarida nikoh munosabatlari atamalarining qiyosiy tahlili: Dis Qad. filol. Fanlar: 10.02.20. Dushanbe, 142 s.