Annotatsiya: Mazkur maqolada umumtaʼlim maktab o‘quvchilarining intellektual qobiliyatlarini rivojlantirishda musiqa fanining tutgan o‘rni hamda uning psixologik-pedagogik asoslari yoritiladi. Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasida belgilangan ustuvor yo‘nalishlar – ya’ni ta’lim sifatini oshirish, ijodiy va intellektual salohiyatli yoshlarni tarbiyalash, madaniyat va san’at sohalarini rivojlantirish kabi vazifalar doirasida musiqa fanining o‘quvchilarning tafakkuri, eslab qolish, e’tibor va ijodiy fikrlash qobiliyatlariga ko‘rsatadigan ijobiy ta’siri tahlil etiladi. Shuningdek, maqolada musiqa darslarining metodik tashkiloti, pedagogik yondashuvlar va innovatsion usullar asosida intellektual rivojlanishga qo‘shgan hissasi haqida fikr yuritiladi.