World scientific research journal
https://scientific-jl.com/wsrj
Volume-39_Issue-1_May-2025
43
O'ZBEKISTONDA ART TURIZMNING RIVOJLANISH TAHLILI
Toshkent Kimyo Xalqaro Universiteti
Turizm fakulteti 3 bosqich talabalari
Nurmatova Xurshida Baxodir qizi
ORCID: 0009-0000-0223-8491
Xolmurodova Laylo Nurali qizi
ORCID:0009-0000-3606-0679
Annotatsiya:
Ushbu maqolada O‘zbekistonda art turizmining rivojlanishi, uning
madaniy va iqtisodiy jihatlari tahlil qilinadi. Art turizmi – sayyohlarni milliy san’at,
me’moriy yodgorliklar, zamonaviy ijodiy makonlar, hunarmandchilik va festivallar
orqali jalb qiluvchi turizm turi bo‘lib, mamlakatning jahon turizm bozoridagi o‘rnini
mustahkamlashda muhim rol o‘ynaydi. Tadqiqotda art turizmining O‘zbekistondagi
holati, uning rivojlanishiga ta’sir etuvchi omillar hamda davlat tomonidan amalga
oshirilayotgan islohotlar tahlil qilinadi. Xususan, O‘zbekiston Respublikasi
Prezidentining turizmni rivojlantirishga oid qarorlarining art turizmga ta’siri va uning
istiqbollari ko‘rib chiqiladi. Tadqiqot natijalari art turizmining O‘zbekiston
iqtisodiyotiga ta’sirini oshirish, mahalliy san’atkor va hunarmandlarga yangi
imkoniyatlar yaratish hamda mamlakatning madaniy merosini keng targ‘ib qilish
uchun tavsiyalarni o‘z ichiga oladi.
Kalit so‘zlar:
art turizmi, madaniy meros, hunarmandchilik, me’morchilik,
turizm industriyasi, O‘zbekiston.
Abstract:
This article analyzes the development of art tourism in Uzbekistan and
its cultural and economic aspects. Art tourism is a form of tourism that attracts visitors
through national art, architectural monuments, modern creative spaces, handicrafts,
and festivals, playing a key role in strengthening the country’s position in the global
tourism market. The study examines the current state of art tourism in Uzbekistan, the
factors influencing its development, and the reforms implemented by the government.
In particular, the article reviews the impact of presidential decrees on tourism and
their significance for the future of art tourism. The results of the research provide
recommendations for increasing the economic impact of art tourism, creating new
opportunities for local artists and craftsmen, and promoting the country's cultural
heritage more broadly.
World scientific research journal
https://scientific-jl.com/wsrj
Volume-39_Issue-1_May-2025
44
Keywords:
art tourism, cultural heritage, handicrafts, architecture, tourism
industry, Uzbekistan.
Аннотация:
В данной статье анализируется развитие арт-туризма в
Узбекистане, а также его культурные и экономические аспекты. Арт-туризм —
это вид туризма, привлекающий туристов через национальное искусство,
архитектурные памятники, современные творческие пространства, ремесла и
фестивали. Он играет важную роль в укреплении позиции страны на мировом
туристическом рынке. В исследовании рассматриваются текущее состояние
арт-туризма в Узбекистане, факторы, влияющие на его развитие, а также
реформы, проводимые государством. Особое внимание уделяется влиянию
президентских решений, направленных на развитие туризма, на арт-туризм и
его перспективы. Результаты исследования содержат рекомендации по
повышению влияния арт-туризма на экономику Узбекистана, созданию новых
возможностей для местных художников и ремесленников, а также
продвижению культурного наследия страны.
Ключевые слова:
арт-туризм, культурное наследие, ремесленничество,
архитектура, туристическая индустрия, Узбекистан.
KIRISH
Hozirgi kunda sayohatchilar faqat dam olish yoki ko‘ngilochar maqsadlarda
emas, balki madaniy va estetik zavq olish uchun ham sayohat qilishmoqda. Shunday
turizm turlaridan biri bu — art turizm, ya'ni san’atga asoslangan sayohatlar. Bu
yo‘nalish rassomchilik, haykaltaroshlik, teatr, muzeylar, madaniyat festivallari kabi
san’at shakllarini o‘rganish va tomosha qilish orqali sayyohlarga yangi tajribalar
taqdim etadi. Ushbu maqolada art turizmning mohiyati, tarixi, rivojlanish darajasi
hamda O‘zbekistonda qanday qonunchilik asosida tartibga solinishi haqida so‘z
yuritamiz.
Art turizm – bu san’at va madaniyat bilan bog‘liq joylarga tashrif buyurish orqali
estetik tajriba orttirishni maqsad qilgan turizm turi hisoblanadi. Bunga mashhur
muzeylar, san’at galereyalari, teatrlar, san’at festivallari va tarixiy yodgorliklar kiradi.
Ushbu turizm yo‘nalishi nafaqat madaniy bilimni oshiradi, balki shaxsiy zavq va
ruhiy qoniqish beradi.
Art turizmning ildizlari qadimgi davrlarga borib taqaladi. Misr, Yunoniston va
Rim imperiyalarida ham sayohatchilar diniy va san’at yodgorliklarini tomosha qilish
uchun safar qilishgan. Ammo zamonaviy art turizm XIX–XX asrlarda shakllandi,
ayniqsa, Evropada san’at muzeylari va galereyalarning ochilishi bilan bu yo‘nalish
keng ommalashdi.
Art turizmni o‘rgangan olimlar orasida Greg Richards, Crispin Raymond,
Melanie K. Smith kabi tadqiqotchilar mavjud. Ular art turizmning ta’siri, madaniy
almashinuvdagi roli va turizm sanoatidagi o‘rni haqida ilmiy izlanishlar olib
World scientific research journal
https://scientific-jl.com/wsrj
Volume-39_Issue-1_May-2025
45
borishgan. Bu yo‘nalishda ko‘plab dissertatsiyalar, maqolalar va tahliliy ishlar
yozilgan. (Greg Richards, 2000-yil)
Art turizm eng ko‘p rivojlangan davlatlar qatoriga Fransiya (Parij – Louvre),
Italiya (Rim, Florensiya), Ispaniya (Madrid, Barselona), AQSH (Nyu-York – MoMA)
va Yaponiya kiradi. Ushbu davlatlar o‘zlarining boy san’at merosi, xalqaro
ko‘rgazmalari, san’at festivallari bilan mashhur. Masalan, Italiyada yiliga millionlab
sayyohlar Leonardo da Vinchining asarlarini ko‘rish uchun kelishadi.
O‘zbekistonda art turizmni rivojlantirish borasida qator hujjatlar qabul qilingan.
Jumladan, 2021-yil 26-yanvardagi Prezident qarorida madaniy meros obyektlarini
saqlash, san’at festivallarini rivojlantirish va turizm bilan bog‘lash bo‘yicha chora-
tadbirlar belgilangan. Shuningdek, “Yangi O‘zbekiston – yangi turizm”
konsepsiyasida art turizmni qo‘llab-quvvatlash asosiy yo‘nalishlardan biri sifatida
ko‘rsatib o‘tilgan .
Dunyo bo‘yicha 2023-yilda art turizm sohasida 280 millionga yaqin sayyohlar
madaniy-ma'rifiy yo‘nalishlarda safar qilgan. UNESCO ma’lumotlariga ko‘ra, san’at
festivallari va muzeylarga tashrif buyurish soni oxirgi 5 yilda 35% ga oshgan.
O‘zbekistonda esa 2022-yilda art va madaniy turizmga oid tadbirlarda qatnashgan
sayyohlar soni 1 milliondan oshgan.
Ushbu maqolaning asosiy maqsadi — art turizmning ahamiyatini ochib berish,
uning tarixiy va zamonaviy rivojlanishiga baho berish, O‘zbekistondagi huquqiy
asoslarini tahlil qilish va yoshlarni ushbu turga qiziqtirishdir. Bundan tashqari, art
turizm orqali madaniyatlararo muloqotni mustahkamlash va milliy madaniyatimizni
dunyoga tanitish yo‘llarini ko‘rsatish ham ushbu maqolaning muhim jihatlaridan
biridir.
Metadalogiya
Ushbu ilmiy maqolani tayyorlashda sifat va miqdoriy tadqiqot metodlaridan
kompleks ravishda foydalanildi. Asosiy e'tibor O‘zbekistonda art turizmining
rivojlanish tendensiyalarini o‘rganish va uning istiqbollarini aniqlashga qaratildi.
Tadqiqot quyidagi bosqichlarda amalga oshirildi:
Adabiy manbalarni tahlil qilish: Art turizmi konsepsiyasi, uning tarixi va
rivojlanish jarayoniga oid xalqaro va milliy adabiyotlar, ilmiy maqolalar, qonunchilik
hujjatlari o‘rganildi.
Normativ-huquqiy
hujjatlarni tahlil qilish: O‘zbekiston Respublikasi
Prezidentining farmonlari va qarorlari, hukumat dasturlari va rasmiy statistik
ma'lumotlar asosida art turizmi sohasidagi siyosiy va huquqiy asoslar tahlil qilindi.
Obyekt sifatida tanlangan Art Gallery of Uzbekistan faoliyati o‘rganildi:
Galereyaning madaniy va turistik ahamiyati, u tomonidan tashkil etilgan
ko‘rgazmalar va ularning xalqaro va mahalliy turizmga ta’siri tahlil qilindi.
World scientific research journal
https://scientific-jl.com/wsrj
Volume-39_Issue-1_May-2025
46
Statistik ma'lumotlarni o‘rganish: O‘zbekiston Davlat Statistika qo‘mitasi va
Turizm va madaniy meros vazirligining so‘nggi yillardagi rasmiy statistik
ma'lumotlari asosida tahlil va dinamik o‘zgarishlar ko‘rib chiqildi.
Takliflar ishlab chiqish: Olingan ma'lumotlar asosida O‘zbekistonda art
turizmini rivojlantirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar va strategik takliflar ishlab chiqildi.
Maqola davomida ilmiy obyektivlik, tizimli tahlil va mukammal xulosalar berish
prinsiplari asos qilib olindi.
Adabiyotlar tahlili
Maqola tayyorlanish jarayonida art turizmi bilan bog‘liq bo‘lgan ilmiy va amaliy
adabiyotlar keng o‘rganildi. Tahlil qilingan adabiyotlar quyidagi guruhlarga ajratildi:
Xalqaro manbalar:
Art turizmning nazariy asoslari, jahon tajribasi va rivojlanish tendensiyalari
bo‘yicha taniqli tadqiqotchilar – R. Smith, C. Richards, G. Hughes va boshqa
olimlarning ilmiy maqola va monografiyalari o‘rganildi. Bu manbalar art turizmini
madaniy va iqtisodiy hodisa sifatida tahlil qilish imkonini berdi.
Milliy manbalar:
O‘zbekistonlik olimlar, xususan, turizm va madaniyat sohasida tadqiqot olib
borgan Abdug‘aniyev, M. Islomov va Z. Qosimovaning ishlaridan foydalanildi.
Ushbu manbalar O‘zbekistonda art turizmining shakllanishi va rivojlanishi haqida
tahliliy ma’lumotlar berdi.
Normativ-huquqiy hujjatlar:
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Turizmni rivojlantirish to‘g‘risida”gi
farmonlari, hukumat qarorlari, Turizm va madaniy meros vazirligi tomonidan qabul
qilingan strategik dasturlar tahlil qilindi. Ushbu hujjatlar orqali art turizmi
rivojlanishini tartibga soluvchi siyosiy-ijtimoiy asoslar o‘rganildi.
Statistik va rasmiy ma’lumotlar:
O‘zbekiston Respublikasi Davlat Statistika qo‘mitasi, Turizm va madaniy meros
vazirligining hisobotlari, shuningdek, “Uzbekistan Art and Culture Development
Foundation” tomonidan e’lon qilingan ma’lumotlardan foydalanildi. Statistika
ma’lumotlari art turizmi rivojlanishining amaliy ko‘rsatkichlarini aniqlashda yordam
berdi.
Obyekt – Art Gallery of Uzbekistan haqida manbalar:
Galereyaning rasmiy sayti, turli ko‘rgazmalar haqidagi hisobotlar, matbuotda
chiqqan intervyu va sharhlar tahlil qilindi. Bu orqali galereyaning art turizmda tutgan
o‘rni va amaliy faoliyati yoritildi.
Tahlil natijalari maqola mavzusi doirasida asosli xulosalar chiqarish va amaliy
takliflar berishga xizmat qildi.
World scientific research journal
https://scientific-jl.com/wsrj
Volume-39_Issue-1_May-2025
47
ASOSIY QISM
O‘zbekiston — Markaziy Osiyoning yuragida joylashgan, boy madaniy meros
va ko‘p qirrali san’atga ega mamlakat sifatida art turizmi sohasida katta salohiyatga
ega. Ayni paytda O‘zbekistonda 7 ta UNESCO Butunjahon merosi ro‘yxatiga
kiritilgan obidalar mavjud: Samarqand, Buxoro, Xiva kabi shaharlardagi yodgorliklar
sayyohlar e’tiborini tortib kelmoqda. Bu holat mamlakatning madaniy brendi va art
turizm markazi sifatidagi mavqeini mustahkamlab bormoqda.
Shuningdek, noyob tabiiy landshaftlar — Qizilqum cho‘li, Farg‘ona vodiysi,
Tyan-Shan tog‘ tizmasi — turizmni yanada ko‘lamli tarzda rivojlantirishga imkon
beradi. 2023-yilda 6,6 million xorijiy turistning tashrifi (2022-yilga nisbatan 26,6
foizlik o‘sish) mamlakatda turizm infratuzilmasining takomillashayotganidan va
mavjud imkoniyatlar samarali ishga solinayotganidan dalolat beradi.
Art turizmni rivojlantirish bo‘yicha qator hujjatlar qabul qilingan. Jumladan:
PF-5611-sonli Prezident Farmoni (2019-yil) asosida mehmonxonalar uchun
soliq imtiyozlari, san’at va madaniyat obyektlari joylashgan hududlarda
infratuzilmani modernizatsiya qilish bo‘yicha ustuvor yo‘nalishlar belgilandi.
"Yangi O‘zbekiston – 2026" strategiyasi doirasida turizm xizmatlari eksportini
3 baravar oshirish vazifasi belgilandi, bu esa bevosita san’at va madaniyat
yo‘nalishlarini ham qamrab oladi.
Ijodiy sanoatlarni rivojlantirish dasturi (2023-yil) doirasida san’at galereyalarini
qo‘llab-quvvatlash uchun 50 million dollar grant mablag‘i ajratildi.
Bu yondashuvlar art turizmini madaniy siyosatning ajralmas qismiga
aylantirmoqda.
O‘zbekistonda art turizmi ayniqsa urban hududlarda rivojlanmoqda. Quyidagi
muhim obyektlar bunga yorqin misol bo‘la oladi:
Toshkent shahri san’at markazi sifatida shakllanmoqda. Bu yerda joylashgan Art
Gallery of Uzbekistan zamonaviy art-turizmning markaziy obyekti bo‘lib, doimiy
ekspozitsiyalar bilan bir qatorda xalqaro san’at ko‘rgazmalariga mezbonlik qiladi.
Shuningdek, Tasviriy san’at muzeyi, CCB Art Factory kabi platformalarda har
yili 20 dan ortiq ko‘rgazmalar tashkil etiladi.
Samarqandda ilk bor 2024-yilda o‘tkazilgan Xalqaro zamonaviy san’at
biennalesi 30 dan ortiq mamlakat ishtirokidagi global madaniy muloqot maydoniga
aylandi.
Nukusdagi I.V. Savitskiy nomidagi Davlat san’at muzeyi esa o‘zining ikkinchi
eng yirik rus avangardi kolleksiyasi bilan tanilgan bo‘lib, art turizmdagi noyob
brendga aylangan.
Bu ob’ektlar milliy san’atni global auditoriyaga taqdim etishda muhim vositaga
aylangan.
Art turizm O‘zbekistonda nafaqat madaniyatni ommalashtirish, balki
iqtisodiyotga ham sezilarli hissa qo‘shmoqda. Turistlar oqimining ko‘payishi
World scientific research journal
https://scientific-jl.com/wsrj
Volume-39_Issue-1_May-2025
48
mahalliy ishlab chiqaruvchilar, hunarmandlar, restoran va mehmonxonalar
tarmog‘iga ijobiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Bundan tashqari, madaniy tadbirlar orqali
yoshlarning san’atga qiziqishi oshib, bu sohadagi innovatsion loyihalar ko‘paymoqda
Turizm uchun mavjud shart-sharoitlar
O‘zbekistonda turizm sohasini jadal rivojlantirishga qaratilgan davlat siyosati
natijasida so‘nggi yillarda infratuzilma, xizmatlar sifati, logistika tizimi va yuridik
asoslar sezilarli darajada takomillashdi. Mamlakatning ochiqlik siyosati,
soddalashtirilgan viza rejimi, hamda “turistga do‘stona” muhit yaratish borasida
amalga oshirilgan islohotlar art turizmi kabi yuqori darajadagi madaniy yo‘nalishlar
uchun ham zamin yaratdi.
Logistika va infratuzilma:
Xalqaro aviatashuvlar – Toshkent, Samarqand, Buxoro va Urganch xalqaro
aeroportlarida yangi terminal va xizmatlar joriy qilindi. Toshkentdan dunyoning 30
dan ortiq davlatiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslar mavjud. Ichki transport – “Afrosiyob”
tezyurar poyezdlari orqali Samarqand, Buxoro, Qarshi, Termiz kabi shaharlarga tez
va qulay yetib borish mumkin. Bu art ob’ektlar joylashgan shaharlarga kirishni
osonlashtiradi.
Turar joy tizimi – 2023-yil yakuniga kelib O‘zbekistonda ro‘yxatdan o‘tgan
mehmonxona va hostel soni 1600 dan oshdi. Xorijiy investorlar tomonidan ochilgan
xalqaro brendlar — Hilton, Hyatt, Radisson — turizm infratuzilmasining yuqori
darajasini ko‘rsatadi.
Yuridik va me’yoriy asoslar:
2021-yil 9-fevraldagi Prezident farmoni (PF–6165-son) – Turizm sohasini
yanada rivojlantirish strategiyasi;
Turizm kodeksi loyihasi – 2022-yilda muhokamaga qo‘yilgan va bugungi kunda
bosqichma-bosqich amaliyotga joriy etilmoqda;
O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va Turizm vazirligi tashkil qilinishi — art
turizmni yakkama-yakka tartibda ilgari surish imkoniyatini yaratdi.
Raqamli xizmatlar va qo‘llab-quvvatlovchi platformalar:
E-VISA portali – ko‘plab xorijiy fuqarolar uchun elektron vizani olish imkonini
beradi;
Uzbekistan.travel, Afisha.uz, Spot.uz – art tadbirlar, muzeylar va ko‘rgazmalar
haqidagi yangiliklarni doimiy yoritib boradi;
GuideBot, QR-code tizimi – Toshkent, Buxoro va Samarqand kabi shaharlarda
turistik ob'ektlar bo‘yicha interaktiv yo‘riqnoma sifatida ishlaydi.
Madaniy muhit va san’at ob’ektlariga kirish imkoniyati:
Toshkent shahridagi Hirayama Ikuo San’at Galereyasi, O‘zbekiston Davlat
San’at muzeyi, Toshkent fotosuratlar uyi, hamda yangi ochilgan art maydonlar
(gallery.lab, ZeroLine, Bonum Factum) orqali turli toifadagi art ishqibozlari va
sayyohlar uchun esda qolarli muhit yaratilmoqda.
World scientific research journal
https://scientific-jl.com/wsrj
Volume-39_Issue-1_May-2025
49
Talabalar, yosh rassomlar, va ijodkorlar uchun Ijodiy haftaliklar (Tashkent
Design Week, Art Week Uzbekistan) kabi yirik tadbirlar o‘tkaziladi. Bular art turizmi
uchun asosiy tayanch nuqtalar hisoblanadi.
Art Gallery of Uzbekistan’ning art turizmdagi ahamiyati
O‘zbekiston Respublikasida art turizm so‘nggi yillarda jadal rivojlanib, madaniy
merosni saqlash, targ‘ib qilish va turistlar uchun yangi tajriba maydoni sifatida muhim
ahamiyat kasb etmoqda. Bu yo‘nalishda zamonaviy san’at markazlari, jumladan, Art
Gallery of Uzbekistan alohida o‘rin tutadi.
Art Gallery of Uzbekistan 2004-yilda Toshkent shahrida ochilgan bo‘lib,
Mustaqillik shohko‘chasida, shaharning markaziy hududida joylashgan. Galereya 3
500 kvadrat metrdan ortiq maydonga ega, zamonaviy ekspozitsiya zallari va
interaktiv muhit bilan jihozlangan. Bu galereyada har yili o‘nlab mahalliy va xalqaro
ko‘rgazmalar, tanlovlar, master-klasslar va forumlar o‘tkaziladi. Bunday tadbirlar art
turizmni rivojlantirish, madaniy muloqot va xalqaro hamkorlikni mustahkamlashga
xizmat qilmoqda.
So‘nggi yillarda O‘zbekistonda turizm sohasiga katta e’tibor qaratilib, yangi
yo‘nalishlar va loyihalar amalga oshirilmoqda. 2023-yilda xorijiy turistlar soni 6,6
milliondan oshdi, turistik xizmatlar eksporti esa 2 milliard dollardan ortdi. Bu
ko‘rsatkichlar art turizm va madaniy tadbirlarga bo‘lgan qiziqish ortib borayotganini
tasdiqlaydi.
World scientific research journal
https://scientific-jl.com/wsrj
Volume-39_Issue-1_May-2025
50
Art Gallery of Uzbekistan zamonaviy o‘zbek san’atini xalqaro maydonga olib
chiqish, yosh va iqtidorli rassomlarni qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, Toshkentning
turistik jozibadorligini oshirishda muhim platformaga aylangan. Galereya faoliyati
orqali nafaqat san’at asarlarini tomosha qilish, balki ularni chuqur anglash, san’at
orqali yangi tajriba va madaniy aloqalar shakllantirish imkoniyati yaratilmoqda.
Xulosa qilib aytganda, Art Gallery of Uzbekistan art turizmning rivojlanishida,
zamonaviy san’atni targ‘ib qilish va O‘zbekistonni global madaniy maydonda
tanitishda yetakchi markazlardan biri sifatida faoliyat yuritmoqda
O‘zbekistonda art turizmni rivojlantirish bo‘yicha takliflar
1. Milliy san’at galereyalari infratuzilmasini modernizatsiya qilish
Zamonaviy texnologiyalar: QR-kodli ma’lumotlar, audio-gidlar va virtual
ko‘rgazmalarni joriy etish (CEDR.uz ma’lumotlariga ko‘ra, 8 mingdan ortiq madaniy
meros obyektlaridan foydalanish rejalashtirilgan).
Interaktiv muhit: Raqamli ekranlar va yoritish tizimlari orqali san’atni turistlar
uchun qulayroq qilish (2026-yilga qadar “turizm mahallalari” sonini 175 taga
yetkazish maqsadi).
2. Raqamli marketing strategiyasini ishlab chiqish
Kontent ishlab chiqish: Art Gallery of Uzbekistan ko‘rgazmalari haqida video
turlar va rassomlar intervyularini TripAdvisor va UNESCO platformalarida targ‘ib
qilish.
Ijtimoiy tarmoqlar: Instagram va YouTube orqali san’at loyihalarini global
auditoriyaga yetkazish (2023-yilda 6,6 million xorijiy turist tashrifi statistikasi
asosida).
3. Xalqaro festivallar va biennialarni tashkil etish
Madaniy brend: “Art Week Tashkent”ni yillik xalqaro festivalga aylantirish,
O‘zbek-Yaponiya hamkorlik ko‘rgazmalarini kengaytirish.
Biennale: Samarqand va Nukusda zamonaviy san’at biennalelarini tashkil qilish
(UNESCO ro‘yxatidagi obidalar bilan integratsiya).
4. Turizm agentliklari bilan hamkorlikni kuchaytirish
Art-pack xizmatlari: San’at galereyalarini “Toshkent-Samarqand-Nukus”
madaniy marshrutiga kiritish (2030-yilga qadar 3 million ziyorat turistini jalb qilish
rejasi).
Master-klasslar: Rassomlar ustaxonasida amaliy darslar va suvenir ishlab
chiqarishni taklif qilish.
5. Xalqaro press-turlar va influenserlar ishtirokini ta’minlash
Media hamkorlik: BBC, National Geographic kabi kanallar uchun “O‘zbekiston
san’ati” hujjatli filmlarini ishlab chiqarish.
Blogerlar jalb qilish: Xalqaro san’atshunoslar va blogerlar uchun Art Gallery of
Uzbekistan’da maxsus turlar tashkil etish (2024-yilda “turizm vakillari” instituti joriy
etilishi rejalashtirilgan).
World scientific research journal
https://scientific-jl.com/wsrj
Volume-39_Issue-1_May-2025
51
Qo‘shimcha choralar:
Kadrlar tayyorlash: Madaniyat va turizm sohasida xalqaro standartlarga mos
mutaxassislar tayyorlash (Uza.uz ma’lumoti).
Investitsiyalarni jalb qilish: Xususiy sektor hamkorligida san’at loyihalari uchun
grantlar ajratish (2030-yilga qadar turizm eksportini 5 milliard $ ga oshirish maqsadi)
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 28-yanvardagi PQ–4169-
sonli “Turizm sohasini rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar
to‘g‘risida”gi Qarori.
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi PF–60-
sonli “2022–2026 yillarda yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi
to‘g‘risida”gi Farmoni.
3. O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi rasmiy veb-
sayti: https://www.motach.gov.uz
4. “O‘zbekiston Respublikasida turizmni rivojlantirish konsepsiyasi – 2030” hujjati.
5. O‘zbekiston Davlat Statistika qo‘mitasi: https://stat.uz — Turizm va
madaniyat bo‘yicha yillik statistik hisobotlar, 2023.
6. Art Gallery of Uzbekistan rasmiy sahifasi va kataloglari (2021–2024 yillar).
7. UNESCO. (2021). Culture and Creative Tourism Development Strategy. Paris:
United Nations Educational, Scientific and Cultural Organization.
8. Komilova, D. (2021). San’at va madaniyat asosida turizmni rivojlantirish
yo‘nalishlari. Toshkent Davlat iqtisodiyot universiteti ilmiy maqolalar to‘plami.
9. Karimov, S. (2022). O‘zbekistonda madaniy turizmning istiqbollari. “Ilm va
taraqqiyot” jurnali, 2-son.
10.
Greg Richards, C. R. (2000-yil). "Creative Tourism".
ATLAS News
, 23,
pp. 16–20.
11.Oʻzbekiston Respublikasi Turizm va madaniyat meros vazirligi hisobotlari
(2023).
12.Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlari.
13.UNESCOning Oʻzbekiston boʻyicha hisobotlari (2022–2023).
14.Kun.uz
15.Gazeta.uz