Authors

  • Azimov Azizbek Bafojonovich
  • Allamurodova Feruza Yoqubovna

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.wsrj.96400

Keywords:

Kalit so`zlar: jigar sirrozi gepatit profilaktik jigar

Abstract

Annotatsiya:  Ushbu  tezis  gepatitning  rivojlanishi,  qon  hujaylarining surunkali virusi haqida fikrlar bildirilgan.  Gaptit B virusi surunkali jigar kasalligi va jigar sirrozini yuzaga keltirish xavfi yuqoriligi sababli butun jahon miqyosida sog`liqni saqlash sohasidagi muhim ahamiyatga ega bo`lgan muammolardan biri hisoblanadi. 


background image

https://biti.uz/konferensiya/konferensiya2025/index.html

21 апреля 2025 г.

188

PERIFERIK QON HUJAYRALARIDA KUZATILADIGAN

O`ZGARISHLARNING SURUNKALI VIRUSLI GEPATIT BА ERTA

DIAGNOSTIKASI BILAN BOG`LIQLIGI

Ilmiy izlanuvchi: Azimov Azizbek Bafojonovich

Abu Ali Ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti

Biotibbiyot” fakulteti “Tibbiy biologiya” yo’nalishi 3-kurs talabasi

.

Ilmiy rahbar: Allamurodova Feruza Yoqubovna

Abu Ali Ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti

Gemtologiya va KLD kafedrasi assistenti.

Annotatsiya:

Ushbu tezis gepatitning rivojlanishi, qon hujaylarining

surunkali virusi haqida fikrlar bildirilgan. Gaptit B virusi surunkali jigar kasalligi

va jigar sirrozini yuzaga keltirish xavfi yuqoriligi sababli butun jahon miqyosida

sog`liqni saqlash sohasidagi muhim ahamiyatga ega bo`lgan muammolardan biri

hisoblanadi.

Kalit so`zlar

: jigar sirrozi, gepatit, profilaktik, jigar

KIRISH.

Jahon sog'liqni saqlash tashkilotining (JSST) 2024 yilgi Global

gepatit hisobotiga ko'ra, virusli gepatit tufayli o'lim soni ortib bormoqda, bu jahon

miqyosidagi o`limga olib keluvchi infeksion kasalliklar orasida ikkinchi o`rinni

egallaydi. JSSTning ma’lumotlariga ko`ra, 2030 -yilgacha ushbu ko`rsatkichni

kamaytirish maqsadiga erishish hali ham mumkin, faqatgina tez va samarali

choralar ko'rilishi kerak. Dunyoning 187 mamlakatidan olingan ma’lumotlarga

ko`ra, virusli gepatitlar sabab bo`lgan o'limlarning taxminiy soni 2019- yildan

2022-yilgacha 1,1 milliondan 1,3 milliongacha oshgan. Ulardan taxminan 83 foizi

gepatit B, 17 foizi gepatit C virusiga to`g`ri keladi. Har kuni 3500 kishi xalqaro

miqyosda ushbu ikkala infektsiya bilan vafot etmoqda. Bundan tashqari, JSST

2022 –yildagi ma’lumotlariga ko`ra, taxminan 254 million kishi gepatit B bilan

yashab kelmoqda. Surunkali gepatit B bilan kasallanganlarning o`rtacha yoshi 30-

54 yoshni tashkil qiladi. Emlash kabi profilaktik choralar kasallik qayd etilish

holatlar sonining kamayishiga yordam berdi, ammo ular hali ham yetarli emas [3].


background image

https://biti.uz/konferensiya/konferensiya2025/index.html

21 апреля 2025 г.

189

Gaptit B virusi surunkali jigar kasalligi va jigar sirrozini yuzaga keltirish

xavfi yuqoriligi sababli butun jahon miqyosida sog`liqni saqlash sohasidagi

muhim ahamiyatga ega bo`lgan muammolardan biri hisoblanadi. Ushbu virus

ta’siri natijasida yuzaga kelgan jigar sirrozi dekompensatsiya bosqichiga o`tishi

jigardagi surunkali kasalligi prognozining yomonlashishiga hamda bu bosqichdagi

bemorlar uchun har 5 yilda yashovchanlikning 15 % ga qisqarishiga olib keladi.

Bunday bemorlar uchun yagona davo yo`li jigar transplantatsiyasi hisoblanadi.

Biroq, ushbu muolaja uchun donor yetishmovchiligi va bemorning yashab ketish

ehtimoli kamligi, bundan tashqari transplantatsiya katta miqdorda mablag` talab

qilishi sababli ko`plab bemorlar dekompensatsiyalashgan jigar sirrozidan vafot

etmoqda. Shu sababli surunkali virusli gepatit B bilan kasallangan bemorlar uchun

erta va aniq prognostik ko`rsatkichlarni aniqlash hamda ulardan foydalanish ushbu

kasallikda samarali davoni erta boshlashga va gepatit B virusining og`ir

asoratlarining oldini olib, bemor hayotchanligini uzaytirishga yordam beradi [5].

Organizm immun javobining holati gepatit B ning patogenezi va klinik

natijalari bilan chambarchas bog'liq. Ko'plab immunitet hujayralari kabi

limfotsitlar hujayra vositachiligidagi immunitetda muhim rol o'ynaydi. Oldingi

tadqiqotlar shuni ko'rsatdiki, limfotsitlar sonining kamayishi immunitet

hujayralarining apoptozi yoki disfunktsiyasi bilan bog'liq, bu bemor

organizmining antivirus javobi susayganligini ko'rsatadi. Keefe va boshqa bir

qator olimlar olib borgan tadqiqotlarining natijalari sirrozning rivojlanishi

limfotsitlar sonining bosqichma-bosqich kamayishi bilan bog'liq bo'lishi

mumkinligini ko`rsatadi. Shu bilan birga, jigar transplantatsiyasidan oldin past

limfotsitlar soni retsipiyent organizmi uchun o'lim xavfini anglatuvchi omil

hisoblanadi. So'nggi paytlarda limfotsitlarga asoslangan ko'rsatkichlarning

foydaliligi, shu jumladan o'rtacha trombotsitlar hajmining limfotsitlar soniga

nisbati, neytrofillar sonining limfotsitlar soniga nisbati, C-reaktiv oqsil

miqdorining limfotsitlar soniga nisbati va monotsitlar sonining limfotsitlar soniga

nisbati turli klinik tekshiruvlarda o`rganilib, ahamiyati yoritib berilgan [1].


background image

https://biti.uz/konferensiya/konferensiya2025/index.html

21 апреля 2025 г.

190

Ko'plab virusli infektsiyalar suyak ko`migi o`zak hujayralarining

yetishmovchiligi yoki giperproliferativ sindromlar bilan bog'liq o`zgarishlarni

keltirib chiqaradi. Pansitopeniya barcha uch turdagi qon hujayralarining

yetishmovchiligi:

eritrotsitlar

(anemiya),

leykotsitlar

(leykopeniya)

va

trombotsitlar (trombotsitopeniya) ko`rinishida yuzaga keladi [2]. Virusli gepatit B

infektsiyasining dastlabki belgilari klinik jihatdan chalg`ituvchi bo'lib, faqat

periferik qon trombotsitlari sonining pasayishi sifatida namoyon bo'lishi mumkin,

bu esa klinik tashxis va davolash uchun katta qiyinchilik tug'diradi. 1986- yilda

Zeldis va hamkasblari tomonidan nashr etilgan tadqiqot natijalari shuni

ko'rsatdiki, gepatit B virusini (HBV) o'z ichiga olgan zardobda yetishtirilgan

suyak iligi gemapoetik ildiz hujayralarining koloniya hosil qilish qobiliyati

pasaygan hamda HBV ni inaktivatsiya qilish yoki adsorbsiya orqali olib tashlash

bu nuqsonni tuzatgan. Ushbu tadqiqot gepatotsitlarga qo'shimcha ravishda gepatit

viruslari suyak iligi gemapoetik o`zak hujayralari funktsiyasiga bevosita ta'sir

qilishi mumkinligini ko'rsatdi. Gepatit viruslarining gemapoetik o`zak

hujayralariga bevosita zarar yetkazishining aniq mexanizmi haligacha

aniqlanmagan bo'lsa-da, gepatit virusi infektsiyasi keltirib chiqaradigan immunitet

reaktsiyasi va hujayra shikastlanishi keng doirada kechishi aniqlangan. Gepatit

virusi bilan bog'liq immun trompotsitopeniyaning paydo bo'lishi trombotsitlar

ishlab chiqarishning kamayishi va trombotsitlarni yo'q qilishning ko'payishini o'z

ichiga oladi, bu mexanizm gumoral va hujayrali immunitetlar o'rtasidagi ko'plab

aloqalarni o'z ichiga oladi [4].

Jigarning surunkali diffuz kasalliklari bilan anemiyaning turli patogenetik

variantlari kuzatilishi mumkin, jumladan, surunkali kasalliklar anemiyasi, qon

yo'qotish natijasida kelib chiquvchi anemiya, eritrotsilar va gemoglobin ishlab

chiqarilishining buzilishi, eritrotsitlar gemolizi, foliy kislotasi va B12 vitamini

yetishmovchiligi natijasida kelib chiquvchi anemiyalar. Jigarning diffuz

kasalliklari bilan og'rigan bemorlarda anemiya an'anaviy ravishda surunkali

kasalliklar anemiyasi sifatida tasniflanadi. Bu gemoglobin darajasining o'rtacha


background image

https://biti.uz/konferensiya/konferensiya2025/index.html

21 апреля 2025 г.

191

pasayishi bilan tavsiflanadi va jigar kasalligining og'irligi bilan bog'liq. Odatda

kuzatiladigan gemoglobin darajasi 80 - 100 g / l oralig'ida bo`ladi. Anemiya

ko'pincha normoxrom, kam hollarda gipoxrom bo`ladi. Qon zardobidagi temir

darajasi va umumiy temirni bog'lash qobiliyati normal yoki biroz kamayadi, qon

zardobida ferritin ko'payadi, eritrotsitlarning yashash muddati qisqaradi. Surunkali

kasalliklar, shu jumladan jigarning diffuz kasalliklarida kuzatiladigan

anemiyaning o'ziga xos xususiyati bu retikuloendotelial tizim hujayralari

tomonidan iste'molning ko'payishiga bog`liq holda temir almashinuvining

buzilishi bo'lib, bu tanadagi temirning aylanishining buzilishi, eritroid qator

hujayralarining yetarli darajada ta'minlanmasligi va natijada samarasiz eritropoez

yuzaga kelishi bilan ta’riflanadi [6].

TADQIQOTNING MAQSADI.

Surunkali virusli gepatit B bilan og`rigan

bemorlarda kuzatiladigan gematologik o`zgarishlarni baholash asosida suyak

ko`migi aplaziyasini erta tashxislashni takomillashtirish.

TADQIQOT MATERIALI VA USULLARI.

Tadqiqot materiali sifatida

surunkali virusli gepatit B bilan og`rigan bemorlardan venoz qon olinib, ularda

umumiy qon tahlili, biokimyoviy qon tahlili, IFA va PZR tahlillari hamda jigar

fibroskani o`tkazildi.

TADQIQOT NATIJALARI.

Tadqiqotda qatnashgan 120 nafar bemorning

78 nafari erkaklar bo`lib, 65 % ni , 42 nafari esa ayollar bo`lib, 35 % ni tashkil

qildi. Ushbu bemorlar 2 guruhga bo'lib o`rganildi: 1. Virusga qarshi terapiya

olganlar - 62%; 2. Virusga qarshi terapiya olmaganlar - 38%. Umumiy qon tahlili

natijalariga ko'ra, virusga qarshi terapiya olgan bemorlarning 30 % ida

leykopeniya (˂4-9x109 / l) va 21% ida anemiya (˂120 g / l) aniqlandi.

Trombotsitopeniya (˂150x109/l) virusga qarshi terapiya olgan bemorlarning 18 %

ida va virusga qarshi dorilarni qabul qilmagan bemorlarning 32 % ida kuzatilgan.

O`tkazilgan jigar fibroskani natijalariga ko`ra, 17 % bemorlarda jigarning

fibrozlanishi boshlanganligi aniqlangan.


background image

https://biti.uz/konferensiya/konferensiya2025/index.html

21 апреля 2025 г.

192

XULOSA.

Surunkali virusli gepatit B bilan kasallangan bemorlarda olib

borilgan tekshiruvlar natijalariga ko`ra, ushbu bemorlarda periferik qon

hujayralari miqdorida turli darajadagi o`zgarishlar kuzatildi hamda bu o`zgarishlar

ko`p hollarda virusga qarshi terapiya qabul qilayotgan bemorlarda yaqqol

namoyon bo`lganligi aniqlandi. Umumiy qon tahlilidagi o`zgarishlarni to`g`ri

baholab, bu o`zgarishlardan ushbu kasallikning erta diagnostik kriteriysi sifatida

foydalanishni yo`lga qo`yish asosiy vazifa bo`lib qolmoqda. Bu orqali surunkali

virusli gepatit B ning kechish og`irligi va asoratlarini oldindan baholab, samarali

davo usullarini ishlab chiqish mumkin.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:

1. https://doi.org/10.1016/j.heliyon.2023.e18556

2. https://doi.org/10.3389/fimmu.2016.00364

3.https://www.paho.org/en/news/10-4-2024-who-sounds-alarm-viral-

hepatitis-infections-claiming 3500-lives-each-day

4. Xu Y, Chen Y, Zhang L. Review: Advances in the Pathogenesis and

Treatment of Immune Thrombocytopenia Associated with Viral Hepatitis. Glob

Med Genet. 2023 Aug 24;10(3):229-233. doi: 10.1055/s-0043-1772771. pmid:

37635907; pmcid: pmc10449570.

5. Ye B, Ding Q, He X, Liu X, Shen J. High C-Reactive Protein-to-

Lymphocyte Ratio Is Predictive of Unfavorable Prognosis in HBV-Associated

Decompensated Cirrhosis. Lab Med. 2022 Nov 3;53(6):e149-e153. doi:

10.1093/labmed/lmac019. PMID: 35377449.

6. М. В. Сафонова, И. В. Козлова, А. Г. Новосельцев, анемия при

хронических

диффузных заболеваниях печени, Казанский медицинский журнал, 2011

г., том 92, № 6

References

Xu Y, Chen Y, Zhang L. Review: Advances in the Pathogenesis and Treatment of Immune Thrombocytopenia Associated with Viral Hepatitis. Glob Med Genet. 2023 Aug 24;10(3):229-233. doi: 10.1055/s-0043-1772771. pmid: 37635907; pmcid: pmc10449570.

Ye B, Ding Q, He X, Liu X, Shen J. High C-Reactive Protein-to-Lymphocyte Ratio Is Predictive of Unfavorable Prognosis in HBV-Associated Decompensated Cirrhosis. Lab Med. 2022 Nov 3;53(6):e149-e153. doi: 10.1093/labmed/lmac019. PMID: 35377449.

М. В. Сафонова, И. В. Козлова, А. Г. Новосельцев, анемия при хронических диффузных заболеваниях печени, Казанский медицинский журнал, 2011 г., том 92, № 6