Authors

  • Nilufar R Muhsimova
  • Dinora M Orziqulova
  • Mushtariybonu A. Mamasoliyeva

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.wsrj.96401

Keywords:

Kalit so‘zlar Stenokardiya stabil nostabil vazospastik elektrokardiografiya exokardiografiya koronar angiografiya beto-blokatorlar statinlar antitrombositlar nitratlar

Abstract

Annotatsiya.  Stenokardiya  tibbiyot  sohasida  doimiy  o‘rganilishi  kerak  bo‘lgan 
dolzarb  mavzulardan  biri  bo‘lib,  ushbu  kasallikning  kelib  chiqishi,  tashxislash 
usullari,  farmakologiyasi  va  davolash  usullarini  mukammalashtirish  inson  hayot 
sifatini  yaxshilash,  umrini  uzaytirishga  xizmat  qiladi.  Ushbu  kasallikning  erta 
aniqlash  yurak  yetishmovchiligi  va  infartktning  oldini  olishda  muhum  ro‘l 
o‘ynaydi. Hozirgi kunda ko‘p uchraydigan kasalliklardan bo‘lib uning etalogiyasi 
turlicha  ekanligi  bilan  farqlanadi.  Stenokardiyaning  turlari  stabil,  nostabil  va 
vazospastik  stenokardiyalar  klinik  jihatdan  farqlanadi.  Ushbu  maqolada 
sternokardiyaning  nostabil,  stabil  va  vazospatik  shakllari  klinik  jihatidan  tahlil 
qilindi,  kelib  chiqish  etiologiyok  omillari  va  elektrokardiografik  xususiyatlari 
yoritib berildi. 


background image

https://biti.uz/konferensiya/konferensiya2025/index.html

21 апреля 2025 г.

180

UO‘K; 616.12-009.72

STABIL, NOSTABIL VA VAZOSPASTIK STENOKARDIYA TURLARI

BO‘YICHA KLINIK TAHLIL

1

Nilufar R Muhsimova,

2

Dinora M Orziqulova,

3

Mushtariybonu A.

Mamasoliyeva

1

TTA, 1 – son ichki kasalliklar propedevtikasi kafedra PHD dotsenti,

2,3

TTA, Davolash ishi fakulteti talabasi,

Dinoraorziqulova06@gmail.com

Annotatsiya.

Stenokardiya

tibbiyot sohasida doimiy o‘rganilishi kerak bo‘lgan

dolzarb mavzulardan biri bo‘lib, ushbu kasallikning kelib chiqishi, tashxislash

usullari, farmakologiyasi va davolash usullarini mukammalashtirish inson hayot

sifatini yaxshilash, umrini uzaytirishga xizmat qiladi. Ushbu kasallikning erta

aniqlash yurak yetishmovchiligi va infartktning oldini olishda muhum ro‘l

o‘ynaydi. Hozirgi kunda ko‘p uchraydigan kasalliklardan bo‘lib uning etalogiyasi

turlicha ekanligi bilan farqlanadi.

Stenokardiya

ning turlari stabil, nostabil va

vazospastik stenokardiyalar klinik jihatdan farqlanadi. Ushbu maqolada

sternokardiyaning nostabil, stabil va vazospatik shakllari klinik jihatidan tahlil

qilindi, kelib chiqish etiologiyok omillari va elektrokardiografik xususiyatlari

yoritib berildi.

Kalit so‘zlar

; Stenokardiya, stabil, nostabil, vazospastik, elektrokardiografiya,

exokardiografiya,

koronar

angiografiya,

beto-blokatorlar,

statinlar,

antitrombositlar, nitratlar,

Аннотация

.

Стенокардия

является одной из актуальных тем в медицине,

требующих

постоянного

изучения.

Совершенствование

методов

диагностики, фармакотерапии и лечения данного заболевания способствует

повышению качества жизни и увеличению продолжительности жизни

человека. Ранняя диагностика стенокардии играет важную роль в

предотвращении сердечной недостаточности и инфаркта. В настоящее время


background image

https://biti.uz/konferensiya/konferensiya2025/index.html

21 апреля 2025 г.

181

это одно из наиболее распространенных заболеваний, характеризующееся

различными этиологическими факторами. Клинически стенокардия

подразделяется на стабильную, нестабильную и вазоспастическую формы. В

данной статье проанализированы клинические особенности стабильной,

нестабильной и вазоспастической стенокардии, рассмотрены этиологические

факторы и электрокардиографические характеристики.

Ключевые

слова:

стенокардия,

стабильная,

нестабильная,

вазоспастическая, электрокардиография, эхокардиография, коронарная

ангиография, бета-блокаторы, статины, антитромбоцитарные препараты,

нитраты.

Kirish.

Stenokardiya

- yurak mushaklarining yetarlicha kislarod bilan

taminlanmasligi natijasida yuzaga keladigan yurak ishemik kasalliklaring asosiy

ko‘rinishlaridan va yurak-qon tomir kasalliklarining eng keng tarqalgan va eng

halokatli turlaridan biri bo'lib, KVH bilan bog'liq barcha o'lim holatlarining 45%

ga sabab bo'ladi. IHD, toraygan yoki bloklangan arteriyalar tufayli yurakka qon

ta'minoti kamayganida paydo bo'ladi [1]. Asosiy sabab, qon tomirlarning

aterosklerotik shikastlanishi, spazmi yoki tromboz, emboliyalar oqibatida kelib

chiqadi. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ko‘rsatgan ma’lumotlarga ko‘ra yurak-

qon tomir kasalliklari bo‘yicha o‘lim ko‘rsatkichi birinchi o‘rinda turadi.

Stenokardiya buning asosiy sabablaridan biri hisoblanadi. Dunyo bo‘ylab

stenokardiya bilan kasallangan bemorlar soni yildan – yilga ortib bormoqda.

Masalan, 2018 – yilda 19,58 million bo‘lgan stenokardiya bilan tashxislangan

holatlar soni 2028 – yilga kelib 22,79 millionga yetishi prognoz qilingan. 45 – 65

yoshdagi g‘arbiy erkaklarda stenokardiya bilan yillik kasallanish 1% ni tashkil

qiladi, ayollarda esa bir oz ko‘proq. Tarqalishi har ikki jinsda ham yoshga qarab

ortadi [2].

Stenokardiya

bilan o‘g‘rigan bemorlarning asosiy yoshi erkaklar uchun

65 yosh va ayollar uchun 70 yosh. O‘zbekiston Respublikasida

stenokardiya

kasalligi so‘ngi 5 yilda sezilarli darajada ortgan. 2019- yilda

stenokardiyaga


background image

https://biti.uz/konferensiya/konferensiya2025/index.html

21 апреля 2025 г.

182

chalinganlar 170 mingga yaqin bemor qayt etilgan. Oxirgi 5 yilda

stenokardiya

bilan kasallanganlar 28% ga oshgan [3]. Yurak ishemik kasalligi bilan og‘rigan

bemorlarni miokard revaskulyarizatsiyasidan so‘ng reabilitatsiya qilishning

zamonaviy tamoyillarini ishlab chiqish va qo‘llash dolzarb masalardan biri

hisoblanadi. Bemorlarni o‘qitish va ularning turli jismoniy reabilitatsiya

dasturlarida ishtirok etish muhim ahamiyatga ega [4,5]. Shundan ko‘rinib

turibtikiy

stenokardiya

rivojlanib borayotgan kasalliklardan biri hisoblanadi.

Hozirgi kunda

stenokardiyani

o‘rganishdan maqsad erta tashxis qo‘yish,

profilaktika va davolash usullarini takomillashtirishdan iborat.

Tadqiqot materiallari va usullari

. Tadqiqotning maqsadi va vazifalaridan kelib

chiqqan holda 2025 – yil fevral va mart oylarida Toshkent tibbiyot akademiyasi

ko‘p tarmoqli klinikasi Respublika Kardioreabilitatsiya bo‘limida stenokardiya

bilan og‘rigan 30 ta bemorda kuzatish olib borildi. Kuzatish olib borilganida

ularda turlicha etalogik sabablar natijasida kelib chiqqanligi aniqlandi. Kuzatilgan

bemorlardan 17 tasi ayol qolgan 13 tasi erkaklar tashkil qiladi. O‘rtacha yoshi

bemorlar ichida 60 yoshni tashkil qildi. Bu ma’lumotlar stenokardiyani ko‘proq

keksa yoshdagi insonlarda uchrashni ko‘rsatdi.

1 – Diagramma. Sternokardiya kasalligi turlari bo‘yicha uchrash foizlari.

50%

30%

20%

0%

Stabil stenokardiya

Nostabil stenokardiya

Vazospastik stenokardiya


background image

https://biti.uz/konferensiya/konferensiya2025/index.html

21 апреля 2025 г.

183

Hozirda ko‘proq

stabil

stenokardiya

uchrashini ko‘rishimiz mumkin.

Bemorlarimiz ichida

stenokardiya

turlari yosh bo‘yicha ham farqlanishlar bo‘ldi.

1 Stabil stenokardiya

40-60-yosh

2 Nostabil stenokardiya

60 yoshdan yuqori

3 Vazospastik stenokardiya

20-40-yosh

1 – Jadval. Stenokardiya kasalligini turlari bo‘yicha yosh ko‘rsatgichlari

Stenokardiya

bilan kasallangan bemorlardan anamnez yig‘ildi. Bemorlardan

stenokardiya

alomatlari, xavf omillari va oilaviy anamnezi aniqlandi. Jismoniy

tekshiruvlar ham o‘tkaziladi. Har bir bemorda yurak ritmi, qon bosimi va boshqa

muhim belgilari o‘rganildi. Yurak mushaklarini va klapnlarining holatini baholash

uchun bemorlarni exokardiografiyadan o‘tkazildi. Yurak arteriyalarining

torayishini aniqlash uchun kontrast moddali rentgen tekshiruvi koronar

angiografiyadan o‘tkazildi. Bu usul

stenokardiya

simptomlari bo‘lgan bemorlarda

aniq tashxis qo‘yishimizga yordam beradi. Yana qo ‘shimcha tekshiruv usullaridan

EKG (Elektrokardiografiya) dan foydalanildi. Bu usul yordamida faqat

bemorlarda simptom payti

stenokardiyani

aniqlashimiz mumkin.

Stabil

stenokardiya

kuzatilgan bemorlar ichidan olgan natijalarimiz bo‘yicha 50%

da aniqlandi. Ulardan 15 tasi shu turi bo‘yicha kasallangan. Bu turida jismoniy

faoliyat paytida ko‘krak qafasidagi ezuvchi, bosuvchi, siquvchi va kuydiruvchi

og‘riqlar bilan namoyon bo‘lgan. Keyinchalik chap qo‘l, pastki jag’, bo‘yin va

belga tarqalganligidan shikoyat qilishdi. Elektrokardiografiya (EKG) tahlilida

o‘zgarishlar kuzatilgan.


background image

https://biti.uz/konferensiya/konferensiya2025/index.html

21 апреля 2025 г.

184

1 – Rasm. Stabil stenokardiyada EKG ko‘rinishi.

Bu EKG da ritm sinusli, yurak urushlar soni 66 ta, perferik tugunlarda

tarmoqlarda past kuchlanishli AV blokada 1-daraja, miokardda gipoksiya belgilari,

chap qorincha oldingi to‘siq devor miokardda chandiqli o‘zgarishlar kuzatilganini

ko‘rishimiz mumkin. Stabil

stenokardiyada

ST segmentning depressiyasi – 1mm

yoki undan ko‘proq pastga siljishi, T tishchaning innervatsiyasi kuzatilada.

Bemorlarda tinch holatda EKGda o‘zgarishlar bo‘lamasligi ham mumkin. Shuning

uchun jismoniy zo‘riqish sinamalari o‘tkaziladi.

Nostabil

stenokardiya

bilan kasallanganlar 20% da uchraydi yani 9 tada kuzatildi,

kuzatish ishlari olib borgan bemorlar ichidan. Nostabil

stenokardiyada

stabilga

nisbatan og‘riq tinch holatlarda ham kuzatilishi mumkin. Davomiyligi 15

minutdan ortiq davom etadi. EKGdagi o‘zgarishlarni ko‘radigan bo‘lsak;


background image

https://biti.uz/konferensiya/konferensiya2025/index.html

21 апреля 2025 г.

185


background image

https://biti.uz/konferensiya/konferensiya2025/index.html

21 апреля 2025 г.

186

2 – Rasm.

Nostabil stenokardiyada EKG ko‘rinishi.

Bu EKGda ST segment depressiyasi oddatda >1mm yoki barqaror saqlanib

qoladi. ST

segmentning

ko‘tarilishi bu odatda miokart infarkti uchrash oldi

kuzatiladi. Vazospastik

stenokardiyada

tinch holatda asosan kechasi yoki ertalab

kuchli og‘riqlar bezovta qilgan. Davomiyligi 5 – 15 minut davomida kuzatilgan.

Ayrim paytlari terlash, ko‘ngil aynishi va yurak urushining tezlashish holatlari

kuzatilgan.

3 – Rasm. Vazospastik stenokardiyada EKG ko‘rinishi.

EKGdagi o‘zgarishlar miokard infarktiga o‘xshash bo‘ladi. ST segmentining

elevatsiyasi kuzatiladi bunda ST segmenti izoliniyadan yuqorida 1mm dan baland

bo‘lishi kuzatiladi. T to‘lqini o‘zgarishlari yani to‘lqin inervatsiyasi yoki

tekislanishi kuzatiladi. Bemorlar ichida qolgan 6 tasini vazospastik stenokardiyaga

chalinganlar tashkil qiladi.

Xulosa.

Tadqiqot natijalariga ko‘ra, stenokardiyaning stabil, nostabil va

vazospastik shakllari klinik jihatdan farqlanadi. Kuzatuvlar shuni ko‘rsatdiki,

stenokardiya asosan keksa yoshdagi insonlarda uchraydi va kasallik rivojlanishiga

irsiy moyillik, turmush tarzi va boshqa omillar ta’sir qiladi. Tadqiqot davomida

bemorlarning EKG va boshqa diagnostik tekshiruvlari asosida stenokardiyaning

turli shakllari tahlil qilindi. Stabil stenokardiya eng ko‘p 50% uchragan bo‘lsa,

nostabil stenokardiya 30% kamroq kuzatildi. Vazospastik stenokardiya esa asosan

yosh bemorlarda aniqlandi. Tadqiqot natijalari stenokardiyani tashxislash va

davolash bo‘yicha samarali yondashuvlarni takomillashtirish zaruratini ko‘rsatdi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:

1.

Guldogan E, Yagin FH, Pinar A, Colak C, Kadry S, Kim J. A proposed tree-
based explainable artificial intelligence approach for the prediction of
angina pectoris. Sci Rep. 2023 Dec 14;13(1):22189. doi: 10.1038/s41598-
023-49673-2.

2.

Shklovskiy BL, Prokhorchik AA, Pyr'ev AN, Baksheev VI. [Prinzmetal
angina. Questions of pathogenesis, clinic, diagnosis and treatment]. Ter


background image

https://biti.uz/konferensiya/konferensiya2025/index.html

21 апреля 2025 г.

187

Arkh.

2019

Nov

15;91(11):116-123.

Russian.

doi:

10.26442/00403660.2019.11.000107.

3.

Munger TM, Oh JK. Unstable angina. Mayo Clin Proc. 1990
Mar;65(3):384-406. doi: 10.1016/s0025-6196(12)62539-7.

4.

Angina Global Market Insights 2024, Analysis and Forecast to 2029, by
Manufacturers, Regions, Technology, Application

5.

Muhsimova NR, Mirzayeva AA, Stabil zo‘riqish stenokardiyasi bilan
og‘rigan bemorlarning hayot sifatini baholash. Tadqiqotlar jahon ilmiy
metodik jurnal. 2023 Yan, 5-son.

References

Guldogan E, Yagin FH, Pinar A, Colak C, Kadry S, Kim J. A proposed tree-

based explainable artificial intelligence approach for the prediction of

angina pectoris. Sci Rep. 2023 Dec 14;13(1):22189. doi: 10.1038/s41598-

-49673-2.

Shklovskiy BL, Prokhorchik AA, Pyr'ev AN, Baksheev VI. [Prinzmetal

angina. Questions of pathogenesis, clinic, diagnosis and treatment]. Ter Arkh. 2019 Nov 15;91(11):116-123. Russian. doi:

26442/00403660.2019.11.000107.

Munger TM, Oh JK. Unstable angina. Mayo Clin Proc. 1990

Mar;65(3):384-406. doi: 10.1016/s0025-6196(12)62539-7.

Angina Global Market Insights 2024, Analysis and Forecast to 2029, by

Manufacturers, Regions, Technology, Application

Muhsimova NR, Mirzayeva AA, Stabil zo‘riqish stenokardiyasi bilan

og‘rigan bemorlarning hayot sifatini baholash. Tadqiqotlar jahon ilmiy

metodik jurnal. 2023 Yan, 5-son.