https://biti.uz/konferensiya/konferensiya2025/index.html
21 апреля 2025 г.
52
JIGAR SIRROZINI ERTA ANIQLASH VA ASORATLARNI OLDINI
OLISHDA PROFILAKTIK CHORALAR
Sharifjonov Oybek Otabek o‘g‘li
Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti talabasi,
Annotatsiya:
Jigar sirrozi – jigar to‘qimasining surunkali zararlanishi bilan
kechuvchi og‘ir kasallik bo‘lib, uning erta aniqlanishi va profilaktikasi davolashda
muhim rol o‘ynaydi. Tezisda jigar sirrozining asosiy sabablari, klinik belgilari,
tashxis va davolashda profilaktik usullari ko‘rib chiqilgan. Profilaktik choralar
sifatida virusli gepatitlarga qarshi emlash, sog‘lom turmush tarziga amal qilish,
shuningdek, jigar holatini baholashda laborator tekshiruvlar ahamiyati yoritiladi.
Kalit so‘zlar:
jigar sirrozi, virusli gepatit, fibroz, jigar transplantatsiyasi,
jigar yetishmovchiligi, gepatoprotektorlar, aloe vera, zanjabil, qora yong‘oq.
Kirish:
Jigar sirrozi - bu jigar to‘qimasining surunkali, progressiv
yallig‘lanishi va fibroz bilan kechuvchi kasallik bo‘lib, normal parenxima
to‘qimasi biriktiruvchi to‘qima bilan almashadi. Natijada jigar faoliyati izdan
chiqadi. Bu kasallik ko‘plab o‘lim holatlarining sababi hisoblanadi.
Virusli gepatitlar (B, C) - jigar to‘qimasini surunkali zararlab, fibrozga olib
keladi. Spirtli ichimliklar - uzoq muddatli iste’mol jigar hujayralarining nekroziga
sabab bo‘ladi. Gepatit - immun tizimi jigar hujayralarini yot tanadek qabul qiladi.
Dastlabki bosqichda toliqish, ishtaha yo‘qolishi, ozib ketish kabi simptomlar bilan
namoyon bo‘ladi. Keyingi bosqichda terining sarg‘ayishi, asit - qorin bo‘shlig‘ida
suyuqlik to‘planishi, jigar va taloqning kattalashuvi, palmar eritema, o‘rgimchak
angiomalari, erkaklarda ginekomastiya, ayollarda amenoreya.
Kasallikni erta aniqlash va asoratlarni oldini olishda profilaktik choralar
muhim ahamiyatga ega. Virusli gepatit B ga qarshi emlash va gepatit C ni erta
aniqlash. Spirtli ichimliklardan voz kechish, sog‘lom turmush tarziga amal qilish.
Jigar sirrozi sekin rivojlanadigan, ammo og‘ir oqibatlarga olib keluvchi kasallik
bo‘lgani uchun uning erta bosqichlarida aniqlanishi juda muhim. Bu maqsadda
https://biti.uz/konferensiya/konferensiya2025/index.html
21 апреля 2025 г.
53
quyidagi laborator tekshiruvlar doimiy o‘tkazilishi kerak. ALT - jigar hujayralari
shikastlanganda qon tarkibida bu fermentning miqdori oshadi. Bu ko‘rsatkich
jigar ichidagi yallig‘lanish yoki nekroz jarayonlarini erta bosqichda aniqlashga
yordam beradi. AST - jigar bilan birga yurak va mushak to‘qimalarida ham
uchraydi. AST/ALT nisbati sirrozda o‘zgaradi. Agar bu nisbat 1 dan yuqori bo‘lsa,
sirroz ehtimoli ortadi. Bilirubin - jigar hujayralari shikastlanganda bilirubin
miqdori ortadi, bu esa terining sarg‘ayishi kabi klinik belgilar bilan namoyon
bo‘ladi. INR - jigar qon ivish omillarini ishlab chiqaradi. INR ko‘rsatkichi oshgan
bo‘lsa, bu jigar funksiyasi pasayganini bildiradi. Bu ko‘rsatkich sirroz fonida qon
ketish xavfini baholashda muhim. Xavf guruhidagi bemorlarni muntazam
kuzatish va davriy tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish, oxirgi bosqichda yagona yechim
jigar transplantatsiyasi bo‘lishi mumkin.
Jigar sirrozini davolashda tabiiy vositalar muhim qo‘shimcha bo‘lishi
mumkin, ammo ularni faqat shifokor tavsiyasi bilan va asosiy davolashga yordam
sifatida qo‘llash kerak. Omega-3 yog‘ kislotalari, antioksidantlar va boshqa
foydali moddalar bo‘lgan qora yong‘oqning yadro va qobig‘ini maydalab, qahva
yoki choy sifatida ichish mumkin. Zanjabil jigarni tozalashda yordam beradi,
asitning kamayishiga yordam beradi va umumiy yallig‘lanishni kamaytiradi.
Jigarni tozalash va uning funktsiyalarini yaxshilashda Aloe Vera sharbati kuniga
bir necha marta ichish mumkin.
Xulosa.
Virusli gepatitlarga qarshi emlash, spirtli ichimliklardan voz kechish,
sog‘lom turmush tarziga amal qilish va laborator nazorat kasallik rivojlanishini
sekinlashtiradi. Profilaktik chora sifatida tabiiy vositalar jigar faoliyatini qo‘llab-
quvvatlashda foydali bo‘lib, ularni asosiy davolashga qo‘shimcha sifatida ishlatish
mumkin. Doimiy laborator nazorat - jigar sirrozining erta tashxisi, kasallik
darajasini aniqlash, davolash samaradorligini baholash va asoratlarning oldini
olishda muhim ahamiyatga ega.
Foydalanilgan adabiyotlar:
https://biti.uz/konferensiya/konferensiya2025/index.html
21 апреля 2025 г.
54
1. Gadayev, A. G., Karimov, M. Sh., & Axmedov, X. S. (2021).
Ichki
kasalliklar propedevtikasi
. Toshkent.
2. Biologically active products with anticoagulant and blood glucose
regulating effects from Capparis spinosa cultivated in Uzbekistan. (2024).
Biochemical and Cellular Archives/Biochemical and Cellular Archives
,
24
(S1).
https://doi.org/10.51470/bca.2024.24.1-s.3639
3. Karabaev, M., & Qosimova, G. S. (2023). Logical - mathematical models
of quantitative assessment of the integral level of individual physical health based
on the adaptive potential of the div.
E3S Web of Conferences
,
452
, 07004.
https://doi.org/10.1051/e3sconf/202345207004
4.
Soyibjonovna, Q. G. (2025). Jismoniy salomatlik darajasini baholash
usullari va uni nazorat qilishning asosiy bosqichlari. M
odels and Methods for
Increasing the Efficiency of Innovative Research
,
4
(41), 129-134.
https://interoncof.com/index.php/germany/article/view/7493
5. Карабаев, М., Косимова, Г. С., & Сидиков, А. А. (2023).
Журнал клинической и профилактической медицины,
(1)
, 38-45.