Authors

  • Mamasoatov Ozodbek Shamsiddin o‘g‘li

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.wsrj.96431

Keywords:

Kalit so‘zlari: Biopsiya zondlash sitologiya Immunologik bakteriologik bioximiya rentegenologik.

Abstract

Annotatsiya:  Stomatologiyada  bemorlarni  to‘g‘ri  va  samarali  davolash 
uchun diagnostika muhim ahamiyatga ega. Bemorlarni tekshirish usullari orasida 
laboratoriya  va  rentgenografiya  usullari  keng  qo‘llaniladi.  Laboratoriya 
tekshiruvlari  og‘iz  bo‘shlig‘idagi  yallig‘lanish  jarayonlarini, 
mikroorganizmlarning  mavjudligini  aniqlash,  shuningdek,  umumiy  organizm 
holatini  baholashda  yordam  beradi.  Qon,  siydik,  so‘lak  va  boshqa  biologik 
namunalarning  tahlili  asosida  stomatologik  kasalliklarning  rivojlanish  sabablari 
aniqlanadi. Rentgenologik usullar esa jag‘-yuz sohasidagi suyak tuzilmalarini, tish 
ildizlarini,  kista  yoki  granulomalarning  mavjudligini  aniqlashda  muhim  rol 
o‘ynaydi. 


background image

https://biti.uz/konferensiya/konferensiya2025/index.html

21 апреля 2025 г.

40

STOMATOLOGIYADA BEMORLARNI TEKSHIRISH USULLARI:

ZAMONAVIY LABORATORIYA VA RENTGENOGRAFIYA USULLLARI

Mamasoatov Ozodbek Shamsiddin o‘g‘li

Toshkent tibbiyot akademiyasi

Stomatologiya yo‘nalishi talabasi


Annotatsiya:

Stomatologiyada bemorlarni to‘g‘ri va samarali davolash

uchun diagnostika muhim ahamiyatga ega. Bemorlarni tekshirish usullari orasida

laboratoriya va rentgenografiya usullari keng qo‘llaniladi. Laboratoriya

tekshiruvlari

og‘iz

bo‘shlig‘idagi

yallig‘lanish

jarayonlarini,

mikroorganizmlarning mavjudligini aniqlash, shuningdek, umumiy organizm

holatini baholashda yordam beradi. Qon, siydik, so‘lak va boshqa biologik

namunalarning tahlili asosida stomatologik kasalliklarning rivojlanish sabablari

aniqlanadi. Rentgenologik usullar esa jag‘-yuz sohasidagi suyak tuzilmalarini, tish

ildizlarini, kista yoki granulomalarning mavjudligini aniqlashda muhim rol

o‘ynaydi.

Kalit so‘zlari:

Biopsiya, zondlash, sitologiya, Immunologik, bakteriologik,

bioximiya, rentegenologik.

Ko‘rik

obyektiv tekshiruvning birinchi bosqichi bo‘lib, u yaxshi yoritilgan

sharoitda amalga oshirilishi lozim. Ko‘rik tashqi ko‘rikka va og‘iz bo‘shlig‘i

ko‘rigiga bo‘linadi. Tashqi ko‘rikda bemor yuz terisining rangi, yuz simetriyasi

aniqlanadi. Og‘iz bo‘shlig‘i ko‘rigida tishlar, og‘iz bo‘shlig‘i shilliq pardasi

ko‘zdan kechiriladi. Yuzning assimmetriyasi yuz-jag‘ sohasining yallig‘lanish

kasalliklarida, o‘sma kasalliklarida, jarohatlarda, endokrin va buyrak

kasalliklarida kuzatiladi. Yuz terisining rangiga ahamiyat beriladi. Masalan: yuz

terisi anemiyada va buyrak kasalliklarida oqaradi; jigar va ichak kasalliklarida

sarg‘ayadi. Tashqi ko‘rik o‘tkazayotganda limfa tugunlari holati ham muhim o‘rin

tutadi. Shuning uchun jag‘ osti, iyak osti va bo‘yin limfa tugunlari holati

tekshiriladi. Bunda limfa tugunlarining hajmiga, harakatchangligiga, og‘riqliligiga

va yondosh to‘qimalar bilan tutashganligiga e’tibor beriladi. Og‘iz bo‘shlig‘i


background image

https://biti.uz/konferensiya/konferensiya2025/index.html

21 апреля 2025 г.

41

ko‘rigi, avval tish qatori jipslashtirilgan holatda boshlanadi. Bunda lablar konturi,

rangi, lab burchaklarida patologik o‘zgarishlar bor-yo‘qligi ko‘zdan kechiriladi.

Lablarni ko‘rikdan o‘tkazilgandan so‘ng og‘iz dahlizi tekshiriladi. Og‘iz

bo‘shlig‘i shilliq pardasining rangiga, milk so‘rg‘ichining shakliga, patologik milk

cho‘ntagi bor-yo‘qligi, milk usti va milk osti qattiq karashlar bor-yo‘qligiga

e’tibor beriladi. Odatda lunj, og‘iz bo‘shlig‘i tubi, milklar, qattiq tanglay nam, och

pushti rangda bo‘lishi kerak. Patologik jarayonlar natijasida og‘iz bo‘shlig‘i

shilliq pardasida o‘zgarishlar sodir bo‘ladi: rangi o‘zgaradi, shishlar hosil bo‘ladi,

patologik milk cho‘ntaklari paydo bo‘ladi va hokazo. Og‘iz bo‘shlig‘i ko‘rigini

o‘tkazayotganda hamma tishlarni ko‘rikdan o‘tkazish zarur. Bunda kariyes kovagi

borligi, uning o‘lchami, joylashgan yuzasi, avval davolanganligi, rangi, qimirlash

darajasi aniqlanadi. Tishlar ko‘rigi stomatologik oyna va zond yordamida amalga

oshiriladi. Bunda ularning soni, rangi, tish qatorida joylashganligi va tish

protezlari bor yo‘qligi aniqlanadi. Tishlarni ko‘rikdan o‘tkazish ma’lum tartibda

amalga oshirilishi kerak. Ko‘rikni, avval o‘ng yuqori jag‘ning oxirgi molyar (katta

oziq tish)lardan boshlab chap oxirgi molyarda tugatiladi. So‘ng pastki chap oxirgi

molyarlardan boshlab, o‘ng pastki oxirgi molyarlarda tugatiladi. Har bir tishning

barcha yuzasi ko‘rikdan o‘tkaziladi. Har bir tishni ko‘rikdan o‘tkazilgandan so‘ng

aniqlangan holatni tibbiy varaqada belgilangan shartli belgilar yordamida

ifodalanadi.

Zondlash.

Zondlash to‘g‘ri yoki bukilgan zond yordamida amalga oshiriladi.

Zondlash yordamida kariyes kovagining bor-yo‘qligi, kariyes kovagining

chuqurligi, yumshagan dentin borligi, tish bo‘shlig‘i ochiqligi, ildiz kanalining

boshlanish joyi, og‘riqli nuqtalar borligi aniqlanadi. Maxsus belgili

parodontologik zond yordamida milk cho‘ntagining chuqurligi o‘lchanadi.

Laboratoriyada tekshirish usullari.

Bemorlarga aniq tashxis o‘rnatishda

laboratoriya tekshirishlarini o‘tkazish kerak bo‘lib qoladi. Laboratoriyada

tekshirish usullariga sitologiya, bakteriologik, biopsiya, immunobiologik

tekshirish usuli, bioximik usul, qonning klinik analizlari va boshqalar kiradi.


background image

https://biti.uz/konferensiya/konferensiya2025/index.html

21 апреля 2025 г.

42

Lugol eritmasida bo‘yalgan tish karashi.

Sitologiya.

Sitologiya usuli hujayra elementlarini o‘rganishga asoslangan.

Stomatologiyada

sitologik

tekshirish

usuli

uchun

qirindi,

punksiya

mahsulotlaridan foydalaniladi. Sitologiya usuli yordamida o‘sma kasalliklari,

tuberkulyoz yazvalari, og‘iz bo‘shlig‘i shilliq pardasi kasalliklarini aniqlashda

muhim o‘rin tutadi.

Biopsiya.

Patologik o‘zgargan to‘qimalarni sitologik tekshirishdan o‘tkazish.

Skalpel va maxsus asboblar yordamida patologik o‘zgargan qismdan 5–6 mm

to‘qima kesib olinadi va gistologik tuzilishni mikroskop ostida tekshiriladi.

Immunobiologik tekshirish usuli.

Og‘iz bo‘shlig‘i shilliq pardasining ba’zi

kasalliklari tashxisini aniqlash uchun imunobiologik tekshirish usulidan

foydalaniladi. Masalan zaxm, brutsellyoz kasalliklarini aniqlashda muhim o‘rin

tutadi.

Bakteriologik tekshirish usuli.

Bu usul kasallikni keltirib chiqargan mikrob

va zamburug‘lar turini aniqlash hamda ularni sezuvchanlik darajasini aniqlash

maqsadida o‘tkaziladi. Sezuvchanligi yuqori bo‘lgan dori vositalaridan

foydalanish kasallikni tez davolanishiga zamin bo‘ladi.

Bioximiya usuli.

Bu usulda qon va peshobning tarkibida qand borligi

aniqlanadi. Ko‘pincha bu usul og‘iz bo‘shlig‘i shilliq pardasi kasalliklari tez-tez

qaytalaydigan bemorlarda, qandli diabet kasalligi bor yo‘qligini aniqlashda

yordam beradi.

Rentgenologik usul.

Stomatologiyada ushbu usul keng qo‘llaniladi.

Rentgenografiyaning tashqi, og‘iz ichi, panaram, ortopantomografiya,

tomografiya usullari mavjud. Rentgenologik usul yordamida yashirin kariyes


background image

https://biti.uz/konferensiya/konferensiya2025/index.html

21 апреля 2025 г.

43

bo‘shliqlari (qoplama ostidagi, aproksimal yuzalardagi), ildizlar holati (ildiz

uchining so‘rilishi, shakllanishi, yallig‘lanishi), ildizlar yo‘nalishi va ildiz

kanallarining holati (o‘tuvchanligi, plombalanish darajasi), ildiz uchi

to‘qimalarining holati (alveola o‘siq distruksiyasi), yumshoq to‘qimalardagi yot

jinslar, o‘sma kasalliklari, tish-jag‘ sohasi jarohatlari aniqlanadi.

Xulosa

Stomatologiyada bemorlarni samarali davolash va to‘g‘ri tashxis qo‘yish

uchun diagnostikaning zamonaviy usullaridan foydalanish katta ahamiyatga ega.

Laboratoriya tekshiruvlari og‘iz bo‘shlig‘i muhitining mikrobiologik holatini

aniqlash, yallig‘lanish jarayonlarini baholash va umumiy sog‘liq holatini

aniqlashda muhim o‘rin tutadi. Ayniqsa, qon tahlillari, mikrobiologik ekmalar va

biokimyoviy testlar stomatologik kasalliklarning sabablarini aniqlashga yordam

beradi. Rentgenografiya esa to‘qimalarni vizual tahlil qilish imkonini beradi.

Zamonaviy rentgen usullari – panoramik rentgen (ortopantomogramma),

kompyuter tomografiyasi (KT), tsellyuloid tomografiya va 3D rentgenografiya –

suyak to‘qimalaridagi o‘zgarishlarni aniq ko‘rsatib beradi. Bu esa davolash

rejalarini yanada aniq va individual tarzda tuzishga imkon yaratadi.Shunday qilib,

zamonaviy

laboratoriya

va

rentgenografik

tekshiruvlar

stomatologik

diagnostikaning ajralmas qismi bo‘lib, ular bemorlarning sog‘lom va sifatli hayot

kechirishini ta’minlashda muhim vosita hisoblanadi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI

1.Stomatologik kasalliklar N.A.Tashpulatova.

2.

A.A. Kolesov – “Terapevtik stomatologiya asoslari”.

3. Xalilov I.X., Yo'Idoshxonova A.S., va boshq., Bolalar terapevtik

stomatologiyasi va stomatologik kasalliklar profilaktikasi. Toshkent, 2011.

References

Stomatologik kasalliklar N.A.Tashpulatova.

A.A. Kolesov – “Terapevtik stomatologiya asoslari”.

Xalilov I.X., Yo'Idoshxonova A.S., va boshq., Bolalar terapevtik

stomatologiyasi va stomatologik kasalliklar profilaktikasi. Toshkent, 2011.