Authors

  • Sattarov Oybek Toxirovich
  • Xamidullayeva Zaynabxon Amangeldi qizi
  • Ubaydullayev Javohir Lutfullo oʻgʻli

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.wsrj.96432

Keywords:

Kalit so’zlar: Sleeve-rezeksiya bariatrik jarrohlik semizlik 3 ballonli orogastral zond intraoperatsion asoratlar postoperatsion tiklanish qon ketish EGDFS laparokoskopik operatsiya.

Abstract

Annotatsiya.  Ushbu  maqolada  semizlikni  davolashda  qo‘llaniladigan 
laparoskopik me’da “Sleeve” rezeksiyasi jarayonida 3 ballonli orogastral bariatrik 
zonddan  foydalanish  samaradorligi  tahlil  qilingan. Tadqiqotda  2020–2023  yillar 
oralig‘ida  195  bemor  ishtirokida  olib  borilgan  klinik  kuzatuvlar  asosida,  zond 
qo‘llangan  guruhda  operatsiya  davomiyligi  qisqargani,  qon  ketish  xavfi 
kamaygani,  stenozlar  bartaraf  etilganligi  va  postoperatsion  tiklanish  tezlashgani 
aniqlangan.  Maqolada  EGDFS  orqali  olinadigan  natijalar,  asoratlar  darajasi  va 
statistik tahlillar orqali yangi texnologiyaning klinik afzalliklari asoslab berilgan. 
Ushbu  yondashuv  semizlikka  qarshi  jarrohlik  usullarining  samaradorligini 
oshirishda istiqbolli texnologiya sifatida tavsiya etiladi. 


background image

https://biti.uz/konferensiya/konferensiya2025/index.html

21 апреля 2025 г.

34

SLEEVE-REZEKSIYADA 3 BALLONLI OROGASTRAL BARIATRIK

ZONDNING SAMARADORLIGI

Ilmiy rahbar: T.f.d. professor Sattarov Oybek Toxirovich

1-sonli fakultet va gospital jarrohlik kafedrasi professori

Xamidullayeva Zaynabxon Amangeldi qizi

,

Xolboʻtayeva Aziza Baxtiyor qizi,

Ubaydullayev Javohir Lutfullo oʻgʻli

Toshkent Tibbiyot akademiyasi

2-davolash ishi fakulteti 5-kurs talabasi.

2-davolash ishi fakulteti 5-kurs talabasi.


Annotatsiya.

Ushbu maqolada semizlikni davolashda qo‘llaniladigan

laparoskopik me’da “Sleeve” rezeksiyasi jarayonida 3 ballonli orogastral bariatrik

zonddan foydalanish samaradorligi tahlil qilingan. Tadqiqotda 2020–2023 yillar

oralig‘ida 195 bemor ishtirokida olib borilgan klinik kuzatuvlar asosida, zond

qo‘llangan guruhda operatsiya davomiyligi qisqargani, qon ketish xavfi

kamaygani, stenozlar bartaraf etilganligi va postoperatsion tiklanish tezlashgani

aniqlangan. Maqolada EGDFS orqali olinadigan natijalar, asoratlar darajasi va

statistik tahlillar orqali yangi texnologiyaning klinik afzalliklari asoslab berilgan.

Ushbu yondashuv semizlikka qarshi jarrohlik usullarining samaradorligini

oshirishda istiqbolli texnologiya sifatida tavsiya etiladi.

Kalit so’zlar

: Sleeve-rezeksiya, bariatrik jarrohlik, semizlik, 3 ballonli

orogastral zond, intraoperatsion asoratlar, postoperatsion tiklanish, qon ketish,

EGDFS, laparokoskopik operatsiya.

Tadqiqotning

dolzarbligi.

Semizlik

dunyo

miqyosida

dolzarb

muammolardan biri hisoblanadi. O‘zbekistonda 2020-yilda ayollarning 22% va

erkaklarning 16% semizlik bilan kasallangani kuzatilgan. Prognozlarga ko‘ra,

2035-yilga kelib kattalarning 29% semizlik bilan kasallanadi. Bariatrik jarrohlik

semizlikni davolashning samarali usuli bo‘lib, O‘zbekistonda 2022-yilda 614 ta

bariatrik operatsiya bajarilgan. Shundan 399 tasi laparokoskopik me’da sleeve-

rezeksiya (LMSR) hisoblanadi.


background image

https://biti.uz/konferensiya/konferensiya2025/index.html

21 апреля 2025 г.

35

Tadqiqot maqsadi.

Semizlikda laparoskopik me’da “Sleeve” rezeksiyasini

bajarishda texnik yondashuvlarni takomillashtirilgan yo‘llarini qo‘llab davolash

natijalarini yaxshilash.

Mavzuga oid adabyotlarning tahlili.

Bariatrik jarrohlik sohasida olib

borilgan ilmiy tadqiqotlar semizlikni davolashda sleeve-rezeksiya eng samarali

usullardan biri ekanligini ko‘rsatadi. Buchwald va Oien (2013) tomonidan olib

borilgan tadqiqotda bariatrik jarrohlik usullarining uzoq muddatli natijalari tahlil

qilingan bo‘lib, sleeve-rezeksiya bemorlarda tana massasi indeksini (TMI)

sezilarli darajada kamaytirish imkonini bergani aniqlangan[1,3]. Angrisani (2018)

tadqiqotida sleeve-rezeksiya jahon miqyosida eng ko‘p bajariladigan bariatrik

operatsiyalardan biriga aylangani ta’kidlangan. Bu operatsiyaning kam

invazivligi, nisbatan qisqa tiklanish muddati va samaradorligi asosiy omillar

sifatida ko‘rsatib o‘tilgan[2,4,6].Parikh va boshqalar (2007) sleeve-rezeksiya

jarrohligida staple chiziqlarini mustahkamlashning ahamiyati bo‘yicha tadqiqot

o‘tkazgan. Ushbu tadqiqotda staple liniyalarini mustahkamlash intraoperatsion

qon ketish va anastomoz oqish xavfini sezilarli darajada kamaytirishi

ko‘rsatilgan[3,5]. Shu sababli, 3 ballonli orogastral zonddan foydalanish bu

jarayonda qo‘shimcha xavfsizlik chorasini ta’minlaydi. Rosenthal va hamkorlar

(2012) 12 000 dan ortiq bemor ishtirok etgan katta tadqiqotda sleeve-rezeksiya

operatsiyalarining natijalarini o‘rganib, jarrohlik davomiyligini qisqartirish, qon

ketish va anastomoz oqish xavfini kamaytirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqish

muhimligini ta’kidlagan[2,6].Tahlil qilingan adabiyotlar shuni ko‘rsatadiki,

sleeve-rezeksiya semizlikni davolashda samarali usul bo‘lib, operatsiya davomida

qo‘shimcha xavfsizlik choralarini ko‘rish – intraoperatsion va postoperatsion

asoratlarni kamaytirishga xizmat qiladi. 3 ballonli orogastral bariatrik zond esa bu

yo‘nalishda muhim innovatsion texnologiya hisoblanadi.

Tadqiqot metodologiyasi

Ushbu tadqiqot 2020-2023 yillar davomida olib

borilgan bo‘lib, tadqiqot metodologiyasi retrospektiv va qiyosiy tahlil asosida

tashkil etildi. Tadqiqotda jami 195 bemor ishtirok etdi. Tadqiqot ishtirokchilari


background image

https://biti.uz/konferensiya/konferensiya2025/index.html

21 апреля 2025 г.

36

bemorlar ikki guruhga ajratildi: Nazorat guruhi (90 bemor): an’anaviy sleeve-

rezeksiya bajarilgan. Asosiy guruh (105 bemor): operatsiya davomida 3 ballonli

orogastral zond qo‘llangan.

Tadqiqot bosqichlari

1. Jarrohlik amaliyoti: Bemorlar laparokoskopik sleeve-rezeksiya jarrohlik

amaliyotidan o‘tkazildi.

2. Postoperatsion kuzatuv: Operatsiyadan keyingi tiklanish jarayoni, qon

ketish xavfi va boshqa asoratlar qayd etildi.

3. Instrumental tekshiruvlar: EGDFS (ezofagogastroduodenoskopiya)

yordamida anastomoz joyida torayish yoki boshqa patologik o‘zgarishlar

baholandi.

4. Statistik tahlil: Olingan natijalar statistik jihatdan qayta ishlanib, nazorat

va asosiy guruh natijalari qiyosiy tahlil qilindi.

Natijalar va ularning tahlili.

Jarrohlik davomiyligi: 3 ballonli zond

ishlatilgan bemorlarda o‘rtacha 13 daqiqa qisqargan. (1-jadval). Nazorat guruhida

(an’anaviy usul) har bir darajadagi semizlikda operatsiya vaqti asosiy guruhga (3

ballonli zond qo‘llangan) nisbatan sezilarli darajada uzun bo‘lgan. Ayniqsa, III-

darajali semizlikda operatsiya o‘rtacha 20 daqiqa qisqargan (94 daqiqa o‘rniga 74

daqiqa). Bu natija 3 ballonli zond yordamida operatsion jarayonni tezlashtirish,

vizual nazoratni oshirish va texnik yondashuvni soddalashtirish imkonini berishini

ko‘rsatadi.

Jadval-1. Klinik guruhlarda Laparoskopik me’da “Sleeve” rezeksiyasi

jarrohlik amaliyotlarining davomiyliklari.

Intraoperatsion qon ketish: an’anaviy guruhda 8%, asosiy guruhda 3%

kuzatilgan. (2-jadval). Asosiy guruhda (3 ballonli zond qo‘llangan) 100 ml dan

ortiq qon ketish holati umuman kuzatilmagan.

Semizlik

darajalari

Vaqt(daqiqa)

Nazorat guruh

Vaqt(daqiqa)

Asosiy guruh

t-

student

I-daraja

61 ±9,5

48,6±7,3

1,035

II-daraja

72 ±11,3

58±8,1

1,007


background image

https://biti.uz/konferensiya/konferensiya2025/index.html

21 апреля 2025 г.

37

Shuningdek, bu guruhda troakarlarni qayta joylashtirish zarurati ham

bo‘lmagan. Bu esa zondning aniq lokalizatsiya va optimal yo‘naltirish imkonini

berishini, natijada operatsiya vaqtida qon ketish va texnik muammolar

kamayishini ko‘rsatadi. Bu zond intraoperatsion xavfsizlikni oshiruvchi muhim

innovatsiya sifatida namoyon bo‘lmoqda.

2-jadval. Semizlikning darajalarida intraoperatsion asoratlar


Postoperatsion asoratlar: 3 ballonli zond qo‘llangan guruhda tiklanish

tezlashgan. (3-jadval). Bu jadval postoperatsion asoratlarning ikki guruhda

solishtirilgan ko‘rsatkichlarini aks ettiradi. Nazorat guruhiga nisbatan asosiy

guruhda barcha asoratlar soni sezilarli darajada kam kuzatilgan. Masalan, qon

ketish holati 6,67% dan 1% gacha, ko‘ngil aynish va qusish esa 46,7% dan 13,3%

gacha kamaygan. Ayniqsa, stenoz, gematoma, harorat ko‘tarilishi va yiringli

infektsiyalar asosiy guruhda deyarli kuzatilmagan. Bu natijalar 3 ballonli zonddan

foydalanish bemorning tiklanish jarayonini osonlashtirishini va asoratlar xavfini

sezilarli darajada kamaytirishini ko‘rsatadi.

3-jadval. Amaliyotdan keying erta davrda kuzatilgan asoratlar

Asoratlar

Nazorat guruhi

Asosiy guruh

Qon ketish

6 (6,67%)

1 (1%)

Choklar

yetishmasligi

0

0

III -daraja

94 ±12

74±10,7

1,431

Qon ketish hajmlari

Nazorat guruh

Asosiy guruh

50ml gacha

78 (86,7%)

96 (91,4%)

50-100ml

10 (11,1%)

9 (8,6%)

100mldan ko‘p

2 (2,2%)

0

Troakarlar qayta

o‘rnatish

5 (5,56%)

0


background image

https://biti.uz/konferensiya/konferensiya2025/index.html

21 апреля 2025 г.

38

Jarohat yiringlashi

1(1,1%)

0(%)

Qorin old devori
gematomasi

2 (2,22%)

0 (%)

Ko’ngil aynish va

qusish

42 (46,7%)

14(13,3%)

Stenoz

5 (5,5%)

0

Qon tuflash

2(%)

0

Tana harorating

ko‘tarilishi

12 (13,3%)

6(5,71%)

O‘pka

arteriyalarining

tromboemboliyasi

0

0

Pnevmoniya

0

0

O‘lim

0

0


EGDFS natijalari: an’anaviy guruhda 5%, asosiy guruhda torayish

kuzatilmagan.

(4-jadval).

EGDFS

(ezofagogastroduodenoskopiya)

orqali

operatsiyadan oldin va keyin bemorlarning RE (refluks ezofagit) darajasi

baholangan. Tadqiqot shuni ko‘rsatdiki, asosiy guruhda operatsiyadan keyingi RE

II darajasi holatlari ancha kamaygan (20% dan 4,7% gacha). Bu esa 3 ballonli

zonddan foydalanish nafaqat mexanik xavfsizlikni, balki funktsional holatni ham

yaxshilashini anglatadi. Torayish va diskomfort belgilari kam kuzatilganligi

operatsiyaning anatomik va fiziologik muvozanatini saqlab qolganligini

ko‘rsatadi.

4-jadval. Ikkala guruh bemorlarining EGDFS tekshiruvidagi

natijalarining qiyosiy tahlillari.

RE

darajasi

Nazorat guruhi

n=90

Asosiy guruh

n=105

Statistik tahlil

p

Amaliyotda

n avval

Amaliyotdan

keyin

Amaliyotdan

avval

Amaliyotdan

keyin

Amaliyotdan

keyingi N&A

I daraja

32,2%

N=29

37,7%

N=34

38,1%

N=40

27,7%

N=29

p>0,05

II daraja

12,2%

N=11

20%

N=18

16,2%

N=17

4,7%

N=5

p<0,05

III daraja

0

0

0

0

N/0


background image

https://biti.uz/konferensiya/konferensiya2025/index.html

21 апреля 2025 г.

39

Xulosa

.Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatdiki, laparoskopik me’da “Sleeve”

rezeksiyasida

uch

ballonli

orogastral

zonddan

foydalanish

operatsiya

davomiyligini sezilarli darajada qisqartiradi, qon ketish xavfini kamaytiradi va

stenoz rivojlanishining oldini oladi. Ushbu texnologiya bemorlarning

postoperatsion tiklanish jarayonini tezlashtirib, umumiy ahvolini yaxshilashga

yordam beradi.

Zond qo‘llangan bemorlar guruhida operatsiyadan keyingi asoratlar

kamayib, EGDFS natijalari yaxshilanganini ko‘rsatdi. Ushbu yondashuv

semizlikni jarrohlik yo‘li bilan davolash samaradorligini oshirib, kelgusida

bariatrik amaliyotlarning sifatini yaxshilash uchun istiqbolli usul sifatida tavsiya

etilishi mumkin.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR


1.World Obesity Atlas 2023 Report.
2. IFSO Registry Report 2023.
URL: https://www.ifso.com/pdf/8th-ifso-registry-report-2023.pdf
3. Buchwald H., Oien D. M. (2013). Metabolic/Bariatric Surgery Worldwide

2011. Obesity Surgery, 23(4), 427-436.

DOI: 10.1007/s11695-012-0864-0
4. Angrisani L., Santonicola A., Iovino P., et al. (2018). Bariatric Surgery and

Endoluminal Procedures: IFSO Worldwide Survey 2014. Obesity Surgery, 28(6),
1602-1611.

DOI: 10.1007/s11695-018-3323-y
5. Parikh M., Heacock L., Gagner M. (2007). Laparoscopic Sleeve

Gastrectomy: Does Staple Line Reinforcement Matter? Surgical Endoscopy,
21(11), 1760-1764.

DOI: 10.1007/s00464-007-9267-x
6. Rosenthal R. J., Diaz A. A., Arvidsson D., et al. (2012). International

Sleeve Gastrectomy Expert Panel Consensus Statement: Best Practice Guidelines
Based on Experience of >12,000 Cases. Surgery for Obesity and Related Diseases,
8(1), 8-19.

DOI: 10.1016/j.soard.2011.10.019

IV daraja

0

0

0

0

N/0

References

World Obesity Atlas 2023 Report.

IFSO Registry Report 2023.

Buchwald H., Oien D. M. (2013). Metabolic/Bariatric Surgery Worldwide

Obesity Surgery, 23(4), 427-436.

DOI: 10.1007/s11695-012-0864-0

Angrisani L., Santonicola A., Iovino P., et al. (2018). Bariatric Surgery and

Endoluminal Procedures: IFSO Worldwide Survey 2014. Obesity Surgery, 28(6),

-1611.

DOI: 10.1007/s11695-018-3323-y

Parikh M., Heacock L., Gagner M. (2007). Laparoscopic Sleeve

Gastrectomy: Does Staple Line Reinforcement Matter? Surgical Endoscopy,

(11), 1760-1764.

DOI: 10.1007/s00464-007-9267-x

Rosenthal R. J., Diaz A. A., Arvidsson D., et al. (2012). International

Sleeve Gastrectomy Expert Panel Consensus Statement: Best Practice Guidelines

Based on Experience of >12,000 Cases. Surgery for Obesity and Related Diseases,

(1), 8-19.

DOI: 10.1016/j.soard.2011.10.019

Most read articles by the same author(s)

Xolbutayeva Aziza Baxtiyor qizi, Xamidullayeva Zaynabxon Amangeldi qizi, Ashrapxodjaeva Nodiraxon Muxtarovna, DERMATOLOGIK KASALLIKLARNI TASHXISLASHDA SKINGPT-4 NING AHAMIYATI , World scientific research journal: Vol. 1 No. 1 (2025)