Authors

  • Axmedova Firangiza Kaxramonovna

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.wsrj.96455

Keywords:

Kalit so‘zlar: kalsiy revmatoid artrit bo‘g‘imlar immun javob suyak to‘qimasi yallig‘lanish genetik predispozitsiya.

Abstract

  Annotatsiya.  Ushbu maqolada revmatoid artrit (RA) kasalligining asosiy 
xususiyatlari,  uning  rivojlanish  omillari  va  davolash  usullari  yoritilgan. 
Revmatoid artrit surunkali yallig‘lanish jarayoni bilan kechuvchi tizimli kasallik 
bo‘lib, avvalo qo‘llar, barmoqlar va bilaklardagi mayda bo‘g‘imlarni zararlaydi. 
Kasallik  patogenezi  autoimmun  mexanizmlarga  asoslangan  bo‘lib,  immun 
tizimining gomeostazining buzilishi natijasida rivojlanadi. Shuningdek, maqolada 
RA diagnostikasi, klinik belgilari va zamonaviy terapevtik yondashuvlari haqida 
batafsil ma’lumot berilgan. 


background image

https://biti.uz/konferensiya/konferensiya2025/index.html

21 апреля 2025 г.

301

REVMATOID ARTRIT RIVOJLANISHIDA PATOGENETIK VA

ETIOLOGIK OMILLARNING ROLI

Axmedova Firangiza Kaxramonovna

Klinik va klinik oldi fanlar kafedrasi assistenti

Buxoro Innovatsion Ta’lim va Tibbiyot Universiteti

Firangizaxmedova1985@gmail.com

Annotatsiya.

Ushbu maqolada revmatoid artrit (RA) kasalligining asosiy

xususiyatlari, uning rivojlanish omillari va davolash usullari yoritilgan.

Revmatoid artrit surunkali yallig‘lanish jarayoni bilan kechuvchi tizimli kasallik

bo‘lib, avvalo qo‘llar, barmoqlar va bilaklardagi mayda bo‘g‘imlarni zararlaydi.

Kasallik patogenezi autoimmun mexanizmlarga asoslangan bo‘lib, immun

tizimining gomeostazining buzilishi natijasida rivojlanadi. Shuningdek, maqolada

RA diagnostikasi, klinik belgilari va zamonaviy terapevtik yondashuvlari haqida

batafsil ma’lumot berilgan.

Kalit so‘zlar:

kalsiy, revmatoid artrit, bo‘g‘imlar, immun javob, suyak

to‘qimasi, yallig‘lanish, genetik predispozitsiya.

KIRISH.

Revmatoid artrit (RA) – autoimmun xastalik bo‘lib,

bo‘g‘imlarning surunkali yallig‘lanishi bilan kichadi, Aasosan bo‘g‘imlarning

shikastlanishi bilan tavsiflanadigan tizimli yallig‘lanish kasalligidir. Kasallikning

nomi qadimgi yunon tilidan olingan bo‘lib, "bo‘g‘im yallig‘lanishi" degan

ma’noni anglatadi. RA etiologiyasi hali to‘liq aniqlanmagan bo‘lsa-da, uning

rivojlanishida genetik moyillik, infektsion agentlar hamda immun tizimi

disfunksiyasi yetachi omillar sifatida e’tirof etiladi.

Kasallik patogenezi va etiologiyasini tushunish RA diagnostikasi hamda

davolash strategiyalarini ishlab chiqishda muhim ahamiyatga egaErta bosqichdagi

RA bilan og‘rigan bemorlarning prognozini eng aniq baholash imkonini beruvchi

testlar va diagnostika vositalari hanuzgacha aniq belgilanmagan. Shuningdek, turli

dorivor muolajalarga bemorlarning javobini oldindan bashorat qilishga imkon

beruvchi o‘zgaruvchilar haqida ham to‘liq ma’lumot mavjud emas.So’ggi yillarda

RAda umr ko’rish davomiyligining pasayishining asosiy sababi ateroskleroz bilan


background image

https://biti.uz/konferensiya/konferensiya2025/index.html

21 апреля 2025 г.

302

bog’liq bo’lib, yurak-qon tomir tizimida asoratlar rivojlanishiga sabab bo’lmoqda.

RA bilan og’rigan bemorlarda qon tomir tizimida kasalliklarni tez-tez namoyon

bo’lishi lipid almashinuvining buzilishi bilan bog’liqligi shifokorlarga malum,

ammo bu kasalliklarning rivojlanish mexanizmlari to’liq ochib berilmagan. Ushbu

muammoni hal qilishda RA bilan og’rigan bemorlarda maqsadli diagnostika va

davolash muhim rol o’ynaydi. RA bilan og’rigan bemorlarda bazis davo fonida

statinlarni qo’llash sogayishni tezlashtiradi, shuningdek, yurak-qon tomir

kasalliklarini oldini olishga yordam beradi.

Patogenez va etiologik omillar

Revmatoid artrit rivojlanishida asosiy rolni autoimmun reaktsiyalar

egallaydi. Ushbu jarayon quyidagi bosqichlarda namoyon bo‘ladi:1.Genetik

redispozitsiya:Autoimmun kasalliklarga moyillik irsiy omillar bilan bog‘liq bo‘lib,

ayniqsa HLA-DR1 va HLA-DR4 antigenlarini kodlovchi MHC II sinfi genlari

muhim ahamiyat kasb etadi.

Infektsion omillar:RA rivojlanishiga virus va bakteriyalar sabab bo‘lishi

mumkin. Jumladan, Epstein-Barr virusi, parotit virusi, herpes viruslari va T-

limfotrop viruslari autoimmun mexanizmlarni qo‘zg‘atishi mumkin.Atrof-muhit

omillari:Chekish, ekologik ifloslanish, chang va zararli kimyoviy moddalarga

ta’sir RA patogenezini kuchaytirishi mumkin.Ichki mikrobiom holati ham immun

javobning shakllanishida muhim rol o‘ynaydi.Immunologik mexanizmlar:Kasallik

patogenezida revmatoid omillar (RF) va modifikatsiyalangan proteinlarga (ACPA,

AMPA, aCarP, AAPA) qarshi autoantitanalar muhim ahamiyatga ega.T va B-

limfotsitlarining sinovial to‘qimalarga migratsiyasi yallig‘lanish jarayonining

davomiyligini ta’minlaydi.Sitokinlar (IL-1, IL-6, TNF-α) va araxidon kislotasi

metabolitlari bo‘g‘im to‘qimalarida degenerativ o‘zgarishlarni kuchaytiradi.

Klinik manzarasi.

RA odatda bilak, qo‘l va barmoqlarning mayda

bo‘g‘imlaridan boshlanadi va simmetrik tarzda rivojlanadi. Kasallikning asosiy

belgilari quyidagilardan iborat:


background image

https://biti.uz/konferensiya/konferensiya2025/index.html

21 апреля 2025 г.

303

Bo‘g‘imlarning og‘rishi va shishishi.rtalabki harakat cheklanganligi (jutish

sindromi)Charchoq va mushak og‘rig‘i, tana haroratining biroz oshishi,remissiya

va zo‘rayish fazalarining almashishi,kamqonlik, ishtaha pasayishi va vazn

yo‘qotish, sekretsiya bezlari disfunksiyasi (quruq ko‘zlar va og‘iz qurishi).

Kasallik rivojlangan hollarda xaftaga va suyak to‘qimalari shikastlanib, og‘ir

deformatsiyalar va harakat cheklovlariga olib keladi.

Diagnostika Revmatoid artritni aniqlashda quyidagi usullar qo‘llaniladi:

Laborator tahlillar: Revmatoid omil (RF) va anti-CCP antitanalar

Eritrositlar cho‘kish tezligi (ECHT) va C-reaktiv oqsil (CRP) darajasi

Tasviriy diagnostika: Rentgenologik tekshiruvlar,MRI va ultratovush

teshiruvlari (sinovial yallig‘lanishni baholash uchun)

Davolash.

RA davolash strategiyasi kasallikning bosqichiga qarab

belgilanadi va quyidagi asosiy tamoyillarni o‘z ichiga oladi:Dori vositalari bilan

davolash:Nosteroid yallig‘lanishga qarshi dorilar (NYQD) – simptomlarni

yengillashtirish uchun.Glyukokortikosteroidlar – yallig‘lanish jarayonini bostirish

maqsadida.

Bazisli immunosupressiv terapiya: Metotreksat, leflunomid, sulfasalazin kabi

preparatlar uzoq muddatli davolash uchun qo‘llaniladi.Biologik terapiya: TNF-α

ingibitorlari (infliksimab, adalimumab) va IL-6 antagonistlari zamonaviy davolash

usullariga kiradi.Reabilitatsiya va fizioterapiya:Maxsus mashqlar, fizioterapevtik

muolajalar

va

ortopedik

vositalardan

foydalanish.Xirurgik

aralashuv:Sinovektomiya yoki rekonstruktiv operatsiyalar kasallikning kechki

bosqichlarida qo‘llaniladi.

Osteoporoz profilaktikasi:Kaltsiy va vitamin D qo‘shimchalari osteoporozni

oldini olishga yordam beradi.Sut mahsulotlari, yong‘oqlar va baliq mahsulotlari

bilan boyitilgan parhez tavsiya etiladi.

Xulosa.

Revmatoid artrit – murakkab immunologik va genetik

mexanizmlarga asoslangan tizimli kasallik bo‘lib, uning erta diagnostikasi va

to‘g‘ri davolash usullari nogironlikning oldini olishga yordam beradi. Zamonaviy


background image

https://biti.uz/konferensiya/konferensiya2025/index.html

21 апреля 2025 г.

304

terapevtik yondashuvlar va innovatsion biologik dori vositalari yordamida RA

bilan kasallangan bemorlarning hayot sifati sezilarli darajada yaxshilanmoqda.

Kelajakdagi tadqiqotlar kasallikning aniq etiologik sabablarini o‘rganish va

individualizatsiyalashgan terapiya usullarini ishlab chiqishga qaratilgan bo‘lishi

zarur.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:

1. Исламова, К. А., Абдушукурова, К. Р., Хамраева, Н. А., & Эшмуратов, С.
Э. (2023). Эффективность внутрисуставного введения гиалуромхондро при
раннем остеоартрозе. iqro, 2(2), 186-193.
2. Абдушукурова К., Исламова К. Взаимосвязь нервно-эндокринных
нарушенийу больных ревматоидным артритом //International Bulletin of
Medical SciencesandClinical Research. – 2023. – Т. 3. – №. 11. – С. 16-20.
3. Исламова, К. А., Абдушукурова, К. Р., Хамраева, Н. А., & Эшмуратов, С.
Э. (2023). Эффективность внутрисуставного введения гиалуромхондро при
раннем остеоартрозе. iqro, 2(2), 186-193.
4. Amrillaevich A. I., Rustamovna A. K. Revmatoid artrit va yurak ishemik
kasalligi bo ‘lgan bemorlarda aspirin qo ‘llanilishi //Journal of cardiorespiratory
research. –2020. – Т. 1. – №. 3. – С. 49-51.

References

Исламова, К. А., Абдушукурова, К. Р., Хамраева, Н. А., & Эшмуратов, С.

Э. (2023). Эффективность внутрисуставного введения гиалуромхондро при

раннем остеоартрозе. iqro, 2(2), 186-193.

Абдушукурова К., Исламова К. Взаимосвязь нервно-эндокринных

нарушенийу больных ревматоидным артритом //International Bulletin of

Medical SciencesandClinical Research. – 2023. – Т. 3. – №. 11. – С. 16-20.

Исламова, К. А., Абдушукурова, К. Р., Хамраева, Н. А., & Эшмуратов, С.

Э. (2023). Эффективность внутрисуставного введения гиалуромхондро при

раннем остеоартрозе. iqro, 2(2), 186-193.

Amrillaevich A. I., Rustamovna A. K. Revmatoid artrit va yurak ishemik

kasalligi bo ‘lgan bemorlarda aspirin qo ‘llanilishi //Journal of cardiorespiratory

research. –2020. – Т. 1. – №. 3. – С. 49-51.