Authors

  • Babadjanova Adolat Tolibovna

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.wsrj.96456

Keywords:

Kalit so’zlar: Gingivit kataral gingivit yazvali gingivit gipertrofik gingivit atrofik gingivit skleroterapiya gingivaektomiya

Abstract

Annotatsiya:  Ushbu  maqolada  milk  shilliq  qavatining  yallig’lanishi, etiologiyasi, kelib chiqish sabablari, davolash usullari xususida so’z boradi. 


background image

https://biti.uz/konferensiya/konferensiya2025/index.html

21 апреля 2025 г.

298

GINGIVIT: SABABLARI, BELGILARI VA DAVOLASH

YONDASHUVLARI

Babadjanova Adolat Tolibovna assistent

Buxoro innovatsion ta’lim tibbiyot universiteti

adolat.babadjanova.89@mail.ru

Annotatsiya:

Ushbu maqolada milk shilliq qavatining yallig’lanishi,

etiologiyasi, kelib chiqish sabablari, davolash usullari xususida so’z boradi.

Kalit so’zlar:

Gingivit,

kataral gingivit, yazvali gingivit, gipertrofik

gingivit,atrofik gingivit, skleroterapiya, gingivaektomiya

Gingivit

bu

milk

shilliq

qavatining

yallig'lanish jarayoni bilan

tavsiflangan kasallik. U o'tkir

yoki

surunkali

bo'lishi

mumkin.

Gingivit

(

lotincha

:

gingiva — milk, itis —

yalligʻlanish) — milk shilliq

qavatining yalligʻlanishi. Meʼda-ichak, nafas aʼzolari, yurak-tomir,

nerv sistemasi

,

periodontit, paradontoz, qon kasalliklari,

infeksion kasalliklar

, avitaminozlar, ogʻir

metallar (simob, qoʻrgʻoshin va b.)ning tuzlaridan zaharlanish, tish toshi

gingivitga sabab boʻladi. Baʼzan antibiotiklar yoki boshqa dorilar qabul

qilinganda ham gingivit yuzaga keladi. Hayz sikli buzilganda, homiladorlik va

balogʻatga yetish davrida koʻp uchraydi. Chirigan tish qirrasi, notoʻgʻri qoʻyilgan

tish yoki yasama tish, shuningdek, dagʻal tish choʻtkasining milkni zararlashi,

kimyoviy moddalar va issiqdan kuyish ham gingivitga sabab boʻlishi mumkin.

Kasallikning quyidagi shakllari mavjud:

1)

kataral gingivit- milkning shishishi va qizarishi bilan namoyon bo'ladi,

bezillab turadi va salga qonaydi.


background image

https://biti.uz/konferensiya/konferensiya2025/index.html

21 апреля 2025 г.

299

2)

yarali ( nekrotik-yazvali ) gingivit- milkning nekrotik (o'lik) joylari

shakllanishi bilan tavsiflanadi, milk cheti kulrang karash bilan qoplanadi, ostidan

yara chiqadi, ogʻizdan sassiq hid keladi. Soʻlak oqadi, temperatura koʻtariladi,

jagʻ ostidagi limfa bezlari kattalashadi.

3)

gipertrofik gingivit- milk to'qimalarining hajmining sezilarli darajada

oshishi va undan qon chiqish bilan belgilanadi, milk oʻsib, butun tishni qoplaydi,

ogʻriq sezilmaydi.

4)

atrofik gingivit – gingival to'qima hajmining pasayishi kuzatiladi, natijada

milk darajasi pasayadi va tish ildizi ochilib qoladi. Shunda noxush oqibatlarga olib

keladi: sovuq yoki isiqqa og’riqli reaksiya.

5)

deskvamativ (geografik) gingivit

-

shilliq qavat epiteliyasining kuchli

qizarishi bilan tavsiflanadi.

Shish, milkning qizarishi, tana haroratining ko'tarilishi, milkdagi aftalar,

milk giperplaziyasi, milk sohasidagi qichishish, ovqatlanish paytida og'riq,

og'izdan yoqimsiz hid, milk atrofiyasi (ildiz ochila boshlashi) gingivitga xos

bo'lgan alomatlar hisoblanadi.

Gingivit uchun zarur bo'lgan davolash quyidagilarni o'z ichiga oladi:

- professional og'iz gigienasi (tish toshlarini tozalash, tish karashlarini

tozalash;

- og'iz bo'shlig'ini antiseptik bilan davolash;

- yallig'lanishga qarshi dorilar;

- jarrohlik ( milkning gipertrofiyalangan qismini olib tashlash);

- skleroterapiya (kalsiy glyukonat) ;

- gingival papillaga steroid gormonal preparatlarni kiritish;

- zararlangan to’qimalarning diotermakoagulyatsiya

-fizioterapiya usullari;

-milk massaji.


background image

https://biti.uz/konferensiya/konferensiya2025/index.html

21 апреля 2025 г.

300

Xulosa qilib shuni aytishimiz mumkinki, kasallikning oldini olish uchun

tish gigienasiga rioya qilish, chekishni tashlash, tish shifokori tomonidan

muntazam ravishda tekshiruvdan o'tish (yiliga 1-2 marta) hamda kalsiyga boy

ovqatlar, kalsiy preparatlarini iste'mol qilish tavsiya etiladi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati

1.

Мюллер Х.П. Пародонтология 2004 y.

2.

Murtazayev S. S. va boshq. Bolalar og`iz bo`shlig`i shilliq qavati

kasalliklari darslik 162 bet. 2018 y. Toshkent

3.

Gafforov S.A., Rizayev J.A., Jilonov A.A., Sadiqova X.K. Stomatologiya.

O’quv qo’llanma.-Toshkent. Lesson press.2018y.

4.

Dusmuhamedov D.M., Sadikova X. K. va hammualliflar. “Parodontal

xirurgiya” O’quv uslubiy qo’llanma. –Toshkent TTA bosmaxonasi. 2019
5.

Abdusalomovich, A. A. Bolalarda og’iz bo’zish shilliq qatlami kasalliklari

tuzilishini yosh bo’yicha xususiyatlari. (2022).
6.

Евразийский журнал медицинских и естественных наук

,

2

(3), 77–80.

извлечено от https://in-academy.uz/index.php/EJMNS/article/view/1276
7.

T.E. Zoyirov Parodontologiya.196 b. Samarqand 2023

Samarqand

8.

Mirzakulova Lola Tohirovna. Parodont yallig'lanish kasalliklarini

davolashni takomillashtirish. Stomatologiya (yo'nalishlar bo'yicha). Dissertatsiya
akademik magistr darajasi uchun 90 b.

References

Мюллер Х.П. Пародонтология 2004 y.

Murtazayev S. S. va boshq. Bolalar og`iz bo`shlig`i shilliq qavati

kasalliklari darslik 162 bet. 2018 y. Toshkent

Gafforov S.A., Rizayev J.A., Jilonov A.A., Sadiqova X.K. Stomatologiya.

O’quv qo’llanma.-Toshkent. Lesson press.2018y.

Dusmuhamedov D.M., Sadikova X. K. va hammualliflar. “Parodontal

xirurgiya” O’quv uslubiy qo’llanma. –Toshkent TTA bosmaxonasi. 2019

Abdusalomovich, A. A. Bolalarda og’iz bo’zish shilliq qatlami kasalliklari

tuzilishini yosh bo’yicha xususiyatlari. (2022).

Евразийский журнал медицинских и естественных наук, 2(3), 77–80.

T.E. Zoyirov Parodontologiya.196 b. Samarqand 2023 Samarqand

Mirzakulova Lola Tohirovna. Parodont yallig'lanish kasalliklarini

davolashni takomillashtirish. Stomatologiya (yo'nalishlar bo'yicha). Dissertatsiya

akademik magistr darajasi uchun 90 b.