Authors

  • Ramazanova Zarina Faritovna
  • Muralimova Ranogul Simai qizi
  • Xolxo‘jayev Sherzod Yunus o‘g‘li

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.wsrj.96458

Keywords:

Kalit so‘zlar: multimodal analgeziya opioid NSAID chanoq-son bo‘g‘imi endoprotezlash VAS paracetamol.

Abstract

Annotatsiya.  Ushbu  tadqiqot  chanoq-son  bo‘g‘imi  endoprotezlash 
amaliyotidan keyin multimodal analgeziyaning (MA) samaradorligini baholashga 
bag‘ishlangan. Tadqiqot 40-60 yosh oralig‘idagi 30 bemorda o‘tkazildi. Ular ikki 
guruhga  bo‘lindi:  1-guruh  faqat  opioid  analgetiklar,  2-guruh  esa  NSAID  + 
paratsetamol  +  opioid  kombinatsiyasida  multimodal  analgeziya  qabul  qilgan. 
Og‘riqni baholash VAS shkalasi bilan amalga oshirildi. Natijalar shuni ko‘rsatdiki, 
multimodal  analgeziya  og‘riqni  kamaytirishda  samaraliroq  bo‘lib,  opioidga 
bo‘lgan ehtiyojni pasaytiradi.  


background image

https://biti.uz/konferensiya/konferensiya2025/index.html

21 апреля 2025 г.

292

CHANOQ-SON BO‘G‘IMI ENDOPROTEZLASH AMALIYOTIDAN

KEYINGI OG‘RIQNI BOSHQARISHDA MULTIMODAL

ANALGEZIYANING SAMARADORLIGINI BAHOLASH

Ramazanova Zarina Faritovna

Toshkent tibbiyot akademiyasi

zarin-ka-91@mail.ru

Muralimova Ranogul Simai qizi

Toshkent tibbiyot akademiyasi

ranogulmuralimova@gmail.com

Xolxo‘jayev Sherzod Yunus o‘g‘li

Toshkent tibbiyot akademiyasi

sherzodkholkhujaev@gmail.com

Annotatsiya.

Ushbu tadqiqot chanoq-son bo‘g‘imi endoprotezlash

amaliyotidan keyin multimodal analgeziyaning (MA) samaradorligini baholashga

bag‘ishlangan. Tadqiqot 40-60 yosh oralig‘idagi 30 bemorda o‘tkazildi. Ular ikki

guruhga bo‘lindi: 1-guruh faqat opioid analgetiklar, 2-guruh esa NSAID +

paratsetamol + opioid kombinatsiyasida multimodal analgeziya qabul qilgan.

Og‘riqni baholash VAS shkalasi bilan amalga oshirildi. Natijalar shuni ko‘rsatdiki,

multimodal analgeziya og‘riqni kamaytirishda samaraliroq bo‘lib, opioidga

bo‘lgan ehtiyojni pasaytiradi.

Kalit so‘zlar:

multimodal analgeziya, opioid, NSAID, chanoq-son bo‘g‘imi,

endoprotezlash, VAS, paracetamol.

Mavzuning

dolzarbligi:

Chanoq-son

bo‘g‘imi

endoprotezlash

operatsiyalaridan keyingi og‘riqni boshqarish katta ahamiyatga ega, chunki kuchli

og‘riq bemorlarning reabilitatsiya jarayonini sekinlashtiradi va asoratlar xavfini

oshiradi. Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti (JSST) ma’lumotlariga ko‘ra, har yili

dunyo bo‘yicha 1,5 milliondan ortiq chanoq-son bo‘g‘imi endoprotezlash

operatsiyasi o‘tkaziladi va bu son yildan yilga oshib bormoqda[1,2] Tadqiqotlar

shuni ko‘rsatadiki, operatsiyadan keyin bemorlarning 30-50% da og‘riq sindromi

yuqori darajada saqlanib qoladi[3,4]. Jarrohlikdan keyingi og‘riqni adekvat


background image

https://biti.uz/konferensiya/konferensiya2025/index.html

21 апреля 2025 г.

293

boshqarish erta reabilitatsiya,qon bosimi va yurak urishini barqaror

saqlash,opioidlarga qaramlikni kamaytirishga olib keladi[5].

Tadqiqot maqsadi:

Chanoq-son bo‘g‘imi endoprotezlash operatsiyasidan

keyin multimodal analgeziya usulining samaradorligini baholash.

Tadqiqot material va usullari:

Tadqiqot Toshkent tibbiyot akademiyasi

ko‘p tarmoqli klinikasi 2-son Anesteziologiya va reanimatologiya boʻlimida 40-60

yosh

oralig‘idagi

chanoq-son

bo‘g‘imi

endoprotezlash

operatsiyasi

o‘tkazilgan,hech qanday og‘ir surunkali kasalliklarga ega bo‘lmagan,opiatlarga,

NSAIDlarga allergik reaksiyasi yoʻq boʻlgan 30 nafar bemorda o‘tkazildi. Ular

ikki guruhga bo‘lindi: 1-guruh (kontrol): 7 erkak, 8 ayol, faqat opioidlar. 2-guruh

(asosiy): 7 erkak, 8 ayol, NSAID, paratsetamol va opioid kombinatsiyasida

multimodal analgeziya qilindi. Og‘riq baholashda VAS (Visual Analogue Scale)

shkalasidan foydalanildi. Statistik tahlil Student t-testi yordamida amalga

oshirildi.

Tadqiqot natijalari:

Multimodal analgeziya qo‘llanilgan bemorlarda og‘riq

darajasi tezroq pasaygan. Dastlab natija statistik jihatdan ahamiyatli emas (p >

0.05), ya’ni opioid va multimodal guruhlar o‘rtasida og‘riq kamayishi bo‘yicha

sezilarli farq yo‘q. 6-soatdan boshlab multimodal analgeziya sezilarli ustunlik

ko‘rsatgan (p < 0.05). 12-soatdan boshlab multimodal guruhda VAS ballari

sezilarli darajada past bo‘lib, 24 soatdan keyin 39-44% kamayish kuzatilgan (p <

0.01). VAS ballari 3 kun ichida multimodal guruhda opioid guruhiga nisbatan

43.75% ga kamaygan va statistik jihatdan juda ahamiyatli(p < 0.01).1-guruhda

o‘rtacha opioid doza 18.4 ± 3.2 mg ni tashkil qilgan.2-guruhda esa ushbu

ko‘rsatkich 10.7 ± 2.6 mg gacha kamaygan (p < 0.01). Opioidga qo‘shimcha

ehtiyoj 1-guruhda 46.7% (7/15) bo‘lsa, 2-guruhda bu ko‘rsatkich 20% (3/15)

gacha pasaygan (p < 0.05). Ushbu natijalar multimodal analgeziyaning opioidga

bo‘lgan umumiy ehtiyojni 42% gacha kamaytirganligini ko‘rsatadi. Bemorlarning

opioidga qo‘shimcha ehtiyoji esa 2.3 barobar kamaygan, bu multimodal

yondashuvning og‘riqni samarali boshqarishdagi muhimligini ko‘rsatadi.


background image

https://biti.uz/konferensiya/konferensiya2025/index.html

21 апреля 2025 г.

294

Multimodal analgeziyaning an’anaviy (opioid) analgeziyaga nisbatan

samaradorligi quyidagicha baholandi: O‘rtacha samaradorlik farqi (VAS

bo‘yicha): 25.02% yaxshiroq. Statistik ishonchlilik: p = 0.0046 (p < 0.05), ya’ni

natija ishonchli. Bu multimodal analgeziya opioid monoterapiyasiga nisbatan 25%

samaraliroq ekanini va ushbu farq statistik jihatdan ishonchli(p < 0.05) ekanini

ko‘rsatadi.

Xulosa:

Multimodal analgeziyaning samaradorligi 6-soatdan boshlab

statistik jihatdan ishonchli (p < 0.05), 12-soatdan keyin esa juda ishonchli (p <

0.01), ya’ni 99% ishonchlilik darajasiga ega.Multimodal analgeziya anʼanaviy

analgeziya bilan solishtirganda 28.88%ga samarali va ishonchli (P<0.01)

boʻldi.Qon bosimi va yurak urish tezligi multimodal guruhda stabillashgan, bu esa

og‘riq darajasining pastroq ekanligini bildiradi. Multimodal analgeziya opioid

ehtiyojiniini 42% ga kamaytirib, bemorlarning qo‘shimcha opioid talabini deyarli

2.3 barobar pasaytirgan. Bu multimodal yondashuvning ishonchli(p < 0.001) va

xavfsiz ekanligini tasdiqlaydi.

Foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati:

1.WHO Guidelines for the pharmacological and radiotherapeutic

management of cancer pain in adults and adolescents. World Health Organization,

2021.

2.Chou R., et al. (2016). Management of postoperative pain: a clinical

practice guideline from the American Pain Society, the American Society of

Regional Anesthesia and Pain Medicine, and the American Society of

Anesthesiologists. The Journal of Pain, 17(2), 131-157.

3.Ivanov V.P. Pain management after hip replacement surgery: multimodal

approach. J Clin Med. 2023;12(4):123-135.

4. Gordon D.B., et al. (2016). American Pain Society guidelines on

multimodal analgesia in perioperative care. The Journal of Pain, 17(2), 131-157.

5. Smith J.R., Brown L.K. Comparative study of opioid vs multimodal

analgesia in orthopedic patients. Pain Res J. 2022;15(6):89-102.

References

WHO Guidelines for the pharmacological and radiotherapeutic

management of cancer pain in adults and adolescents. World Health Organization,

Chou R., et al. (2016). Management of postoperative pain: a clinical

practice guideline from the American Pain Society, the American Society of

Regional Anesthesia and Pain Medicine, and the American Society of

Anesthesiologists. The Journal of Pain, 17(2), 131-157.

Ivanov V.P. Pain management after hip replacement surgery: multimodal

approach. J Clin Med. 2023;12(4):123-135.

Gordon D.B., et al. (2016). American Pain Society guidelines on

multimodal analgesia in perioperative care. The Journal of Pain, 17(2), 131-157.

Smith J.R., Brown L.K. Comparative study of opioid vs multimodal

analgesia in orthopedic patients. Pain Res J. 2022;15(6):89-102.