Authors

  • Qandova Feruza Abduraxmonovna

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.wsrj.96469

Keywords:

Kalit so’zlar: paradontit gingivit giperemiya infiltrasiya destruktiv o’zgarish

Abstract

Annotatsiya:  Parodontit  –  bu  paradont  to’qimasining  tish  milk boylamlarining zararlanishi bilan kechadigan  yallig’lanishli  jarayon  hisoblanadi. Bu  maqolada  paradontitning  patogenezi,  klinikasi  va  ularning  kechishi  haqida bayon qilingan. 


background image

https://biti.uz/konferensiya/konferensiya2025/index.html

21 апреля 2025 г.

249

PARODONTITLARNING KLINIK KO’RINISHLARI VA ULARNING

DIAGNOSTIKASI.

Qandova Feruza Abduraxmonovna

Buxoro innovatsion ta’lim va tibbiyot universiteti

“Stomatologiya” kafedrasi “Paradontologiya” fani assistenti

Annotatsiya:

Parodontit – bu paradont to’qimasining tish milk

boylamlarining zararlanishi bilan kechadigan yallig’lanishli jarayon hisoblanadi.

Bu maqolada paradontitning patogenezi, klinikasi va ularning kechishi haqida

bayon qilingan.

Kalit so’zlar:

paradontit, gingivit, giperemiya, infiltrasiya, destruktiv

o’zgarish,

Dolzarbligi:

Paradont kasalliklari stomotologik kasalliklar ichida keng

tarqalgan bo’lganligi sababli etiologik omilni bartaraf etish bilan birga paradont

to’qimasiga mahalliy ta’sir etish natijasida medikomentoz davolash usullarini

qo’llash.

Maqsad:

Parodontit kasalliklarida

patologik cho’ntak chuqurligiga qarab

kasallikning darajasini aniqlash.

Paradontit – bu paradont to’qimalarining milk, periodont, alveolyar o’siq va

sementda bo’ladigan patologik o’zgarishlar natijasida yallig’lanish kelib chiqishi

asosida izohlanadi. Paradontit kasalligi bilan 40 yoshdan oshganlar ko’proq

kasallanadilar. Boshlang’ich parodontitda milk qirg’og’i mikroskopda ko’rilganda

shish,

limfo-leykocitar

infiltraciya,

glikozoaminoglikanlar

(GAG)

dezintegraciyasi, kollagen fragmentizaciyasi va lizisini ko’rishimiz mumkin.

Keyinchalik to’qima shishi va yallig’lanish infiltraciyasi ko’payib, epitelial

birikuvni, milkni kollagen tolalarini va tish aylanma bog’lamini buzilishiga olib

keladi. Mikrobli blyashka va milk osti tish toshlarini apikal yo’nalishida siljishi

jarayonni chuqurlashuviga olib keladi. Epiteliyni proliferaciyasi, periodont

tolalarini ajralishi va buzilishi kuzatiladi. Parodontni barer funksiyasini va

organizmning immunologik reaktivligi buzilishi natijasida osteoblastlar (suyak


background image

https://biti.uz/konferensiya/konferensiya2025/index.html

21 апреля 2025 г.

250

to’qimasini rezorbciyasiga olib keluvchi) faollashadi. Suyak to’qimasi

qirg’oqlaridagi hosil bo’luvchi lakunalarda osteoklastlar bilan birga limfoid va

plazmatik hujayralar uchraydi. Tishlararo alveola suyagida rentgenologik

tuzilishni buzilishi - destruktiv o’zgarishlar borligi. Milkda turli yalig’lanish,

destruktiv o’zgarishlar (tishlarni qimirlab qolishi, ularning joylashishini

o’zgarganligi, og’irik, funkciya buzilishlari va boshqalar).

Parodontitni klinik ko’rinishi gingivit simptomlariga qo’shimcha ravishda,

suyak to’qimasini destrukciyasi, abscesslarning borligi, tishlarni qimirlashi va

alveolyar suyakning surilishi, shuningdek tish-milk bog’lamini buzilishi bilan

hosil bo’lgan parodontal cho’ntaklar borligi bilan xarakterlanadi.

Sub’ektiv tarzda parodontit milklarning qonashi, xar hil darajadagi tish

qimirlashlari, og’riq, parodontal cho’ntakdan ekssudat chiqishi, tish bo’ynini

gipersteziyasi bilan tavsiflanadi.

Ob’ektiv tekshirilganda, milk usti va milk osti tish toshlari aniqlanadi,

milklar qonaydi, patologik tish-milk cho’ntaklari bo’ladi, tishlar qimirlaydi,

Shiller - Pisarev sinamasi musbat. Palpaciyada seroz yoki seroz - yiringli ekssudat

ajraladi. Ba’zi tishlarning gorizontal perkussiyasi musbat bo’lishi ham mumkin.

Yengil darajada parodontitda tish - milk cho’ntagini chuqurligi 3,5 mm

gacha, tish qimirlashlari yo’q. Bemorning umumiy ahvoli yaxshi. Rentgen

tekshiruvida tishlararo to’siq suyak to’qimasining boshlang’ich destrukciyasi

aniqlanadi, kompakt plastinkani bo’linishi yoki yo’qolishi kuzatiladi, osteoporoz,

tishlararo to’siqning kamayishi (1/3 qismidan kamroq) xosdir.

O’rta og’irlikdagi parodontitda cho’ntakning chuqurligi 5 mm gacha,

tishlarni 1 -2 darajali qimirlashi kuzatiladi. Tishlar siljishi, trema va diastemalari

hosil bo’lishi, jarohatlovchi jarohatli okklyuziya bo’lishi mumkin.

Rentgenogrammada - tishlararo to’siq suyak to’qimasining rezorbciyasi 1/3 dan

1/2 gacha.

Og’ir darajada parodontitda cho’ntakning chuqurligi 5-6 mmdan ko’p.

Tishlarning 2 va 3-darajadagi patologik qimirlashi, siljishi, yaqqol jarohatlovchi


background image

https://biti.uz/konferensiya/konferensiya2025/index.html

21 апреля 2025 г.

251

jarohatli

artikulyaciya,

tremalar,

tish

yoyi

nuqsonlari

kuzatiladi.

Rentgenogrammada - ildiz uzunligining 1/2 qismidan ko’prog’ida suyak to’qimasi

rezorbciyasi, ba’zan tishlararo to’siqning so’rilib ketishi ko’rinadi.

Xulosa qilib shuni aytamizki parodontit kasalligining darajalari paradontal

zond yordamida aniqlanadi. Yengil darajada paradontal cho’ntak chuqurligi 2 –

3.5 mm gacha bo’lsa yengil daraja, 3,5 – 5 mm gacha bo’lsa o’rta daraja, 5 mm va

undan yuqori bo’lsa og’ir daraja deb tashhis qo’yiladi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

Kamilov Kh.P., Yusupalikhodjaeva S.X., Shukurova U.A. Fakultet

terapevtik stomatologiya, Darslik. Toshkent. 2017 y.

2.

S.S.Murtazayev, S.S. Mahsumova, L.A. Abduazimova, M.K. Ishanova

“Bolalar og’iz bo’shlig’I shilliq qavat kasalliklari”. Darslik. Toshkent. 2018 y.

References

Kamilov Kh.P., Yusupalikhodjaeva S.X., Shukurova U.A. Fakultet terapevtik stomatologiya, Darslik. Toshkent. 2017 y.

S.S.Murtazayev, S.S. Mahsumova, L.A. Abduazimova, M.K. Ishanova “Bolalar og’iz bo’shlig’I shilliq qavat kasalliklari”. Darslik. Toshkent. 2018 y.