https://biti.uz/konferensiya/konferensiya2025/index.html
21 апреля 2025 г.
584
JEK LONDONNING “HAYOTGA MUHABBAT” HIKOYASIDA
HAYOTSEVARLIK G‘OYALARI
To‘rayeva Laylo Omonovna,
BITU Umumta’lim fanlar kafedrasi dotsenti,
filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori(PhD)
Annotatsiya:
Maqolada Jek Londonning “Hayotga muhabbat” hikoyasi
g’oyalari tahlil qilinadi. Asarni adabiyot mashg’ulotlarida o’rganish va uning
kitobxonga beradigan tarbiyaviy omillari ochib beriladi. Insonning o’zi tomon
shiddat bilan yaqinlashib kelayotagan o’lim vahimasini jasorat bilan yengishi,
uning optimistik qarashlari tahlil qilinadi.
Kalit soʼzlar:
hikoya, qahramon, hayotsevarlik, oltin izlovch, “Berdferd”
kemasi, Bill,
1876-1916-yillarda yashagan Jek London 150 dan ortiq hikoyalar yozgan.
Shulardan biri kitobxonni hayotsevarlikka undovchi “Hayotga muhabbat”
hikoyasidir. Unda insonning hayotga bo‘lgan muhabbat yo‘lidagi mashaqqatli
kechinmalari o‘z aksini topadi. Hikoya qahramoni bu yo‘lda uni tinimsiz
tuzog‘iga tushirmoqchi bo‘lgan o‘limni katta matonat bilan yengadi. Unda ikki
oltin izlovchi qahramonning ayanchli taqdiri badiiy tasvirlanadi. Qahramonlardan
biri Bill ismli o‘ta xudbin, xiyonatkor, ochko‘z tip sifatida gavdalantiriladi. U o‘z
xasisligi sababli do‘stini aro yo‘lda qoldirib, oltinlarini orqalab, orqasiga hatto
qayrilib ham qaramasdan ketib qoladi. Do‘sti esa kasal va nochor holatda uning
ortidan umid bilan termulib qoladi. Har bir zamonda ham uchrab turadigan
bunday tipik nusxalar kitobxon ongida nafrat va unga achinish hissini uyg‘otadi.
Bunday holatga tushib qolmaslik, ya’ni o‘z do’stini, yaqinlarini nochor holatda
tashlab ketmaslik kerakligini uqtiradi.
Shunday qilib uzoq yo’l mashaqqatidan xastalanib qolgan va nochor bir umid
bilan Billning ortidan qarab qolgan qahramonimiz bu kimsasiz biyobondan albatta
tirik chiqish uchun tinimsiz kurashadi. Xasta holida bir amallab dardga, ob-havo
https://biti.uz/konferensiya/konferensiya2025/index.html
21 апреля 2025 г.
585
injiqliklariga, ochlikka bardosh berib, yirtqich hayvonlarga yem bo‘lishdan o‘zini
himoya qilib kit ovlovchi “Berdferd” kemasidagi ilmiy ekspedisiya a’zolari
huzuriga yetib keladi. Kemadagilar uni ilk bor qirg‘oqda ko‘rib qolganlarida
g‘alati bir maxluq deb o‘ylashadi. Chunki ochlik va tashnalikdan tinkasi qurigan,
ustidagi kiyimlari titilib ketgan, soch soqoli o‘sgan, tanasi uzoq vaqt suv
ko‘rmaganidan, eng dahshatlisi o‘t-o‘lanlarni, xom baliqlarni, bo‘rilar g‘ajib
tashlagan suyaklarni yeganligidan ivirsib ketgan zotni haqiqatan ham tanish
amrimahol bo‘lib qolgan edi. Lekin bu qahramon aynan hayotga bo‘lgan cheksiz
muhabbati tufayli tirik qolgan edi. Buni sharq maqollariga ko‘ra “Ajali yetmagan
bo‘lsa qirq yil qirg‘in kelsa ham omon qoladi”, degan ibora bilan izohlashimiz
mumkin. Yigit har qancha og‘ir bo‘lmasin, qiyinchiliklarni yengib o‘tishga, faqat
oldinga intilishga, yashash uchun kurashga intiladi. Shu intilish uni o‘limdan
saqlab qoladi.
Ushbu hikoyaning badiiy qimmati shundaki, unda inson irodasi, matonati va
chidami madh etiladi. Unda inson umidi achchiq haqiqat bilan hisoblashishni
istamasligi, qo‘rquv ham o’z navbatida yashash uchun kurashga undaydigan kuch
sifatida xizmat qilishi mumkinligi uqtiriladi. Hikoyada aytilishicha, odam hayot
uchun kurashmay qo‘ysa-da, undagi yashovchan qarashlar yashashga intiladi.
Hikoyada och va xayollarini o‘lim qo‘rquvi egallab olgan insonning ruhiy
holati, orzu intilishlari, hatti-harakati psixologik jihatdan juda ta’sirli yoritib
berilgan. Och oltin izlovchi yo‘lida uchragan har bir ko‘lmakdagi kichkina
baliqchani tutib yemoqchi bo‘ladi. Ammo ko‘lmak suvi loyqalanib, u baliqchani
tutolmaydi. Shunda u qo‘lidagi paqirchasi bilan ko‘lmak suvini olib to‘ka
boshlaydi. Suvni to‘kib bo‘lib qarasa, baliqcha yo‘q. U ko‘lmak tubidagi teshik
orqali boshqa ko‘lmakka o‘tib ketgan ekan. Ana shunda oltin izlovchi qilgan
mehnati zoye ketganiga achinib, ilk bor yig‘lab yuboradi.
Hikoya qahramoni bo‘rilar yaqindagina g‘ajib ketgan yosh bug‘uning
suyaklarini ochlikka chidolmay yirtqich hayvonlar misoli g‘ajiy boshlaydi. Hatto
tishlari sinib ketsa ham parvo qilmaydi. Sekin-asta emaklab kema ko‘ringan
https://biti.uz/konferensiya/konferensiya2025/index.html
21 апреля 2025 г.
586
hududga kelay deb qolganda unga tashlangan och va kasal bo‘rini ham tishlab
o‘ldiradi, uning qonini ichadi. Bundan hatto jirkanmaydi ham. Mazkur holatda
inson tirik qolish uchun, hayot uchun unda umid va xohish bo‘lsa, albatta bu
yo‘lda g‘olib bo‘la oladi, degan g’oya singdiriladi. Bu o‘rinda u o‘zining insoniy
sifatlarini ham yo‘qotib borayotgan edi. Biroq oltin izlovchi o‘z yo‘lida bevafo
do‘sti Billning bo‘rilar tomonidan g‘ajilgan suyaklariga duch kelganida har
qancha och bo‘lmasin, odam suyagini g‘ajishdan o‘zini tiyishga kuch topa oladi.
U hatto Billning oltinlarini ham olmaydi. Bu uning uchun hayotda uchrashi
mumkin bo‘lgan kurashlarning eng shiddatlisi edi. Lekin asar qahramoni buni
yengib o‘ta oladi. U ochlik va og‘riqdan qurtdek buralib qolgan bo‘lsa-da, faqat
oldinga siljishga harakat qiladi. Orqaga qaytishni yoki to‘xtab qolishni sira
xayoliga keltirmaydi. U buralib-buralib harakat qilar va soatiga atigi 20 qadamdan
yo‘l bosar edi.
Odamlar orasiga kelib qo‘shilgan bu zot ancha vaqtgacha o‘nglana olmay
yuradi. Uni ochlik xavotiri tinimsiz tashvishga solib turadi. Aqli joyida bo‘lsa ham
stol atrofiga ovqatlanish uchun yig‘ilgan odamlarga faqat nafrat ko‘zi bilan qaray
boshlaydi. Uni ovqatning tamom bo‘lib qolishi juda tashvishga soladi.
Karavotining ostini esa suxarilar bilan to‘ldirib tashlaydi. Yana och qolib qiyin
vaziyatlarga tushib qolishdan qattiq qo‘rqadi. Ammo uning bu ruhiy holatini
kemadagilar to‘g‘ri tushunadilar va manzilga yetib borgach, ko‘p insonlar bilan
muloqot qilish natijasida bu kasallikdan qutuladi. Ushbu hikoya o‘z kitobxonida
dastlab shunday og‘ir vaziyatga tushib qolgan insonning matonati hayrat
tuyg’usini uyg’otadi. Ochlik va xastalik, qo‘rquv va charchoq hislarini hayotga
bo‘lgan cheksiz muhabbat bilangina yengib bilganini ko‘rishimiz mumkin.
Hayotda juda ko‘plab insonlarning oddiy tashvishlardan tushkunlikka tushib, o‘z
jonlariga qasd qilishlari bilan bu holatni solishtirib bo‘lmaydi. Biri tengi yo‘q
jasoratdan dars bersa, biri o‘ta tubanlik – do’stga xoinlik, bevafolik, o’z umrini
bekorchi hoyu havaslarga sarflab, behudaga sovurganini ko‘ramiz. Shu jihatdan
bu hikoya insonlarda har bir ishni muhabbat va sadoqat bilan, ixlos bilan amalga
https://biti.uz/konferensiya/konferensiya2025/index.html
21 апреля 2025 г.
587
oshirish lozimligini uqtiradi. Umuman olganda hayotni sevishga, uni ardoqlashga
undovchi mazkur hikoya ko‘plab kitobxonlar hayotini oftobdek yorita oladi va
o’ziga lozim xulosalar chiqarishga sabab bo’ladi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
Turaeva, L. O. (2021). Artistic and compositional features of harvest songs.
ASIAN
JOURNAL OF MULTIDIMENSIONAL RESEARCH
,
10
(4), 629-634.
2.
To‘rayeva,
L.
O.
(2024).
O‘ZBEK
DEHQONCHILIGIDA
TAQVIM
RAMZLARI.
IMRAS
,
7
(1), 779-783.
3.
To‘rayeva, L. O. (2023). O‘ZBEK XALQ OGʻZAKI IJODIDA DEHQON
OLQISHLARINING
O‘ZIGA
XOS
IFODASI.
O'ZBEKISTONDA
FANLARARO
INNOVATSIYALAR VA ILMIY TADQIQOTLAR JURNALI
,
2
(24), 22-25.
4.
To‘rayeva, L. O. (2023). DEHQONCHILIK QO‘SHIQLARI JANRINI BELGILASHDA
KASBIY ATAMALARNING O‘RNI.
MODELS AND METHODS FOR INCREASING THE
EFFICIENCY OF INNOVATIVE RESEARCH
,
2
(22), 66-70.
5.
To‘rayeva, L. O. (2022, June). Maqollarda dehqonlar hayotining badiiy talqini. In
E
Conference Zone
(pp. 71-73).
6.
To'rayeva, L. (2021). O‘ZBEK ZIROATSHILIGIDA MOSHGA MUNOSABATNING
FOLKLORDAGI BADIIY TALQINLARI XUSUSIDA.
SYeNTR NAUCHNЫX PUBLIKASIY
(buxdu. uz)
,
7
(7).
7.
Omonovna T. L. Artistic understanding of peasant life in proverbs //Eurasian Journal of
Humanities and Social Sciences. – 2022. – T. 9. – S. 47-49.
8.
TORAYEVA, L. (2023). O‘RIM QO‘SHIQLARINING OBRAZLAR TARKIBI VA
BADIIY-KOMPOZISION XUSUSIYATLARI.
SYeNTR NAUCHNЫX PUBLIKASIY (buxdu.
uz)
,
42
(42).
9.
Omonovna, T. L. (2024). A Hymn of Divine Ideas in the Wisdoms of Yassavi.
International
Journal of Formal Education
,
3
(4), 34-39