https://biti.uz/konferensiya/konferensiya2025/index.html
21 апреля 2025 г.
580
O’ZBEK ADABIYOTIDA ZAMONAVIY YONDASHUVLAR
MASALASI (XURSHID DO’STMUHAMMAD HIKOYALARI
MISOLIDA)
Jalilova Zarina Sadriddinovna
Buxoro innovatsion ta’lim
va tibbiyot universiteti assistenti
jalilovazarina
Annotatsiya:
Ushbu maqolada o’zbek adabiyotining yetakchi vakili Xurshid
Do’stmuhammadning hikoyalaridagi ruhiy tahlil, psixologizm masalalari
yoritilgan. Uning hikoylaridagi qahramonlar ruhiy holari ramziy obrazlar orqali
ochib ko’rsatilgan. Hikoyalaridagi modern adabiyot unsurlari tahlilga tortilgan.
Kalit so’zlar:
hikoya, ijodiy uslub, ruhiy tahlil, modernizm, badiiy obraz,
obrazlilik, detal, realizm, shartlilik, tabiiylik.
Kirish:
Xurshid Do’stmuhammad bugungi o’zbek nasrining,prozasining
yangi uslubga va tasviriy izlanishlarga o’z hissasini qo’shib kelayotgan
ijodkorlardan biri. U A. Kamyu, L Tolstoy, Kafka va Edgar Po ijodini puxta
o’rgangan. Buyuk so’z ustalarining asarlarida o’ziga yetarli tajriblar orttirgan adib
o’z asarlarida modern an’analarini ham davom ettirib kelmoqda. U o’z asarlarida
jumladan hikoyalarida bugungi kun ,ayniqsa, jamiyatdagi muammolarni shahar
adabiyoti mansabga egalik kasali, o’zbek millatiga xos bo’lgan ma’naviy
qadriyatlarning bugungi kunda oqsab borayotgani haqida o’z asarlarida
zamonaviy tahlillar orqali tasvirlab beradi. Insonlarning ma’naviy salohiyati,
ularning ma’naviy bo’shlig’i, ijtimoiy hayotdagi nohaqliklar, riyokorlik,
ikkiyuzlamachilik kabi muammolar keskin tanqid qilinadi. Bu esa zamonaviy
jamiyat voqea-hodisalariga va muammolariga yozuvchining o’z munosabatini aks
ettiradi. Muallif har bir yaratgan asarlarida zamonaviylik unsuri bor ekanligini
uchratish mumkin. Hikoyalarida an’anaviylik va zamonaviy dunyo o’rtasidagu
kurash doimo aniq tasvirlanadi. Bu esa insonlarning o’zini anglashiga,oila va
jamiyat doimo uyg’unlikda faoliyat olib borishi zarur ekanligini tasdiqlaydi.
Ijodkorning zamonaviy ruhda yozilgan hikoyalari talaygina, biz tahlilga
https://biti.uz/konferensiya/konferensiya2025/index.html
21 апреля 2025 г.
581
tortayotgan ‘’Otamning oshnasi’’ hikoyasi ham ayni zamonaviylik mavzusi ufurib
turgan asarlardan biri hisoblanadi. Hikoyada bosh qahramonni tilidan aytilgan
ushbu iqtibosni keltirsak: ‘’Otam futbolga qiziqmaydi, shuning uchun oshnasi
kechikayotganiga parvo qilmay ko’prik panjarasiga bemalol suyanib turibdi. Men
esa gurra-gurra stadion tomon oshiqayotgan ishqibozlar oqimini ko’rib ichim
tatalab ketyaoti. Anhorga qarayman – to’lib oqayotgan o’ynoqi suv ham futbol
tomoshasiga shoshayotgandek. Otamdan ruxsat tegsa jonim boricha stadion tomon
yuguraman-a’’[1]. Ushbu hikoyadan shunday mazmun anglashiladiki, bolaning
otasi sportga qiziqmasligi,bolaning o'zi esa sportga qiziqishi kuchli ekanligini
ko'rishimiz mumkin. Qolaversa, ushbu hikoya o’zbek adabiyotida insoniy
munosabatlar, mehr-oqibat, hayot haqiqati kabi masalalarni to’la namoyon eta
olgan asarlar sirasiga kiradi. Hikoyada muallif bosh qahramon ham hikoyachi
hisoblanib, bolalik xotiralarini hikoya qiladi hamda otasining oshnasi bilan yuz
bergan uchrashuvlari va ularning o’rtasidagi munosabatlar haqida so’zlab beradi.
Asarda insoniylik, sadoqat, o’tganlarga hurmat kabi tuyg’ular chuqur badiiy
tasvirlar orqali aks ettirilgan.
Xurshid Do’stmuhammad hikoyalarida asosiy e’tibor inson ruhiyati
masalasiga qaratiladi. Sababi adabiyotning bosh maqsadi ham insonni
tasvirlash,uchun ichki olami-kechinmalarini tahlil qilishdan iborat. Muallif
asarlarida o’ziga xos teranlik, falsafiy mushohada,realizm alomatlarini uchratish
mumkin.
Adabiyotlar tahlili va metodologiya.
Zamonaviy nasrning yetuk vakili Xurshid
Do’stmuhammad ijtimoiy hayotning eng dolzarb mavzularida ijod qilib
kelmoqda.Muallifning
zamonaviy
ruhda
yozilgan
hikoyalari
hamisha
kitobxonlarga qiziqish uyg’otyapti. ‘’Otamning oshnasi ‘’ nomli hikoyasi haqida
ko’plab taniqli adabiyotshunos olimlarning fikr-mulohazalari mavjud bo’lib
ulardan birining iqtibosini adabiyotlar sharhi sifatida keltirib o’tsak: ‘’Otamning
oshnasi ‘’ nomli hikoysi o’ta zamonaviy ruhda yozilgan bo’lib, o’z navbatida,
falsafiylikka ham moyil. Bu falsafiylik, eng avvalo, yozuvchining o’ziga xos
https://biti.uz/konferensiya/konferensiya2025/index.html
21 апреля 2025 г.
582
mahorati orqali bayon etilgan voqea bayonining tabiiy tasvirida ko’zga tashlanadi.
Muallif badiiy ijodga aloqador adabiy makon va zamon, badiiy detal va
personajlarga yuklatilgan vazifani juda o’z o’rnida taqsimlagan ‘’[2].
Yozuvchining fikricha har bir hikoya uchun yangicha ijodiylik, kayfiyat va g’oya
kerak bo’ladi. Muallifning har bir yaratgan hikoyalarida yangicha uslub jilolari
borligi ko’rinib turadi. Bu esa adibning ijodiy uslublari rang-barang ekanligi eng
asosiy xususiyatlari hisoblanadi.
Muhokama va natijalar.
Xurshid Do’stmuhammad hamisha yangilikka
intilayotgan adib sifatida tanilgan. O’z asarlarida ezgulik va razolat, xoinlik kabi
muammolarning badiiy talqinini yaratadi. Ijodkor ‘’Beozor qushning qarg’ishi ‘’
nomli hikoyalar to’plamiga kiruvchi asarlarda realistik alomatlari ko’rinib turadi.
Hikoyachi ba’zi hikoyalarda voqeani to’la –to’kis bayon etmaydi, aksincha,
kitobxonga qanday xulosa chiqarishni havola etadi. Bu esa kitobxonning tafakkur
mahsulini oshishiga xizmat qiladi. Shunday hikoyalardan biri muallifning
‘’Otamning oshnasi ‘’ nomli hikoyasi. Adib zamon voqealaridan uzilib qolmagan
holda asarni yaratadi. ‘’ Zamon voqealaridan uzilmagan, uni ziyrak kuzatib yurgan
o’quvchi aytilmagan bor gapni tushunadi, hikoya davomida yuragida asta-sekin
qo’zg’algan dard uni mutolaadan keyin ham ancha vaqtgacha qo’yib yubormaydi.
Ayni shu tarzdagi asarlarida yozuvchi ezgulik va yovuzlik har qanday sharoitda
yonma-yon mavjudligini ko’rsatadi, bu tushunchalarni bir nuqtada jamlay oladi va
buning oqibatida voqealar yoki holatlarning suratan sokin, siyratan shiddatli
kechishini ko’zimiz bilan emas, botiniy nigohimiz bilan ko’rishga majbur qiladi ‘’
[3]. Xurshid Do’stmuhammadning hikoyalari haqida ko’plab adabiyotshunos
olimlar o’z fikr va mulohazalarini bildirib o’tganlar. Quyidagi iqtibosdan ham
bilib olish mumkinki.muallifning poetik mahorati ham hikoyalarida ezgulik va
yovuzlik kabi tushunchalarni bir nuqtada birlashtira olgan. Voqealar rivojini
tasvirlashda ramzlardan o’rinli foydalangan.
Xulosa va takliflar.
Ko’rib turganimizdek, muallif qahramonlarning hech
birini shunchaki tanlamagan. Qahramonlar o’rtasidagi samimiy va salbiy
https://biti.uz/konferensiya/konferensiya2025/index.html
21 апреля 2025 г.
583
munosabatlar asar haqiqatini ochishga xizmat qiladi. Xurshid Do’stmuhammad
ijodining asosiy yutug’i asarlaridagi o’ziga xoslik shundan iboratki,muallif
ortiqcha tafsilotlarga berilmay qahramonlarning real hayotini hayotiy tasvirlaydi.
Ijodkor inson obrazini to’la qonli yaratishda,uning xarakterini ochib berishda
badiiy psixologizmdan mahorat bilan foydalanadi. Badiiy psixologizm esa
qahramon ruhiyatini ochib berishga,qahramonning xatti-harakatini,gap-so’zlarini
psixologik jihatdan asoslab berishga xizmat qiladi. Muallif har bir yaratgan
qahramoni jamiyat uchun,undan kerakli xulosani chiqarib olish uchun muhim
ko’prik vazifasini o’taydi. U asarlarini o’zidan,ijtimoiy hayotdan kelib chiqib
yaratgani asar jozibasini yanada oshiradi. Adib asarlarini mutolaa qilgan har bir
kitobxon,voqealar hayotdan olinganligiga guvoh bo’ladi. Qolaversa, Xurshid
Do’stmuhammad xalqimiz adabiy-estetik ehtiyojlarini qondirishga,kitobxonning
estetik didini shakllantirishga intilib kelayotgan taniqli olimlardan biri sanaladi.
Shu bois ham uning asarlarini o’qib tahlil qilish bugungi davrning dolzarb
vaziflaridan biri bo’lib kelmoqda.
Adabiyotlar ro’yxati.
1. X.Do’stmuhammad. ‘’Beozor qushning qarg’ishi ‘’.- Toshkent.:2006,511
b.168-bet.
2. D.To’rayev. ‘’Rangin tasvirlar jilosi ‘’. T.: ‘’Akademnashr ‘’. 2014. B.54-
97.
3. X.Davron. ‘’Xurshid Do’stmuhammad kitobini o’qib ‘’. 2008 y.
4. Qozoqboy Yo’ldoshev. ‘’Yoniq so’z ‘’. –T.: 2006,137-138-betlar.
5. Dilmurod Quronov. Adabiyotshunoslikka kirish.-T .: 2004-yil,64-bet
6. G.Sattorova . ‘’90-yillar o’zbek hikoyachiligi milliy xarakter muammosi
‘’. –T.:2002 3-bet.