Authors

  • G‘aybullayeva Baxshanda Baxshullayevna

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.wsrj.96489

Keywords:

Kalit so‘zlar: Gulbadanbegim Bobur mirzo ‘‘Boburnoma” ‘‘Humoyunnoma” Margret Rumer Goden “Temuriy Malikalar” ‘‘Yulduzli tunlar’’ memuarlar.

Abstract

Annotatsiya.  Bugungi  kunda  buyuk  temuriy  malikalar,  ayniqsa,  dunyo 
tarixida  o‘ziga  xos  o‘rin  egallagan  Bobur  mirzo  va  uning  suyukli  qizi 
Gulbadanbegim  hayoti  va  ijodi  barcha  tarixchi  va  adabiyotshunoslar  tomonidan 
katta  qiziqish  bilan  o‘rganilayotgan  dolzarb  mavzudir.  Ushbu  maqolada  o‘rta 
asrlarda  Markaziy Osiyodan yetishib chiqqan ilk ayol tarixchi, shoh va shoirning 
oqila hamda dono qizi Gulbadanbegim hayoti va ijod yo‘li tarixiy, badiy manbalar 
asosida o‘rganilgan. 


background image

https://biti.uz/konferensiya/konferensiya2025/index.html

21 апреля 2025 г.

536

TARIXIY VA BADIIY ASARLAR TALQINIDA

GULBADANBEGIM SIYMOSI.

G‘aybullayeva Baxshanda Baxshullayevna

Buxoro innovatsion ta’lim va tibbiyot

universiteti 1-kurs magistranti

e-mail:

gaybullayevabaxshanda0@gmail.com

Annotatsiya.

Bugungi kunda buyuk temuriy malikalar, ayniqsa, dunyo

tarixida o‘ziga xos o‘rin egallagan Bobur mirzo va uning suyukli qizi

Gulbadanbegim hayoti va ijodi barcha tarixchi va adabiyotshunoslar tomonidan

katta qiziqish bilan o‘rganilayotgan dolzarb mavzudir. Ushbu maqolada o‘rta

asrlarda Markaziy Osiyodan yetishib chiqqan ilk ayol tarixchi, shoh va shoirning

oqila hamda dono qizi Gulbadanbegim hayoti va ijod yo‘li tarixiy, badiy manbalar

asosida o‘rganilgan.

Kalit so‘zlar:

Gulbadanbegim, Bobur mirzo, ‘‘Boburnoma”,

‘‘Humoyunnoma”, Margret Rumer Goden, “Temuriy Malikalar”, ‘‘Yulduzli

tunlar’’, memuarlar.

Kirish.

Tarix sahifalarida o‘z o‘rni va iziga ega bo‘lgan ayol shaxslar orasida

temuriy-boburiy malika Gulbadanbegim alohida o‘rin tutadi. U nafaqat Boburiylar

sulolasining yirik vakili, balki o‘zining tarixiy asari — “Humoyunnoma” orqali

tarixni badiiy ruhda yozib qoldirgan ilk Sharq ayollaridan biridir. Gulbadan begim

o‘z zamonasining siyosiy, madaniy va oilaviy hayotida faol ishtirok etgan, ilmga

chanqoq va ziyrak ayol sifatida tarixda nom qoldirgan. Mazkur maqolada

Gulbadanbegim siymosi tarixiy jamda badiiy asarlar asosida tahlil qilinadi.

Tarixiy haqiqat va badiiy tasvir uyg‘unligi orqali uning shaxsiyati, ijodi va o‘rni

yanada chuqurroq ochib beriladi.

Gulbadanbegim XVI asrda yashab o‘tgan va Boburiylar sulolasining nufuzli

ayollaridan biri sanaladi. U Zahiriddin Muhammad Boburning qizi, Humoyunning

singlisi va Akbarshohning ammasi bo‘lgan. Boburiylar tarixida o‘zining

bilimdonligi, adabiy saviyasi va siyosiy masalalardagi tafakkuri bilan ajralib


background image

https://biti.uz/konferensiya/konferensiya2025/index.html

21 апреля 2025 г.

537

turgan Gulbadanbegim tarix sahifalarida o‘ziga xos iz qoldirgan. Undan qolgan

mashhur manba — “Humoyunnoma” asari hisoblanadi. Ushbu asar Boburiylar

saroyining ichki hayoti, siyosiy voqealar, Humoyun va uning o‘g‘li Akbar hayoti

bilan bog‘liq muhim faktlarni o‘z ichiga olgan. Gulbadanbegim bu asarni

Akbarshohning buyrug‘i bilan yozgan bo‘lib, unda o‘sha davr saroy hayoti, sulola

ichidagi munosabatlar, sayohatlar va harbiy yurishlar haqida aniq, batafsil, va

ko‘pincha nozik badiiy uslubda so‘z yuritadi. Bu asar tarixiy faktlarga boy bo‘lishi

bilan birga, muallifning shaxsiy kuzatuvlari, his-tuyg‘ulari va ayol nigohidagi

nozik tafsilotlar orqali ham ahamiyatlidir. Shu jihatdan “Humoyunnoma” o‘z

davrida yozilgan tarixiy asarlar orasida noyob bo‘lib, uni nafaqat tarixiy, balki

adabiy yodgorlik sifatida ham baholash mumkin.

Gulbadanbegim 1522-yili Kobulda tugʻilgan temuriy malikadir [1, 121].

Otasi Zahiriddin Muhammad Bobur edi. Onasi esa Dildor begim boʻlgan. Onasi

Dildor begimning haqiqiy ismi—Soliha Sulton begim boʻlib, Zahiriddin

Muhammad Boburning amakisi Sulton Mahmud Mirzoning qizi [2, 57]. Dildor

begimdan Gulrang begim, Gulchehra begim, Hindol Mirzo, Gulbadan begim va

Olur Mirzolar tugʻilganlar. Olur Mirzo oʻlimidan keyin savdoyi boʻlib qolgan

Dildor begim harholda keyinchalik yana sogʻayib ketgan boʻlishi ehtimol, chunki

Dildor begimning Humoyunshoh hukmdorlik davrida ham saroy yigʻilishlarida,

anjumanlarida ishtirok qilgani haqida Gulbadanbegim mufassal maʼlumot

beradi[2, 58].

Gulbadanbegim otasi Bobur podshohning farmoniga koʻra katta onasi,

yaʼni Humoyun Mirzoning onasi - Mohim begimqoʻlida tarbiyalangan. Binobarin,

1525-yili Gulbadan begimni Mohim begim oʻz tarbiyasiga oladi. Gulbadan begim

har ikkala onasini ham samimiy eʼzozlagan. U oʻz asarida onasini “Dildor begim”

deb, Mohim begimni esa „onam hazratlari“ deb tilga oladi [2,57].

Gulbadanbegim1529-yilgacha Kobulda yashaydi. Bobur Hindistonni qoʻlga

kiritgach, Mohim begim bilan birga podshoh otasining huzuriga - Agraga boradi.

Otasi Bobur vafotidan soʻng, akasi Humoyun podshoh saroyida yashaydi[2, 59].


background image

https://biti.uz/konferensiya/konferensiya2025/index.html

21 апреля 2025 г.

538

Yoshligidan adabiyot va tarixga qiziqqan. Zamonasining barcha bilimlaridan

boxabar boʻlgan, fors tilini mukammal oʻzlashtirgan, „Boburnoma“ni mutolaa

qilgan[1, 121].

Gulbadanbegim faqatgina yozuvchi va tarixchi emas, balki o‘z zamonasining

faol siyosiy arbobi sifatida ham tanilgan. U Boburiylar saroyida muhim mavqega

ega bo‘lgan, sulola ichidagi nizolarni hal etishda, diplomatik aloqalarni yuritishda

ishtirok etgan. Ayniqsa, Humoyunning Eron va Hindistondagi siyosiy yurishlarida

u bilan birga bo‘lib, ayol sifatida emas, balki mas’uliyatli arbob sifatida ham

ko‘zga tashlangan. 1539-yilda Gulbadanbegimni Xizr Xoʻjaxonga turmushga

chiqaradilar. U Saodatyor ismli bir oʻgʻil koʻrgan [2, 58]

Gulbadanbegim oʻz zamonasining oqila, donishmand ayollaridan edi. U

jiyani Jaloliddin Akbarshohning “Firdavs makon va jannat oshyon Hazrat

haqidagi voqealardan nimaiki bilsangiz, yozingiz”, — degan soʻziga muvofiq,

“Humoyunnoma”

nomli

muhim

tarixiy

asarini

yozishga

kirishadi.

“Humoyunnoma” Bobur bilan Humoyun podshohlarning hayot tarzi va

sarguzashtlarining muxtasar tarixi boʻlib, mantiqan “Boburnoma”ning davomidir.

Bu asarning muhimligi yana shundaki, asardagi ayrim voqealarning kelib chiqish

sabablari mukammal ochib beriladi. Asarda XV asrning oxiri - XVI asrning

oʻrtalarida Movarounnahr, Afgʻoniston va Hindiston hududlarida roʻy bergan

voqealar bayon qilinadi. Gulbadanbegim oʻz asarida saroy ahlining hayot tarzi,

shuningdek, tarixiy asarlarda uchramaydigan Bobur podshoh xonadonining nozik

xususiyatlari, oilaviy sharoitlari, toʻy va aza bilan bogʻliq udumlar, uy-roʻzgʻor

asboblari, kiyim-kechak turlari kabi jihozlar haqida mufassal hikoya qiladi [2, 59].

Asar forsiyda yozilgan. Gulbadanbegim Boburning tarixnavislik sohasidagi

anʼanalarini davom ettirib, kitobida tarixiy voqealar bilan birga madaniyat,

adabiyot, tilshunoslik, geografiya, etnografiya,siyosat va boshqa sohalarga oid

maʼlumotlarni ham keltirgan. Bobur hukmronligi davri voqealarini qisqa bayon

qilib, Humoyun davrini batafsil yoritgan. Tarixchi olim Abulfazl Allomiy

“Akbarnoma” asarini yaratishda “Humoyunnoma”dan keng foydalangan [1, 121].


background image

https://biti.uz/konferensiya/konferensiya2025/index.html

21 апреля 2025 г.

539

Mir Mahdi Mirzoning “Tazkirat ut-tavohin” asariga murojaat qilsak,

Gulbadanbegimning gʻazaliyotdan ham xabari boʻlgan [2, 60]. Gulbadanbegim

Akbarshoh hukmronligi davrida saroydagi eng hurmatli ayollardan biri bo‘lib,

shohning maslahatchilaridan biri sifatida e’tirof etilgan. U Ko‘hna Dehlida

madrasa va masjidlar qurdirgan, ayollar ta’limiga alohida e’tibor qaratgan. Bu

uning faqat saroy muhitida emas, balki keng jamoatchilik orasida ham faol

bo‘lganini ko‘rsatadi.Uning hayoti orqali o‘sha davrdagi ayollar ijtimoiy

faolligining namunasi ko‘rinadi. Gulbadan begim o‘z aqliy salohiyati, siyosiy

zukkoligi va madaniy-ma’rifiy xizmatlari bilan nafaqat tarixda, balki xalq

xotirasida ham unutilmas siymoga aylangan.

Gulbadanbegim siymosi tarixiy manbalardan tashqari, badiiy asarlarda ham

aks etgan bo‘lib, u yerda u ko‘proq ruhiy olami boy, fidoyi, zukko va sabrli ayol

sifatida tasvirlanadi. Adiblar uning shaxsiyati orqali o‘z davrining murakkab

siyosiy voqealarini, ayol taqdirining saroy muhitidagi ko‘rinishini badiiy tasvirlar

orqali ochib berishga harakat qilishgan. O‘zbek adabiyotida Gulbadanbegimga

bag‘ishlab yozilgan asarlar ko‘p bo‘lmasa-da, ba’zi tarixiy roman va dramatik

asarlarda u epizodik bo‘lsa-da, yuksak ma’naviyatli, bilimli ayol timsolida

namoyon bo‘ladi. “Yulduzli tunlar’” romanida Gulbadanbegimning yoshlik davri

tasvirlangan. Asarda Gulbadanbegim tasviri jajji, ammo oqila va dono kelajagi

porloq ijodkor ayol sifatida kiritilgan. Xususan: “Avvallari Qutlug‘ Nigorxonim

xizmatida bo‘lgan Robiya hozir Mohim begim huzurida besh yashar Gulbadanga

enagalik qilmoqda edi. Bobur o‘z oilasiga yigirma to‘rt yillik qadrdon bo‘lgan

Robiyaning ta’zim bilan bergan salomiga alik olib, u bilan iliq so‘rashdi. So‘ng

qizchasi Gulbadanga yuzlandi. Qo‘g‘irchoqday yasantirilgan jajji qizchaning

qosh-ko‘zi beixtiyor Dildor og‘achani eslatdi. Gulbadanni ham o‘sha go‘zal juvon

tuqqan edi. Mohim begim Hindolni onalarcha suyib parvarish qilayotganini yillar

davomida kuzatib yurgan Dildor og‘acha bu ayolning tantiliga qoyil bo‘lgan va

Gulbadanni unga o‘zi farzandlikka bergan edi. Bu ikki ayol endi kalondimog‘

Gulruh begimga qarshi go‘yo bolalar orqali ittifoq tuzgan edilar. Gulruh begim


background image

https://biti.uz/konferensiya/konferensiya2025/index.html

21 апреля 2025 г.

540

esa bir emas, ikki o‘g‘li bo‘y yetib kelayotganidan behad mag‘rurlanar, Komron

mirzo va Askariylarni taxt vorisi Humoyunga qarshi raqobat tuyg‘usi bilan

tarbiyalar edi. Shu sababli Bobur ham Gulruh begimdan ko‘p ranjir, lekin oradagi

kundoshlik balosini butunlay daf qilish qo‘lidan kelmas edi. Murg‘ak qizchasini

ko‘rgan zahoti esiga tushgan bu murakkabliklar Gulbadanning egilib ta’zim qilishi

va shirin «assalomi» bilan xayolidan uzoqlasha boshladi. Bobur qizchasini qo‘lida

ko‘tarib olib, peshonasidan o‘pdi, so‘ng dasturxon oldiga kelib, uni tizzasiga olib

o‘tirdi” [3, 63]. Qolaversa, romanda ota va qiz o‘rtasidagi shirin suhbatlar

o`zgacha mehr bilan tasvirlangan. Jumladan: “ Senga tugmalar ma’qulmi? - deb

so‘radi dadasi, Gulbadan «ha», deb jilmaydi. Bobur qizchasi ushlab ko‘rgan

yuqorigi tugmani yulib olmoqchi bo‘lib bir tortdi. Lekin tugma juda mahkam

tikilgan ekan, uzilmadi. - Hazratim, ne qilmoqchisiz? - hayratlanib so‘radi Mohim

begim. - Qo‘ying, tugmani uzmang, axir bu sizning shohona libosingiz! - Hechqisi

yo‘q. Zargarga buyursalar, yana bitta shundoq tugma yasab bergay. Bobur

kamariga osilgan qindan kichkina qalamtarosh oldi-yu, o‘sha tugmani ipidan

qirqib olib, qizchasiga berdi: - Lekin yo‘qotma. Bu qush - Humo. Ilohim senga

baxt keltirsin. Gulbadan quvonib va hayajonlanib: - Rahmat, hazrati... oli... - dedi-

yu, lekin jumlaning oxirini uncha kelishtirolmadi. - Meni ota deya qol qizim.

Gulbadan onasi Mohim begimga savol nazari bilan qaradi. Mohim «ha, ayt!»

degandek bosh irg‘adi. Shunda Gulbadan qo‘lchalari bilan otasining bo‘ynidan

quchdi-da: - Otajon! - deb uning yonog‘idan o‘pdi. Bobur ko‘pdan beri his

qilmagan bolalarcha bir poklik va ma’sumlik borlig‘iga go‘yo nur bo‘lib taraldi. -

Guli, - dedi Mohim begim, - endi hazrat otangga bitta hikoya aytib bergin.

Gulbadan sekin otasining tizzasidan pastga tushdida, xuddi muallimga javob

berayotgan talabadek tik turib, toshbaqa va chayon haqidagi mashhur hikoyatni

aytib berdi. Xususan, toshbaqa chayonga yaxshilik qilib, uni daryodan o‘tkazib

qo‘ymoqchi bo‘lganda, chayon unga zahar solishga tirishganini, so‘ng bu

yomonligi uchun daryoga cho‘kib o‘lganini shunday kelishtirib aytdiki, Bobur

zavq qilib kuldi-da: - Siz so‘zlab berganmidingiz? - deb Mohimdan so‘radi. -


background image

https://biti.uz/konferensiya/konferensiya2025/index.html

21 апреля 2025 г.

541

Yo‘q, o‘zi «To‘tinoma»ni bemalol fahmlab o‘qidi. Besh yoshga yetmay savod

chiqargan qizchani men birinchi ko‘rishim. - Gulbadanga ko‘z tegmasin, zehnu

muhofazasi benazir. - Sa’diyning «Guliston»idan xiyla hikoyatlarni yod bilur.

Ash’orga uncha o‘ch emas. Ammo nasriy hikoya xotirasiga so‘zma-so‘z

naqshlanib qolur. Bog‘da, ko‘chada ko‘rganlarini ham kelishtirib hikoya qilur.

Men o‘zimcha orzu qilurmenki, Gulbadan shoira bo‘lmasa ham hazrat otalarining

nasrnavisligini meros olsa ne ajab? - O, nasr yozmoq uchun qanchalik ko‘p

savdolarni boshdan kechirmoq kerak...” [3, 64-65]. Gulbadanbegimning siymosi,

ayniqsa, ayol mualliflar yoki ayollar hayotiga e’tibor qaratilgan badiiy asarlarda

chuqurroq ochiladi. Ular Gulbadan begimning “Humoyunnoma”da aks ettirilgan

voqealarga bo‘lgan shaxsiy munosabatini, ichki kechinmalarini, mehr va vafosini

asar mazmuniga uyg‘un tarzda yoritishga intilgan.Shuningdek, Hind adabiyotida

va ingliz tilidagi ba’zi asarlarda ham Gulbadan begim obraziga murojaat qilingan.

U yerda u ko‘proq Boburiylar saroyining dono va jasoratli ayoli sifatida

tasvirlanadi. Bu esa uning siymosi turli xalqlar adabiyotida ham e’tirof etilganini

ko‘rsatadi.jumladan ingliz yozuchisi Margeret Rumer Goden Gulbadanbegimning

o‘z asari Humoyunnomadan ilhomlanib “Gulbadanbegim” nomli asar yaratgan.

Ushbu asarda tarixiy haqiqatlar va badiiy tasvir uyg‘unligida Gulbadanbegim aql-

zakovati, siyosiy voqealarga bo‘lgan munosabati va ayol sifatidagi kechinmalari

yoritilgan. Boburmirzo Hindistonni egallagach, ahli ayollarini ham Kobuldan

Hindistonga

kelishini

buyuradi.

Mohimbegim,

Gulbadanbegim

boshliq

ayollarning

Kobuldan

Hindistonga

safarini

yozuvchi

shunday

tasvirlaydi:‘‘Gulbadanning asosiy vazifasi turli latifalar, qiziq hangomalar bilan

Mohim begimning o‘kinch to‘la ko‘nglini qayg‘udan bir oz chalg‘itish edi.

Chunki Bobur Hindiston sari yurishga ketgan 1525-yilda muddatidan ilgariroq,

shahzoda Farrux mirzo dunyoga kelgan edi. Chaqaloq nozik bo‘lganidan ikki

yoshga yetmay dunyodan ko‘z yumadi. Mohim begim uni podshoh otasiga

ko‘rsatish ishtiyoqi bilan yonib turgan bir paytda ana shu ko‘ngilsiz hodisa yuz

beradi. Shu bois Mohim begim kuyunib, yurak-bag‘ri ezilardi. Gulbadanning


background image

https://biti.uz/konferensiya/konferensiya2025/index.html

21 апреля 2025 г.

542

yumushi esa, odatdagidek, taskin-tasalli berib uning ko‘nglini ko‘tarishdan iborat

edi. Bu esa, tabiiyki, oson ish emasdi.Ehtimol, sadoqatli Sarvqad o‘z qo‘shiqlari

bilan ularning dillarini bir oz g‘amdan xoli qilgandir”. [3, 65] Yozuvchi shu

o‘rinlarda ham malikaning qanchalar zukko va oqila ekanligini ko‘rsatib berishga

harakat qilgan va yana u o‘z asarda Boburmirzoning yolgiz opasi

Xonzodabegimning Shaiboniyxonga tegishga rozi bulgani, bu go‘zal va oqila

ayolning onasi, ukasi Boburning, ikkinchi eri va yolgiz farzandi Hurramshoning

hayotdan ko‘z yumishlari, shahzodalarning nizolari uni charchatgani, o‘g‘li

vafotidan keyin asrab olgan qizining hindol mirzoga uzatilishi, Qandahordan

Kobulga ketishda uch kun isitmalab vafot ethgan Xonzodabegim toglar orasidagi

bir qishloqda dafn etilishi va uch oy o‘tgach Bog‘i vafoga keltirib, Bobursho

yoniga qo‘ganlari bayoni asardagi g‘oyat yodda qoladigan tafsilotlardir.

Margaret Rumer Goden uz asarini yaratishda “Boburnoma”,

“Humoyunnoma”, “Akbarnoma” va Hindustonda yaratilgan bir kancha

tadqikotlar, hotiralarga tayangan, ulardagi malumotlarni ayolning nafis kalbi, teran

aklu idroki, pokiza etiqodi, ezgu orzulari, dardli armonlari bilan boglab talqin

qilgan.

Sharq

mumtoz

adabiyotidagi

shoiralar

haqidagi

tazkiralarda

Gulbadanbegimning shunday bir bayti keltiriladi:

“Har pariryonki, u ba oshiqi xud yor nest, Tu yaqin medonki, hech az umr

bar xurdor nest”. (Har bir pari yuzli go‘zal o‘z oshiq yor emas ekan, sen aniq

bilgilki, u hayotdan bahramand emas.)

Majoziy muhabbat tarannum ethilgan mazkur bayt zamiridagi orzu-

armonlarga ishora aniq sesilib turadi. Muarrix va shoira Gulbadanbegim ulug‘

otasi Boburshoh xotirasiga ta'zim qilib yashagan, uning yoniq yurak bilan yozgan

g‘azal va ruboiylarini yoddan bilgan, albatta. Gulbadanbegim o‘z shaxsiyati

haqida so‘z yuritganda oqilalik bilan o‘zini "bu haqir", ya'ni "bu ojiz banda" deb

so‘z yuritardi. Aslida u nafaqat oddiy banda, balki Hindistondagi buyuk

boburiylar sulolasining asoschisi Zahiriddin Muhammmad Bobur podshoh

G‘oziyning kenja qizi edi. U ertaklarda uchraydigan afsonaviy qahramonlarga xos


background image

https://biti.uz/konferensiya/konferensiya2025/index.html

21 апреля 2025 г.

543

nafis ism - Gulbadan degan go‘zal nom bilan atalardi. Umrining to‘fonli va

shiddatli damlarida ham u o‘zining “Gulbadan” ligini saqlab qola olgan motabar

bir inson edi [4, 41]

Gulbadanbegim siymosining tarixiy va badiiy talqini bir-birini to‘ldiradi,

biroq ular orasida muayyan farqlar ham mavjud. Tarixiy manbalarda, ayniqsa

“Humoyunnoma”da Gulbadan begim ko‘proq kuzatuvchi, xolis rivoyatchi sifatida

ko‘rinadi. U tarixiy voqealarni aniq, real va rasmiy ohangda bayon etishga harakat

qilgan. Asarda voqealarning sabab va oqibatlari, siyosiy jarayonlar va shaxslar

o‘rtasidagi munosabatlar lo‘nda va aniq yoritiladi. Badiiy talqinda esa

Gulbadanbegim obraziga shaxsiy his-tuyg‘ular, kechinmalar, ramziy ma’nolar va

badiiy ifodalar bilan yondashiladi. Adiblar uning o‘tmishdagi dard va iztiroblarini,

hayotdagi kurashlarini, ayol sifatidagi quvonch va alamlarini chuqurroq

tasvirlashga uringanlar. Bu jihatdan badiiy asarlar uni yanada samimiyroq,

hayotiyroq va serhissiyot qilib ko‘rsatadi. Tarixiy manbalar Gulbadanbegimning

boburiylar saroyidagi siyosiy mavqei va faoliyatiga ko‘proq e’tibor qaratgan

bo‘lsa, badiiy asarlar uning ichki olami va insoniy fazilatlarini kengroq ochib

bergan. Bu ikki talqin birgalikda o‘rganilganda, Gulbadanbegim siymosi yanada

to‘laqonli, ko‘p qirrali va chuqur ma’noli bo‘lib namoyon bo‘ladi. Margaret

Goden asaridagi bazi ma’lumotlar boshqa manbalardagidan farqlidir. Masalan,

Humoyunning Dehlidagi hashamatli maqbarasi Hamidabonu tomonidan

qurdirilgan, deyilardi. Asarda yozilishicha, uni Humoyunning katta hotini

Hojibegim qurdirgan va chodir tikib qurilish ishlarini shaxsan o‘zi kuzatib turgan

ekan. Gulbadanbegimning haj ziyorati haqidagi malumotlarda ham u hajga

Komron mirzo bilan borgan, deyilardi. Vaholanki, u hajga Humoyunning katta

xotini Hojibegim, Boburning kanizagi Gulnor, honanda Sarvkad, Askariy

mirzoning bevasi, Gulsum ismli nabirasi bilan borgan ekan. Safar mobaynidagi

mashaqatlar asarda batafsil va hayajonli yoritilgan. yetti yildan so‘ng, 1582 yil

may oyida Gulbadan va hamrohlari orqaga qaytadilar.” [5, 43]


background image

https://biti.uz/konferensiya/konferensiya2025/index.html

21 апреля 2025 г.

544

1556-yili Humoyun podshoh vafotidan soʻng saltanat taxtiga uning oʻgʻli

Jaloliddin Muhammad Akbarshoh (1542—1605) oʻtirgach, shohning onasi

Hamidabonu begim bilan Gulbadanbegim saroyga - Dehliga qaytib keladilar. Ana

shundan soʻng, Gulbadan begim to umrining oxirigacha jiyani Akbarshoh

saroyida yashaydi. “Akbarnoma” asarining muallifi Abul Fazl Allomiyning

bergan maʼlumotlariga tayanadigan bo‘lsak, Gulbadanbegim 1575-yilda

Kaʼbatullo ziyoratiga joʻnab ketadi va 1582-yilda koʻp qiyinchiliklar bilan

ziyoratgohdan qaytib kelgan. Abul Fazlning yozishicha, Gulbadanbegim 1603-

yilda 80 yoshida vafot etadi. Akbar podshoh uni katta hurmat va ehtirom bilan

dafn qiladi. Akbarshohning oʻzi Gulbadan begim tobutini oʻgʻil sifatida koʻtarib,

dafn marosimida oʻgʻillik burchini eʼtimomiga yetkazadi[2, 56].

Gulbadan begim — tarix sahnasida o‘zining ma’rifati, aql-zakovati va

qalamiga tayangan holda o‘chmas iz qoldirgan nodir siymolardan biridir. U

nafaqat Boburiylar sulolasining vakili, balki o‘z zamonasining yetuk ziyolisi va

tarixnavis ayoli sifatida e’tirof etiladi. “Humoyunnoma” asari orqali u tarixiy

voqealarni aniq, ishonchli va tafakkurli tarzda qog‘ozga tushirib, musulmon

ayollar orasida birinchi bo‘lib tarix yozgan muallif sifatida tarixga kirgan.

Asarning 83 sahifadan iborat yagona qoʻlyozma nusxasi Britaniya

muzeyida saqlanadi. Unda voqea tugallanmagan, ingliz sharqshunosi Charlz Ryo

oʻz katalogida uning qisqa tavsifini bergan. Ingliz olimasi A. S. Beverij ingliz

tiliga (London, 1902), Sabohat Azimjonova oʻzbek tiliga (Toshkent, 1959) tarjima

qilib, forscha asl nusxasi va izohlari bilan nashr ettirganlar[1, 121]. Badiiy asarlar

orqali esa Gulbadan begimning siymosi yanada boyitilib, insoniy fazilatlari, ichki

olami va ruhiy kechinmalari yorqin tasvirlanadi. Tarixiy haqiqat va badiiy tasvir

uyg‘unligida u kuchli, dono, fidoyi va sabrli ayol timsolida gavdalanadi. Shu

tariqa, Gulbadan begim nafaqat o‘z davrining, balki bugungi kun yoshlariga ham

ibrat bo‘la oladigan, tarix va badiiyatni bog‘lovchi betakror shaxs sifatida

qadrlanadi.


background image

https://biti.uz/konferensiya/konferensiya2025/index.html

21 апреля 2025 г.

545

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI

1.

Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi. 3-jild: Gidrofiliya—Zebralar.

Toshkent,. "Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi Davlat ilmiy nashriyoti", 2004.

2.

Fayziyev T. Temuriylar shajarasi. T.: „Yozuvchi“, 1995. 235 bet.

3.

Pirimqul Qodirov. Yulduzli tunlar. Toshkent, “Sharq”. 2006. 253 bet

4.

Manba: “O‘zbekiston adabiyoti va sanati”, August 14,2. Suyima G‘anieva

“HAR KIMKI,MENI SO‘RSA,SALOMIMNI DEGIL!”

5.

Margaret Rumer Goden ‘‘Gulbadanbegim’’, “Boburshoh’’ bobi. Xolida

So‘fiyeva tarjimasi.

6.

Kamolov I.N. Tarixiy-badiiy asarlarda Bobur obrazi talqinida biografik

yondashuv. Fil.f.b.f.d. (PhD) dissertatsiyasi. Qarshi, 2022. 142 bet.

References

Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi. 3-jild: Gidrofiliya—Zebralar.

Toshkent,. "Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi Davlat ilmiy nashriyoti", 2004.

Fayziyev T. Temuriylar shajarasi. T.: „Yozuvchi“, 1995. 235 bet.

Pirimqul Qodirov. Yulduzli tunlar. Toshkent, “Sharq”. 2006. 253 bet

Manba: “O‘zbekiston adabiyoti va sanati”, August 14,2. Suyima G‘anieva

“HAR KIMKI,MENI SO‘RSA,SALOMIMNI DEGIL!”

Margaret Rumer Goden ‘‘Gulbadanbegim’’, “Boburshoh’’ bobi. Xolida

So‘fiyeva tarjimasi.

Kamolov I.N. Tarixiy-badiiy asarlarda Bobur obrazi talqinida biografik

yondashuv. Fil.f.b.f.d. (PhD) dissertatsiyasi. Qarshi, 2022. 142 bet.