Authors

  • Rasulova Umida

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.wsrj.96490

Keywords:

Kalit so’zlar: XV-XVI asr Movarounnahr Xuroson Husayn Boyqaro Bobur mirzo Badiuzzamon Mirzo Ulug’bek Amir Temur Muhammad Shayboniyxon Xisravshoh.

Abstract

Annotatsiya:  Tarixsiz  kelajak  yo’q,  albatta.Yurtimizda  o’tgan  mashhur 
shaxslarni  o’rganish,ularning  hayot  yo’li,yutuq  va  kamchiliklarini,xarakterini 
o’rganish  barcha  uchun birdek qiziq.Ular haqida bizgacha  turli  xil  manbalardan 
ma’lumotlar  yetib  kelgan.Har  bir  tarixchi  yoki  shoir  ma’lum  bir  shaxsga  o’z 
qarashi bilan baho beradi.Ushbu maqolada biz Bobur bilan zamondosh bo’lgan,u 
ko’rib suhbatlashgan yoki eshitgan mashhur shaxslar haqida bergan ma’lumotlari 
va ularga bo’lgan shaxsiy munosabatini ko’rib chiqamiz. 


background image

https://biti.uz/konferensiya/konferensiya2025/index.html

21 апреля 2025 г.

531

ZAMONASINING MASHHUR SHAXSLARI BOBUR NIGOHIDA

Rasulova Umida

BITU magistranti

e-mail:

mdrasulova@gmail.com

Annotatsiya:

Tarixsiz kelajak yo’q, albatta.Yurtimizda o’tgan mashhur

shaxslarni o’rganish,ularning hayot yo’li,yutuq va kamchiliklarini,xarakterini

o’rganish barcha uchun birdek qiziq.Ular haqida bizgacha turli xil manbalardan

ma’lumotlar yetib kelgan.Har bir tarixchi yoki shoir ma’lum bir shaxsga o’z

qarashi bilan baho beradi.Ushbu maqolada biz Bobur bilan zamondosh bo’lgan,u

ko’rib suhbatlashgan yoki eshitgan mashhur shaxslar haqida bergan ma’lumotlari

va ularga bo’lgan shaxsiy munosabatini ko’rib chiqamiz.

Kalit so’zlar

: XV-XVI asr, Movarounnahr, Xuroson, Husayn Boyqaro,

Bobur mirzo, Badiuzzamon, Mirzo Ulug’bek, Amir Temur, Muhammad

Shayboniyxon, Xisravshoh.

“Boburnoma”juda ko’p sohalarni o’z ichiga olgan tarixiy-memuar asar

hisoblanadi. Unda tarix, adabiyot, xaritashunoslik, botanika, zoologiya,

siyosatshunoslikka doir ko’plab fikrlar mavjud. Shuning uchun ham u shu

vaqtgacha ko’plab insonlar uchun qiziqarli bo’lgan. Kitob bo’yicha ilmiy ishlar

qilindi va davom etmoqda. Haligacha “Boburnoma” yangicha ko’rinishlarda chop

etilib o’quvchilarga taqdim etilmoqda. Men bugun m ana shundan ko’p qirrali

asarning bir jihatini, ya’ni unda berilgan mashhur shaxslarni tilga olishga qaror

qildim.

“Boburnoma”da XV-XVI asrlarda yashagan ko’plab shaxslar haqida

ma’lumot berilgan. Bular podshozodalar, beklar, zodagonlar, shoirlar va hatto o’z

yaqinlaridir. Bunda Bobur yozayotgan har bir shaxsni ko’rgani va yaxshi bilgani

seziladi. Mirzolarning har birining shajarasini yozib o’tgan.

Birinchi o’rinda Buburning bobosi Amir Temurga to’xtalsak. Samarqandni

Amir Temur poytaxt qilganligi, u yerda ko’plab imoratlar solganligini aytgan.


background image

https://biti.uz/konferensiya/konferensiya2025/index.html

21 апреля 2025 г.

532

Amir Temurning Hindistonni egallagani va u yerga o’z hokimlarining avlodini

hokim qilib ketgani va u yerda “Masjidi sang”ni qurganligini aytgan.

Temuriylarning eng buyuk podshosi Amir Temur bo’lgani va unga Husayn

Boyqaro yaxshi izdosh bo’lganini ta’kidlaydi. Husayn Boyqaroga esa alohida

kichik qism bag’ishlangan va ko’p o’rinlarda u haqida ma’lumot berib ketilgan.

Hijriy sakkiz yuz qirq ikkinchi yilda tug’ilgani va Amir Temurga evara ekanligi

aytilgan, Onasi ham Amir Temurning nevarasi bo’lganligi aytilgan. U ham

Umarshayx, ham Mironshoh mirzoning avlodi hisoblanadi. Bobur Husayn

Boyqaroni shunday ta’riflaydi: ”Qiyiq ko’zli, sherkelbat kishi edi. Belidan pasti

ingichka edi. Ulug’ yoshga yetib soqoli oqargan bo’lsa-da, xushrang, qizil-yashil

matolardan kiyim kiyardi. Qoqa qo’zi terisidan qilingan bo’rk yo qalpoq kiyardi.

Ahyon-ahyon iydlarda kichik uch o’rama sallanin yap-yassi chirmab, qarqara

patina sanchib namozga borardi”

3

Masofil (revmatizm) kasalligi sabab namoz

o’qiy olmasligi, ro’za ham tutmasligi aytilgan. Bobur Husayn Boyqaroga nisbatan

iliq munosabatda bo’lgani va ko’p jihatdan unga yaqin bo’lganini u yozgan

so’zlardan ham bilib olish qiyin emas.”So’zamol va xushxulq kishi edi.Xulqi

biroz tezroq, so’zi ham xulqidek o’tkir edi. Ba’zi yumushlarda shariatga ko’p

rioya qilur edi. Bir safar bir o’g’li bir kishini o’ldirgani uchun xuntalablarga

topshirib, qozixonaga yubordi”

4

. Ushbu jumlada ham Bobur Husayn

Boyqaroning odil podshoh bo’lganligini ta’kidlamoqda.

Ammo yaxshi xislatlari bilan bir qatorda yaxshi bo’lmagan sifatlarini ham

aytib o’tgan. Ichkilikka berilgani, har kun peshindan so’ng ichkilik ichishi,

o’g’illari, askarlari va shahar ahli ichkilikka berilganligini aytgan. Bundan

tashqari uning jangovar qobiliyatini ham yuqori baholagan. Temur naslidan hech

kim Husayn Boyqarochalik qilich chopmaganini tan olgan. Janglarda ko’p marta

o’zi yovning ustiga qilich tortganini, qo’rqmas va shijoatli ekanligini tan olgan.

Qayerlarga lashkar tortgani va harbiy yurishlari haqida ham ma’lumot berilgan.

3

Zahiriddin Muhammad Bobur. Boburnoma.-T.G’afur G’ulom, 2018. 128-bet

4

Zahiriddin Muhammad Bobur. Boburnoma.-T.G’afur G’ulom, 2018. 128-bet


background image

https://biti.uz/konferensiya/konferensiya2025/index.html

21 апреля 2025 г.

533

Yana nazmiy qobiliyati ham borligini, turkiy she’rlar yozishini va “Husayniy”

taxallusini qo’llashini aytgan. Tamoman bir vaznda devon tartib berganini ham

aytib o’tgan. Farzandlari va amirlari haqida ham to’liq va mufassal ma’lumotlar

keltirilgan.

Shuningdek, “Boburnoma”da Husayn Boyqaroning o’g’li Badiuzzamon

Mirzo haqida ham fikrlar berilgan. Ba’zi qismlarda uning janglarda qatnashgani

va g’olib bo’la olmay muzokara qilib qaytib ketgani ham aytilgan. Bobur Husayn

Mirzo Badiuzzamonga Balxni bergani, bu esa uni qoniqtirmagani, shu sabab

dushmanlik va fitnalar boshlangani aytgan. Badiuzzamon Astrobodni “Mening

o’g’lim Muhammad Mo’min mirzoni xatna qilganda otam unga bag’ishlagan”deb

o’ziga berilishini talab qildi va ruxsatisiz egallab oldi. Bunga qarshi Sulton

Husayn Astrobod va Balxni yurish qilib qaytarib oldi. Badiuzzamon qochib

ketgan. Shu o’rinda Badiuzzamonning shaxsiy sifati ta’riflangan bir she’r ham

berilgan. “Muammoyi Kobul arkining ta’rifida Badiuzzamon Mirzoga atab bir

she’r o’qir edi. Bayt ushbudir:

Baxo’r dar arki Kobul may,bigardon kosa paydarpay,

Ki ham ko’x astu ham daryovu ham shahr astu ham sahro.

(Simir Kobul arkida may, qadah aylantir-ey tinmay

Bu manzil tog’-u ham daryo, ham shahru va ham sahro)

5

Shuningdek, asarda Mirzo Ulug’bek haqida ham shaxsiy fikrlarini bildirgan.

Uning Samarqandda ko’plab bunyodkorlik ishlarini olib borgani, bog’lar,

imoratlar barpo qilganini yozgan. Samarqandni bosib olganda marhum Ulug’bek

Mirzoga tegishli Bog’i Kalon nomli bog’ borligini va uni sotib olib yanayam obod

qilganini aytgan. Ulug’bek Mirzo tog’ etagida Bog’i Navro’ziy nomli imorat

solgani va Boburning onasi vafot etganda shu yerga qo’yishganini ham aytgan.

Ko’hak oldida rasadxonasi borligini ham qo’shimcha qilgan. Shu bilan bir qatorda

bir jihatni afsus qiladi. Amir Temur vafotidan so’ng saltanat mirzolar o’rtasida

talash bo’lgani,hamma saltanatni har yoqqa tortib xalqni abgor qilgani bu

vaziyatda esa Mirzo Ulug’bek ko’proq fan bilan shug’ullanganini aytgan.”Uning

5

Zahiriddin Muhammad Bobur. Boburnoma.-T.G’afur G’ulom, 2018. 106-bet


background image

https://biti.uz/konferensiya/konferensiya2025/index.html

21 апреля 2025 г.

534

ishi podshohlik edi, osmonga termulish emas”deb o’z fikrini berib o’tgan. Va

padarkush og’li Abdullatif tamonidan o’ldirilganligini ham aytgan.

Shu bilan bir qatorda “Boburnoma”da Husayn Boyqaro bilan bir qatorda

Shayboniyxonga ham keng o’rin berilgan. Buning sababi Shayboniyxon bilan

shaxsan to’qnash kelgani va yurtini unga boy bergani vabir qancha muddat u

sabab sargardon bo’lgani bo’lishi mumkin. Muhammad Shayboniyxon

“Boburnoma”da Shoyboqxon deb atalgan. Bobur 1501-yilda aynan Shayboniyxon

sabab Samarqandni tashlab ketishga majbur bo’ldi. Yoshi va tajribasi ulug’ligi

sabab unga yengilganini tan olgan. Samarqanddan qochib Movarounnahr shimoli

sharqiga ketganda ham Shayboniyxon istibdodi natijasida Amudaryodan quyiga

qochishga majbur bo’lgan. Unga necha xonzodalar bas kela olmaganini va hatto

Husayn Boyqaro ham unga qarshi turishga harbiy salohiyati yetmaganini aytib

o’tgan. Necha yillab Hisorni boshqargan va ko’p quvg’in qilingan mirzolar undan

panoh tilagan, o’ziga bino qo’yib qo’l ostidagi sarhadlarda istagan xunrezliklarga

qo’l urgan Xisravshoh ham aynan Shayboniyxondan qochib Boburning oyog’i

ostiga kelganini ham aytib o’tgan. Ko’p qismlarga unga nafrat bildirmagan bo’lsa-

da, Hirotni egallagandan so’ng ko’p yomon ishlar qilganini aytib o’tgan. “Garchi

Shayboniyxon saxarxez, besh vaqt namozni tark qilmaydigan, qiroat ilmini

tuzukkina biladigan kishi bo’lsa-da, lekin bunday go’llarcha, ablaxlarcha,

kofirlarcha so’z va qilmishlar undan ko’p sodir bo’ar edi”

6

.

Albatta, “Boburnoma”da keltirilgan barcha fikrlar bu Boburning shaxsiy

qarashlaridir. Shuningdek asarda minglab kishilar haqida aytib o’tilgan. Bobur

o’zi bilgan har bir kishining nasabi, qobiliyati, xulqi va sadoqati haqida aniq

bilgan. Men ulardan faqat bir nechta e’tiborga molik shaxslarni berib o’tdim.

Asarni to’liq o’qish davomida bunday shaxslar haqida to’liq va mujassam

ma’lumotga ega bo’lamiz.

6

Zahiriddin Muhammad Bobur. Boburnoma.-T.G’afur G’ulom, 2018. 157-bet


background image

https://biti.uz/konferensiya/konferensiya2025/index.html

21 апреля 2025 г.

535

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Zahiriddin Muhammad Bobur. Boburnoma.-T.G’afur G’ulom, 2018. -

518b.

2. Kamolov I.N. Tarixiy-badiiy manbalarda Bobur obrazi talqiniga biografik

yondashuv. Fil.f.b.f.d (PhD) dissertatsiyasi. Qarshi – 2022. 136 b.

3. Quvvatova D., Kamolov I. Biographical approach to the personality Babur

in Western literary studies. International journal Word Art. Volume 1, Issue 2. T.,

2020. –Р.196 .

References

Zahiriddin Muhammad Bobur. Boburnoma.-T.G’afur G’ulom, 2018. -

b.

Kamolov I.N. Tarixiy-badiiy manbalarda Bobur obrazi talqiniga biografik

yondashuv. Fil.f.b.f.d (PhD) dissertatsiyasi. Qarshi – 2022. 136 b.

Quvvatova D., Kamolov I. Biographical approach to the personality Babur

in Western literary studies. International journal Word Art. Volume 1, Issue 2. T.,

–Р.196 .