https://biti.uz/konferensiya/konferensiya2025/index.html
21 апреля 2025 г.
522
ONKOLOGIK KASALLIKLARNI ANIQLASH UCHUN ONLAYN
SKRINING TESTLARINI O‘TKAZISH
Masaidova Robiyabonu Oybek qizi
Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filiali 4-kurs talabasi
Djumaniyozova Zulxumor Farxadovna
Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filiali
Ichki kasalliklar va dermatovenerologiya
kafedrasi t.f.n dotsent, kafedra mudiri
Annotatsiya:
Ko‘krak bezi saratoni ayollar orasida eng keng tarqalgan va
muhim onkologik kasalliklardan biridir. O‘zbekistonda Respublika onkologiya
dispanseri ma‘lumotlariga ko‘ra, har yili 4000 dan ortiq yangi ko‘krak bezi
saratoni holatlari aniqlanadi. Mazkur onkologik kasallik bilan kurashish
muammosi yangi diagnostika, profilaktika va davolash usullarini ishlab chiqish,
aholining xabardorligini oshirish hamda tibbiy yordam sifatini yaxshilashni talab
qiladi.
Kalit
so‘zlar:
Ko‘krak
bezi
saratoni,onkologik
kasallik,profilaktika,diagnostika, skrining testlar,ekzogen omillar.
Аннотация:
Рак молочной железы является одним из самых
распространенных и важных онкологических заболеваний среди женщин.
Согласно
данным
Республиканского
онкологического
диспансера
Узбекистана, ежегодно выявляется более 4000 новых случаев рака молочной
железы. Борьба с данным онкологическим заболеванием требует разработки
новых методов диагностики, профилактики и лечения, повышения
осведомленности населения и улучшения качества медицинской помощи.
Ключевые слова:
Рак молочной железы, онкологическое заболевание,
профилактика, диагностика, скрининговые тесты, экзогенные факторы.
Abstract:
Breast cancer is one of the most common and significant oncological
diseases among women. According to the data from the Republican Oncology
Dispensary of Uzbekistan, more than 4000 new cases of breast cancer are detected
annually. Addressing this oncological issue requires the development of new
https://biti.uz/konferensiya/konferensiya2025/index.html
21 апреля 2025 г.
523
methods of diagnosis, prevention, and treatment, as well as increasing public
awareness and improving the quality of medical care.
Keywords:
Breast cancer, oncological disease, prevention, diagnosis,
screening tests, exogenous factors.
Tadqiqot maqsadi.
Tibbiyot talabalari orasida onkologik profilaktika
anketalari haqida xabardorlik darajasini aniqlash hamda ekzogen omillarning
ta‘sirini o‘rganish.
Tadqiqot materiallari va usullari.
Tibbiyot talabalari orasida profilaktika
bo'yicha bilim darajasini o‘rganish maqsadida, biz 20 ta savoldan iborat maxsus
so‘rov anketasini ishlab chiqdik. Anketa ko‘krak bezi saratoni rivojlanish xavf
omillari va talabalarining profilaktika tadbirlarini o‘tkazishga tayyorgarligi bilan
bog‘liq savollarni o‘z ichiga oladi. Tadqiqot davomida biz tarixiy, sotsiologik,
anketaviy so‘rov va taqqoslash usullaridan foydalandik.
Tadqiqot natijalari.
2022 yilda biz tibbiyot talabalari orasida ko‘krak bezi
saratoni haqida xabardorlik darajasini baholashga qaratilgan maxsus profilaktik
anketa ishlab chiqdik. Ushbu so‘rovda O‘zbekiston va boshqa davlatlarning
tibbiyot oliy o‘quv yurtlari talabalari ishtirok etdilar. Anketaning muhim
savollaridan biri talabalar onkologik kasalliklarni dastlabki aniqlash uchun
mavjud testlar va anketalar haqida ma‘lumotga egami yoki yo‘qligini aniqlashga
qaratilgan edi. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, 58,8±9,3% talabalar bunday profilaktik
anketalar haqida hech qanday ma‘lumotga ega emasligi aniqlandi. Faqatgina
kichik bir qism talabalargina ko‘krak bezi saratonini erta aniqlash bo‘yicha testlar
haqida xabardorligi aniqlandi. Ushbu natijalardan kelib chiqib, talabalar orasida
skrining testlari haqida yetarli ma‘lumot berilmaganligi xulosasiga kelish
mumkin. Ushbu masala tibbiyot talabalari ta‘lim jarayonida erta diagnostika
usullari bo‘yicha bilimlarni kengaytirish zarurligini ko‘rsatadi. Agar talabalar
saraton kasalligini erta aniqlash usullari haqida ma‘lumotga ega bo‘lmasa, ular bu
muammoning ahamiyatini yetarlicha tushunmasligi va bemorlarni zarur testlardan
o'tkazishga yo‘naltirmasligi mumkin, bu esa kech diagnostika xavfini oshiradi.
https://biti.uz/konferensiya/konferensiya2025/index.html
21 апреля 2025 г.
524
Shuningdek, bu kamchilik talabalar ishtirokida olib boriladigan profilaktik
dasturlarga salbiy ta‘sir ko‘rsatishi, ilmiy tadqiqotlarda ishtirok etish
imkoniyatlarini cheklashi va ularning professional rivojlanishiga to‘sqinlik qilishi
mumkin.
Xulosa.
Tibbiyot talabalari orasida ko‘krak bezi saratonining profilaktikasi
va erta diagnostikasi bo'yicha bilim darajasi yetarli emas. Kelajakdagi
shifokorlarning xabardorligini oshirish uchun qo‘shimcha o‘quv dasturlari va
ma‘ruzalar tashkil etish zarur. Bu nafaqat ularning bilimlarini oshirishga yordam
beradi, balki aholiga profilaktika va erta tashxis qo‘yishning ahamiyati haqida
kengroq ma‘lumot berish imkonini yaratadi, natijada esa kasallanish va o‘lim
holatlari kamayishiga xizmat qiladi. Shuningdek, aholining ekzogen omillar
ta‘siridan himoya qilinishini ta‘minlash uchun keng ko‘lamli profilaktik
tadbirlarni amalga oshirish, poliklinika shifokorlari va tibbiyot oliy o‘quv yurtlari
o‘qituvchilari bilan hamkorlikda ma‘rifiy tadbirlar o‘tkazish zarur.
Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati:
1.
Nurmatov,
A.
(2020).
Onkologik
kasalliklar
va
ularning
profilaktikasi. Toshkent: O‘zbekiston tibbiyot nashriyoti.
2.
Mavlonov, A. (2019). Ko‘krak bezi saratoni diagnostikasi va
davolashning yangi usullari. Tibbiyot ilmiy jurnali, 15(3), 45-52.
3.
Xolmatova, G., & Iskandarov, R. (2021). Ekzogen omillar va
ularning saraton rivojlanishidagi roli. Jurnal of Cancer Research, 23(7), 74-82.
4.
Tashkent Oncology Dispensary (2022). Ko‘krak bezi saratoni
statistikasi va profilaktika strategiyalari. O‘zbekiston onkologik muammolari,
1(1), 34-40.
5.
Kadirov, Sh. (2022). Erta diagnostika va profilaktikaning tibbiyot
talabalari orasidagi o‘rni. Oliy ta’lim jurnalida maqola, 12(4), 60-65.