https://biti.uz/konferensiya/konferensiya2025/index.html
21 апреля 2025 г.
769
BYUDJET DAROMADLARINI TA’MINLASHDA HUDUDLARNING
SOLIQ VA UNING MADANIYATINI OSHIRISH
Ikromova Dildora Akmalovna
Buxoro viloyati soliq boshqarmasi xodimi
Missdildoraikromova1991@gmail.com
Annotatsiya.
Respublikamizda
amalga
oshirilayotgan
iqtisodiy
islohotlarning ustuvor yo‘nalishlaridan biri soliq siyosatini erkinlashtirishdir.
Davlatimiz
rahbarining
mamlakatni
ijtimoiy-iqtisodiy
rivojlantirishga
bag‘ishlangan ma’ruzalarining barchasida soliq salohiyatini oshirish asosida
davlat byudjeti daromadlari barqarorligini ta’minlash masalalari muhim
vazifalardan biri sifatida belgilab kelinayotganligi buning yaqqol dalilidir.
Kalit so‘zlar:
Soliq siyosati, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, mahalliy
byudjet, davlat byudjeti, byudjet daromadlari, bojxona, yig‘imlar.
Asosiy qism
: Davlat byudjetining, ayniqsa mahalliy byudjet daromadlari
barqarorligini ta’minlashda hududlarning salohiyatini oshirish muhim ahamiyatga
egadir. Umuman olganda, hududda ayniqsa soliq qonunchiligining amal qilishi
sharoitida tahlil etilayotgan davrdagi soliq, boj to‘lovlarining ehtimol qilinadigan
maksimal summasi, shuningdek soliq va bojxona organlarining nazorat ishlari
natijalari bo‘yicha qo‘shimcha hisoblangan soliq to‘lovlari summalari, ya’ni bu
haqiqiy yig‘ilgan soliqlar miqdori bilan byudjet daromadlarini to‘plashning
qobiliyati o‘rtasidagi farq hisoblanadi.
https://biti.uz/konferensiya/konferensiya2025/index.html
21 апреля 2025 г.
770
Iqtisodda soliq bazalari orqali aniqlanadigan resurslar bilan ta’minlanganligi
bilan xarakterlanadi hamda mahalliy byudjetlar daromad qismi bazasining
shakllanishiga ta’sir qilib boradi.
Hududlarda soliq bazasini baholashda hududning hududiy mulki
daromadliligi va byudjet samaradorligi, ishlab chiqarish va ijtimoiy infratuzilma
sifati hamda hudud tarmoqlarining texnologik yangilashdagi ehtiyoji, transport
ta’minoti kabilarni hisobga olish lozim.
Shuningdek, soliqqa tortiladigan bazaga jiddiy ta’sir ko‘rsatuvchi bir qator
omillarni ham hisobga olish kerak. Bular: iqtisodiyotdagi to‘lovsizliklar, ish haqi
bo‘yicha qarzdorlik va boshqalar. Asosiy soliq to‘lovchilarning soliq bazasining
o‘zgarishiga, ularning moliyaviy ahvoliga, hisob-kitoblar shakllariga ta’siri albatta
tahlil etilishi lozim.
Soliq yordamida soliq daromadlarini rejalashtirish mahalliy davlat
boshqaruvi organlariga quyidagi qo‘shimcha ustunliklarni berishi mumkin:
- zamonaviy modellar asosida hududning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini
o‘rta va uzoq istiqbolli prognozlash imkoniyati;
- soliq solish bazasini oshirish uchun va mahalliy byudjetlarga soliqlarga
bog‘liq bo‘lmagan qo‘shimcha daromad manbalarini ta’minlash maqsadida davlat
mulkidan samarali foydalanish uchun bozor infratuzilmasini rivojlantirishni
https://biti.uz/konferensiya/konferensiya2025/index.html
21 апреля 2025 г.
771
rag‘batlantirishda mahalliy davlat hokimiyati organlarining manfaatdorligini
oshirish (masalan, binolarni ijaraga berish, reklama xizmatlari va hokazolar);
- mahalliy hokimiyat organlarining soliqlar bo‘yicha qarzdorlikni
qisqartirishdan manfaatdorligini oshirish, chunki soliqlar yig‘ilishining pasayishi
yuqori turuvchi byudjetdan moliyaviy tushumlarni oshirish bilan qoplanmaydi;
- ro‘yxatga olinmagan moliyaviy-xo‘jalik faoliyati subyektlarini aniqlash,
hisobga qo‘yilmagan soliqqa tortish obyektlarini aniqlash orqali mavjud soliq
bazasidan to‘liq foydalanishdan manfaatdorlikni oshirish va qo‘shimcha soliq
daromadlarini olish;
- yangi axborot texnologiyalarini joriy etish, xarajatlarni optimallashtirish
hamda moliyaviy va soliq organlarining resurs ta’minotini rivojlantirishdan
manfaatdorlikni oshirish.
Hududni yanada iqtisodiy rivojlantirish maqsadlariga erishish uchun barcha
mavjud resurslarni safarbar etish zarur, chunki hududning iqtisodiy o‘sish
sur’atlari bilan ijtimoiy dasturlarning bajarilishi o‘rtasida optimal nisbatni
ta’minlashni nazarda tutuvchi soliqqa oid samarali sa’y-harakatlar hisobga olingan
potensial hisoblanadi.
Hozirgi vaqtda mahalliy byudjetning moliyaviy imkoniyatlari hududning
daromad imkoniyatlarini hisobga olmasdan asosiy davrda yig‘ilgan soliq
tushumlari to‘g‘risida ma’lumotlar asosida prognoz qilinadi.
Soliq salohiyati va soliqlarning yig‘im ko‘rsatkichlari byudjet soliq prognozi
va rejalashtirishning eng muhim asosiy vositasi bo‘lishi zarur. Buning uchun
quyidagi omillar hisobga olinsa maqsadga muvofiq bo‘lar edi:
● o‘z-o‘zini idora qiluvchi tuzilmalarning tarmoq tuzilishi va iqtisodiy ri-
vojlanish darajasi (iqtisodiy imkoniyatlar);
● soliq siyosati;
● o‘z-o‘zini idora qiluvchi tuzilmalar iqtisodiy faolligi umumiy o‘sishining
o‘ziga xosligini ko‘rsatuvchi korxonalar rentabelligi o‘rtacha darajasi va rentabelli
korxonalarning solishtirma (ajratilgan) salmog‘i, ulushi;
https://biti.uz/konferensiya/konferensiya2025/index.html
21 апреля 2025 г.
772
● soliqlar yig‘ish bo‘yicha mahalliy o‘z- o‘zini boshqarish tashkilotlari va
soliq idoralari tomonidan belgilangan chora- tadbirlar.
Xulosa
Xulosa qilib shuni aytishimiz mumkinki, iqtisodiy yuksalish va moliyaviy
barqarorlik talablariga javob beradigan soliq tizimini yaratishda soliq islohotini
amalga oshirish natijasida soliq yukini mumkin qadar past darajada bo‘lishiga
erishish muhim rol o‘ynaydi. Ammo shu bilan bir qatorda, soliqlarning fiskal
ahamiyatini oshirishda tadbirkorlik subyeklari to‘laydigan soliqlar muhim
ahamiyat kasb etadi. Tadbirkorlik subyektlari tomonidan to‘lanadigan soliq
tushumlari byudjet daromadini ta’minlashning asosiy manbai hisoblanganligi
sababli davlat oldida turgan vazifalarni hal etishda katta ahamiyatga ega. Bugungi
kunga qadar mamlakatimizda tadbirkorlik subyektlari uchun yetarli darajada
imtiyozlar, preferensiyalar va qulay imkoniyatlar yaratilgan bo‘lsada, ammo
ularga yanada qulayliklar yaratish orqali ushbu ishlar amalga oshirilsa, kelajakda
davlat siyosatini amalga oshirishda byudjet daromadlarida soliq tushumlari
oshishi uchun zaruriy omil bo‘lib hisoblanadi.
Adabiyotlar ro`yxati:
1. Xomma A., A.Tangirqulov, Sh.Toshmatov, I.Norqo‘ziev va N.Roziqovlar.
Soliq qarzi va uni undirish. O‘quv qo‘llanma. - Toshkent, Soliq akademiyasi,
2010. - 114-B.
2. Jo‘raev A., Toshmatov Sh. va boshq. Soliqlar va soliqqa tortish: O‘quv
qo‘llanma.-T.: "norma", 2019.-184 b.
3. Barziyev, O. H.(2021) Farg‘ona nomi bilan bog‘liq an’anaviy poetik
turkumlar. nauchniy vestnik. FerGU, 3(3), 108-114.
4. Mayburov I.A. (2017) Soliqlar va soliqqa tortish: mutaxassisliklar bo'yicha
tahsil olayotgan universitet talabalari uchun darslik; tomonidan tahrirlangan
I.A.Mayburova. –M.: -655b.
5. Normurzayev U. (2021). O‘zbekistonda investitsiya jozibadorligini yanada
oshirish maqsadida ayrim tarmoqlarni qo‘llab-quvvatlashda soliq imtiyozlari va
preferensiyalarining samaradorligini tahlil qilish. Iqtisodiyot va ta’lim, (6), 82–86.
https://doi.org/10.55439/ECED/vol_iss6/a285