Authors

  • Baxronova Sarvinoz Akbar qizi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.wsrj.96535

Keywords:

Kalit so‘zlar: farzand tarbiyasi xulq-atvor xalq og’zaki ijodi tarbiya kelajak avlod.

Abstract

Annotatsiya.  Milliy  qadriyatlarimizni,  xalqimizning  tuganmas  merosi  xalq 
og‘zaki  ijodi  namunalaridan  xalq  og‘zaki  ijodi  orqali  kelajakka  intilish,  orzu-
havas, mehnatga chanqoqlik, kabi yuksak hislar paydo qilish hamda topqirlik va 
hozirjavoblik  xislatlarini  rivojlantirish.  Ushbu  tezis  orqali  bu  jarayonning 
muvaffaqiyatli  bo’lishi  uchun  Boshlang‘ich  sinf  ona  tili  va  o‘qish  savodxonligi 
darslarida  “xalq  og‘zaki  ijodi”  bo‘limiga  oid  mavzularni  o‘rgatish  mazmuni, 
metodlari va topshiriqlar tizimini ishlab chiqish. 


background image

https://biti.uz/konferensiya/konferensiya2025/index.html

21 апреля 2025 г.

712

BOSHLANG’ICH SINF ONA TILI VA O’QISH SAVODXONLIGI

DARSLARIDA XALQ OG’ZAKI IJODI NAMUNALARINI O’QITISH

METODIKASI

Baxronova Sarvinoz Akbar qizi

Buxoro innovatsion ta’lim va

tibbiyot universiteti o‘qituvchisi

Annotatsiya.

Milliy qadriyatlarimizni, xalqimizning tuganmas merosi xalq

og‘zaki ijodi namunalaridan xalq og‘zaki ijodi orqali kelajakka intilish, orzu-

havas, mehnatga chanqoqlik, kabi yuksak hislar paydo qilish hamda topqirlik va

hozirjavoblik xislatlarini rivojlantirish. Ushbu tezis orqali bu jarayonning

muvaffaqiyatli bo’lishi uchun Boshlang‘ich sinf ona tili va o‘qish savodxonligi

darslarida “xalq og‘zaki ijodi” bo‘limiga oid mavzularni o‘rgatish mazmuni,

metodlari va topshiriqlar tizimini ishlab chiqish.

Kalit so‘zlar:

farzand tarbiyasi, xulq-atvor, xalq og’zaki ijodi, tarbiya,

kelajak avlod.

Asosiy qism:

Boshlang‘ich sinf ona tili va o‘qish savodxonligi darslarida

xalq og‘zaki ijodining ta`limiy–tarbiyaviy ahamiyatini ko‘rsatib berish o‘qish

darslarini takomillashtirishning yo‘llarini izlab topish, o‘quvchilar uchun xalq

og‘zaki ijodining mazmunini tushuntirishni ta’minlaydigan ko‘rgazmalar, didaktik

vositalarni ishlab chiqish va amaliy qo’llash.

Boshlang’ich sinflarida о’qish fanini o’qitishning asosiy maqsadi:

Milliy

hamda jahon adabiyotining nodir namunalarini o’qitish orqali о’quvchilarning

ma’naviy-axloqiy dunyosi, adabiy-estetik didini shakllantirish hamda ularda

mustaqil fikrlash, obrazli tafakkurga oid bilim, kо’nikma, malakalarni hosil qilish

va rivojlantirish; o’quvchilarni badiiy adabiyotga qiziqtirish, asarlarni о’rgatish

jarayonida olam va inson tabiati, milliy hamda umuminsoniy qadriyatlar,

shuningdek, kitobxonlik madaniyatini shakllantirish orqali о’quvchilarning

ma’naviyatini, dunyoqarashini kengaytirib, mustahkamlab borishdan iborat.


background image

https://biti.uz/konferensiya/konferensiya2025/index.html

21 апреля 2025 г.

713

O’qish darslari oldiga qo’yilgan didaktik vazifalar quyidagilardan

iborat

: O’quvchilarni kitobdan foydalanishga, undan kerakli bilimlarni olishga

o’rgatish, kitobga muhabbat uyg’otish, ularni oddiy kitobxondan chuqur mulohaza

yurituvchi, ijodkor kitobxon darajasiga ko’tarish.

“Kitob mahsulotlarini chop etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob

mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ’ibot qilish bо’yicha

komissiya tuzish tо’g’risida”gi farmoyishi ijrosi, Farmoyishda tavsiya etilgan yil

tanlovlari:

- “Yilning eng yaxshi kitobi”,

- “Eng yaxshi kitobxon oila”,

- “Yilning eng yaxshi bolalar kitobi”,

- “Yilning eng yaxshi audio kitobi”,

-“Yilning eng yaxshi elektron kitobi.

Boshlang’ich ta’lim fanlarini o’rganishdagi ijtimoiy omillar:

-

o’zining kasbiy hamda badiiy-ma’naviy barkamolligini oshirish uchun

kitobni tanlay olish va о’zi uchun zarurini о’qish;

-о’qigan kitobning asosiy mazmunini talqin qila bilish, uning fusunkor

olamiga kira bilish; о’qiganlaridan hayotiy xulosalar chiqarish;

-kitobning kerakli, zarur joylarini yon daftarchaga kо’chirib olish, notanish

bо’lgan sо’zlarni esda saqlab qolishga intilish; muntazam ravishda о’qish

kо’nikmasiga ega bо’lish;

-kitob bilan muomalada eng qadrdon dо’stingga munosabatda bо’lganday

e’tibor bilan qarash:

-kitobni yaroqsiz holiga keltirmaslik uchun undan tо’g’ri foydalana bilish;

kitobni shoshilmasdan, о’ylab, diqqat-eʼtibor bilan о’qish malakasiga ega bо’lish,

kutubxona kartotekalari bilan ishlay bilishni о’rganish;

-о’qigan kitobni dо’stlari bilan о’rtoqlashish, yaxshi kitobni ularga tavsiya

qilib, uni boshqalar ham о’qib chiqishiga erishishdir.


background image

https://biti.uz/konferensiya/konferensiya2025/index.html

21 апреля 2025 г.

714

Boshlang’ich ta’lim fani o’qituvchilarining amaliy ko’nikmalari:

“Boshlang‘ich ta`lim konsepsiyasi“da e`tirof etilganidek, yeti yoshga to‘lgan har

qanday bola aqliy, ruhiy hamda jismoniy jihatdan maktabda o‘qish uchun tayyor

bo‘lganda, maktabning moddiy-texnik bazasi bunday bolalarga ta`lim berish

uchun yetarli deb hisoblanganda hamda o‘qituvchilar pedagogik va psixologik

jihatdan yetti yoshli bolalarni o‘qitishga tayyor bo‘lganda ularni maktabga qabul

qilish mumkin.

Boshlang‘ich ta`lim jarayoni bolaning mantiqiy tafakkur qila olish

salohiyatini, aqliy rivojlanishini, dunyoqarashini, savodxonligini va o‘z-o‘zini

anglash salohiyatini shakllantirishga, jismonan sog‘lom bo‘lishga, go‘zallik va

nafosatdan zavqlana olishga, milliy urf-odatlarni o‘ziga singdirishga va

ardoqlashga, ularga rioya qilishga o‘rgatadi. Shu asosga ko‘ra boshlang‘ich

sinflarda o‘quvchilarning umumaxloqiy ko‘nikmalarini shakllantirish zarur.

Xulosa.

Xulosa o‘rnida ta’kidlash joizki, o‘z ona tilini, o‘z ona yurti tarixini

mukammal bilgan shaxslar kelajagimiz poydevoridir. Zero, ona tilining buyuk

ahamiyati, shundaki, u ma`naviyat belgisi sifatida kishilarni yaqin qilib

jipslashtiradi. Xotirasiz barkamol kishi bo‘lmaganidek o‘z tilini, tarixini bilmagan

xalqning kelajagi ham bo‘lmaydi. Shunday ekan, o‘quvchilar ona tili va o‘qish

savodxonligi darslarida til boyliklarini mukammal o‘zlashtirib borishlari, o‘z

fikrlarini ona tilimizda ravon ifodalashga o‘rganishlari lozim. Bu fazilatlar o‘qish

darslari bilan chambarchas bog‘liq bo‘lib, birga olib borishgina o‘z samarasini

ko‘rsatadi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI

1. Mirziyoyev Sh. Erkin va farovon, demokratik O`zbekiston davlatini

birgalikda barpo etamiz (Shavkat Mirziyoevning O‘zbekiston Respublikasi

Prezidenti lavozimiga kirishish tantanali marosimiga bag‘ishlangan Oliy Majlis

palatalarining qo‘shma majlisidagi nutqi). Toshkent “O`zbekiston” nashriyoti,

2017, 13-14-bet.


background image

https://biti.uz/konferensiya/konferensiya2025/index.html

21 апреля 2025 г.

715

2. Mirziyoyev Sh. Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta’minlash – yurt

taraqqiyoti

va

xalq farovonligining

garovi

(

O`zbekiston

Respublikasi

Konstitutsiyasi qabul qilinganining 24 yilligiga bag‘ishlangan tantanali

marosimdagi ma’ruza. 2016-yil 7-dekabr

). Toshkent “O`zbekiston” nashriyoti,

2017, 32 - bet.

3. Авлоний А. Туркий гулистон ёҳуд ахлоқ. -Т.: Ўқитувчи. 1992.-62 б.

References

Mirziyoyev Sh. Erkin va farovon, demokratik O`zbekiston davlatini

birgalikda barpo etamiz (Shavkat Mirziyoevning O‘zbekiston Respublikasi

Prezidenti lavozimiga kirishish tantanali marosimiga bag‘ishlangan Oliy Majlis

palatalarining qo‘shma majlisidagi nutqi). Toshkent “O`zbekiston” nashriyoti,

, 13-14-bet.

Mirziyoyev Sh. Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta’minlash – yurt

taraqqiyoti va xalq farovonligining garovi (O`zbekiston Respublikasi

Konstitutsiyasi qabul qilinganining 24 yilligiga bag‘ishlangan tantanali

marosimdagi ma’ruza. 2016-yil 7-dekabr). Toshkent “O`zbekiston” nashriyoti,

, 32 - bet.

Авлоний А. Туркий гулистон ёҳуд ахлоқ. -Т.: Ўқитувчи. 1992.-62 б.