https://biti.uz/konferensiya/konferensiya2025/index.html
21 апреля 2025 г.
702
VI-SHO’BA:
FILOLOGIYA VA
ADABIYOTSHUNOSLIKDA
ZAMONAVIY YONDASHUVLAR: TIL
VA MADANIYAT INTEGRATSIYASI;
O’ZBEK TILIDAGI REKL AMA MATNLARINING LINGVISTIK
XUSUSIYATI
Qodirova Marhabo O’ktam qizi
Buxoro innovatsion ta’lim va tibbiyot
universiteti magistiranti
e-mail:
Annotatsiya.
Reklama matnlarining lingvistik tahlili orqali reklama
matnlarining ko’rsatilayotgan mahsulotga til uslublari jihatdan muvofiq yoki
muvofiq emasligi, reklama matnlarining ta’sirchanligini oshiruvchi lingvistik
xususiyatlar va til vositalar haqida bayon qilingan
Kalit so’zlar
. Reklama matnlari, fonetik vositalar, marketing, uslubiyat, imlo
qoidalari, matn va lingvistika.
Reklama va zamonaviy kommunikatsiyaning eng muhim vositalaridan
biridir. U faqat mahsulot yoki xizmatni targ‘ib qilish bilan cheklanmay, balki til
orqali jamiyatga ma’naviy va madaniy ta’sir ko‘rsatadi. Hatto, marketing hamda
reklamaga oid faoliyatni yuritishning yuksak axloqiy mezonlarini qo‘llab-
quvvatlash bo‘yicha talablarni belgilaydigan qoidalar to‘plamidan iborat bo‘lgan
reklama amaliyoti kodekslarini O‘zbekiston Respublikasining qonunchiligi
asosida, o‘zini o‘zi tartibga soluvchi qonunlarda ham aytib o‘tilgan [1,1].
Reklama matnlarida qo’yilgan bir qator talablar mavjud. Xususan:
1) O‘zbekiston Respublikasi hududida reklama O‘zbekiston Respublikasining
davlat tilida tarqatilishi;
https://biti.uz/konferensiya/konferensiya2025/index.html
21 апреля 2025 г.
703
2) milliy va oilaviy an’analarga, shuningdek axloq va ma’naviyatning umum
qabul qilingan normalariga zid bo‘lgan shakllar, iboralar va obrazlardan
foydalanish;
3) qonuniylik, aniqlik, ishonchlilik, reklamadan foydalanuvchiga zarar,
shuningdek ma’naviy zarar yetkazmaydigan shakllar va vositalardan foydalanish
reklamaga doir asosiy talablardir.
Reklama kommunikatsiya shakllarining xilma-xilligi tufayli uni quyidagi
turlarga ajratish mumkin:
Televizion reklama.
Radio reklama.
Internet marketing. Internetdagi reklama.
Tashqi reklama
Ichki reklama.
Tranzit reklama.
Reklamani chop etish.[2, 56]
Har qanday reklamaning o’ziga xos usulda odamlarga yetkaziladi. Ammo
har qanday reklama turining maqsad – reklama qilinayotgan mahsulot haqida
odamlarga chiroyli ma’lumot yetkazish va xaridorlar oqimini oshirish. Biroq,
xabaringiz koʻproq odamlarga yetib borishini istasangiz, soʻzlarning maʼnosini
buzmagan holda, hamma tushunarli boʻlgan iboralardan foydalanishingiz lozim.
Xususan, o‘zbek tilidagi reklama matnlari o‘ziga xos lingvistik qurilmalarga,
stilistik usullarga va milliy tafakkurni aks ettiruvchi xususiyatlarga ega. Bular
quyidagilar:
1. Soddalik va ravonlik
O‘zbek reklama matnlarida soddalik va ravonlik muhim o‘rin tutadi.
Reklama matnlari keng auditoriyaga mo‘ljallangani bois, unda murakkab
grammatik konstruktsiyalardan qochiladi. Masalan:
"Hayotingizni osonlashtiring – “'Payme” ilovasi bilan!"
“Uzum karta bor – pul bor”
https://biti.uz/konferensiya/konferensiya2025/index.html
21 апреля 2025 г.
704
Bu kabi soddalashtirilgan tuzilmalar matnni tez anglashga yordam beradi.
2. Ijobiy ma’no va emotsional ta’sir
Reklama matnlarida ijobiy konnotatsiyali so‘zlar (ya’ni ijobiy bo’yoqdor
so’zlar) keng qo‘llaniladi. Bu orqali iste'molchida mahsulotga nisbatan iliq
munosabat shakllantiriladi
"Tabiiy lazzat – sog‘lom hayot kaliti!"
" Tabiat bag’rida hordiq"
3. Sloganlar (
reklama shiori) bir marta yoki bir qancha reklama roliklari
bannerlarida ishlatilishi mumkin. Bu
slogan
xuddi “ Apple”ning “Think Different
“ shiori kabi faqatgina vaqtinchalik ishlatilgan bo'lishi mumkin. Yoki “Nike”
brendining “Just Do It “shiori kabi yillar davomida, turli reklamalarda ishlatilishi
mumkin
) Reklama tili qisqa, lo‘nda va esda qolarli bo‘lishi kerak. Shu sababli
reklamalarda shiorlar muhim rol o‘ynaydi:
"Toza suv – toza hayot!" "Hamyonbop narx, yuqori sifat!"
Bunday iboralar orqali brend yoki mahsulot xotirada mustahkamlanadi.
4. Imperativ (buyruq) shakllari
Reklama matnlarida auditoriyani harakatga chaqirish uchun buyruq fe‘llar
ishlatiladi:
"Bugunoq buyurtma bering!"
"Shoshiling mahsulot soni cheklangan!"
Bu til vositasi orqali iste'molchi faol harakatga undaladi.
5. Kod-miksing (til aralashuvi)
Globalizatsiya va yoshlar auditoriyasiga mo‘ljallangan reklamalarda
inglizcha yoki ruscha so‘zlarning aralashuvi tez-tez uchraydi:
“Trenddagi obrazingizni yarating!”
“Online buyurtma qiling!”
“O‘zingizni real komfort bilan ta’minlang.”
Bu hodisa zamonaviy kommunikativ ehtiyojlar bilan bog‘liq.
6. Fonetik vositalar
https://biti.uz/konferensiya/konferensiya2025/index.html
21 апреля 2025 г.
705
Reklama matnlarida sinonim so‘zlardan foydalanib qofiyalash, alliteratsiya
va so‘z o‘yinlari qo‘llash, matnning esda qolarli bo‘lishi ta'minlaydi.
"Mazali, foydali, totli – barchasi bir paketda!"
"Zamonaviy, ishonchli, qulay – “Anorbank” bilan!"
Xulosa. O‘zbek tilidagi reklama matnlari lingvistik jihatdan rang-barang
bo‘lib, ularda milliy mentalitet, zamonaviy til o‘zgarishlari va stilistik vositalar
uyg‘unlashgan. Bunday matnlar nafaqat savdo-sotiq, balki til madaniyatining
shakllanishida ham muhim rol o‘ynaydi. Reklama tili orqali nafaqat mahsulot
targ‘ib qilinadi, balki til imkoniyatlari namoyon etiladi.
Foydalanilgan adabiyotlar
1.
“ Reklama to‘g‘risidagi” qonun. 07.06.2022
2.
Karimov, A. "Reklama matnlari stilistikasi", Toshkent, 2018.
3.
Jo‘rayev, D. "Til va marketing", Toshkent, 2020.
4.
www.uzreklama.uz,
5.
6.
Lex.uz