https://biti.uz/konferensiya/konferensiya2025/index.html
21 апреля 2025 г.
687
UYUSHMAGAN YOSHLARGA PSIXOLOGIK XIZMAT
KO‘RSATISH
– PEDAGOGIK-PSIXOLOGIK MUAMMO SIFATIDA
Haydarov Shahriyor Shuxrat o‘g‘li
Buxoro psixologiya va xorijiy tillar instituti
Psixologiya kafedrasi dotsenti, psixologiya
fanlari bo‘yicha falsafa doktori(PhD
)
Annotatsiya:
Ushbu maqolada uyushmagan yoshlarga psixologik xizmat
ko‘rsatishning pedagogik-psixologik
asoslari ochib berilgan. Shuningdek, uning
mazmun-mohiyati ilmiy asoslab berilgan. Ayni paytda, ushbu muammoning ilmiy
adabiyotlarda yoritilishi yuzasidan ilmiy-nazariy talqinlar berilgan
Kalit so‘zlar:
Psixologik xizmat, psixologik mexanizm, xulq-atvor,
optimallashtirish, individual yondashuv, intellekt, empatiya, autopsixologik
O‘zbekistonda psixologik xizmat ko‘rsatish tizimini takomillashtirish
muammosi umumiy psixologik tamoyillar bilan bog‘liq uzoq tarixiy ildizlarga
borib taqaladi. Qolaversa, psixologik xizmat jarayoni dastlabki psixologik
tushunchalarning paydo bo‘lish va rivojlanish davrlari bilan bevosita bog‘liqdir.
Umuman, tibbiyot, fiziologiya, fizika, mantiq, falsafa, antropologiya
sohalaridagi yangi yangi kashfiyotlar inson psixologik holatini adekvat tushunish
va talqin qilish bo‘yicha muayyan ilmiy yondashuvlarni shakllantirdi. Jumladan,
rimlik shifokorlar Gippokrat (er.o. V asr), Galen (er.o. II asr), Demokrit (er.o. V-
VI asr), Epikur (er.o. IV-III asr), Demokrit (er.o. V-IV asr), Sokrat (er.o. V-IV asr)
kabi
mutafakkirlarning
mushohadalari
dastlabki
psixologik
xizmat
tushunchalarining shakllanishiga turtki bo‘ldi. Qolaversa, dastlabki “psixika”,
“ong” tushunchalari tibbiy fiziologik bilimlar bilan bir muncha sayqal topdi. Ayni
paytda, fransuz olimi R.Dekard (1596-1650) tomonidan individ xulq atvorining
reflektorlik tabiatiga xos jihatlarning ilk bor kashf etilishi va uning keyinchalik rus
olimlari I.S.Sechenov va I.P.Pavlovlar tomonidan o‘ziga xos ilmiy asoslar bilan
rivojlantirilishi insonning psixologik ta’sir doiralarini belgilashda muhim
ahamiyat kasb etdi [2].
https://biti.uz/konferensiya/konferensiya2025/index.html
21 апреля 2025 г.
688
Binobarin, ingliz faylasufi, pedagogi va empirik psixologiya asoschisi Jon
Lokk (1632-1704) barcha bilimlarning tajribadan kelib chikishi haqidagi
psixologik qoidani ilgari surdi. Chunki, u ruhiy hayotning muayyan omillari,
oddiy hodisalardan murakkab hodisalarga o‘tish yo‘llarini ilmiy jihatdan izohlab
berishga urindi. Lokkning fikricha, tajribaning ikkita manbai bor: biri tashqi sezgi
a’zolarining faoliyati (tashqi tajriba) va ikkinchisi o‘zining xususiy ishini idrok
etuvchi aqlning ichki faoliyati (ichki tajriba)dir. Kishi hech qanday g‘oyalarga ega
bo‘lmagan holda dunyoga keladi. Uning ruhi — «toza taxta» (tabula rasa) bo‘lib,
keyinchalik unga tajriba yozuvlari bitiladi. Tajriba oddiy va murakkab g‘oyalardan
tarkib topadi. Bu g‘oyalar yo sezgilardan, yo ichki idrok (refleksiya)lardan hosil
bo‘ladi. Ikkinchi holatda ong real narsalarga emas, balki o‘z xususiy mahsuliga
yo‘naltirilib, o‘zi bilan o‘zi bo‘lib qoladi. Jon Lokkning refleksiya ta’limoti
(«refleks» tushunchasi bilan aralashtirib yubormaslik kerak) kishi psixologik
dalillarni (fizika dalillaridan farqli o‘laroq) introspektiv tarzda bilib oladi, degan
taxminga asoslangan edi [3].
Keyinchalik I.M.Sechenovning «Bosh miya reflekslari» (1863) asaridagi
«ongli va ongsiz hayotning barcha harakatlari ro‘y berish usuliga ko‘ra
reflekslardan iboratdir», degan xulosasi psixologik xizmat fanining fiziologik
tamoyillarini ilmiy jihatdan asoslashga xizmat qildi. Zero, ongning harakati
(psixik hodisa) ruhning tanasiz mohiyat xususiyati emas, balki Sechenov tili bilan
aytganda, «ro‘y berish usuliga ko‘ra» refleksga o‘xshash jarayondir. Psixik hodisa
kishiga o‘z sezgilarini, g‘oyalarini, his-tuyug‘ularini kuzatish chog‘ida beriladigan
narsalardangina iborat emas. U xuddi refleks kabi tashqi qo‘zg‘ovchining ta’sirini
va unga javoban harakat aks ta’sirini ham o‘z ichiga oladi.
Mazkur konsepsiya uyushmagan yoshlar guruhiga psixologik xizmat
metodologiyasini yaratishda muhim o‘rin egallashi bilan ham ahamiyatlidir.
Qolaversa, psixologik xizmat ko‘rsatish tizimi ta’sir ko‘rsatuvchi obyektlari
bo‘lgan subyektning ichki, psixik holatiga tashqi taassurotlar natijasida ro‘y
beradigan o‘zgarishlar jarayoni qanday kechishini o‘rganadi. U aks etuvchi
https://biti.uz/konferensiya/konferensiya2025/index.html
21 апреля 2025 г.
689
narsaning subyektning faoliyatini boshqarishni, rejalashtirishni, javob faoliyatini
yo‘naltirishni ta’minlaydigan o‘sha in’ikosga aylanish jarayonini amalga
oshirishga yordam beradigan mehanizmlarni tadqiq qiladi.
Mazkur adabiyotlarni tahlil qilar ekanmiz, ulardagi uyushmagan yoshlar
guruhiga psixologik xizmat metodologiyasiga taalluqli ayrim umumiy jihatlarni
ijtimoiy psixologiya fani nuqtayi nazaridan tadqiq qilishimizga to‘g‘ri keladi.
Chunonchi, barcha tadqiqotchilar ham ijtimoiy, psixologiyaning metodologik
tamoyillariga amal qilgan holda sportchilarda psixologik xizmat uchun muhim
bo‘lgan u yoki bu jihatni nazariy-ilmiy tarzda asoslab beradilar. Bular ichida
shaxsga psixologik xizmatning muvaffaqiyatli tashkil etilishi uchun muhim
nazariy-ilmiy ahamiyat kasb etuvchi ijtimoiy psixologik vazafalarni aniqlashga
qaratilgan tadqiqotlarni (G.M.Andreyeva, M.G. Davletshin, Y.M. Zabrodin, V.M.
Karimova, B.D. Parigin, T.V. Snigireva, A.V. Filippov, P.N. Shixirev, G‘.B.
Shoumarov, V.A. Yadov, E.G‘. G‘oziyev), shaxsga individual yondashuvning
ta’minlanishi bilan bog‘liq tadqiqotlarni (YE.A. Klimov, V.S. Merlin, V.D.
Nebilitsin, N.M. Peysaxov, V.M. Rusalov, L.S. Slavina, A.Strelyau, B.M. Teplov)
alohida ta’kidlash joiz. Qolaversa, bugungi kungacha yaratilgan psixologik xizmat
tamoyillarining asosiy mezonlari bo‘lgan "shaxs va faoliyat birligi", "ongning
faoliyatda taraqqiysi", "muomala va ijtimoiy persepsiya mutanosibligi",
"individual yondashuv" "munosabat", "ijtimoiy ustanovka", "borliqni obyektiv va
subyektiv aks ettirish", "ijtimoiy xulq-atvor" kabi ijtimoiy-psixologik omillar
talqini spotchilarda psixologik xizmat metodologiyasi haqidagi tasavvurlarni
shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Umuman, uyushmagan yoshlar guruhiga psixologik xizmat ko‘rsatish
borasida hanuzgacha aniq va mukammal tarzda ishlab chiqilgan va rasmiy tarzda
tan olingan yagona ilmiy yo‘nalish yoki konsepsiyaning qabul qilinmaganligi
ayon bo‘lsa-da, ilg‘or g‘arb psixologlari, Markaziy hamdo‘stlik davlatlari
psixologlari hamda O‘zbekiston psixologlari tomonidan olib borilgan va olib
borilayotgan tadqiqotlar mavjudki, ular qaysidir jihati bilan sportchilarda
https://biti.uz/konferensiya/konferensiya2025/index.html
21 апреля 2025 г.
690
psixologik xizmat modeli, mohiyati, ahamiyati, va ijtimoiy istiqbollari haqidagi
ilmiy-amaliy tasavvurlarimizni shakllantirishga asos bo‘lib xizmat qilishi
mumkin.
Chunonchi, g‘arbda yaratilgan kognitivizm doirasidagi nazariyalar
uyushmagan yoshlar guruhiga psixologik xizmat metodologiyasi uchun muhim
ahamiyatga ega. Chunonchi, L.Festingerning kognitiv dissonanslar nazariyasi
(insonning faoliyat obyektiga nisbatan xulq-atvori yoki munosabatini ongli
ravishda o‘zgartirishga asoslangan), T.Nyuxomning hamkorlik kommunikativ
nazariyasi (o‘zgalarga va umumiy faoliyat obyektiga ijobiy munosabatlarni tarkib
toptirishga asoslangan), Ch.Osgud va P.Tanenbaumaning "kongruyentlik" (inson
kognitiv tuzilishi asosidagi obyektni baholashga qaratilgan) nazariyasi, G. Olport,
A. Maslou, K.Rodjersning gumanistik psixologiya nazariyalarini alohida
ta’kidlash mumkin. Yana shuni qayd etish kerakki, amerikalik taniqli psixolog
Abraham Xarold Maslouning "Insonga bir butun yondashuv konsepsiyasi"
psixologik xizmat jarayonida insonni tushunish va ijtimoiy motivatsion
rivojlantirish muammosi ustida tadqiqotlar olib borilishi uchun muhim ahamiyat
kasb etadi. Maslouning fikricha, insonning barcha tug‘ma salohiyat imkoniyatlari
faqatgina ijtimoiy shart-sharoitning yaratilishi bilan ro‘yobga chiqishi va kamol
topishi mumkin. Albatta, mazkur fikrlarning ne chog‘liq haqiqat ekanligini
bugungi kunda har bir insonning o‘ziga xos va uning ijtimoiy taraqqiyotini
ta’minlashga xizmat qiluvchi imkoniyatlari ko‘lamini o‘rganish va tarbiyalashni
asosiy vazifa qilib olgan psixologik xizmatning tashkil etilishini muntazam
kuzatishlarimiz natijalari tasdiqlab turibdi [1].
Ushbu ilmiy natijalarga asoslanib O‘zbekistonda uyushmagan yoshlar
guruhiga psixologik xizmat ko‘rsatishning o‘ziga xos metodologik asoslari va
ilmiy-amaliy yo‘nalishlari yaratilmoqdaki, bu yo‘nalishlar O‘zbekistonda
uyushmagan yoshlar guruhiga psixologik xizmat ko‘rsatish modelini yaratishda va
bu modelni aynan sport maktablari orqali amaliyotdagi o‘rnini belgilab berishda
muhim dasturil-amal bo‘lib xizmat kiladi [2].
https://biti.uz/konferensiya/konferensiya2025/index.html
21 апреля 2025 г.
691
Shunday
qilib,
uyushmagan
yoshlar
guruhiga
psixologik
xizmat
ko‘rsatishning metodologik asoslari sifatida talqin qilingan yuqoridagi fikr-
mulohazalar psixologiya fanining quyidagi amaliy-tatbiqiy yo‘nalishlariga
bugungi kunning eng dolzarb muammolari sifatida qarashni taqozo etadi:
1. Uyushmagan yoshlar guruhiga psixologik xizmat ko‘rsatish
metodologiyasi har bir shaxsning u yoki bu faoliyatdan ijtimoiy va hissiy qoniqish
jarayonini ta’minlashga qaratilgan omillarni nazariy va empirik jihatdan asoslab
berishga qaratilishi lozim.
2. Uyushmagan yoshlar guruhiga psixologik xizmat ko‘rsatishning shaxsning
faoliyat
jarayonidagi
o‘z-o‘ziga,
o‘zgalarga
va
faoliyatga
bo‘lgan
munosabatlaridagi iyerarxik tizim dinamikasini tadqiq qilishi va shu tizim asosida
ijtimoiy psixologik muhitning yaratilishiga zamin hozirlay olishi bilan bog‘liq
izlanishlar ko‘lamini o‘z ichiga olishi bilan ahamiyatlidir.
3. Uyushmagan yoshlar guruhiga psixologik xizmat ko‘rsatish jarayoni bilan
bog‘liq ijtimoiy muhim ko‘rsatkichlarning tahlili har bir shaxs faoliyati uchun
xarakterli bo‘lgan individual farqlanish, individual uslub va ijtimoiy
ustanovkaning qaror toptirilishini o‘rganish asosida amalga oshirilishi mumkin.
4. Muammoning ilmiy adabiyotlarda yoritilishi va metodologik asoslari bilan
bog‘liq yuqoridagi tahlillarning bayon etilishi uyushmagan yoshlar guruhiga
psixologik xizmatning ilmiy-amaliy jihatdan asoslangan vazifalarini hamda o‘ziga
xos ijtimoiy-psixologik istiqbollarini belgilashda muhim ahamiyat kasb etadi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI
1.
Андреева Г.М. Социальная психология. – М.: Аспект пресс 2000. – 139
с. 2. Баротов Ш.Р. Социально-психологические и научно-практические
основы создания психологической службы в Узбекистане. Автореф.
Докт.дисс. ‒ Тошкент: 1998. – 28 с.
3. Гамезо М.В., Домашенко И.Н. Атлас по психологии. – М.:
«Просвещение», 1986. – 112 с.
4. Каримова В.М. Ижтимоий психология. Дарслик. – T., 2012. –172 б
5. Куницина В.Н., Казаринова Н.В., Погольша В.М. Межличностное
общение/ Учебник для ВУЗов. – СПб.: «Питер», 2002 – 322 с.
6. Майерс Д. Социальная психология. СПб.: «Питер», 1997. – 688 с.