https://biti.uz/konferensiya/konferensiya2025/index.html
21 апреля 2025 г.
679
BOSHLANG‘ICh SINF O‘QITUVChILARIDA KASBIY
KOMPETENSIYALARNI RIVOJLANTIRISHDA PSIXOKORREKSION
TADBIRLARNI O‘RNI VA AHAMIYATI
Usmonova Dilnoza Bahodir qizi
Buxoro psixologiya va xorijiy tillar
instituti tadqiqotchisi
Annotatsiya:
Ushbu maqolada boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarida kasbiy
kompetensiyalarni rivojlantirishda psixokorreksion tadbirlarni o‘rni va ahamiyati
ochib berilgan. Shuningdek, uning mazmun-mohiyati ilmiy asoslab berilgan.
Ayni paytda, ushbu muammo zamonaviy psixologiya ilmida muhim va dolzarb
`ahamiyat kasb etadi.
Kalit so‘zlar:
pedagogik-psixologik kompetentlik, psixologik xizmat,
psixologik mexanizm, xulq-atvor, optimallashtirish, individual yondashuv,
intellekt, empatiya, kommunikativ kompetentlik.
Respublikamizda zamon talablariga mos, kasbiy faoliyat uchun zaruriy
sifat va fazilatlarni egallagan, ijtimoiy faol pedagogik kadrlarni tayyorlash va
ularning pedagogik-psixologik kompetentligini takomillashtirish usullarini ishlab
chiqish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar olib borilmoqda. Ayni paytda, boshlang‘ich
sinf o‘qituvchilari kommunikativ kompetentligini rivojlantirishga xizmat
qiluvchi turli ijtimoiy psixologik trening dasturlarini joriy qilinishi pedagog
shaxsini kasbiy kompetentligini rivojlantirilishi borasida o‘ziga xos ijtimoiy
ahamiyat kasb etadi. Zero, har qanday taraqqiyot sari intilgan mamlakatda inson
omilidan unumli foydalanish muammosi eng dolzarb muammo hisoblanadi.
Ma’lumki, ijtimoiy psixologiyada pedagoglar kasbiy kompetentligini
oshirishning yo‘llarini ko‘rsatish bilan bog‘liq talaygina tadqiqotlar mavjud
bo‘lsada, bugungi kunda kommunikativ kompetentlik omillarini boshlang‘ich sinf
o‘qituvchilarida empirik jihatdan tahlil qilib beruvchi tadqiqotlarning nihoyatda
taqchilligini bartaraf etish vazifasi ijtimoiy psixologiya oldidagi eng muhim
vazifalardan biri bo‘lib qolmoqda. Demak, har bir boshlang‘ich sinf o‘qituvchilar
https://biti.uz/konferensiya/konferensiya2025/index.html
21 апреля 2025 г.
680
jamoasida kommunikativ kompetentlik omillarini shakllantirishning ilmiy-
uslubiy vazifalari kasbiy kompetentlik darajasi oshirishga qaratilgan amaliy ishlar
tashkil etadi.
O‘zbekiston sharoitida boshlang‘ich sinf o‘qituvchilardagi kommunikativ
kompetentlikni
shakllantirish
orqali
ulardagi
kasbiy
kompetentlikni
takomillashtirishning trening dasturini ishlab chiqishda Markaziy Osiyoda 1995
yildan faol faoliyatini boshlagan, “uchinchi sektor”, ya’ni NNT xodimlari faoliyat
doirasini rivojlantirishga qaratilgan trening dasturlari, jumladan “Taqdimot qilish
ko‘nikmalari”, “Kommunikatsiya ko‘nikmalari”, “Komanda tuzish va
ziddiyatlarni boshqarish”, “Kattalar auditoriyasini o‘qitish metodologiyasi”,
“Trenerlar uchun trening” mavzularidagi amaliy dasturlar [1], undan tashqari
“Metropolis” kadrlar uyushmasining prezidenti Valeriy Polyakov tomonidan
ishlab chiqilgan, shaxsiy muloqotda odamlarga ta’sir o‘tkazishning samarali
vositalari, ya’ni “Muloqot texnologiyasi” nomli videotrening materiallari, N.V.
Szen va Yu.V. Paxomovlar [2] tomonidan ishlab chiqilgan “Psixotrening: igrы i
uprajneniya” materiallaridan, , jumladan muloqot psixologiyasiing amaliy
metodlari, O‘zbekistonda Sh.R. Barotov hamda ularning shogirdlari [3]
tomonidan yaratilgan “Sotsial trening va amaliyot”o‘quv qo‘llanmasi professor
V.M. Karimova va ularning shogirdlari tomonidan ishlab chiqilgan trening
dasturlaridagi tavsiyalarni o‘rganib chiqib, o‘zimizning maqsadimizga mos dastur
yaratdik. Shunday qilib, korporativ treningdan ko‘zlangan maqsad – trening
ishtirokchilarini samarali kommunikativ muloqotga o‘rgatish orqali kasbiy
faoliyat samaradorligiga erishish, ijtimoiy va guruhiy ishlash ko‘nikma va
malakalarini orttirish orqali kommunikativ sifatlarni shakllantirishdir.
Shuningdek, kommunikativ kompetentlik va uning omillarini rivojlanishiga
bag‘ishlangan bir qator psixotrening dasturlari bilan tanishildiki, ularning ko‘p
qismida treninglarning umumiy holati o‘rganildi:
muallifligida ishlab chiqilgan
«Emotsional intellekt va
kreativlikni rivojlantirish»,
I.Tyatenkova, A.Cherepanov, G.Fadeykinlarning «Treninglar
https://biti.uz/konferensiya/konferensiya2025/index.html
21 апреля 2025 г.
681
usullar metodikasi va ularni qo‘llash xususiyatlari» dasturi, N.Yu. Xryasheva va
S.I.Makshanovlarning trening qoidalariga bog‘liq yondashuvlari, M.Mikalkoning «Intellekt
treningi»
T
revisa Bredberrining emotsional intellektni rivojlantirish bo‘yicha
tavsiyalari e’tibor qaratildi. Yuqorida tahlil etilgan tanishib chiqilgan trening
dasturlari, mashqlari va tavsiyalarda ko‘proq shaxslarning ishbilarmonlik va
tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishga yo‘naltirilganligi bois, tanlanadigan
dasturda boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining kommunikativ kompetentligini
rivojlantirishga mo‘ljallangan psixotrening mashg‘ulotlarni takomillashtirishga
e’tibor qaratildi.
Psixologik trening amaliyoti davrida kommunikativ kompetentlik
malakalarini shakllantirish muhim ahamiyat kasb etadi. Buning uchun
tadqiqotimizning diagnostik bosqichi natijalariga ko‘ra, kommunikativ
kompetentlik
ko‘rsatkichi past darajani tashkil etgan o‘qituvchilarda
rivojlantiruvchi mashg‘ulotlar tizimini ishlab chiqish va uni amaliyotda qo‘llash
muhim ahamiyat kasb etadi. Bundan ko‘zlangan maqsad respondentlarda
kommunikativ kompetentlik omillarini shakllantirish hamda uni tashkil etuvchi
komponentlarni
rivojlantirishga
xizmat
qiluvchi
trening
shaklidagi
mashg‘ulotlarni ishlab chiqish, ularning samaradorlik darajasini tekshirib,
amaliyotga tatbiq etishdan iborat bo‘ladi. Ta’kidlash o‘rinliki, ushbu trening
kommunikativ kompetentlikni rivojlantirmoqchi bo‘lgan, guruhiy faoliyatda ko‘p
faoliyat yurituvchi, ishi yoki o‘qishi tufayli odamlar bilan ko‘p muloqotda
bo‘ladigan barcha pedagoglar auditoriyasida ham o‘tkazilsa bo‘ladi, bu uning
universalligini ko‘rsatadi.
Trening davomida quyidagi vazifalar oldinga qo‘yildi va amalga oshirildi
- boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari talabalar tomonidan kommunikativ
kompetentlik omillarini shakllantirish bo‘yicha usullari, vositalari va yo‘llarini
egallash;
- kommunikativ kompetentlikni shakllanishi uchun o‘z ustida ishlash,
faollashtirish usullarini egallash;
https://biti.uz/konferensiya/konferensiya2025/index.html
21 апреля 2025 г.
682
- guruhiy faoliyat motivatsiyasini o‘qituvchilarda shakllantirish.
Trening
davomida
o‘qituvchilar kasbiy kompetentlik, ularning
klassifikatsiyasi va funksiyalari, ularni muvaffaqiyatli shakllantirish yo‘llari va
usullari haqida axborot oladilar.
Boshlang‘ich
sinf
o‘qituvchilarida
ijtimoiy-psixologik
trening
o‘tkazilgandan so‘ng qator o‘zgarishlar kuzatildi. Jumladan:
1.Kasbiy kompetentlikning rivojlanganlik strukturasi: o‘qiuvchilarda
oldindan bo‘lgan va yangi paydo bo‘lgan kommunikativ kompetentlikning
tarkibiy komponentlari.
2. Kommunikativ kompetentlikni tashqil qiluvchi ijtimoiy-psixologik
omillarni tadqiq etadigan vositalar diapazonini kengayishi.
3. Kommunikativ kompetentlikni nisbatan barqaror ijobiy munosabat.
Olingan natijalardan tadqiqot davomida olib borilgan psixokor-reksion
dasturlar samaradorligini baholash mezoni birdan kattaligi va boshlang‘ich sinf
o‘qituvchilarining kommunikativ kompetentligini umumiy holda baholash
mezoni noldan kattaligini ko‘rish mumkin. Bu esa tajriba guruhida olingan barcha
empirik ko‘rsatkichlar miqdorining nazorat guruhlaridagi ko‘rsatkichlar
miqdoriga nisbatan yuqori ekanligini tasdiqlaydi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI
1. Багнетова Е.А Образ жизни и прфессиональнве фактори риска здоровье
педагога.РИО Сур ГПУ, 2017. - 6 с.
2.
Барабанщикова В.В. Профессиональные деформации в профессиях
инновационной сферы / автор. Дис док. Психол н., М., 2016.- 36 с.
3.
Бодров В. А. Психологический стресс: развитие учения и современное
состояние проблемы. М.: Изд-во «Институт психологии РАН». 1995. - 136 с.
4.
Леонова, А.Б. Психопрофилактика стрессов / А.Б. Леонова, А.С.
Кузнецова. - М.: МГУ, 2003. - 394 с.
5. Ломов Б.Ф. О системном подходе в психологии // Вопросы
психологии.- Москва, 1975. −№2−С.31-45