https://biti.uz/konferensiya/konferensiya2025/index.html
21 апреля 2025 г.
669
OILADA BOLA SHAXSIDA MILLIY QADRIYATLAR
SHAKLLANISHINING IJTIMOIY PSIXOLOGIK MEXANIZMLARI
Boboeva Feruza Azimjonovna
Buxoro psixologiya va xorijiy
tillar instituti tadqiqotchisi
Аннотация:
Ushbu maqolada
oilada bola shaxsida milliy qadriyatlar
shakllanishining ijtimoiy psixologik mexanizmlari va uni shaxs shakllanishidagi
ta’siri masalasi o‘z ifodasini topgan.
Kalit so‘zlar:
o‘smir, milliy qadriyat, axborot oqimi, mustaqillik, kognitiv,
integrativ, sotsial moslashuvchanlik, qobiliyat.
Respublikamizda soʻnggi yillarda oilalarni axloqiy, ma’naviy va ruhiy
barkamolligini mustahkamlash borasida amalga oshirilayotgan say’i-harakatlar
kun sayin ortib bormoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev
rahbarligida hukumatimizning oila mustahkamligini ta’minlash, uning ijtimoiy
vazifalarini amalga oshirish imkoniyatlarini kengaytirish, ayniqsa, oilaning
farzandlar tarbiyasidagi nufuzini oshirishga ko‘maklashish hamda yosh er-
xotinlarning moddiy, uy-joy, maishiy shart-sharoitlarni yaxshilash borasidagi aniq
dasturiy tadbirlari mamlakatimizda oila va nikoh munosabatlarining qadriyat
sifatida e’tirof etilishini ta’minlamoqda
19
. “Qadriyat” atamasi inson va insoniyat
uchun ahamiyatli bo‘lgan millat, elat yoki qaysidir ijtimoiy guruhlarning
manfaatlari va maqsadlariga xizmat qiladigan tabiat va jamiyat ne’matlari
hisoblanadi. Milliy qadriyatlar mahalliy va diniy qadriyatlarga, umuminsoniy
qadriyatlar esa ko‘plab milliy qadriyatlarga tayanib shakllanadi va asrlar osha
takomillashib boraveradi. Bugungi tezkor globallashuv sharoitida ham o‘z milliy
va ma’naviy boyliklarini asrab-avaylayotgan, boyitib rivojlantirayotgan har
qanday millat o‘ziga xos an’analari, urf-odatlari va o‘lmas qadriyatlari bilan
boshqa millatlardan ajralib turadi.
19
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi PF-60-son “2022-2026-yillarga
moʻljallangan yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasi toʻgʻrisida” Farmon
https://biti.uz/konferensiya/konferensiya2025/index.html
21 апреля 2025 г.
670
Bizga ma’lumki, milliy tarbiya masalasi yeng ulug‘ va yeng ma’suliyatli
vazifa sifatida qaralib kelingan. Milliy tarbiyamiz ota-onalarning farzandlari bilan
juda yumshoq munosabatda bo‘lish kerakligini taqozo qiladi. Onaxon va
otaxonlar “Bolani ush yoshga qadar faqat yerkalatish va yumshoq muomalada
bo‘lish kerak, aksinsha, qattiq garirsa bola o‘jar va qaysar bo‘ladi”, deyishadi.
Ko‘rshilik zamondosh ota-onalarning fikrisha ham, ush yoshga qadar bolani o‘z
yerkiga qo‘yish, unga faqat yaxshi garirish kerak, agar go‘dak yoshida bola urib-
so‘kilmasa, unga yaxshi muomala qilinsa, bola kattalarni garini tinglaydigan,
itoatli va yuvosh bo‘lib o‘sadi.
Sharq allomalarining ilmiy merosida shaxsning kamolotga yetishi, sog‘lom
shakllanishi, unga to‘g‘ri ta’lim-tarbiya berish, shuningdek, shaxsning sog‘lom
xulq-atvor fazilatlariga yega bo‘lib, yezgu va sog‘lom g‘oya hamda mafkura
asosida o‘z yo‘lidan adashmay o‘z hayotini qurishi lozimligi haqida juda qimmatli
fikr-mulohazalarni ushratish mumkin. Jumladan, Abu Nasr Forobiy, Abu Rayhon
Beruniy, Unsurulmaoliy Kaykovus, Yusuf Xos Hojib, Alisher Navoiy va Husayn
Voiz Koshifiy kabi allomalarimizning asarlarida hamda “Avesto” va “Qur’on”
kabi muqaddas kitoblarimizda ham shaxs kamoloti, go‘zal xulqli insonning
shiroyli fazilatlari, yezgulikka va bunyodkorlikka yo‘g‘rilgan g‘oya va mafkuralar
asosida yomondan, yomon ishlardan hazar qilish, yomon ishlar qilguvshilarni
to‘g‘ri yo‘lga solish, sog‘lom bo‘lmagan xulq yegalarini zamon, jamiyat hamda
Olloh keshirmasligi bois, shaxsni kelajakda har xil yomon, yovuz yo‘llar,
buzg‘unshi fikr va g‘oyalarga shalinmasligi ushun barkamol qilib tarbiyalash
yuzasidan qimmatli fikrlarni ilgari surganlar.
Zamonaviy fanlar ijtimoiy rollarning quyidagi tasnifiga yega: tug‘ma,
mavqeli ijtimioy rollar - sotsiologiya va ijtimoiy rsixologiya fanlari odam
tug‘ilgandanoq yoki hayotning u yoki bu bosqishida kirishadigan "meros qilib
olinuvshi" rolli (jinsiy, diniy, milliy, davlat fuqarosi, go‘daklik, o‘smirlik, yigitlik,
muysafidlik); o‘zgaruvshan, ijtimoiy rollar - doimiy bo‘lmagan, o‘zgarishi
mumkin bo‘lgan rollardir. Masalan, u yoki bu kasbni yegallash biror uyushmaga.
https://biti.uz/konferensiya/konferensiya2025/index.html
21 апреля 2025 г.
671
jamiyatga a’zo bo‘lish va undan shiqish, o‘zgartirish, xatto fuqaroliknn
o‘zgartirish mumkin.
Biroq tug‘ma milliy rollar (o‘zbeklik, fransuzlik va h.k.)dan shiqib
bo‘lmaydi. Muayyan vaziyatdagi ijtimoiy rollar-yo‘lovshilik, xaridorlik,
mehmonlik, mezbonlik va h.k. Bu guruh rollari o‘yegaruvshan rollar bilan
kamroq, tug‘ma rollar bilan ko‘rroq aloqada bo‘ladi. Muayyan vaziyatdagi rollar
maxsus va shaxsiy aћamiyatga yegaligi tufayli kishini yo‘llovshi, xaridor,
mehmon, mezbonga “aylantirsa”, shaxsiy fazilatlari mohiyatidan kelib shiqib
shaxsni “do‘st”, “dushman”. "mehribon kishi", “taqvodor kishi”, “fidoyi odam”
va boshqalarga aylantiradi. Demak. shaxs tashqi muhit (tabiat, jamiyat, shaxslar)
bilan munosabatga kirishganida milliy xususiyat (o‘ziga xos bo‘lgan "ukrainsha",
"xakassha", "gruzinsha" yondashuv) kasb yetadi. Bu fikr ilk bor nemis sotsiologi
U.Gerxard tomonidan tug‘ma ijtimoiy rol sifatida taklif qilingan, keyinshalik
Y.A.Sorokin, Y.A.Tarasov, N.V.Ufimsevalar tomonidan ijtimoiy fanlar istifodasiga
kiritishga harakat qilingan yedi. Lekin nazariy jihatdan asoslanganligiga
qaramasdan milliy rolning tug‘ma meros, vorislik xususiyatini o‘rganish,
rivojlantirish sotsialistik internatsionalizm tamoyillariga mos kelmasligi tufayli
rivojlantirilmadi.
Oilada axloqiy tarbiyaning rolini ko’rsatish, unda ota-bobolarimizdan mepros
bo’lib qolgan axloqiy fazilatlarni egallashning naqadar ahamiyatli ekanligini ilmiy
nazariy jihatdan tahlil etish juda muhimdir. “Xalqning axloqiy mezonlari uning
yillar davomida yerishgan ulkan ma’naviyati bilan uzviy bog’langan. Haqiqatdan
o’zbekona milliy axloqda ota-bobolarimizning nodir qo’lyozmalari tarixiy-
tajribalari davrlar sinovidan o’tgan saboqlari va bizga doimo madad bo’lib turgan
ruhiy quvvatlari jamuljamdir. Ularning sharofatlari tufayli milliy-axloqiy
qadriyatlarimiz asrlar osha avlodlardan-avlodlarga o’tib kelmoqda. Chunki bir
tomchi bo’lsa ham ularning qoni tomirimizda oqayotir.
Milliy tarbiyaning manbai
- milliylikdir!
https://biti.uz/konferensiya/konferensiya2025/index.html
21 апреля 2025 г.
672
Yuqoridagi ilmiy-nazariy tahlillar asosida oilada shaxsni ma’naviy axloqiy
jihatdan yetuk qilib tarbiyalashda qadriyatli yondasuvlardan foydalanish samarali
natija beradi degan xulosaga kelamiz. Buyuk allomalarimizning hayoti, ijodi va
ular qoldirgan bebaho madaniy, ma’rifiy merosi yosh avlod uchun ibrat va
namuna ekanligi, ularning ta’lim-tarbiyaga oid ma’rifiy ta’limotlari yoshlarni
Ona-Vatanga, millatga sadoqat va hurmat ruhida tarbiyalashda, ularni iymon,
ye’tiqodli, mehr-oqibatli, insof va diyonatli, odob-axloqli, oqil va odil inson qilib
tarbiyalashda, o’zligini anglashda benazir ma’naviy qadriyatlar ekanligi asoslidir.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI
1. Ананьев Б.Г. Избранные психологические труды: в 2-х т. – М.:
Педагогика, 1980. – 186 с.
2.
Андреева Г.М. Социальная психология. – М.: Аспект пресс 2000. – 139
с.
3.
Баратов
Ш.Р.
Социально-психологические
основы
создания
психологической службы в Узбекистане: Автореф. дис. … докт. психол. наук.
– Ташкент. 1998. – 37 с.
4.
Ғозиев Э.Ғ. Онтогенез психологияси. – Тошкент: “Ўқитувчи”, 2010
–
360 б.
Айзенк Г.Ю. Понятие и определение интеллекта// Вопросы психологии. –
М.: 1995. – № 1. – С. 111-129.