Authors

  • Barotov Shuхrat Sharipovich

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.wsrj.96546

Keywords:

Kalit so‘zlar. kasbiy kompetentlik muloqotchanlik kasbiy bilim empatiya indvidual-psixologik omillar ijtimoiy muhit o‘z-o‘zini rivojlantirish kasbiy etiket assertiv xulq guruhiy ta’sirlashuv optimmallashtirish sotsial- psixologik kompetentlik

Abstract

Annotatsiya. Maqolada bojxona xodimlari kasbiy faoliyati samaradorligini 
ta’minlashda  individual-psixologik  xususiyatlarning  o‘rni  va  ahamiyati  ochib 
berilgan.  Shuningdek,  bojxona  xodimlarini  faoliyati  bilan  bog‘liq  kasbiy 
kompetentsiyalarning psixologik asoslari yoritilgan. 


background image

https://biti.uz/konferensiya/konferensiya2025/index.html

21 апреля 2025 г.

665

BOJXONA XODIMLARI KASBIY FAOLIYATI SAMARADORLIGINI

TA’MINLASHDA INDIVIDUAL-PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARNING

O‘RNI VA AHAMIYATI

Barotov Shuхrat Sharipovich

Buxoro psixologiya va xorijiy tillar instituti

Psixologiya kafedrasi o‘qituvchisi

Annotatsiya.

Maqolada bojxona xodimlari kasbiy faoliyati samaradorligini

ta’minlashda individual-psixologik xususiyatlarning o‘rni va ahamiyati ochib

berilgan. Shuningdek, bojxona xodimlarini faoliyati bilan bog‘liq kasbiy

kompetentsiyalarning psixologik asoslari yoritilgan.

Kalit so‘zlar.

kasbiy kompetentlik,

muloqotchanlik, kasbiy bilim,

empatiya, indvidual-psixologik omillar, ijtimoiy muhit, o‘z-o‘zini rivojlantirish,

kasbiy etiket, assertiv xulq, guruhiy ta’sirlashuv, optimmallashtirish, sotsial-

psixologik kompetentlik

Mamlakatimiz o‘z mustaqilligiga erishgach, boshqa sohalarda bo‘lgani kabi

bojxona tizimida ham fikri sog‘lom, tafakkuri zamonaviy, Vatan, yurt degan

tuyg‘u bilan yashaydigan, o‘z yurti va xalqi manfaatlari uchun, kerak bo‘lsa,

jonini xam ayamaydigan fidoiy yosh kadrlarni, bojxona xodimlarini tayyorlashga

alohida e’tibor qaratildi. Zamonaviy talablarga mos keladigan mutaxassis bo‘lish

uchun nafaqat maxsus kasbiy bilim, malaka va ko‘nikmalarni egallash, balki

professional jihatdan muhim bo‘lgan shaxsiy - psixologik sifatlarning to‘laqonli

rivojlanishiga erishish yo‘lida bir qancha innovatsion-psixologik tadbirlarni

amalga oshirishni taqazo etadi.

Akademik B. Axmedovning fikriga ko‘ra, bojxona organlari moliyaviy -

iktisodiy tizimning bir qismi sifatida Markaziy Osiyoda qadim zamonlardan

boshlab mavjud bo‘lgan. Chunki minglab yillar davomida Sharkni G‘arb bilan

bog‘lagan Buyuk Ipak yuli Markaziy Osiyo hududidan o‘tgan. O‘rta dengizdagi

Suriyaning Antioxiya (yoki Antalya) porti o‘zok vaqt Ispaniya, Portugaliya,

Venesiyadan tovarlarni tashuvchi kemalarga xizmat qilgan. Bu tovarlar Buyuk


background image

https://biti.uz/konferensiya/konferensiya2025/index.html

21 апреля 2025 г.

666

Ipak yuli orqali Xitoy va Yaponiyaga yul olganlar. Buyuk Ipak yuli orqali amalga

oshiriladigan savdoga qaysidir darajada aloqador bo‘lgan barcha davlatlarning

bojxona organlari tajribasini umumlashtiruvchi qoidalar asrlar davomida

takomillashtirildi va maqbul xolga keltirildi. Agar kaysidir davlat yoki shahar

bojxona qoidalarini keskinlashtirsa, bojlar va yig‘imlarni haddan tashqari

ko‘paytirsa, karvonlar bu davlat hududini chetlab o‘tishga intilar edi. Natijada

Buyuk Ipak yulining yangi-yangi tarmoqlari yuzaga kela boshladi: birgina

Markaziy Osiyoda Buyuk Ipak yo‘lining bir necha shaxobchalari mavjud

bo‘lganligi fikrimizning dalilidir. Ushbu karvonlar chetlab o‘tgan davlatlar esa

anchagina daromaddan mahrum bo‘lishar, chunki yo‘llarda karvonlar muntazam

qatnar edi [2].

Mustakillik davrida O‘zbekiston milliy bojxona tizimi davlat strukturasining

muhim institutlaridan biri sifatida yosh mustaqil davlat bilan birgalikda o‘sdi,

takomillashdi va rivojlanmokda. Mustakil O‘zbekistonda, hozirgi globallashuv

sharoitidan kelib chiqib, bojxona xizmati uchun yangi me’yoriy-hukukiy

hujjatlarning qabul qilinishi, iqtisodiyotda erkinlashtirish va islohotlarnn

chuqurlashtirish natijasida katta o‘zgarishlar yuz berdi.

Bugungi kunda mamlakat bojxonachilari tomonidan respublikamizning

iktisodiy xavfsizligini va ichki bozorini himoya qilish, respublika hududida

osoyishtalikni ta’minlash, bojxona chegaralari orqali ta’qiqlangan buyum va

vositalarni noqonuniy olib o‘tilishining oldini olish, kontrabanda va bojxona

qoidalari buzilishiga qarshi kurash borasidagi tadbirlarni kuchaytirish, axolining

tinch xayotini ta’minlash kabi o‘zlariga yuklatilgap vazifalarni bajarishda bir qator

chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Bojxona tizimining shaxodatlangan shaxsiy tarkibining asosiy qismi oliy

ma’lumotli kadrlardan iborat. Lekin, oliy ma’lumotga ega mutaxassis xodimlar

orasidan xam nafaqat bilim saviyasi yuqori, balki Vatanga sadoqat hissi kuchli,

o‘z shaxsiy manfaatlaridan Vatan manfaatini ustun biluvchi kadrlarni tanlash va

yuqori mansab-lavozimlarga tayinlash zarur. Bojxona tizimi kadrlarining ruhiy


background image

https://biti.uz/konferensiya/konferensiya2025/index.html

21 апреля 2025 г.

667

barkamolligi xizmatda katta ahamiyat kasb etishi psixologik omilning naqadar

ustun ekanligidan dalolat beradi [1].

Shuningdek, zamonaviy iqtisodiy integratsiyalashuv sharoitida bojxona

xodimlarining ijtimoiy mavkei yangi boskichga kutarildi bojxona jarayonlarini

amalga oshirishning psixologik shart-sharoitlarid: muhim o‘zgarishlar yuzaga

keldi. Shaxslararo munosabatlarning xalqaro munosabatlar bilan yaqinlashuvi,

uygunlashuvi tendensiyalari kuchaydi. Bojxona xodimlari faoliyatida psixologik

bilimlarning, shu jumlada kasbiy muomala malaka va ko‘nikmalarga ega

bo‘lishning ahamiyati g‘oyatda oshdi.

Yuqoridagi fikrlardan xulosalash mumkinki, bugungi kunda bojxona

xizmatiga kadrlar tanlash va tanyorlash, ularni kayta tayyorlash hamda

malakasnni oshirishga nisbatan yuqori talablarning kuyilishi. Mazkur jarayonlarda

inson omilini ahamiyati ortib borlyotganligilan dalolat beradi. Bojxona

xodimlarinshp shaxsiy psixologik sifatlari bojxona faoliyatida muhim ahamiyatga

ega omillarlan biri hisoblanib, shu yunalnshla ijtimoiy psixologik tadqiqotlar olib

borish bugungi kunimizning dolzarb vazifalaridandir.

Bojxona xodimlari faoliyati «odam-odam» munosabatlari asosida tashkil

etiladigan kasblar sirasiga kiradi. Shuning uchun aytish mumkinki, ular

faoliyatining asosini kasbiy muloqot tashkil etadi.

Suhbat metodi

.

Suhbatning asosiy maqsadi sub’ekt bilan kechadigan

muomala jarayonida u haqidagi va xizmat faoliyatidan kelib chiqadigan boshqa

ma’lumotlar haqidagi axborotlarni olishdir. Suhbat davomida insonning individual

xususiyatlari, uning intellekti, psixik holatiga baho beriladi.

Kuzatish metodi. Bojxona xodimlari amaliy faoliyatlarida muhim ahamiyat

kasb etadigan psixologik metodlarda yana biri kuzatish metodidir.

Bojxona xodimi bojxona nazoratini amalga oshirish hamda fuqarolarni

bojxona ko‘rigidan o‘tkazish jarayonida maksadli ko‘zatish faoliyatini amalga

oshiradi. Shuningdek, kuzatish jarayonida bojxona xodimi shaxslararo muomalada

keng tarqalgan kuzatilayotgan faktlarning namoyonligini oshirilishiga yoki


background image

https://biti.uz/konferensiya/konferensiya2025/index.html

21 апреля 2025 г.

668

kamaytirilishiga sabab buluvchi xatolarga (gala effekt, oreol effekta ..va b.k. lar)

dush kelishi mumkin.

O‘z-o‘zini kuzatish metodi (interospeksiya). Bojxona xodimlari kasbiy

faoliyatida o‘z-o‘zini ko‘zatish metodi yordamchi metod sifatida ko‘llaniladi. O‘z-

o‘zini ko‘zatish o‘zini anglash, o‘z shaxsiy harakter xususiyatlarini anglash va

ularga baho berishga yordam beradi. Bu esa, o‘z navbatida, o‘z hatti-harakatini

nazorat qilish, ekstremal sharoitlarda asab-psixik zo‘rikishlari bilan bog‘liq

bo‘lgan noxush emotsional reaksiyalar, tutakish holatlarini oldini olishda muhim

o‘rin tutadi.

Biz yuqorida milliy bojxona tizimi rivojlanishi, taraqqiy etishi, bojxonachi

kasbining kelib chiqishidagi ijtimoiy - iqtisodiy va tarixiy omillarga qiskacha

to‘xtalib o‘tdik. Shu bilan birga, bojxona xodimlari faoliyatida psixologik

jarayonlarning o‘rni va ahamiyatini aniqlashga harakat qildik. Bizning

fikrimizcha, bojxonachilik kasbi azaldan harbiy kasblar sirasiga kirgan. Bu esa ilk

davrlardanok mazkur kasb egalari uchun muhim bo‘lgan kasbiy-psixolognk

sifatlarni belgilab bergan. Buning uchun esa avvalo, bojxona xizmatchilarida,

yuqori darajadagi jismoniy va ruhiy tayyorgarlik, empatiya, muloqotchanlik,

insonparvarlik, o‘z-o‘zini adekvat boshqara olish kabi psixologik sifatlarni

shakllantirib borish lozim.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI

1.

Багнетова Е.А Образ жизни и прфессиональнве фактори риска

здоровье педагога.РИО Сур ГПУ, 2017. - 6 с.

2.

Барабанщикова

В.В.

Профессиональные

деформации

в

профессиях инновационной сферы / автор. Дис док. Психол н., М., 2016.- 36
с.

3.

Бодров В. А. Психологический стресс: развитие учения и

современное состояние проблемы. М.: Изд-во «Институт психологии РАН».
1995. - 136 с.

4.

Леонова, А.Б. Психопрофилактика стрессов / А.Б. Леонова, А.С.

Кузнецова. - М.: МГУ, 2003. - 394 с.

5.

Ломов Б.Ф. О системном подходе в психологии // Вопросы

психологии.- Москва, 1975. −№2−С.31-45

References

Багнетова Е.А Образ жизни и прфессиональнве фактори риска

здоровье педагога.РИО Сур ГПУ, 2017. - 6 с.

Барабанщикова В.В. Профессиональные деформации в

профессиях инновационной сферы / автор. Дис док. Психол н., М., 2016.- 36

с.

Бодров В. А. Психологический стресс: развитие учения и

современное состояние проблемы. М.: Изд-во «Институт психологии РАН».

- 136 с.

Леонова, А.Б. Психопрофилактика стрессов / А.Б. Леонова, А.С.

Кузнецова. - М.: МГУ, 2003. - 394 с.

Ломов Б.Ф. О системном подходе в психологии // Вопросы

психологии.- Москва, 1975. −№2−С.31-45