Authors

  • Bahronova Mavluda O‘tkir qizi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.wsrj.96548

Keywords:

Kalit so‘zlar: Oila farzand tarbiyasi xulq-atvor ruhan va jismonan sog‘lom ijtimoiy omillar psixologik omillar tibbiy omillar kelajak avlod.

Abstract

Annotatsiya:    Farzandni  barkamol  va  jismonan  sog'lom  qilib  tarbiyalash 
oilaning  eng  asosiy  vazifalaridan  biridir.  Ushbu  tezis    orqali  bu  jarayonning 
muvaffaqiyatli bo‘lishi uchun bir qancha ijtimoiy, psixologik va tibbiy omillarni 
hisobga  olish  zarur.  Farzandning  rivojlanishi  faqatgina  ma'lum  bilim  va 
malakalarga  ega  bo‘lishi  emas,  balki  uning  shaxsiyati,  xulq-atvori  va  sog‘lig‘i 
ham  to‘g‘ri  shakllanishi  kerakligini  ta’kidlaydi.Shundagina  biz  orzu  qilganday 
farzandlarni tarbiyalay olamiz. 


background image

https://biti.uz/konferensiya/konferensiya2025/index.html

21 апреля 2025 г.

657

OILADA FARZANDNI BARKAMOL VA JISMONAN SOG’LOM

QILIB TARBIYALASHNING IJTIMOIY- PSIXOLOGIK VA TIBBIY

OMILLARI.

Bahronova Mavluda O‘tkir qizi

Buxoro innovatsion ta’lim va

tibbiyot universiteti o‘qituvchisi

bahronovamavluda92@gmail.com

Annotatsiya:

Farzandni barkamol va jismonan sog'lom qilib tarbiyalash

oilaning eng asosiy vazifalaridan biridir. Ushbu tezis orqali bu jarayonning

muvaffaqiyatli bo‘lishi uchun bir qancha ijtimoiy, psixologik va tibbiy omillarni

hisobga olish zarur. Farzandning rivojlanishi faqatgina ma'lum bilim va

malakalarga ega bo‘lishi emas, balki uning shaxsiyati, xulq-atvori va sog‘lig‘i

ham to‘g‘ri shakllanishi kerakligini ta’kidlaydi.Shundagina biz orzu qilganday

farzandlarni tarbiyalay olamiz.

Kalit so‘zlar

: Oila, farzand tarbiyasi, xulq-atvor, ruhan va jismonan

sog‘lom, ijtimoiy omillar, psixologik omillar, tibbiy omillar, kelajak avlod.

Farzandni barkamol tarbiyalash – har bir oilaning maqsadi bo'lib, bu jarayon

ko'plab ijtimoiy va psixologik, tibbiy omillarga bog'liqdir. Oila, jamiyat va atrof-

muhitdagi har bir faktor bolalarning rivojlanishiga ta'sir qiladi. Farzandni

barkamol tarbiyalashda ijtimoiy-psixologik va tibbiy omillarning o'rni juda katta,

chunki bu omillar bolaning dunyoqarashini, axloqiy va estetik qadriyatlarini

shakllantiradi, shuningdek, uning psixologik holatini belgilaydi. Har bir omilni

ko‘rib chiqamiz.

Ijtimoiy omillarni ko‘rib chiqamiz.

Oilaning ijtimoiy-iqtisodiy holati: Oila a'zolarining ijtimoiy va iqtisodiy

holati, farzandning tarbiyasi va ta'limiga bevosita ta'sir qiladi. O'z vaqtida tibbiy

yordam, ta'lim va boshqa xizmatlardan foydalanish bolaning psixologik va

jismoniy salomatligini ta'minlaydi.


background image

https://biti.uz/konferensiya/konferensiya2025/index.html

21 апреля 2025 г.

658

Oilaning etika va qadriyatlar tizimi: Oilaning axloqiy me'yorlari va

an'analari bolaning tarbiyasiga bevosita ta'sir qiladi. Oiladagi o'zaro hurmat, mehr-

muhabbat va mehnatsevarlik bolaga o'ziga bo'lgan ishonch va hayotga ijobiy

munosabatni o'rgatadi.

Jamiyatning tarbiyaviy ta'siri: Jamiyatdagi muhit, madaniyat, an'analar va

qonunlar ham farzandni tarbiyalashda muhim o'rin tutadi. Farzandni to'g'ri

ijtimoiylashishini ta'minlash uchun jamiyatdagi tarbiyaviy institutlarning roli

katta.

Psixologik omillarni ko‘rib chiqamiz.

Ota-onalarning psixologik holati: Ota-onaning ruhiy holati, ularning

bolaning tarbiyasiga qanday yondoshuvi bolaga juda katta ta'sir ko'rsatadi.

Masalan, ota-onaning mehribonligi, sabri va tasavvuri farzandning psixologik

rivojlanishiga yordam beradi. “ Qush uyasida ko‘rganini qiladi”, degan maqol bor.

Ota-ona o‘zi shaxsiy na’muna bo‘la olishi lozim. Farzandlarga aytib qildirgandan

ko‘ra, qilib ko‘rsatsa, samaraliroq bo‘ladi.

Farzandning shaxsiy xususiyatlari

: Oilada farzandga “Bir ko‘z bilan

qarayapman”, deydi ota-onalar. Lekin har bir farzandning o‘ziga xos

temperament, xarakter, qobiliyatlari, individual psixologik xususiyatlari bo‘ladi.

Har bir bola o'ziga xos, shuning uchun uning tarbiyasiga individual yondashishni

talab qiladi.

Bolaning ijtimoiy faoliyati

: Bolaning do'stlari, maktabdagi muhit, sport

va boshqa ijtimoiy faoliyatlar uning psixologik rivojlanishiga yordam beradi.

Ijtimoiy aloqalar bolaning o'zini o'zi anglashiga, boshqalar bilan muloqot qilishiga

va jamiyatda o'z o'rnini topishiga ta'sir qiladi.

3 . Tibbiy Omillarni ham ko‘rib chiqamiz.

Farzandning jismoniy va sog‘lom rivojlanishi uchun tibbiy omillar juda

muhimdir. Ularning o‘ziga xos jihatlari:


background image

https://biti.uz/konferensiya/konferensiya2025/index.html

21 апреля 2025 г.

659

Sog‘lom ovqatlanish

: Farzandning jismoniy rivojlanishi uchun to‘g‘ri

ovqatlanish juda zarurdir. Nutritsion jihatdan boy, vitamin va minerallarga boy

ovqatlar farzandning sog‘lom o‘sishi uchun muhimdir.

Jismoniy faollik

: Farzandning jismoniy rivojlanishi va sog‘ligi uchun jismoniy

mashqlar, sport va boshqa faoliyatlar zarur. Jismoniy faollik orqali farzandning

mushaklari kuchayadi, umumiy sog‘lig‘i yaxshilanadi.

Tibbiy nazorat

: Farzandning sog‘lig‘i uchun muntazam tibbiy ko‘riklar va

vaksinalar zarur. Ota-onalar farzandning sog‘lig‘ini doimiy ravishda kuzatib

borishlari, shifokor maslahatlaridan foydalanishlari kerak.

Psixologik va tibbiy maslahatlar

: Farzandning ruhiy va jismoniy holatini

yaxshilash uchun mutaxassislar bilan maslahatlashish kerak. Agar farzandda

psixologik muammolar bo‘lsa, psixologga murojaat qilish foydali bo‘ladi.

Xulosa

Xulosa o‘rnida ta’kidlash joizki, farzandni barkamol va jismonan sog‘lom

tarbiyalashda ijtimoiy-psixologik va tibbiy omillar birgalikda ahamiyatga ega.

Ota-onalar, oiladagi boshqa a'zolar, jamiyat va sog‘liqni saqlash tizimi birgalikda

farzandning sog‘lom va barkamol rivojlanishiga hissa qo‘shishlari kerak. Bu

jarayon farzandning nafaqat jismoniy, balki psixologik, ma'naviy va ijtimoiy

rivojlanishiga ham yordam beradi. Agar barcha omillarga e'tibor berilsa,

farzandlar sog‘lom, barkamol va baxtli shaxslar bo‘lib ulg‘ayadilar.

Фойдаланилган адабиётлар руйхати:

6.

Сафарова Р., Мусаев У. ва б. Умумий ўтра таълим мазмунини

модернизациялашнинг дидактик параметрлари. –Тошкент: Фан, 2008. –222

б.

7.

Сафарова Р.Ғ. Шахсни шакллантириш омиллари // Таълим

тараққиёти ахборотномаси. – Тошкент: 2001. –№ 3-4.

8.

Якиманская И.С. Технология личностно ориенторованного

образования // Директор школы.–М., 2000. –№ 7. –С. 109.


background image

https://biti.uz/konferensiya/konferensiya2025/index.html

21 апреля 2025 г.

660

9.

Сериков В.В. Личностный подход в образовании: концепции и

технологии: монография. – Волгоград: Перемена, 1994. –512 с.

10.

Мусаев

У.

Умумий

ўрта

таълим

жараёнини

либераллаштиришнинг ташкилий педагогик шарт-шароитлари. Пед. фан.

номз. илмий даражасини олиш учун ёзилган диссертация. –Тошкент: 2004. –

130.



References

Сафарова Р., Мусаев У. ва б. Умумий ўтра таълим мазмунини

модернизациялашнинг дидактик параметрлари. –Тошкент: Фан, 2008. –222

б.

Сафарова Р.Ғ. Шахсни шакллантириш омиллари // Таълим

тараққиёти ахборотномаси. – Тошкент: 2001. –№ 3-4.

Якиманская И.С. Технология личностно ориенторованного

образования // Директор школы.–М., 2000. –№ 7. –С. 109.

Сериков В.В. Личностный подход в образовании: концепции и

технологии: монография. – Волгоград: Перемена, 1994. –512 с.

Мусаев У. Умумий ўрта таълим жараёнини

либераллаштиришнинг ташкилий педагогик шарт-шароитлари. Пед. фан.

номз. илмий даражасини олиш учун ёзилган диссертация. –Тошкент: 2004. –