https://biti.uz/konferensiya/konferensiya2025/index.html
21 апреля 2025 г.
621
IV-SHO’BA:
IQTISODIYOT VA PSIXOLOGIYA: INSON
RESURSLARI BOSHQARUVI VA
MOTIVATSIYA
O‘ZBEKISTONDA AVTOMOBIL OYNALARI ISHLAB CHIQARISH
SANOATI: “AVTOOYNA” MCHJ MISOLIDA
Qurbanov Abdulaziz Muzafarovich
Toshkent davlat texnika universiteti,
katta o‘qituvchi
qurbonovabdulaziz8913@gmail.com
Annotatsiya:
Ushbu maqolada O‘zbekiston avtomobilsozlik sanoatining
muhim tarkibiy qismi bo'lgan avtomobil oynalari ishlab chiqarish sohasi
“Avtooyna” MChJ misolida o'rganilgan. Korxonaning 25 yillik faoliyati davomida
erishgan yutuqlari, ishlab chiqarish quvvati, zamonaviy texnologiyalardan
foydalanish darajasi va mahsulot sifatini nazorat qilish tizimi tahlil qilingan.
Shuningdek, korxonaning mahsulot assortimenti, xalqaro hamkorlik aloqalari va
kadrlar salohiyatini oshirish bo'yicha olib borilayotgan ishlar yoritilgan. Tadqiqot
natijalariga ko'ra, korxona nafaqat O'zbekiston, balki butun Markaziy Osiyo
mintaqasida soha yetakchisi sifatida faoliyat yuritayotganligi aniqlangan.
Kalit so'zlar:
avtomobilsozlik sanoati, avtomobil oynalari, ishlab chiqarish
texnologiyalari,
sifat
nazorati,
kadrlar
salohiyati,
xalqaro
hamkorlik,
mahalliylashtirish.
O'zbekiston sanoat tarmog'ining rivojlanishida avtomobilsozlik sohasi
alohida o'rin tutadi. Mazkur sohaning muhim tarkibiy qismlaridan biri avtomobil
oynalari ishlab chiqarish sanoati hisoblanadi. Ushbu maqolada O'zbekistonda
avtomobil oynalari ishlab chiqarish sohasining yetakchi korxonasi – “Avtooyna”
mas'uliyati cheklangan jamiyatining faoliyati tahlil qilinadi.
https://biti.uz/konferensiya/konferensiya2025/index.html
21 апреля 2025 г.
622
“Avtooyna” MChJ O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998
yil 8-oktyabrdagi qaroriga asosan tashkil etilgan bo'lib, asosiy maqsadi mahalliy
avtomobilsozlik sanoatini xavfsiz oynalar bilan ta'minlash va butlovchi qismlar
ishlab chiqarishni o'zlashtirishdan iborat edi. Korxona 25 yillik faoliyati davomida
o'z maqsadlariga erishib, nafaqat O'zbekistonda, balki butun Markaziy Osiyo
mintaqasida soha yetakchisiga aylandi.
Korxonaning ishlab chiqarish quvvati yiliga 420 ming donadan ortiq
mahsulotni tashkil etadi. Ishlab chiqarish jarayonida zamonaviy texnologiyalardan
foydalaniladi, jumladan, Bystronic Glass (Shvetsariya), Cugher Glass, Ctriulzi,
Mario Argiro, Kera Glass (Italiya), Glassrobots, Pilkington (Finlyandiya) va
Vetrotool (Ispaniya) kabi jahonga mashhur kompaniyalarning uskunalari
qo'llaniladi. Bu esa mahsulot sifatini xalqaro standartlar darajasida ta'minlash
imkonini beradi.
Hozirgi kunda korxona mahsulot assortimenti 150 turdan ortiq bo'lib, ular
asosan “UzAvto Motors” AJ avtomobil modellari uchun mo'ljallangan xavfsiz
avtooynalar to'plamini o'z ichiga oladi. Barcha mahsulotlar General Motors
(GMW 3136) global ishlab chiqarish standartlariga mos keladi. Bundan tashqari,
“SamAvto” MChJ, “MAN Auto Uzbekistan” QK, “Toshkent qishloq xo'jaligi
mashinalari zavodi” AJ va boshqa ishlab chiqaruvchilar uchun ham maxsus
avtooynalar ishlab chiqarilmoqda.
Avtomobil va maishiy texnika oynalari ishlab chiqarish korxonasining
mahsulotlar ro'yxati quyidagilardan iborat. Korxonada AVEO rusumli
avtomobillar uchun shaffof va qoraytirilgan oldi oynalari (artikul: 4268056826,
4268056735, 4257475246, 42341760), orqa oynalari (artikul: 42341758,
42341759), eshik oynalari; Cobalt/GSV EM rusumli avtomobillar uchun oddiy va
EraGlonass tizimli oldi oynalari (artikul: GSV EM52053815, GSV EM52092543),
orqa va eshik oynalari; Lacetti rusumli avtomobillar uchun oddiy va isitiladigan
oldi oynalari (artikul: 96545261, 96940947), orqa va eshik oynalari; M300 Spark
rusumli avtomobillar uchun Ero Glonass tizimli, qoraytirilgan va quyoshdan
https://biti.uz/konferensiya/konferensiya2025/index.html
21 апреля 2025 г.
623
himoya chizig'i bilan jihozlangan oldi oynalari (artikul: 42452266, 95161210,
95983029), isitiladigan orqa oynalari, harakatlanuvchi va harakatlanmaydigan
eshik oynalari ishlab chiqariladi.
Shuningdek, korxonada Damas rusumli avtomobillar uchun yashil rangli oldi
oynalari (artikul: 96915801, 96915802), harakatlanuvchi va harakatlanmaydigan
eshik oynalari, yon va orqa oynalari, STD va DLX komplektatsiyalari uchun
maxsus oynalar; xorijiy avtomobillar (Kia Rio, Hyundai Solaris, Renault Logan,
Toyota Corolla, Volkswagen Polo, Toyota Camry, Skoda Octavia, Lada Vesta)
uchun turli xil oynalar; maishiy texnika mahsulotlari uchun maxsus oynalar,
jumladan FERRE gaz plitalari uchun maxsus oynalar, SAM NUR TAVFIZ va
SAM Electro Servis pechlari uchun oynalar hamda SPTA 7554 71,068 uchun
naqshli oynalar ishlab chiqariladi.
Korxonada ishlab chiqarilayotgan barcha turdagi avtomobil oynalari
O'zbekiston Respublikasi standartlariga muvofiq ishlab chiqariladi va mahalliy
hamda xalqaro sertifikatlarga ega. Oynalarning sifati zamonaviy texnologiyalar va
yuqori malakali mutaxassislar yordamida nazorat qilinadi. Korxona mahsulotlari
nafaqat O'zbekiston Respublikasi hududida, balki MDH davlatlari va xorijiy
mamlakatlarga ham eksport qilinadi. Har bir mahsulot turi uchun maxsus ishlab
chiqarish liniyalari mavjud bo'lib, ular avtomatlashtirilgan tizimlar bilan
jihozlangan va yuqori sifatli xomashyolardan foydalaniladi.Korxonaning
texnologik salohiyati va ishlab chiqarish jarayonlarining o'ziga xos jihatlari
alohida
e'tiborga
loyiq.
Finlyandiya
texnologiyasi
(PILKINGTON,
GLASSROBOTS) yordamida oldi oynalar avtomobil kuzovi o'lchamlariga to'liq
moslashtirilgan holda ishlab chiqariladi. Termik jarayonlar orqali zichlashtirilgan
oynalar
ishlab
chiqarishda
Italiya
(MARIO ARGIRO)
va
Ispaniya
(VETROTOOL) texnologiyalari qo'llaniladi, bu esa kerakli parametrdagi ichki
kuchlanish va minimal og'ishli oynalar ishlab chiqarish imkonini beradi.
Shveytsariya texnologiyasi (BYSTRONIC) esa eng aniq o'lchamlarga ega yarim
tayyor mahsulotlar ishlab chiqarishda qo'llaniladi.
https://biti.uz/konferensiya/konferensiya2025/index.html
21 апреля 2025 г.
624
Sifat nazorati korxonaning eng muhim yo'nalishlaridan biri hisoblanadi.
Akkreditatsiyalangan laboratoriya mahsulotlarning xavfsizlik va haydovchining
ko'rish imkoniyatlarini ta'minlash bo'yicha barcha zarur sinovlarni o'tkazadi.
Bundan tashqari, korxonada kadrlar salohiyatini oshirishga alohida e'tibor
qaratiladi. Texnik xodimlar muntazam ravishda Yevropa Ittifoqi va Rossiya
Federatsiyasida malaka oshirish kurslarida ishtirok etadilar.
Xulosa qilib aytganda, “Avtooyna” MChJ O'zbekiston avtomobilsozlik
sanoatining muhim tarkibiy qismi sifatida faoliyat yuritib, zamonaviy
texnologiyalar va yuqori malakali kadrlar salohiyati asosida yuqori sifatli
mahsulotlar ishlab chiqarmoqda. Korxonaning rivojlanish strategiyasi va ishlab
chiqarish jarayonlarining modernizatsiyasi mahalliy avtomobilsozlik sanoatining
barqaror rivojlanishiga xizmat qilmoqda.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:
1. Sanoat korxonalarida innovatsiona faoliyatning rivojlanish asoslari.
Qurbanov A.M. “Sanoat iqdisodiyoti va menejmenti: muammo va yechimlar”
Toshkent - 2024. 154-156.
2. “O‘zavtosanoat” AJ kuzatuv kengashining 2023 yil 30 noyabrdagi 18-
2023-son bayonnomasiga ilova. Toshkent – 2023.