Annotatsiya. Milliy davlatchiligimiz tarixi, qolaversa, o‘zbek mumtoz
adabiyoti tarixi jahonning turli burchaklaridagi tadqiqotchilarni o‘ziga jalb qilib
kelmoqda. Xususan, buyuk davlat arbobi, ulkan saltanat va sulola asoschisi, shoh
va shoir Zahiriddin Muhammad Boburning hayoti va ijodi bo‘yicha nafaqat
mamlakatimiz yoki Bobur saltanat tuzgan mamlakatlarda, balki Yevropa va
Amerikaning ilmiy-tadqiqot markazlaridan ham tarixchi va adabiyotshunos
mutaxassislar tomonidan o‘rganilib kelinmoqda. Ana shunday tadqiqotchilardan
biri – badiiy adabiyotda boburshunoslik ilmining Amerika maktabini boshlab
bergan sharqshunos olim va yozuvchi Harold Lambdir. Maqolada ijodkorning
“Bobur – yo`lbars” asari to`g`risida ma’lumot beriladi.