Authors

  • Xojiyeva Feruza Jamshidovna

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.wsrj.96561

Keywords:

Kalit so`zlar: Kraxmal kompozisiya ohorlangan kalava ip konsentrasiya yukdagi uziluvchanlik qovushqoqlik yelimlash uzilish.

Abstract

Annotatsiya:  Polimer  kompozisiyasi  tarkibiga  kraxmalni  yelimlash jarayoniga  elektrolitlar  miqdorining  ta'siri  aniqlandi.  Kraxmal  yelimining qovushqoqligi o'zgarishining Na-KMS miqdoriga bog'liqligi aniqlandi. Pishirish jarayonida  kompozitsiyaning  qovushqoqligi  o'zgarishining  ishqor  miqdoriga bog'liqli aniqlandi. 


background image

https://biti.uz/konferensiya/konferensiya2025/index.html

21 апреля 2025 г.

866

KALAVA IPLARNI OHORLASH JARAYONIDAGI UMUMIY

XOSSALARNI O`RGANISH.

Xojiyeva Feruza Jamshidovna

1-kurs doktorant

Buxoro davlat universiteti

Annotatsiya:

Polimer kompozisiyasi tarkibiga kraxmalni yelimlash

jarayoniga elektrolitlar miqdorining ta'siri aniqlandi. Kraxmal yelimining
qovushqoqligi o'zgarishining Na-KMS miqdoriga bog'liqligi aniqlandi.

Pishirish

jarayonida kompozitsiyaning qovushqoqligi o'zgarishining ishqor miqdoriga
bog'liqli aniqlandi.

Kalit so`zlar:

Kraxmal, kompozisiya, ohorlangan kalava ip,

konsentrasiya,yukdagi uziluvchanlik, qovushqoqlik,yelimlash,uzilish.

Yelim qovushqoqligining pasayishi saqlanishning to’rtinchi kunida PАК-Na va
Na-KMSning antiseptik ta’siri natijasida kraxmaldagi mikrobiologik destruktsiya
jarayonining borishi bilan tushuntiriladi . Bunda birinchi sutka davomida hali
mikrobiologik destruktsiya jarayoni o’z izini qoldirmagan vaqtda o’rgandik.
rasmdan ko’rinib turibdiki, 1- egilish burchagi 2- egilish burchagidan ancha
katta, bu kraxmalga PАК-Na va Na-KMS qo’shilganda elimda
retrogradatsiya jarayonining sekinlashuvidan dalolat beradi, ya’ni sintetik
polimerlarning kraxmal elimida retrogradatsiya va mikrobiologik destruktsiya
jarayonlarini sekinlashtiradi. Shunday qilib, kraxmal, PАК-Na va Na-KMS
asosida modifikatsiyalangan kraxmalning reologik xususiyatlarini
yaxshilanishi kalava iplarni ohorlash jarayonida qo’llanilishi maqsadga
muvofiqligidan dalolat beradi. Ma’lumki, ohorlash jarayonida ip xususiyatlari
ancha o’zgaradi: yelimlanish (prikley) hisobiga kalava ip massasi oshishi ya’ni
alohida tolalar yopishishi natijasida uning chiziqli zichligi oshishi ro’y beradi
va ip mustahkamligi ancha oshadi hamda uning cho’zilishi kamayadi, chunki
alohida tolalarning yopishishi tolalarning bir-biriga nisbatan sirpanishini
o’zgartiradi . Ohorlangan ip ishqalanish, o’zgaruvchan dinamik kuchlarga
qarshi tura olishi uchun etarlicha silliq bo’lishi, etarli cho’ziluvchanlik,
zarur namlik va yelimlanish xususiyatlariga ega bo’lishi kerak [1-4].
Kalava iplarni turli assortimentlar bo’yicha ohorlash uchun
modifikatsiyalangan kraxmal sarfi va ohorlash ko’rsatkichlari natijalari
jadvalda keltirilgan. Jadvalda keltirilgan ma’lumotlardan ko’rinib turibdiki,
modifikatsiyalangan guruch kraxmalidan bir tonna ohor tayyorlash uchun kalava
ip assortimentiga qarab 55 kg dan 65 kg gacha, makkajo’xori kraxmalidan
foydalanganda GOST ga muvofiq 75dan 90 kg gacha sarflanadi.

Turli assortiment kalava iplarini ohorlash uchun modifikatsiyalangan
guruch kraxmalining sarfi va ohorlash ko’rsatkichlari.


background image

https://biti.uz/konferensiya/konferensiya2025/index.html

21 апреля 2025 г.

867

1-rasm

Sintetik polimerlar bilan modifikatsiyalangan kraxmaldan ohor tayyorlash
muhim ahamiyat kasb etadi, chunki ular yuqori elimlanish xususiyatiga ega
bo’lib, 403K darajagacha chidamli bo’ladi. Ma’lumki, kalava iplarni ohorlashda
ohorlovchi materialarning namlikni yutish qobiliyati muhim faktor hisoblanadi.
Ohorlangan kalava iplarni to’quv dastgohlariga yuborishdan oldin ma’lum vaqtda
saqlanadi, bunga sabab tabiiy va sintetik polimerlar asosida ohorlangan kalava
ip sirtida hosil bo’lgan yupqa plyonkaning kerakli miqdorda namlikni yutib,
ipning elastikligini ortishi va shu bilan bir qatorda uning mustahkamligini
ortishini ta’minlaydi, ya’ni to’quv dastgohlarida kalava iplar uzilishlar sonini
kamayishiga va texnologik jarayonni yaxshilanishiga olib keladi[5]. Ushbu
rasmdan ko’rinib turibdiki, PАК-Na va Na-KMS bilan modifikatsiyalangan
kraxmal elimi plyonkasining namlikni yutish qobiliyati boshqa komponentlar
plyonkasiga nisbatan yuqori ekanligi tajribada aniqlandi.

2-rasm

. Kalava ipning ohordan yuvilishiga harorat va saqlash vaqtining ta’siri.

1 - 303K; 2 - 313K; 3 - 323K; 4 - 333K aniqlandi. Ohorlovchi polimerlarga
qo’yiluvchi talablardan biri ularning pardozlash jarayonida ohorning
matodan to’liq yuvilishidir. Modifikatsiyalangan kraxmal bilan ohorlangan
kalava iplarni ohordan yuvilish darajasiga ta’sirini o’rganish shuni ko’rsatadiki,
saqlash harorati 303K va 323K bo’lganda 1 soatda kalava iplardan ohorni


background image

https://biti.uz/konferensiya/konferensiya2025/index.html

21 апреля 2025 г.

868

ketkazishni qiyinlashtiradi rasm. Haroratni 333Kgacha ko’tarish kalava ipdan
ohorning deyarli to’liq yuvilishiga olib keladi. Ohorlash jarayonida turli
assortimentdagi kalava iplarning fizik mexanik ko’rsatkichlarini yaxshilash
mumkin jadval. Keltirilgan ma’lumotlardan ko’rinib turibdiki, ipning
fizik- mexanik xususiyatlari ko’p jihatdan ohorlovchi materiallar turiga
bog’liq. Olingan natijalar asosida shuni aytish lozimki, ishlab chiqarilgan
kraxmal, PАК-Na va Na-KMS asosidagi ohor makkajo’xori kraxmali o’rnida
kalava iplarning texnologik xususiyatlarini yaxshilash bilan muvaffaqiyatli
qo’llanishi mumkin. Shunday qilib, eksperimental natijalar asosida
to’qimachilik materiallarini ohorlash jarayonida samarali preparat sifatida
modifikatsiyalangan kraxmal tarkibida PАК-Na va Na-KMS singari sintetik
polimerlarni qo’llashning printsipial imkoniyati ko’rsatildi, bu oziq-ovqat
xom ashyosi kraxmal miqdorini ma’lum darajada qisqartirishga imkon
beradi, boshqa tomondan to’quv tsexida uzilishlar sonining kamayishi
hisobiga ishlab chiqarish unumdorligi oshadi, texnologik ko’rsatkichlarni
yaxshilanishiga olib keladi, bu komponentlar asosida olingan plyonkalar
namlikni yutish qobiliyati yaxshi bo’lib uning elastiklik xossasi yaxshilanishi
tufayli namlikni 75-80%dan 60-65%gacha kamayishi hisobiga to’quv tsexlarida
sanitar gigienik holat yaxshilanadi.
Modifikatsiyalangan kraxmal bilan Na-KMS o’rtasida xuddi shunday
mexanizm sodir bo’ladi, ya’ni Na-KMS tarkibidagi karboksil guruhi bilan
kraxmal tarkibidagi birlamchi gidroksil guruhi o’rtasida vodorod bog’lanish
hosil qiladi.
Shunday qilib, tadqiqotning fizik-kimyoviy usullari shuni ko’rsatadiki,
guruch kraxmalini PАК-Na va Na-KMS bilan modifikatsiyalash natijasida gel
hosil bo’lishi funktsional guruhlarning o’zaro ta’sirlashuvi hisobidan
kuzatiladi, ya’ni Van-der-Vals kuchlari hisobidan vodorod bog’lanish hosil
qilishi kuzatiladi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati.

1.Amonov.M.R.,Jalilov Sh.N.Kompozitsion materiallar kimyosi va texnologiyasi.

Darslik .2024-yil

2.М.Л.Кербер,В.М.Виноградова ва бошқалар Полимерные композиционные

материалы структура свойства технология СПб;профессия 2008 yil 560 с.

3.А.Б.Пакшвер.Физико-химические

основы

технологии

химических

волокон.Москва 1972.430 с

4. Mazhidov A.A., Ismatova R.A., Amonov M.R. Complete use of water-soluble

polymer composition // LAP LAMBERT Academic Publishing. – 2020. -168 p.

5.Ismatova R.A., Norov I.I., Amonov M.R., Ibragimova F.B. Sizing polymer


background image

https://biti.uz/konferensiya/konferensiya2025/index.html

21 апреля 2025 г.

869

compositions on the base of starch and polyvinyl alcohol // Austrian Journal of

Technical and Natural Sciences. -2019. – N. 11-12. –Pp. 41-44.





References

Amonov.M.R.,Jalilov Sh.N.Kompozitsion materiallar kimyosi va texnologiyasi.

Darslik .2024-yil

М.Л.Кербер,В.М.Виноградова ва бошқалар Полимерные композиционные

материалы структура свойства технология СПб;профессия 2008 yil 560 с.

А.Б.Пакшвер.Физико-химические основы технологии химических

волокон.Москва 1972.430 с

Mazhidov A.A., Ismatova R.A., Amonov M.R. Complete use of water-soluble

polymer composition // LAP LAMBERT Academic Publishing. – 2020. -168 p.

Ismatova R.A., Norov I.I., Amonov M.R., Ibragimova F.B. Sizing polymer compositions on the base of starch and polyvinyl alcohol // Austrian Journal of Technical and Natural Sciences. -2019. – N. 11-12. –Pp. 41-44.