https://biti.uz/konferensiya/konferensiya2025/index.html
21 апреля 2025 г.
854
TA`LIMDA DARS JARAYONLARINI SAMARALI TASHKIL
ETISHDA QO`LLANILADIGAN POWER POINT, PREZI,
GAMMA APP DASTURLARI HAQIDA MA`LUMOTLAR.
Yaxyoyeva Zebiniso Obidovna
Muhandis dasturchi
Buxoro innovatsion ta`lim va
tibbiyot universiteti o`qituvchisi
Annotatsiya.
Ushbu maqolada ta`lim sohasida ishlayotgan professor-
o`qituvchilarni darslarini tashkillashtirishda talaba va o`quvchilar dars mavzusini
yanada puxta o`rganishi uchun Power Point,Prezi,Gamma dasturidan foydalanib,
mavzuga oid taqdimot va slaydlarni tayyorlash ko`zda tutilgan. Bugunki kunda
texnika va texnologiyaning jadal rivojlanib borayotgan bir paytda, talaba
o`quvchilar darslarni yaxshi o`zlashtirishi ya`ni ko`z bilan olingan ma`lumotlar
xotirada uzoq muddat saqlanishini hisobga olgan holda har bir professor-
o`qituvchilar o`z darslarini taqdimot asosida o`tishlari ko`zda tutilgan..
Kalit so‘zlar
: taqdimot, slayd, instrumentlar paneli, animatsiya, slayd-shov,
gamma, prezi, power point,masshtab, pdf.
Asosiy qism
: Bugunki kunda jamiyat rivojining turli sohalariga axborot-
kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish, intellektual salohiyatni
rivojlantirishning muhim omili sifatida ma`lumotlarni kompyuter yordamida tahlil
qilish ta’lim jarayonini takomillashtirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Ayniqsa,
o‘quvchilarni mustaqil fikrlash va tahlil qilishga o‘rgatish, o‘zlashtirilgan bilim va
ko‘nikmalarning o‘quvchilar shaxsiy tajribasini boyitish uchun dars jarayonlarini
samarali tashkil etish joizdir.Buning uchun har bir pedagok o`z dars jarayoninida
zamonaviy axborot kommunikatsion texnologiyalaridan foydalanish maqsadga
muvofiqdir.
https://biti.uz/konferensiya/konferensiya2025/index.html
21 апреля 2025 г.
855
Materiallar va uslublar:
Ushbu maqola orqali ta`limda dars jarayonlarini
samarali tashkil etishda qo`llaniladigan Office dasturiga tegishli Power Point
dasturlaridan to`g`ri foydalanish va animatsion slaydlar tayyorlab o`quvchilarni
darsga qiziqtirishlarini orttirishdan iborat.
Pedagoglar tonidan tashkil qilingan dars mavzusini samarali o`tish
uchun taqdimot tayyorlashni o`rganish;
Taqdimot tayyorlaydigan dasturlar haqida batafsil ma`lumotlar;
Power point dasturi va unda ishlashning oson usullari;
Power point dasturida slaydlar tayyorlab slayd-shov funksiyasini
ishlatishni o`rganish.
PowerPoint dasturi orqali foydalanuvchilar slaydlar tuzish, matn, rasmlar,
grafikalar, audio va video materiallar qo'shish, tasvirlash va tarqatishga
imkoniyatiga egadirlar. Dastur keng tarqalgan sohalarda qo'llaniladi, masalan,
talim sohasida, korporativ tadbirlarda, marketing va savdo-sotiq sohasida va
hokazo.
PowerPoint dasturi foydalanuvchilarga slaydlar aniqligini yaxshilash uchun
qulayliklar va imkoniyatlar tashkil etadi. Bu dasturda ko'p turli dizayn shablonlar,
effektlar va mexanizmalar mavjud bo'lib, foydalanuvchilar o'zlariga kerakli xilma-
xil ma'lumotlarni kiritishlari mumkin.[2].
PowerPoint dasturi orqali slaydlar tuzish va ko'rsatish imkoniyatlariga ega
bo'lishi va to'g'ri ko`rsatishlar orqali aloqador ma'lumotlarni ifodalashga qiziqish
tashkil etadi. Bu dastur internetda amaliyotlar va amallar mazmuni bo'lib, ushbu
muhit foydalanuvchilarga yangiliklar va axborotlarga rahbarlik qiladi.[1].
Prezi dasturining asosiy xususiyatlari:
1. Zoom (ko'paytirish) funksiyasi: Prezi dasturida taqdimotni bir necha katta
va kichik qismlarga bo'lib, ular orasida zoom orqali o'zgarishlarni ko'rish mumkin.
Bu, materialni tizimli va interaktiv tarzda taqdim etishga yordam beradi.
https://biti.uz/konferensiya/konferensiya2025/index.html
21 апреля 2025 г.
856
2. Interaktiv dizayn: Dasturda har bir elementni harakatga keltirish yoki
boshqa elementlarga bog'lash imkoniyati mavjud, bu esa taqdimotni dinamik va
esda qolarli qiladi.
3. Bulutga asoslangan platforma: Prezi onlayn xizmat sifatida ham mavjud,
bu esa foydalanuvchilarga istalgan vaqtda va istalgan joyda taqdimotlarni yaratish
va ko'rsatish imkonini beradi.
4. Ko'plab shablonlar va dizaynlar: Prezi turli xil shablonlar va dizaynlar
bilan ta'minlangan, bu esa foydalanuvchilarga turli mavzularda, turli uslublarda
taqdimotlar yaratish imkonini beradi.
5. Oson o'zgartirish va tahrirlash: Prezi orqali taqdimotni yaratish va
tahrirlash juda oson, bu esa foydalanuvchilarga tezda o'zgarishlar kiritish imkonini
beradi.
Xulosa
Ushbu maqolani yozib shuni xulosa qilish mumkinki, ta`limda
taqdimotlardan to`g`ri foydalanib dars jarayonini tashkil qilish o`quvchi va
talabalarni mavzuni o`zlashtirishi yanada osonlashadi.Chunki tadqiqotlarga ko`ra,
insonlarda vizual ko`rish xotirasi 70% ni tashkil qiladi.Shu sababdan, taqdimot
orqali tushuntirilgan mavzu klassik tarzda o`tiladigan darslarga nisbatan
samaraliroq va uzoq muddat xotirada saqlanadi
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Bazarbayev va boshqalar. Тa`limda axborot texnologiyalari.Toshkent
2018 y.
2. Abdumanonov A.A. Тibbiyotda axborot texnologiyalari. Toshkent. 2018 y.
3. Aripov M.M informatika, information texnologiyalar O`quv qo`llanma.
Toshkent. 2004y.