https://biti.uz/konferensiya/konferensiya2025/index.html
21 апреля 2025 г.
787
TIBBIYOT OLIY TA`LIM MUASSASALARIDA TALABALARNING
AQLIY KOMPETENTLIGINI RIVOJLANTIRISH
Amonova Nargiza Muxtarovna
Buxoro davlat tibbiyot instituti, Biokimyo kafedrasi assistenti,
O`zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati Buxoro shahri 200118,
e-mail:
Annotatsiya.
Bu maqola
tibbiyot oliy ta`lim muassasalarida talabalarining
aqliy kompetentligini rivojlantirish, tibbiyot sohasida mutaxassislar nafaqat
professionallik, balki tezkor va to‘g‘ri qarorlar qabul qilish, muloqot qilish,
jamoada ishlash va muammolarni hal qilish kabi ko‘nikmalarga ega bo‘lishi
kerakliga bag'ishlangan. Aqliy kompetentlikni rivojlantirish talabalarning nafaqat
ilmiy bilimlarni o‘zlashtirishini, balki analitik fikrlash, tanqidiy tahlil qilish va
yechimlarni yaratish qobiliyatlarini ham oshiradi.
Kalit so'zlar:
aqliy kompetentlik, talabalar, kreativlik, intellektual salohiyat,
yoshlar, bilim va ko‘nikma.
Абстрактный.
Статья посвящена развитию интеллектуальной
компетентности студентов высших медицинских учебных заведений,
необходимости наличия у специалистов в медицинской сфере не только
профессионализма, но и таких навыков, как быстрое и правильное принятие
решений, коммуникабельность, умение работать в команде, решать
проблемы. Развитие интеллектуальной компетентности не только
способствует усвоению учащимися научных знаний, но и их способности
аналитически мыслить, критически анализировать и находить решения.
Ключевые слова:
умственная компетентность, студенты, креативность,
интеллектуальный потенциал, молодежь, знания и умения.
Abstract.
This article is devoted to the development of intellectual
competence of students in higher medical education institutions, the need for
specialists in the medical field to have not only professionalism, but also skills
such as quick and correct decision-making, communication, teamwork and
https://biti.uz/konferensiya/konferensiya2025/index.html
21 апреля 2025 г.
788
problem solving. The development of intellectual competence not only increases
students' mastery of scientific knowledge, but also their ability to think
analytically, critically and create solutions.
Keywords:
mental competence, students, creativity, intellectual potential,
youth, knowledge and skills.
Bozor munosabatlari sharoitida mehnat bozorida ustuvor o`rin egallagan
kuchli raqobatga bardoshli bo`lish har bir mutaxassisdan kasbiy kompetentlikka
ega bo`lish, uni izchil ravishda oshirib borish zarurliginin ko`rsatmoqda. Bu
vazifalarni amalga oshirishda ta‘lim konteksida ko`p bosqichli uzviylik,
uzluksizlik va izchillik tamoyillariga asoslangan samarali innovatsion modellarni
yaratish, pedagoglarni aqliy kompetentsiyalarini rivojlantirishni taqozo qilmoqda.
Aqliy kompetentlik — bu shaxsning ma'lumotlarni to‘plash, tahlil qilish,
yechimlar izlash va qarorlar qabul qilishdagi qobiliyatidir. Talabalarining aqliy
kompetentligini rivojlantirish o‘qish jarayonida ularning nafaqat ilmiy bilimlarga
ega bo‘lishini, balki fikrlash va muammolarni hal qilishda mustaqil va samarali
bo‘lishini ta’minlaydi. Bu jarayon talabalarga mustaqil fikrlash, tanqidiy tahlil
qilish, ijodiy yondashuvlar va jamoada ishlash ko‘nikmalarini rivojlantiradi. Aqliy
kompetentlikni
rivojlantirish
talabalarning
nafaqat
ilmiy
bilimlarni
o‘zlashtirishini, balki analitik fikrlash, tanqidiy tahlil qilish va yechimlarni
yaratish qobiliyatlarini ham oshiradi. Tibbiyot oliy ta’lim muassasalarida aqliy
kompetentlikni rivojlantirishga doir ba'zi muhim yondashuvlarga quydagilar:
Kritik fikrlashni rivojlantirish -tibbiyotda talabalar o‘rganayotgan darslar,
klinik holatlar va tashxislar tez-tez o‘zgarib turadi. Shuning uchun ular nafaqat
mavjud bilimlarni o‘zlashtirib, balki bu bilimlarga asoslanib mantiqiy va tanqidiy
fikrlarni shakllantirishi kerak. Masalan, klinik amaliyotda talabalar tibbiy holatlar
bo‘yicha tahlillar olib, turli tashxislar va davolash usullarini solishtirishlari lozim.
Seminarlarda va klinik treninglarda talabalarni o‘z fikrlarini mustahkamlashga va
boshqa fikrlarni tahlil qilishga undash, klinikalarda talabalarga murakkab holatlar
https://biti.uz/konferensiya/konferensiya2025/index.html
21 апреля 2025 г.
789
asosida yechim topish vazifalarini berish va aqliy shaxsiy sinovlar va simulyatsiya
metodlaridan foydalanish.
Jamoaviy ishlashni rag‘batlantirish
– tibbiyot sohasida ko‘pincha bir necha
mutaxassislar birgalikda ishlashadi. Shuning uchun talabalar o‘zaro hamkorlikda
ishlash ko‘nikmalarini rivojlantirishi kerak. Jamoaviy ish nafaqat qaror qabul
qilish jarayonini tezlashtiradi, balki talabalarni bir-birini tinglash va o‘z fikrlarini
aniq ifodalashga o‘rgatadi. Bu orqali biz talabalarni guruh bo‘lib ishlashga,
birgalikda tibbiy masalalarni hal qilishga o‘rgatish va guruh ishlarida liderlik va
fikr almashish ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan mashg‘ulotlar tashkil
etish.
Innovatsion metodlardan foydalanish - aqliy kompetentlikni rivojlantirishda
zamonaviy pedagogik metodlar va innovatsion texnologiyalarni qo‘llash muhim
ahamiyatga ega. Simulyatsiyalar, onlayn ta’lim platformalari, virtual realitet va
boshqa innovatsion yondashuvlar talabalarni murakkab tibbiy holatlar bilan
tanishtirishi va amaliy ko‘nikmalarni mustahkamlashi mumkin.Bu orqali
simulyatsion mashg‘ulotlar va virtual klinik amaliyotlar orqali talabalar
amaliyotga tayyorlanishi, onlayn darslar va interaktiv ta’lim platformalaridan
foydalanish, bu esa o‘qish va muloqot jarayonini samaradorligini oshiradi.
O‘z-o‘zini rivojlantirish va refleksiya - aqliy kompetentlikni rivojlantirishda
talabalar o‘z o‘rganish jarayonini tahlil qilish va refleksiya qilishlari kerak. Bu
ularning o‘quv faoliyatini baholash, o‘rganilgan bilimlarni real hayotda qanday
qo‘llashni tushunishga yordam beradi.Bu orqali esa talabalarni o‘z o‘rganish
jarayonlarini tahlil qilishga va qanday qilib o‘z bilimlarini amaliyotda ishlatishlari
kerakligini o‘ylashga undash va refleksiya va o‘z-o‘zini baholash mashg‘ulotlari
tashkil etish.
Kreativ fikrlashni rag‘batlantirish
-
tibbiyotda talabalar yangi yechimlarni
izlash va yangiliklarni yaratishda kreativ fikrlashni rivojlantirishlari kerak.
Muammolarni echishda turli yondashuvlar va innovatsion fikrlash talab qilinadi.
https://biti.uz/konferensiya/konferensiya2025/index.html
21 апреля 2025 г.
790
Etik va professional kompetentlikni rivojlantirish - tibbiyotda muammolar
faqat ilmiy va texnik jihatdan emas, balki etik jihatdan ham yechimini topadi.
Talabalar tibbiy etikaga, bemorlar bilan muloqot qilishga, jamoada ishlashda etika
qoidalariga rioya qilishga o‘rgatilishi kerak.
Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev "Yoshlarimiz mustaqil fikrlaydigan, yuksak
intellektual va ma'naviy salohiyatga ega bo'lib, dunyo miqiyosida o'z
tengdoshlariga hech qaysi sohada bo'sh kelmaydigan insonlar bo'lib kamol topishi,
baxtli bo'lishi uchun davlatimiz va jamiyatimizning bor kuch va imkoniyatlarini
safarbar etamiz" degan fikrlari ham mustaqil O'zbekistonimiz yoshlarini erkin
fikrlashni tarkib toptirishga qaratilayotgani ham e'tibordan holi emas. Shunday
ekan biz o'qituvchilar hozirgi yangi davr talabi asosida darslarni zamonaviy
yondashuvlar asosida tashkil qilishimiz oldimizdagi yuksak vazifalardan biridir.
Ushbu muammoli vaziyatdan chiqishning yagona yo'li - oliy ta'limda yangicha,
ya'ni kompetent yondashuvni joriy etishdir. Kompetent yondashuv talabadan bilim
va ko'nikmalarni alohida-alohida emas, balki yaxlitlikda egallashni talab etadi.
Mazkur talab bilan bog'liqlikda, o'z navbatida, o'qitish metodlarini tanlash tizimi
ham o'zgarishga uchraydi. O'qitish metodlarini tanlash va amaliyotda qo'llash
ta'lim jarayonida qo'yiladigan talablarga muvofiq keladigan kompetensiyani
takomillashtirishni talab etadi. Kompetensiya muammosining ta’lim sohasiga
kirib kelishi va uning rivojlanish tarixini shartli ravishda to’rtta bosqichga bo’lish
mumkin (1-rasm).
Intellektual faoliyatning yana bir ko‘rsatkichi talabalarning jarayonda o‘zlari
ishtirok etish istagi paydo bo‘lishidir. Bu narsa dars davomida ko‘tarilgan
masalalarni muhokama qilishda o‘rtoqlarining javoblariga qo‘shimchalar
kiritishda o‘z aksini topadi.
Masalan: biokimyo fanida talabalarning kompetentsiyasini shakllantirish
jarayoni bir qator obyektiv qiyinchiliklar va birinchi navbatda, ko'pchilik
talabalarning butun o'qish davrida faol, ritmik tarzda o`z ustida ishlashga qodir
emasligi va shu jumladan mustaqil ravishda ishlamasligi bilan ham bog'liq.
https://biti.uz/konferensiya/konferensiya2025/index.html
21 апреля 2025 г.
791
Shuning uchun o’qituvchining birlamchi vazifasi talabalarning o’quv faoliyatini
faollashtirish, shaxsiy xususiyatlar va qiziqishlarni hisobga olgan holda fanni
o’zlashtirishga bo’lgan motivatsiyasini maqsadli ravishda oshirishdan iborat.
O'quv jarayonini tashkil etishga qo'yiladigan talablarni o'zgartirish o'qitish
shakllari va usullarini qayta ko'rib chiqishni talab qiladi.
1-rasm. Kompetensiyaning rivojlanish bosqichlari.
Shunday qilib, an'anaviy ma'noda amaliy mashg`ulot kurs mazmunining
izchil taqdimoti sifatida o'z ahamiyatini yo'qotmoqda. Biz talabalarni amaliy dars
davomida berilgan savollarga birgalikda javob izlashga jalb qiluvchi muammoli
darslar, dialoglardan foydalanamiz. Bu talabalarning fanga qiziqishini oshiradi,
uning rivojlanish jarayonini hissiy jihatdan rang-barang va shaxsan ahamiyatli
qiladi, zamonaviy biokimyo bilan shug'ullanadigan muammolar doirasini to'liqroq
ochib berishga imkon beradi. Talabalar malakasini shakllantirishda biokimyo
fanidan laboratoriya mashg‘ulotlari, laboratoriya ishlari natijalarini tahlil qilish
muhim o‘rin tutadi.
Bunda talabalarning guruhlarda ishlashi va ular hal qiladigan vazifalarning
bosqichma-bosqich murakkablashishi yordam beradi.
• Kompetensiyaviy
yondashuvning paydo
bo'lishi va taraqqiy
etishi
•Kompetensiya va
kompetentlikning ilmiy
kategiriya sifatida ta'limga
nisbattan qo'llanilish davri
•Kompetensiya
haqida turli
qarashlarning
shakllanishi
•Kompetensiya
terminining
kiritilishi va
qo'llanila
boshlanishi
1 bosqich:
1960-1970
y.y
.
2 bosqich:
1970-1990
y.y.
4 bosqich:
2000 yildan
boshlab
3 bosqich:
1990-2000
y.y.
https://biti.uz/konferensiya/konferensiya2025/index.html
21 апреля 2025 г.
792
Yozma ko'rsatmalarga rioya qilgan holda turli sinflarga mansub biologik
muhim birikmalarni aniqlashda qo'llaniladigan sifat reaksiyalarini o'zlashtirishdan
tortib, to raqamlar ostida shifrlangan moddalarni mustaqil identifikatsiya qilishni
o`z ichiga oladi. Amaliyot natijalarini sharhlash, tadqiqot xarakteridagi
laboratoriya ishlarini bajarish uchun olingan bilim va ko'nikmalarni o'zlashtirgan
holda, talaba kelajakdagi kasbiy faoliyati uchun zarur bo'lgan kompetentlarga ega
bo'ladi. Bunda mashg`ulotda “Nuklein kislota va oqsil almashinuvi” va
“Uglevodlar almashinuvi” modullari bo‘yicha biz tomonidan ishlab chiqilgan
didaktik blits o‘yinlaridan foydalanish ham yordam beradi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO`YXATI:
1. Blinov V.I.Практическая подготовка будущих учителей: прогматика,
преспективы. Москва. ИОО. МОНРФ. 2004.
2.
Bermus
A.G.
Проблемы
и
перспективы
реализатсии
компетентностного подхода в образовании. www.эидоc.ру. 2005.
3. Olsson, Thomas; Martensson Katarina and Roxa, Torgny. Pedagogical
competence. Swedish, Division for Development of Teaching and Learning,
Uppsala University, 2010.
4. Amonova N.M. Developing Critical Thinking Skills in Medical
Biochemistry Through Digital Case-Based Learning // Current research journal of
pedagogics. № 5 oktyabr-30, 2024-yil. (ISSN –2767-3278). – B. 174-178.
5. Amonova N.M Development of Teaching Biochemistry to Medical
Students in Medical Universities Based on Digital Technologies.// International
Journal of Education, Social Science & Humanities. Finland Academic Research
Science Publishers. – №12, 22.10.2024y. ISSN: 2945-4492, 361-367 p.
6. Amonova N.M. Talabalarda aqliy kompetentlikni takomillashtirish
yo`nalishlari // “Ta‟lim va innovatsion tadqiqotlar”. – №3, 2024-yil. ISSN 2181-
1709 (P). – B. 137-140. (13.00.02)
7. Amonova N.M. Talabalarda kreativ kompetentlikni takomillashtirish
yo’nalishlari. // “Ta‟lim va innovatsion tadqiqotlar”. – №11, 2024-yil. ISSN 2181-
1709 (P). – B. 29-33. (13.00.02)
8. Amonova N.M. Uglevodlar almashinuvi biokimyosi. O‟quv qo‟llanma «
B.B.C.» nashriyoti. – Buxoro, 2024-yil. – B.150.